Bakayev Z. T jamoada samarali ishlash o’quv qo’llanma samarqand-2020



Download 346,82 Kb.
bet52/117
Sana01.01.2022
Hajmi346,82 Kb.
#297637
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   117
Bog'liq
Jamoada samarali ishlash o'quv qo'llanma inshaollox

Boshqaruvda nazorat funksiyasi bir jarayon sifatida ko‘rib chiqiladi. Uning yordamida rahbariyat rejaning bajarilishi xolati haqida, masalalar echilishining ketishi haqida ahborot olib turadi. Bu jarayon andozalar o‘rnatish haqiqiy erishilgan natijalarni o‘lchashdan va agar natijalar, o‘rnatilgan andozalar o‘rtasida katta tafovutlar bo‘lsa, ularning xarakatlarini kuzatib borishdan iboratdir. Nazorat yordamida tashkilot(firma) menejmenti, ularning amalga oshirayotgan qarorlarni to‘g‘riligini belgilab beradi. Nazorat zarurligining eng asosiy sababi shundaki, tashkilot o‘zining kamchilik va holatlarini o‘z vaqtida aniqlab borish qobiliyatiga ega bo‘lishi, ularni maqsadga erishishidan oldin tuzatishlari kerak. Oliy bo‘g‘in rahbarlari ushbu vazifani yana bir bosqich oldin rejalashtirish davrida boshlashi kerak. Tashkilotdagi (firmadagi) nazorat muvofiqlashtirish vazifasiga o‘xshash har xil bo‘linmalar faoliyatini birlashtiradi. Nazoratsizlik tashkilotda tartibsizliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Uch hil nazoratni farqlash mumkin va zarur: oldindan, joriy va natijaviy. Oldindan bo‘ladigan nazorat boshqaruv masalalarini echmasdan, ya‘ni ish boshlanishidan oldin amalga oshiriladi. Bu faoliyat, maqsad va vazifani aniqlashdan operatsiyalarning rejalashtirilishi, masalani echishdan oldin, aniqlash davrida olib boriladi. Oldindan o‘tkaziladigan nazorat ishlab chiqilgan qoidalarni, mulohazalarini natijasini, hamda kelajak boshqaruv jarayonini maqbul bo‘lgan turlari tavsifini modellashtirish yo‘li bilan tahlil qilish orqali amalga oshiriladi. Bu turdagi nazorat quyidagi uchta muhim sohada: inson, material va moliya resurslarining tahlil qilishda ishlatiladi. U o‘zini go‘yoki ―loyiha nazorati qilib ko‘rsatadi va tizimning barcha elementlari oldindan tekshirib ko‘riladi. Joriy yoki tezkor nazorat – bu boshqaruv yoki xo‘jalik operatsiyasini boshlanishidan to talab qilinadigan natijalarga erishishgacha amalga oshiriladi. Joriy nazoratning maqsadi-ko‘zlangan rejalardan olingan natijalar to‘g‘risida qisqa muddatlarda muayyan xulosalarga kelish bilan bog‘liq. Joriy nazoratning aniq usul va shakllari turli-tumandir. Ular ikkita omilga bog‘liq ob‘ektiv va sub‘ektiv reja omillari. Birinchilariga tashkilotda qabul qilingan nazorat qoidasi va muhokamalari kiradi. Ikkinchi gurux omillarirahbarning shaxsiy sifati bilan aniqlanadi.

Qoidadan ko‘rinib turibdiki, nazorat xodimlarga kamroq buyruq berib,ko‘proq tashkilot tomonidan belgilangan rejalarni muvaffaqiyatli bajarilishiga, ichki va tashqi muhit ehtiyojlarini qondirish tartibiga baho berish munosabatini anglatadi.

“Nazorat” so‘zi dastlab tashkilot xo‘jalik faoliyati amaliyotini buxgalteriya hisobida aks ettirishda foydalanilgan. Ammo sinfiy menejmentda nazorat funksiyasi tashkilotni kerakli (ishonchli) yo‘lda ushlab turish, uning faoliyat ko‘rsatkichlarini belgilangan standartlarga (rejalarga) qiyoslash mumkin bo‘lgan boshqarish faoliyati turi tushuniladi. Kimda zamonaviy, aniq nazorat tizimi bo‘lsa, u yashash uchun ko‘p imkoniyatlarga ega bo‘ladi. Menejer uchun ko‘p miqdordagi turli rejalargina emas, nazorat tizimi va turlariga ega bo‘lishi xarakterlidir.

Nazoratning barcha tizimi qayta aloqalar g‘oyasiga asoslangan, chunonchi ular taxmin qilingan ma’lumotlarni real erishilgan natijalar bilan solishtirish imkonini beradi. Uning natijasida rejadan og‘ishlar aniqlanib, negativ ta’sirlarni yo tuzatish, yoki agar natijasi ijobiy bo‘lsa harakatni kuchaytirish imkoniyati yaratiladi.

Nazoratning barcha tizimi uchun quyidagi talab-mezonlar asos qilib olingan:

1. Nazoratning samaradorliligi — nazoratning muvaffaqiyatliligi va foydaliligi bilan belgilanadi.

2. Odamlarga ta’sir ko‘rsatish samarasi — qo‘llangan nazorat texnologiyasi xodimlarda ijobiy omillarni kuchaytiradimi yoki stress reaksiyasini kuchaytiradimi (mehnatni demotivlashuvi).

3. Nazorat vazifasini bajarilishi — nazorat rejadan og‘ishlarni bartaraf qilishi va samarali qarorlar ishlab chiqish uchun xizmat qilishi lozim.

4. Nazorat chegarasini aniqlash — nazorat tadbirlari chegarasiz amalga oshirilishi mumkin emas. Harakatdagi qonunlarda belgilangan me’yorlarga amal qilishi kerak.

Nazoratning quyidagi turlari mavjud:

1. Dastlabki nazorat. U amaliy ishni boshlashdan oldin amalga oshiriladi. Dastlabki nazoratni amalga oshirish vositasi ma’lum qoidalar, tartib va xulq chegarasining realizatsiyasidir. Tashkilotda dastlabki nazorat asosan uch sohada foydalaniladi: odamlar, materiallar va moliya resurslari.

Odamlar resursi sohasida ularning ishchanlik va kasbiy ko‘nikmalari va bilimlarini tahlil qilish orqali erishiladi; material sohada esa xomashyo sifati nazorati bo‘yicha amalga oshiriladi. Moliya resurslari sohasida tashkilot uchun qancha va qanday (naqd va naqdsiz) moliya vositalari talab qilinishi belgilanadi.

Dastlabki nazorat jarayonida turli paytlarda standartlardan og‘ishlarni oldindan ko‘rish imkoniyati tug‘iladi. U ikki turga bo‘linadi:

A. Diagnostik nazorat, u o‘lchovlar, etalonlar, ogohlantiruvchi signallarni o‘z ichiga oladi.

B. Terapevtik nazorat — normativlardan og‘ishlarni aniqlash va tuzatish choralarini belgilash imkoniyatini yaratadi.

2. Joriy nazorat. U ishlarni bajarish jarayonida amalga oshiriladi. Ko‘p hollarda uning asosiy obyekti — xodimlar, joriy nazorat boshliqlarning quroli bo‘lib, uni amalga oshirishda boshqarish apparati uchun qayta aloqalar zarur. U belgilagan rejalar va yo‘riqnomalardan og‘ishlarni bartaraf etadi.

3. Yakuniy nazorat. Bunday nazoratning maqsadi — kelajakda bo‘ladigan xatoliklarni oldini olish. Yakuniy nazorat doirasida qayta aloqalar ishlar bajarilib bo‘lgandan so‘ng undan foydalaniladi.

Yakuniy nazorat muammolarni paydo bo‘lgan paytda bartaraf qilmasada, rahbarga agar shunday ishlar kelajakda o‘tkaziladigan bo‘lsa, bunday tadbirlarni xatosiz o‘tkazish uchun dastur bo‘ladi. Nazorat funksiyasi tashkilotning boshqarish jarayonini oxirgi nuqtasi emas, amaliyotda oxirgi nuqta mavjud emas, chunki har bir boshqarish funksiyasi boshqa ta’sir etuvchi omillar bilan ham harakatlantiriladi. Shunday qilib, astasekin o‘ziga xos doiraviy harakat vujudga keladi.

Nazorat — shubhasiz boshqarish masalalarining eng muhimlaridan biridir. Bunda yuqori turadigan faqat bitta masala bo‘lib, u maqsadni aniqlash va muvofiqlashtirishdir. Agar maqsad bo‘ysunuvchilarga yetib bormasa, unda hech narsani nazorat qilib bo‘lmaydi. Nazoratning maqsadi “tutib olish”, “aybini ochish”, “ilintirish” emas, ammo ma’lum hollarda nazorat jarayonida paydo bo‘layotgan uzilishlarni berkitish, xohlagan anglanmagan holatda yuz beradigan voqealarni yashirish emas, balki ma’lum tartibda va tarzda obyektni o‘z vaqtida sozlab turishdir. Nazorat ishlab chiqarish unumdorligini oshirish va xodimlarning kasbiy o‘sishini rag‘batlantiradigan quroldir.

Boshqarish nazorati boshqarishning muhim funksiyalaridan bo‘lib, uning yordamisiz boshqarishning boshqa funksiyalarini: rejalashtirish, tashkil qilish, rahbarlik va motivlashtirishni amalga oshirib bo‘lmaydi. Nazorat real vaziyatga to‘g‘ri baho berib, butun forma yoxud alohida bo‘limlar faoliyati rejalashtirilgan rivojlanish ko‘rsatkichlariga tuzatishlar kiritishga zamin yaratishga qaratilgan. Qarorni bajarish yuzasidan tadbirlarning bir guruhi — bu nazorat qilish, ya’ni uning amalga oshirilishi jarayonini sinchiklab va malakali tarzda kuzatib borishdir. Nazorat — bu boshqariladigan obyektlardan rahbar tomon yo‘nalgan muqobil aloqaning alohida shaklidir.



Download 346,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish