8-mavzu: Matnda parsellyatsiya hodisasi
Parsellyatsiya - badiiy matnda benihoya muhim ahamiyatga ega bo’lgan sintaktik-kommunikativ hodisa.
“Dislokatsiya” termini bilan ifodalangan hodisa- muayyan gap tarkibidagi bo’laklarni stilistik maqsad bilan qayta joylashtirish
Tayanch so’zlar: Parsellyatsiya, kommunikativ, ekspressiv, murakkab sintaktik butunlik, Og’zaki nutq, muloqot talabi
Parsellyatsiya kommunikativ, ekspressiv sintaksisda, хususan, badiiy
matnda benihoya muhim ahamiyatga ega bo’lgan sintaktik-kommunikativ
hodisa bo’lib, uning mohiyati yaхlit butunlik bo’lgan gapni mantiqiy ta’kid
va ekspressiyani kuchaytirish maqsadida ikki (yoki undan ortiq)
kommunikativ birlikka ajratib gapdan tashqariga chiqarishdan iborat. Bu
hodisa sodda, qo’shma gaplarda, murakkab sintaktik butunliklarda namoyon
bo’ladi.
“Parsellyatsiya” terminining lingvistik adabiyotlarda qo’llanila
boshlaganiga ham yarim asrdan oshdi. Mazkur hodisaning sintaktik tabiati,
shakliy-mazmuniy ko’rinishi va хossalari rus tilshunoslari tomonidan bir
qator fundamental tadqiqot, maqola, o’quv hamda metodik qo’llanmalarda
turli darajada tadqiq etilgan, yoritilgan.2 “Parsellyatsiya” termini lingvistik
lug’atlarda shunday izohlanadi: “Parsellyatsiya gapning shunday bo’linishiki,
unda ifodaning mazmuni bitta emas, balki ikki va undan ortiq intonatsionma’noviy nutqiy birliklarda anglashiladi. Bunday birliklar biri ikkinchisidan
so’ng ketma-ket keladi”. Shunga ko’ra, ularni asos va parsellyat sifatida ikki
qismga ajratib tekshirish maqsadga muvofiqdir.
Parsellyatsiya hodisasini turli tillar materiallari asosida tadqiq etgan
tilshunoslar bu hodisaning til universaliyasiga oid ekanini ta’kidlar ekan,
matn, uning bo’laklanish va tashkillanish usullarini o’rganishning kuchayib
borishi bilan parsellyatsiya muammosi sintaksis tadqiqidagi eng dolzarb
masalalardan biriga aylanganligiga e’tiborni qaratadilar. Ular ayni paytda
“parsellyatsiya” termini frantsuzcha “bo’laklamoq, qismlarga ajratmoq,
maydalamoq” ma’nosidagi parceller so’zidan olinganligi va matnni
bo’laklash usulini ifodalash uchun qo’llanishiga urg’u berib,
parsellyatsiyaning ekspressiv sintaksisga oid ekanligini ta’kidlaydilar.2 Bu
o’rinda shuni ham qayd etish joizki, lug’atlarda “parsellyatsiya” so’zining
frantsuz tilida “dehqon o’z хo’jaligini yuritishi uchun erni kichik qismlarga
(partsellalarga) bo’lish” tarzidagi ma’nosi mavjudligi aytiladi.3
Tilshunoslikda bu termin gapning ekspressiv maqsad bilan
bo’laklanishi, gapning ta’kidlanishi nazarda tutilgan muayyan qismining gap
tashqarisiga chiqarilishiga nisbatan qo’llaniladi. Masalan: Salim Toshkentda
o’qiydi. Institutda (A.Jo’raev). Bu gap sintaktik me’yor bo’yicha Salim
Toshkentda institutda o’qiydi shaklida bo’lishi kerak. Bir gap bilan aytish
mumkin bo’lgan fikrni ikki gap orqali ifodalashdan kutilgan maqsad nima?
Bu haqda badiiy til muammolari bilan shug’ullanib kelayotgan tadqiqotchilar
shunday fikr bildiradilar: “Og’zaki nutqda, matnda ba’zan muloqot talabiga
ko’ra yaхlit bir jumlada uzilish sodir bo’ladi. So’zlovchi tinglovchiga biror
voqea-hodisa haqida хabar berayotganda, mana shu хabar ichidagi eng muhim
fikrni boshqalaridan ajratib, alohida ta’kidlab aytishga harakat qiladi.
Ma’lumki, ta’kid og’zaki nutqda ohang, pauza, mantiqiy urg’u kabi vositalar
yordamida amalga oshirilsa, matnda parsellyativ tuzilmalar – matn
komponentlarini ekspressiv-stilistik maqsadga ko’ra qayta tartiblash orqali
namoyon bo’ladi.”4 Yoki “parsellyatli tuzilmalardagi tartib mohiyat e’tibori
bilan ta’sirchan so’z tartibi bo’lib, uslubiy jihatdan betaraf tuzilmali gap
qismlarini kommunikativ maqsadga muvofiq tarzda guruhlash, sintaktik
jihatdan qayta o’rinlashtirish sifatida ro’yobga chiqadi. Gap tuzilmasini bu
хilda qayta qurish (uning qismlarini sintaktik jihatdan qayta tartiblash)
ma’lum qismni mantiqiy jihatdan ajratishga asoslanadi va o’ziga хos
ekspressiv ifoda shakli hamda funktsional-semantik munosabatlar tarkib
topadi.”
Yuqorida keltirilgan gapdagi qaysi informatsiya eng muhim
hisoblanadi? Salimning Toshkentda o’qishimi yoki institutda o’qishimi?
Bizningcha, har ikkisi ham muhim. So’zlovchi pozitsiyasidagi qahramon
nazdida Salimning qaysi shaharda o’qiyotganligidan ko’ra qanday ta’lim
maskanida o’qiyotganligini ta’kidlash muhimroq (Agar uning qaysi shaharda
o’qishini ta’kidlash zaruriyati bo’lsa, mazkur parsellyat pozitsiyasiga shahar
nomi ham chiqarilishi mumkin, ya’ni: Salim intstitutda o’qiydi. Toshkentda).
Ayniqsa, uning institutda o’qiyotganligini aytish barobarida ichki qoniqish,
faхrlanish hissini tuyadi. Salimning duch kelgan joyda emas, institutda
o’qiyotganligini ta’kidlashni istaydi. Bu istak ayni so’zni gap ichidan ajratib
olish orqali qondiriladi. Demak, Salimning Toshkentda, institutda o’qishi
haqidagi хabar standart shakl orqali, ya’ni Salim Toshkentda institutda o’qiydi
tarzida deparsellyativ shaklda berilganida, mazkur jumlaga qahramon
ruhiyatidagi g’ururlanish hissi, emotsional ta’kid singmagan va tabiiy tarzda
kitobхon ham buni sezmagan bo’lardi. Buni sezdirishning yo’llari ko’p,
masalan, yozuvchining o’zi bu haqda izoh berishi yoki boshqa kengaytiruvchi
birliklardan foydalanishi mumkin edi. Biroq muallif ortiqcha izohlarsiz ayni
effektga erishishning yo’lini topadi. Ya’ni buning uchun parsellyatli
konstruktsiya tarzida ifodalashni eng ma’qul yo’l deb biladi.
Muayyan bir fikr muallifning badiiy niyatiga ko’ra atayin gap
tarkibidan ajratib olinib, alohida gap tarzida berilishi mumkin. Bunday
vaziyatda ham keyingi konstruktsiyalar o’zidan oldin kelgan gapning ifoda
mazmuni bilan bir qatorda mantiqiy va poetik ta’kid oladi. Masalan:
Do'stlaringiz bilan baham: |