Bakalavriatning o`zbek filologiyasi yo`nalishi uchun


-MA’RUZA: RAUF PARFINING HAYOTI VA IJODI



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/29
Sana02.03.2022
Hajmi0,55 Mb.
#477432
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
2 5215264476978222239

15-MA’RUZA:
RAUF PARFINING HAYOTI VA IJODI 
REJA: 
1.
Rauf Parfi lirikasi- so‟nggi davr o‟zbek she‟riyatidagi yangi hodisa. 
2.
Yozuvcining yoshlik yillari va ijodining boshlanishi. 
3.
60-80 yillar she'riyatida shoirning o`rni. 
4.
Shoir lirikasida qalb manzaralarining nafis istioraviy talqini. 
5.
Lirik va publisistik ibtido shoir she‟riyatining qo‟sh qanoti sifatida. 
6. Adabiyotda Rauf Parfi tarjimalarining ahamiyati. 
ADABIYOTLAR 


1.Karimov N., Mamajonov S., Nazarov B., Normatov U., Sharafiddinov O. XX 
asr o`zbek adabiyoti tarixi. Oliy o‟quv yurtlari uchun darslik. T.,1999. 
2.Mirzayev S. XX asr o‟zbek adabiyoti. Darslik. T., “Yangi asr avlodi”, 2005. 
3.Sanjar Sodiq. Yangi o‟zbek adabiyoti tarixi. Darslik. T., 2005. 
5.
Mirvaliyev S. O`zbek adiblari. T., 2003. 
6.Shoir to‟plamlari. 
7.Sharafiddinov O. Ijodni anglash baxti. T., 2003. 
TAYANCH SO‟Z VA IBORALAR. Kompozitsiya. Modernizm. Metafora. 
Xokkular yoki ignabarglar. Ruh rassomi. Yapon she‟riyati. Badiiy obraz. 
60-yillar she'riyatiga Rauf Parfi o`ziga xos ovoz bilan kirib keldi. U 
o`zigacha bo`lgan o`zbek she‟riyatining an‟analarini o`z asarlarida tasvirlash bilan 
birga jahon she'riyatining xususiyatlarini ham singdirib yubordi. Ayniqsa, u Nozim 
Hikmat, Garsiya Lorka singari xorijiy shoirlarning asarlarini mehr bilan o`rgandi,
ularning hech biriga o`xshamagan she'rlarni yozdi. 
Rauf Parfi 1943-yili Toshkent viloyatining Yangiyo`l tumanidagi 
Sho`ralisoy qishlog`ida dunyoga keldi. Uning ota-onasi asli farg`onalik bo`lib, 50-
yillarning o`rtalarida sho`rolar zamonining zayli bilan shu yerga kelib qolganlar. 
Uning otasi Parfi Muhammad Hamroqul Tursunqulov, Abdurahmon Vodiliy 
singari farg`onalik davradoshlari bilan hamsuhbat edi. Bu haqda shoir shunday 
eslaydi: “Agar birinchi ustozim deb aytish mumkin bo`lsa, Abdurahmon Vodiliy
deb atar edim”,- deb yozadi shoir o`zining tarjimayi holida. Uning qarindosh-
urug`lari yer-suvli, ot-ulovli kishilar bo`lganligi uchun ham boylarga qarshi kurash 
yillarida otib tashlashgan. Shuning uchun ular Vodilni tark etishga majbur 
bo`lishgan. 
Rauf Parfi nozik tabiatli inson bo`lgan. U dilbar xayollar kuychisidir. Uning
“Karvon yo`li” deb nomlangan birinchi she'riy to`plami 1969-yilda nashr etilgan. 
Shundan so`ng “Aks sado” she'rlar to`plami e‟lon qilindi (1970). Uning qator 
she'rlar to`plami keyingi yillarda birin-ketin nashr etildi. “Tasvir” (1973). 
“Xotirot‟ (1975). Ayniqsa, uning 1986-yilda nashr ettirilgan “Sabr daraxti” 
to`plami she'riyatimizda katta shov-shuvlarga sabab bo`ldi. 
Umuman, Rauf Parfining o`zbek she'riyatida paydo bo`lishi ajoyib bir 
hodisa bo`ldi. Uning she'rlarini dastlabki paytlarda hatto adabiy tanqidchilik rad 
etdi. “Raufona” she'rlar deb nom oldi. Shubhasiz, Rauf Parfi atrofida bo`lgan 
bunday tortishuvlar jamoatchilikni, she'riyat ixlosmandlarini o`ziga tortdi. Ko`plab 
yoshlar aynan shu usulda she'rlar yozishga kirishib ketdilar. 60-yillar she'riyatiga 
nazar tashlasak, aqliy lirika rivojlanganini ko`ramiz. Uyg`unning “Nazir otaning 
g`azabi” she'rida faqat partiya uchun, planni bajarish uchun kurash tasvirlanadi, 
shu va shunga o`xshash ko`pgina she'rlarda yurak muzlab qolgandek ko`rinadi. Bu 
esa 30-yillardagi lirikani tozalashning oqibatidir. Chunki 50-yillarga qadar 
grajdanlik ruhidagi she'rlarni yozish birinchi o`rinda turar edi. Oybek, Mirtemir, 
Shayxzoda, Asqad Muxtor, Zulfiya va Shukrullolarning kirib kelishi bilan o`zbek 
she'riyati o`z qaddini tiklab oldi. Shulardan biri, shu avlodning kenja avlodi Rauf 
Parfi edi. Shoirning 60- yillarda yozgan she'rlarida qalb va tabiatni kuyladi. 
Ularning aksariyati an‟anaviy sarlavhaga ham ega emas edi. Aniqrog`i, shoir 


birinchi satrga sarlavha huquqini bergan edi, xolos. Bu yangilik edi. Lekin shoir 
asarlaridagi eng muhim yangilik uning satrlaridagi kutilmagan obraz, o`xshatish, 
istioralar edi. Mana shoirning shunday she'rlaridan biri : 

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish