Bakalavriatning o`zbek filologiyasi yo`nalishi uchun



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/29
Sana02.03.2022
Hajmi0,55 Mb.
#477432
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   29
Bog'liq
2 5215264476978222239

Nima odam qilgan Odam Atomizni ? 
Birovlar der olma, Birovlar - bug`doy, 
Har holda men ko`rsatmadim o`zni 
Ezgulikkagina oshiqday. 
 
Yaxshi ishlar qildik, albatta, 
Bu murakkab dayri azmda. 
Lekin man etilgan noz-ne’matlar 
Mazasi qolibda og`zimizda... 
Bunday misollarni qo`plab keltirish mumkin. A.Muxtor ko`p izlanishlar 
natijasida o`zbek she'riyatini balandparvoz hayqiriqlardan qutultirdi. Uni falsafiy 
ruh bilan boyitdi. Inson shoir ijodining bosh ob‟yektiga aylanadi. 
A.Muxtor 1955-yilda "Opa-singillar"romanini chop ettirdi. Roman 20-yillar 
voqeligiga bag`ishlangan bo`lib, undagi voqealar to`qimachilik kombinati qurilishi 
atrofida bo`lib o`tadi. Roman bosh qahramoni - Onaxon. Bu obrazi orqali muallif 
sharq ayolining erk yo`lidagi mustaqilligi, matonati, mehnatsevarligi, sadoqatini 
ko`rsatib beradi. 
"Tug`ilish" romanida O`zbekistondagi qurilishlardan biri hikoya qilinadi. 
Qurilish jarayonidagi yangi avlodning tug`ilishi tasvirlab beriladi. Qurilish 
shunday bir qozonki - unda turli yoshdagi, psixologiyadagi kishilar yetilib, 
qaytadan yangitdan dunyoga kelishadi. Unda Luqmoncha, Sangin, Samadiy, 
Sadbar, Adolat, Xoldor va boshqa kishilar ishtirok etishadi. 
"Davr mening taqdirimda" romanida muayyan bir avlodning taqdiri haqida 
hikoya qilinadi. Bu avlod yozuvchiga tengqur bo`lib, yigirmanchi yillarda 
tug`ilgan. 60-yillarda ham buni hal etishga ruxsat berilmas edi. Shunday bo`lsa-da, 


A.Muxtor bu avlod vakili Ahmadjon taqdiri orqali davr fojiasini haqqoniylik bilan 
ochishga erishdi. Romanning bosh masalasi inson va davr, inson hayotining ma‟no
va maqsadi, inson baxti masalasidir. Ahmadjon yengil, xurram, hayot kechirgan 
deb ayta olmaymiz. U esini tanir-tanimas hayot uni qarshisiga bir-biridan chigal 
muammolarni ko`ndalang qiladi. Bularni chetlab o`tib ketib bo`lmaydi, ulardan 
o`zini pana olib bo`lmaydi. Uning hayoti ziddiyatlar qurshovida qoladi, kurashib 
yashashga majbur bo`ladi. Baxtga erishish juda murakkab ekanligi, oson emasligi 
Ahmadjon taqdiri orqali ko`rsatib beriladi.Hayot baxtni misqollab beradi, uning 
uchun doim kurashmoq kerak... 
" Chinor" romani ham 70-yillardagi o`zbek adabiyotida katta voqea bo`ldi. 
Bu asarda adibning jasoratidan, izlanuvchanligi va mahoratidan darak berib 
turuvchi o`rinlar talaygina. "Chinor” 1973-yili O`zbekiston Respublikasining 
Davlat mukofotini oldi. Romanning bosh g`oyasi hayotning abadiy ekanligi, 
xalqning manguligi, ezgulik, yaxshilik abadiy ekanini ko‟rsatishdir. 
Yozuvchi ehtiros bilan hayotni va insonni ulug`laydi. Romaning bosh qahramoni
Ochil buva.Ochil buva turli qissalarni bir-biriga bog`lovchi kompozitsion element 
sifatida kiritilmagan, balki asarning bosh g`oyasini asosiy yukini o`zida eltuvchi 
komandir. Ochil buva rolini siymosida o`zbek xalqining umumlashgan eng yaxshi 
fazilatini ko`rish mumkin. 
"Chinor" romaniga rivoyatlar, hikoyatlar, qissalar deb kichkina sarlavha 
qo`yilgan. U beshta rivoyat, beshta hikoyat, beshta qissadan iborat. Ularning 
hammasi nisbatan mustaqil. Har bir qissada alohida obrazlar harakat qiladi.
Ayrim o`rinlardagi voqealar g`ayri-tabiiy tuyuladi.Masalan, qishloq maktabining 
oddiy o`qituvchisi Shafig‟ulina raykom kotibi Orifni o`z huzuriga chaqirib, 
qizining "betga choparligi" uchun tanbeh beradi. 
"Chinor" romani o`zbek xalqi sho`ro hokimiyati yillarida bosib o`tgan 
tarixiy yo`lining tahliliga bag`ishlangan. Adib xalq kuchi bilan tashkil topgan 
sotsialistik jamiyatining yutuqlari haqida qisman kamchiliklari haqida gapirishga 
haraqat qiladi. Romanda bu jamiyatdagi buyruqbozlik, byurokratiya zulmkorlik 
xususiyatlari ko`rsatib beriladi. Xuddi shu xususiyat "Chinor"ning umrboqiy asar 
bo`lishiga yo`l qo‟ymadi. Biroq shuni aytish kerakki, u vaqtda boshqacha xulosani 
bo`lishi sira mumkin emas edi. "Chinor" o`zbek adabiyotida o`ziga xos o`ringa 
ega bo`lgan asardir. 
Muallifning "Buxoroning jin ko`chalari" asarida atoqli davlat arbobi, 
O`zbekiston xalq komissarlari kengashining birinchi o`rinbosari F.Xo`jayevga
bag`ishlangan. 
She‟riyat va nasrda muvaffaqiyat qozongan adib “Mardlik cho‟qqisi”, 
“Yaxshilikka yaxshilik”, “Samandar” kabi sahna asarlarini ham yozdi. 
Asqad Muxtor jahon adabiyotining eng sara namunalarini xalqimiz ma‟naviy 
mulkiga aylantirishda astoydil mehnat qilgan mohir tajimon hamdir.Antik 
adabiyotning sara namunasi –Sofoklning “Shoh Edip” fojiasini, Shekspir va Shiller 
tragediyalari, Pushkin,Lermontov,Blok,Mayakovskiy asarlarini mahorat bilan 
o‟zbekchalashtirgan.Yozuvchining juda ko‟p asarlari rus, hind, urdu, vyetnam, 
xitoy, rumin, ingliz, fransuz va boshqa tillarga tarjima qilingan. Asqad Muxtorga 
“O‟zbekiston xalq yozuvchisi” faxriy unvoni berilgan edi. 


Umrining oxirgi yillarida og‟ir kasalligiga qaramay, metin irodali adib 
ijoddan to‟xtamadi.1994-yilda “Insonga qulluq qiladurmen” to‟plami va eng 
so‟nggi kitobi “Uyqu qochganda”(1997) e‟lon qilingan edi. 
Asqad Muxtor 1997-yilning 17-aprelida Toshkent shahrida vafot etdi.
NAZORAT SAVOLLARI: 
1.
A.Muxtorning yoshlik yillari va ilk ijodi haqida so`zlab bering. 
2.
A.Muxtorning poeziyasi haqida nimalar deya olasiz? 
3.
Poeziyasidagi novatorlik qaysi o`rinlarda ko`rinadi? 
4.
A.Muxtor she'rlarida qanday falsafiy fikrlar ilgari suriladi? 
5.
U qanday tasviriy vositalardan o`z ijodida foydalangan? 
6.
Sizga adibning qaysi asarlari yoqadi, nima uchun? 
7.
Sizga A.Muxtorning qaysi she'riy to`plami yoqadi? 
8.
«99 miniatura» to`plamidan asosan qanday ruhdagi she'rlar yoqadi? 
9. «Sizga aytar so`zim», «Yillarim» to`plamlari haqida qanday fikrdasiz? 
10.A.Muxtor lirikasi haqidagi fikrlarga munosabatingiz qanday? 
11.Yozuvchining nasriy asarlari haqida nimalar deya olasiz? 
12.Dramaturglik faoliyati haqida gapiring. 
13.Qanday asarlarni tarjima qildi? 
14.Adabiyotimizdagi mehnatlari qanday baholandi? 

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish