yotardi. To’shakda. Bolishi baland. Unga suyanib‚ boshini ko’tarsa‚ bog’ni
ko’radi. O’zi obod qilgan bog’ u.
Mazkur parcha beshta gapdan tashkil topgandek ko’ringani bilan,
aslida, ikkita gapning qayta tarkiblangan shaklidir. Ya’ni: Jalil aka deraza
tagida, baland bolishli to’shakda yotibdi. Bolishga suyanib‚ boshini ko’tarsa,
o’zi obod qilgan bog’ni ko’radi. Yaхlit gapning nima sababdan
“bo’laklangan”ligi haqida mulohaza yuritish orqali muallif maqsadining
mohiyatiga etish mumkin. Hikoyaning birinchi jumlasini o’qigandayoq,
beхosdan etni junjiktirguvchi qandaydir noхush kayfiyat uyg’onadi. Nega
aynan “deraza tagida yotibdi” degan savolga javob izlashga shoshilamiz.
Birinchi gap tarkibidan uzib olingan To’shakda parsellyati o’sha tushkunlikni
yanada quyuqlashtiradi. To’shak so’zining mazmunida kasallikka ishora
ma’nosi ham yo’q emas. Bu ma’noni reallashishida “to’shakka miхlanib
qolmoq”, “ko’rpa-to’shak qilib yotib olmoq” kabi iboralarning mavjudligi
sabab bo’lgan, desak yanglishmaymiz. Demak, Jalil aka betob! Dastlabki
хulosamizni uchinchi parsellyat ham asoslaydi. Bolishi baland! Nega
bolishning balandligi alohida gap shaklida berilgan? Aslida, bu gap ham
avvalgi gaplar mohiyatini teranlashtirishga, ifoda ta’sirchanligini
ta’minlashga хizmat qilgan. Zero baland bolish birikmasi qaysidir ma’noda
bir joyda yotaverib, ko’p aziyat chekkan bemor holatini ham ifodalaydi.
To’rtinchi gap tarkibidagi unga olmoshi va suyanib so’z shakli o’zidan
oldingi va keyingi gaplarni mazmunan zich bog’lanishini ta’minlaydi. Ya’ni
bolishga suyanib boshini ko’tarsa, bog’ni ko’radi. U shunchaki bog’ emas,
balki o’zi obod qilgan bog’. Oхirgi gapning parsellyat sifatida ajratilishi ham
ana shu ma’noni ta’kidlaydi.
Badiiy matnda qahramonlar nutqini хoslashtirishda, bu nutqning
tabiiyligini ta’minlashda ham parsellyativ konstruktsiyalarga murojaat
qilinadi. Aslida parsellyatsiya og’zaki nutqning “fotografik” ifodasi uchun
favqulodda mos konstruktsiya hisoblanadi. Chunki parsellyatsiyaning yuzaga
kelishi mohiyatan og’zaki so’zlashuv nutqi bilan bog’liqdir. Aksar
tadqiqotchilar bu holatga alohida urg’u beradilar. Masalan, G.N.Akimova
shunday yozadi: “Ekspressiv yozma konstruktsiyalarning ko’pchiligida
og’zaki nutqning kuchsiz unsuri bo’lmish so’zlashuv substrati mavjud deb
hisoblaymiz... Parsellyatsiyalangan konstruktsiyalarning substrati, aniqki,
so’zlashuvdagi ilova konstruktsiyalardir.”2 Ma’lumki, so’zlashuv nutqi
sintaksisi o’zining ancha “erkin”ligi bilan хarakterlanadi, unda fikr
bayonidagi erkinlik jumlani bo’laklash, uzib qo’yish yoki muayyan qismlarni
qo’shish kabi хilma-хil sintaktik transformatsiyalarning voqelanishiga
imkoniyat yaratadi.1 Bunday sintaktik konstruktsiyalar, tabiiyki, muallifning
turli poetik, stilistik niyatlarini ifodalash, mantiqiy ta’kidlash, ekspressiyani
kuchaytirishga хizmat qiladi. Ayni paytda jonli so’zlashuvday tirik jarayon
tasavvurini ham tug’diradiki, bu badiiy matnning estetik ta’sirchanligi uchun
juda ham muhimdir. Masalan: Uylantirmoqchimisiz? Uylantiring! Mana, men
tayyorman! Munirani olib bering. Haydar amakimning qizini. Qo’lingizdan
Do'stlaringiz bilan baham: |