24. Transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqning ob’ekti qaysi javobda keltirilgan?
a) Benzin, dizel yoqilg‘isi va gazning tannarxi
b) Benzin, dizel yoqilg‘isi va gazning narxi
c) Transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilg‘isi va gazning natura holidagi realizatsiya qilingan hajmi
d) Transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni realizatsiya qilish
25. Transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqning bazasi qaysi javobda keltirilgan?
a) Benzin, dizel yoqilg‘isi va gazning tannarxi
b) Benzin, dizel yoqilg‘isi va gazning narxi
c) Transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilg‘isi va gazning natura holidagi realizatsiya qilingan hajmi
d) Transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni realizatsiya qilish
26. Transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqning hisob-kitobi qaysi muddatda davlat soliq xizmati organlariga taqdim etiladi.
a) Har chorakda soliq davridan keyingi oyning 15-kunidan kechiktirmay
b) Har oyda soliq davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay
c) Har chorakda, soliq davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay
d) Har oyda soliq davridan keyingi oyning 15-kunidan kechiktirmay
Do'stlaringiz bilan baham: |