ifoda + ekspressivlik = birlik” formulasi orqali tasavvur qilinishi mumkin.
Agar bu formulada ekspressivlik nolga intilsa, unga muvofiq grammatik
shakllanganlik o’zining to’liq ifodasini topadi. Aks holatda esa, ya’ni
ekspressivlik kuchaysa, grammatik tuzilish nolga yaqinlashadi.” Bu qonunda
konstruktiv va kommunikativ (ekspressiv) sintaksislar o’rtasidagi mazkur
nomutanosiblik juda ham yaqqol ifodalangan.
Parsellyatsiya natijasida mohiyatan bir sintaktik gap ikki
kommunikativ jumlaga aylanadi, bir sodda sintaktik shaklda ifodalanadigan
fikr ikki kommunikativ shaklda ifodalanadi. Mazkur nomutanosiblikning
zamirida til vositalarining ortiqchaligi tamoyili yotadi, chunki prof.
N.Mahmudov ta’kidlaganidek, bunday holatlarda “ortiqchalik printsipining
mohiyatiga ko’ra sodda mazmun murakkab forma orqali ifodalangan. Albatta,
bu holat mantiqiy ravishda gapda semantik-sintaktik asimmetriyani yuzaga
keltiradi”.
Kommunikativ vazifa va jumla tuzilishi muammosini nemis tili
materiallari asosida tadqiq etgan A.A.Margaryan gap va matnga
kommunikativ sintaksis nutqtai nazaridan yondashishning favqulodda muhim
ekanligini aytar ekan, bunday yondashuvda kommunikatsiya jarayonida faol
qo’llanadigan juda katta miqdordagi “nostandart” konstruktsiyalar tadqiqotchi
e’tiboridan chetda qolmasligini, tadqiqotchining “kuzatuv maydoni
kengayishi”ni ta’kidlaydi.
Bu o’rinda yana bir jihatni aytib o’tish maqsadga muvofiq.
Parsellyatsiya og’zaki nutq hodisasimi yoki u yozma nutqqa tegishlimi
tarzidagi savolning javobi borasida ham tilshunoslikda muayyan munozara
mavjud. Ammo juda ko’p tadqiqotchilar parsellyatsiyaning substrati og’zaki
nutq bo’lsa-da, uning yozma nutqqa oid ekanligini takror va takror ta’kidlab
ko’rsatadilar. Ba’zi tadqiqotchilar “tipik ekspressiv strukturalar bo’lmish
parsellyatsiyalangan konstruktsiyalarning asosiy ko’rsatkichi nuqta”
ekanligiga alohida urg’u beradilar, tegishli faktik misol keltirib, “...bu o’rinda
nuqta gap oхirining emas, balki qo’shimcha stilistik, ta’kidli, mazmuniy
vazifalarni bajaruvchi parsellyatsiyaning bo’linish joyining ko’rsatkichidir”
degan fikrni ilgari suradilar.5 Keyingi yillardagi tadqiqotchilar parsellyat va
asos qism o’rtasida final tinish belgilari, ya’ni nuqta, ko’p nuqta, so’roq,
undov belgilari qo’yilishini alohida ta’kidlaydilarki1, bu fikrga to’la qo’shilish
mumkin. Ammo ayni paytda parsellyat asosiy qismdan tire bilan ham
ajratilishi mumkinligini ta’kidlamoq ham joiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |