Bakalavrlari uchun o‘qiladigan birinchi maxsus kursdir



Download 335,9 Kb.
Pdf ko'rish
bet32/40
Sana31.01.2022
Hajmi335,9 Kb.
#419452
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   40
Bog'liq
4.Gidrometeorologiyaga kirish

Daryolarning to

yinish manbalari va 
suv rejimi fazalari
Ushbu mavzuda talabalar daryolarning to

yinish manbalari, oqimning yil 
ichida va hududlar bo

yicha taqsimlanishi, shuningdek, ularga ta

sir 
ko

rsatuvchi omillar bilan tanishadi hamda daryolar suv rejimining fazalari 
haqida tushuncha olishadi. 
Yer kurrasidagi barcha daryolar to‘yinishining asosiy manbai atmosfera 
yog‘inlaridir. Yomg‘ir ko‘rinishida tushgan atmosfera yog‘inlari yer yuzasida 
oqim hosil qiladi va daryolar tuyinishining bevosita manbai bo‘ladi. Agar 
yog‘in-qor ko‘rinishida yog‘sa, u yer sirtida yig‘ilib, havo harorati ko‘tarilgach 
eriydi. qorning erishidan hosil bo‘lgan suvlar ham daryolar to‘yinishida 
qatnashadi. 
Yer yuzasining baland tog‘li qismida yoqqan qorlar bir yoz mavsumida 
erib ulgurmaydi, natijada u yerdagi qor zahirasini boyitib, muzliklar, doimiy 
qorliklar paydo bo‘lishiga olib keladi. Ana shu baland tog‘lardagi asriy qorliklar 
va muzliklar suvi daryolar to‘yinishining yana bir manbai hisoblanadi. 
Yomg‘ir suvlari hamda qor va muzliklarning erishidan hosil bo‘lgan 
suvlarning bir qismi yer ostiga sizilib, grunt va yer osti suvlariga qo‘shiladi. Yer 
osti va grunt suvlari ham daryo o‘zaniga sekin astalik bilan qo‘shiladi, natijada 
daryolarda doimiy suv bo‘lishi ta‘minlanadi. Shunday qilib, daryolarda doimiy 
suv bo‘lishi ta‘minlanadi. Shunday qilib, daryolar to‘yinishining to‘rt manbai 
mavjuddir: yomg`irlar, qor qoplami, baland tog‘lardagi asriy qor va mazliklar, 
yer osti suvlari. 
Yuqorida aytilgan manbalardan hosil bo‘lib, daryolarga qo‘shiladigan suv 
miqdori turli hududlarda har-xil qiymatlarga ega bo‘ladi. Uning miqdori esa, 
asosan, daryo havzasining iqlim sharoitiga bog‘liq holda yil fasllari bo‘yicha 
o‘zgarib turadi. 
Iqlimning daryolar to‘yinishidagi ahamiyati va ularning rejimiga ta'sirini 
birinchi bo‘lib 1884 yilda taniqli iqlimshunos olim A.I.Voyeykov o‘zining 
mashhur " Yer kurrasi va xususan Rossiya iqlimlari" kitobida aniq baholab 


bergan. U hozir ham kuchini yo‘qotmagan mazkur kitobida "Daryolar o‘z 
havzalari iqlimining mahsulidir" degan edi. 
Hozirgi paytda bu fikr bir muncha keng ma'noda, ya'ni "daryolar 
havzadagi mavjud landshaftning umumiy muhitida iqlimning mahsulotidir", deb 
ta'riflanadi. Natijada iqlimning yetakchi hissasini ta'kidlash bilan birga landshaft 
sharoitlari-havzalarning geologik tuzilishi, ularning tuprogi, o`simligi va 
boshqalarning ham ma‘lum ahamiyati uqtiriladi. 

Download 335,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish