Boshingda agar qo`nsa, shu kun sharpai iqbol
Poyinga, elim bosh urib qur’on yozajakman,–
deb ahdi paymon qilishi bunga yorqin dalildir.
Abdulla Oripov tom ma‟noda milliy shoir, chunki uning ijodida birinchi
navbatida o`z millatining hayoti, uning kayfiyati, orzu-istaklari, o`zbek xalqi
turmush tarziga doir rang-barang mavzular asosiy o`rinni egallaydi. Shoir
she'riyatida xalqlar do`stligi mavzusi bo`rtib turadi. O`zbek va tojik xalqlari
o`rtasidagi do`stlik haqida kuylar ekan, uning tilidan shakar tomadi:
Do`sti qardoshdir azaldan o`zbegim tojik bilan,
Ikkisidir bayt g`azaldir o`zbegim tojik bilan,
Qay yo`sin aylay qiyos man bul shirin do`sti so`zin,
Totlidir boldan, asaldan o`zbegim tojik bilan.
So`z san‟atkorining “Armaniston”, “Qozog`iston”, “Qirg`iz diyori”,
”Sovg`a” kabi asarlari ham xalqlar do`stligi, birodarligi g`oyalari bilan sug`orilgan.
A.Oripov she'riyatida milliylik bilan baynalminallik uzviy birlikda namoyon
bo`ladi. A.Oripovni faqat o`z millati va o`z mamlakatining tashvishi dardlarigina
emas, balki butun jahon xalqlarining taqdiri, g`am-alamlari ham bezovta qiladi.
Buni shoirning chet el mavzulariga bag`ishlangan, G`arbiy Yevropa va Amerika
safari taassurotlari asosida yozilgan “Ikki Amerika” “Meksika”, ”Los-Anjeles”
ko`chalarini, “Tunislik bola” singari she'rlarida yaqqol ko`rish mumkin.
“Tunislik bola” she'rida shoir Rimda tunislik begunoh bir bolaning bezorlar
tomonidan ermak, mazax qilinib, yondirib yuborilganligi haqida g`azablanib
yozadi, bu bolaning fojiasini o`z shaxsiy fojiasi sifatida qabul qilib, zo`ravon –
tekinxo`rlarga la‟nat o`qiydi. Shu bilan birga kishilarning irqi va millatidan qat‟iy
nazar, inson erkini, inson huquqini dadil himoya etishga da‟vat etadi.
Afsus razolatga botdi bu ochun,
Aybni yaratganga to`nkamoq nechun?
Senga o`t qo`ydilar bir ermak uchun,
Rimga nega kelding tunislik bola,
Bilaman, sen uchun parcha non qahat,
Zamin mozor bo`lsa Afrika lahat,
O`t qo`ysa o`t qo`ysin, o`z eling faqat,
Rimga nega kelding tunnislik bola?
A.Oripov she'rlarida falsafiy teranlik bilan jo`shqin lirizm uyg`unlashib
ketgan. Uning “O`zbekiston, ”Munojotni tinglab”, ”Avlodlarga maktub“,
”O`ylarim “, ”Bahor“, ”Birinchi muhabbatim “, ”Yuzma-yuz“, ”Otello “, ”Kuz”,
“Saraton”, “Dengizga” va boshqa she'rlarida mana shu xususiyat yaqqol seziladi.
A.Oripov o`z she'rlarida ramziy obrazlardan, kinoya, piching va so`z
o`yinlaridan mohirona foydalanadi. Kundalik oddiy voqealardan katta ijtimoiy
xulosalar chiqaradi va bularni tasvirlashda, ko`pincha yangiliklar kashf etadi. Shoir
“Abdulla Qodiriy “ she'rida o`zbek halqining bebaho qadriyatlari, asl iste‟dodining
qadr-qimmati haqida badiiy mulohaza yuritib, chuqur mazmunli, aforizm
darajasida ko`tarilgan misralar yaratadi hamda uni sodda va ixcham shaklda
jozibador qilib ifodalaydi.
Azaliy haq gapni yashirmoq nechun,
Zavol yo`q eng asl iste’dod uchun,
Agarda koinot tegirmon bo`lib,
Olamni yanchsa ham qolgay u butun.
Shoir ona haqidagi she'rida ayol haqida shu kungacha aytilmagan, lekin
aytilishi shart bo`lgan teran fikrlarni topib, ularni mahorat bilan ifodalaydi:
Inson atab bo`lmas hech bir, hech mahal,
Ayolni tanimas takabbur boshni,
Undayin yulduzning so`ngani afzal,
Agar tan olmasa senday quyoshni,
Asl chehrasida ko`rsang tabbassum,
Bilki, zamon tinch, osoyish olam,
Ayolga tilasang gar tole mas’ul
Dunyoni olovdan asra, ey Odam!
(“Seni Ona dedim”)
A.Oripov mehribon onalar obrazini yaratish bilan birga, otalar haqida
yozishni ham unutmaydi. Shoirning “Otalar ilkida zamon bilan vaqt” she'rida
mehribon, mard, zahmatkash otalarimizning umumlashma lirik obrazi yaratilgan.
Shoir she'rida go`zal, teran badiiy xulosa chiqaradi:
Men ko’kka termulib kutmasman madad,
Do`st izlab har yonda kezmasman sarson.
Do`stu madadkor ham otadir obod
Shoni-shoning erur, armoni-armon.
“Yillar armoni” to`plami shoirning deyarli chorak asr davomida yozgan
sara namunalaridan tuzildi va ma‟lum darajada muallifning armonli yillardan o`z-
o`ziga kichik bir ijodiy hisobot tarzida tashkil topgan. To`plam nomi bu asarlar ana
shu yillar armonidan qolgan yodgorliklar ekaniga bir ramziy ishoradir. A.Oripov
o`zbek adabiyotini “Jannatga yo`l”,“Hakim va ajal”, “Ranjkom” kabi bir qator
dostonalar bilan ham boyitdi.
“Hakim va ajal” dostonini shoir jahonning buyuk tabibi Abu Ali ibn Sinoga
bag`ishladi. Asarda buyuk dahonning insonparvar, zakiy qiyofasi aks ettirilgan.
Muhabbat va umrguzaronlik ulug`lanadi. Adolat bilan qabohat, fasohat bilan
razolat o`rtasidagi badiiy va azaliy kurash ko`rsatildi. Malika obrazida mehru
shafqat va sevgi-sadoqatga doimo tashna ayol siymosi qirralari gavdalantirildi,
Mirzo obrazida o`z manffati yo`lida hech qanday jirkanchliklardan qaytmaydigan
“Odamlarning o`zidan chiquvchi iblis” qiyofasi o`z ifodasini topdi.
“Ranjkom” nomli dramatik dostoni oshkoralik va qayta qurish deb
nomlangan 80-yillarning ikkinchi yarmida avj olgan g`iybat, tuhmat, ig`vo, hasad
singari yaramas illatlarni keskin fosh etdi. Asarda muallifning yashab, ishlab
yurgan halol, vijdonli kishilarning ranjitishdan, haqoratlashdan ularga azob
berishdan rohatlanuvchi va maqsadlarini izchil ravishda amalga oshirish uchun,
hatto, muallifning shartli tasviricha, maxsus qo‟mita tuzishga bel bog`lagan razil
kimsalarning umumlashtirilgan jirkanch besharalari aks ettirildi.
So`nggi
yillarda
jamiyatda
ruy
bergan
o`zgarishlar,
ularni
zamondoshlarimiz qalbi va tafakkurlariga ko`rsatayotgan ta‟siri shoirning
“Munojat”, “Hikmat sadolari”, “Haj daftari” singari to`plamlariga kirgan
she'rlarida yorqin aks ettirildi.
A.Oripov ijodining o`zbek adabiyotidagi o`rni beqiyosdir.
Chunki o`zbek she'riyatida shoir o`z maktabini yaratdi, desak mubolag`a
bo`lmaydi. Shoir she'riyati o`zbek xalqiga hali ko`p yillar xizmat qiladi.
NAZORAT SAVOLLARI
1.
Shoirning yoshlik yillari haqida va ilk ijodi to`g`risida so`zlab bering.
2.
A.Oripovning ilk to`plami qachon, qanday nom bilan chop etildi?
3.
Uning qanday asarlarini bilasiz?
4.
Shoir lirikasining tematikasi haqida so`zlab bering.
5.
Vatan va muhabbat mavzusidagi she'rlaridan birini tahlil qilib bering.
6.
Aruz vaznida yozgan she'rlaridan qaysilarini bilasiz?
7.
Shoir lirikasida qanday badiiy san‟atlardan foydalanilgan?
8.
Siz yoqtirgan she'rlaridan birini yod aytib bering.
9.
Shoir ijodi haqidagi bahslar qanday?
10.
Sizning fikringiz-chi?
11.
Liro-epik tur deganda nimani tushunasiz?
12.
A.Oripov qaysi dostonni yozdi?
13.
Unda qanday mavzu yoritiladi?
14.
Uning doston yozishiga qilgan tarjimalarini ham ta‟siri bo`ldimi?
15.
Dostonlarida qanday obrazlar ishtirok etadi?
16.
Istiqlol davrida A.Oripov qaysi dramasini yozdi?
17.
U dramada qanday mavzu ifodalangan?
18.
Ushbu she'riy dramadagi o`ziga xoslik nimada?
19.
A.Oripov dostonlari va dramalariga munosabat bildirilgan qanday
maqolalarni bilasiz?
20.
A.Oripov ijodining o`zbek adabiyotidagi o`rni qanday?
Do'stlaringiz bilan baham: |