12-MA’RUZA: ERKIN VOHIDOVNING HAYOTI VA IJODI.
R E J A:
1.
Erkin Vohidov-hozirgi o‟zbek she‟riyatida “o‟ziga xos sehr sohibi.”
2.
Shoirning yoshlik yillari va ijodining boshlanishi.
3.
Shoir she‟riyatida romantik ohang va shafqatsiz realistik ruh, rubobiy nazokat
va publisistik harorat, hajv, epik tasvirga moyillik.
4.
"Yoshlik devoni” ning yaratilishi.
5.
"Aruz" she'r sistemasi va shoir ijodi.
6.
Shoir ijodida lirik qahramon masalasi.
7.
Erkin Vohidov dostonlari.
8.
Xulosa.
ADABIYOTLAR
1. Karimov N., Mamajonov S., Nazarov B., Normatov U., Sharafiddinov O. XX
asr o`zbek adabiyoti tarixi. Oliy o‟quv yurtlari uchun darslik. T.,1999.
2.
Mirzayev S. XX asr o‟zbek adabiyoti. Darslik. T., “Yangi asr avlodi”, 2005.
3.
Sanjar Sodiq. Yangi o‟zbek adabiyoti tarixi. Darslik. T., 2005.
4.
Mirvaliyev S. O`zbek adiblari. T., 2003.
5.
E.Vohidov."Kuy avjida uzilmasin tor".
6.
"Yoshlik devoni".
7.
“Iztirob
8.
Tanlangan asarlar.3 tomlik
TAYANCH SO‟Z VA IBORALAR: Aruz she'r sistemasi. Lirik qahramon. Rukn,
hijo (takrorlash asosida). Badiiy san‟atlar haqida.Riviyat. Badiiy to‟qima.
Erkin Vohidov 1936-yilda Farg`ona viloyatining Oltiariq tumanida tug`ildi.
Keyinchalik Toshkentda ijodiy ishlarini davom ettirdi, dastlab G`ayratiy domladan
saboq oldi. “Mana bir necha o`n yillarki,biz dilbar bir she'riyatning muattar
havosidan bahramand bo`lib kelayotirmiz.Bu Erkin Vohidov she'riyatidir, - deb
yozadi shoir Abdulla Oripov "So`z sehri “ maqolasida.- Ona tilimizdagi ipakdek
mayin, kamaldek rang-barang, g`oyat nozik lutf, beozor qochirimlar, goh
hazin,goh samimiy tabassum uyg`otuvchi tashbehlar , o`tkir xulosalar - bular bari
ulkan shoirimiz qalamiga mansub betakror fazilatlaridir.Men Erkin Vohidovni
she'riyatda o`ziga xos sehr sohibi deb bilaman".
Erkin Vohidov o`zbek mumtoz she'riyati an‟analarini davom ettirdi. Uning
yuksak zamonaviylik ruhi bilan sug`orilgan "Yoshlik devoni",”Tirik sayyorlar”,
"Sharqiy qirg`oq", "Yaxshidir achchiq haqiqat" to`plamlari,urush fojialaridan
so`zlovchi "Nido" , "Ruhlar isyoni " falsafiy dostoni, "Istambul fojiasi " she'riy
dramasi, hajviy-yumoristik "Donishqishloq latifalari" turkumi, "Oltin devor", I.
Gyote, S. Yesenin, A.Blok, M.Svetlov, A.Tvardovskiy, R.Hamzatovdan qilgan
tarjimalari, xususan "Eron taronalari" bilan "Faust" tarjimasi adabiyotimizda ulkan
voqealar bo`ladi. Shoirning publisistik , adabiy-tanqidiy maqolalari, suhbatlardan
tashkil topgan "Iztirob"(1992) kitobi muallif dunyoqarashining shakllanish
yo`llarini aks ettiruvchi o`ziga xos ko`zgu sifatida qimmatlidir.
Erkin Vohidov "Yoshlik" jurnalining birinchi muharriri, G`afur G`ulom nomidagi
Adabiyot va san‟at nashriyotida direktor bo`lib ishladi, Oliy Kengash, Oliy Majlis
deputatligiga saylangan. Oliy Kengashining xalqaro ishlar va parlamentlararo
aloqalar qo`mitasiga raislik qilgan kezlarida taniqli arbob sifatida ham tanildi.
Erkin Vohidov ziyoli oilada tug`ilgan. Onasi Roziyaxon, otasi Cho‟yanboy
qishloq o`qituvchilaridan bo`lishgan.Ota-ona vafotidan keyin u tarbiyalangan
xonadon sohiblari - Sohiboyevlar yetuk ishlarda ishlashgan.50-yillarda shoir
sifatida tanildi.50-60-yillar boshlari jamiyatda yangi ruh, yangicha qarashlar qaror
topgan davr edi: adabiyot va san‟atda ham yangilanish belgilari paydo bo`lgan.
Biroq bu jarayon osonlikcha kechgani yo`q. Shoir bosib o`tgan yo`liga nazar
tashlar ekan, unda o`nqir - cho`nqirlar, izlanishlar borligini ko`radi."Negaki, - deb
yozadi u, - boshimizdan kechirgan kunlarimizning o`zi notekis, murakkab,
xatolarga to`la bo`lgan. Biz haq so`zni aytish qiyin bo`lgan zamonda yashadik. Bu
ish demokratik va oshkoralik hukmron bo`layotgan davrda ham oson ish emas ".
Erkin Vohidov adabiyotga 30-40-yillar she'riyati ta‟sirida hayot, yoshlik,
sevgi kuychisi sifatida kirib keldi. Uning mashqlarida tanqidchi Ozod
Sharafiddinov
aytganidek,
ko`proq dunyoni
kashf
qilayotgan o`zining
kashfiyotidan zavqlanib, xursandchiligidan boshqalarni xabardor etishga
oshiqayotgan, yashashning benihoyat go`zal ekanligi, hayotning noyob ne‟mati
ekanini tushunib kelayotgan murg`ak qalbning quvonchlari bor.
"Yoshlik devoni" 60-yillar ijodining bir namunasi bo`lib qolmasdan,
she'riyatimizdagi yetakchi tamoyillarining ko`rinishi bo`lganligi bilan ham
qadrlidir. Ma‟lumki, 50-yillarning oxiri 60-yillarning boshiga kelib vaziyat o`zgara
boshladi. Inson shaxsiga e‟tibor oshdi. Kishining xilma-xil kechinmalari an‟anaviy
she'riy shakl, ayniqsa, g`azalning jonlanishiga e‟tibor kuchaydi. Tabiiyki, bu
jarayon o`sha kezlarda osonlikcha kechgani yo`q. Shoir "Yoshlik" devonining
debochasida shunday qarashlar bilan oshkora bahsga kirishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |