Bakalavr bitiruv ishi mavzu: «unix va Windows operatsion tizimlarining parolli himoyasini buzish va ularni qayta tiklash usullari»


Windows operatsion tizimi oilasining kelib chiqishi



Download 3,31 Mb.
bet10/34
Sana31.12.2021
Hajmi3,31 Mb.
#230846
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   34
Bog'liq
Ibrohimov L

Windows operatsion tizimi oilasining kelib chiqishi.

Windows Microsoft firmasining dastur maxsuli bo‘lib, maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lmagan kompyuterdan foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan operatsion tizim. Uning asosiy maqsadi - kompyuterdan foydalanishni iloji boricha sodda va o‘rganish uchun oson, shu bilan birga, foydalanuvchiga mumkin qadar keng imkoniyatlar yaratish holatiga keltirishdan iborat.

80-yilllarning o‘rtalaridan tarmoq yoki taqsimlangan operatsion tizimlar boshqaruvida ishlaydigan personal kompyuter tarmoqlari keng tarqala boshladi. 1984 Microsoft firmasi o‘zining birinchi tarmoq mahsuloti-Microsoft Network ni yaratdi. YA‘ni uncha katta bo‘lmagan tarmoqda kichik texnik va dastur xarajatlari talab etadigan Windows for Workgroups operatsion tizimini taklif etdi.

Bu operatsion tizim Windows 3.1 dan foydalanib kelgan jamoalarga juda qo‘l kelgan edi. Windows for Workgroups da tarmoq yuqori unumdorlikka erishgan edi. CHunki barcha tarmoq drayverlari 32- razryadli bo‘lgan.

1995 yil sentyabrda Microsoft yangi Windows 95 operatsion tizimini ishlab chiqdi. U Intelx 86 mikroprotsessorli stol kompyuterlarining Windows 3.1 va Windows for Workgroups operatsion tizimlarini almashtirdi.

Windowsning avvalgi versiyalari (masalan, Windows 3.0, 3.1, 3.11, 3.12) asos sifatida MS DOS ni qabul qilgan bo‘lsa, zamonaviylari o‘zi mustaqil bo‘lib, kompyuterda boshqa bir operatsion tizimning bo‘lishini talab qilmaydi. Lekin shu bilan birga bu muhitda MS DOS va Windowsning eski versiyalari bilan ishlash imkoniyati saqlangan. Windows mustaqil operatsion tizim sifatida quyidagi afzalliklarga ega:



  • o‘zlashtirishda o‘ta oddiy va mavjud imkoniyatlardan foydalanish ko‘lami qulay;

  • u yuqori samaradorlikka ega va mazkur xususiyati bilan Windowsning istalgan avvalgi versiyalaridan keskin farqlanadi. Xususan, Microsoft firmasi yangi 32 razryadli yadroni tatbiq etish bilan samaradorlik va ishonchlilikni keskin oshirishga erishdi;

  • foydalanuvchi atigi bitta dasturiy ta‘minot mahsulotini xarid qilib, qator muhim imkoniyatlarni qo‘lga kiritadi: universal tarmoq mijoziga aylanadi, elektron pochtadan foydalana oladi, mul‘timedia vositalaridan bahra oladi va hokazo; - sodda, dasturlar majmui barkamol va yuqori unumdorlikka ega.

Windows keng doiradagi foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ixtiyoriy sohadagi masalalarni echmasa-da, ularni echish uchun qulay vosita rolini o‘ynaydi.

Windows muhiti foydalanuvchi uchun qulay bo‘lgan ko‘pgina imkoniyatlarga ega bo‘lgan dasturdir. U MS DOS imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi.

Windows muhitida ishlash natijasida foydalanuvchi ko‘pgina qulaylik-larga ega bo‘ladi. Bunda fayl va kataloglarning nusxasini olish, ko‘chirish, qayta nomlash, o‘chirish va hokazo amallar tezda va yaqqol bajariladi. SHu bilan birga bu dastur bir paytning o‘zida bir necha katalog bilan ishlash, qator masalalarni echish, ixtiyoriy printer, displey va MS DOS dasturlari bilan ishlash qobiliyatiga ega.

Yagona interfeysga, ya‘ni Windows turli versiyalari va dastur ilovalari bilan ishlashning standart qoidalariga egaligi muhimdir. Hozirgi kunda Windows millionlab foydalanuvchilarning e‘tiborini o‘ziga tortdi. Microsoft firmasi Windowsni takomillashtirish borasida tinimsiz ish olib bormoqda. SHu bilan birga turli dasturlar ilovalarining yaratilishi Windowsning imkoniyatlarini yanada oshirmoqda. Bu Microsoft Word, Page Maker, Excel, Corel Draw va hokazolardir.

Windows 32 razryadli amaliy dasturlarni ishlatish imkoniyatini beradi. 32 razryadga mo‘ljallangan Application Programming Interface (API) amaliy dasturlar interfeysi hozirgi paytda eng ko‘p foydalaniladigan tarmoq operatsion tizimlar - Windows NT yordamida ishlaydigan amaliy dasturlar bilan bemalol ishlashi mumkin.

Bu esa amaliy va operatsion tizimlarni qo‘llaydigan yangi dasturlar yaratish imkoniyatini beradi. Hatto kompyuter tarmoqlarini ishlatish va tizim administratorlari (boshqaruvchilari)dan foydalanish jarayoni bir qator qulayliklar yaratadi.

Windowsni ishchi holatida saqlab turish va uni o‘rganish ilgarigiga nisbatan kam vaqt va urinishlarni talab qiladi. Tizim shunday «aqlli»lashganki, u qator murakkab amallarni o‘zi mustaqil bajaradi. Bunday amallar sifatida periferiya qurilmalarining ishlashini ta‘minlash, foydalanuvchi muhitini qayta o‘zgartirish (yangi imkoniyatlarni qo‘shish) va boshqalarni keltirishimiz mumkin.

Windowsning qo‘llanilishida foydalanuvchilarni o‘qitish, o‘rgatish, tizimni ishchi holda saqlab turish, uni sozlash ishlarini tez va ortiqcha harakatsiz amalga oshirish mumkinligi sohada ketadigan xarajatlarni kamaytiradi.

Windowsning ba‘zi imkoniyatlari quyidagilardir:


Download 3,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish