UNIX va Windows operatsion tizimlarida parollarning ishonchliligini baholash.
Biz yuqorida tanlab olingan ikki operatsion tizimlar ya’ni UNIX va Windows- larning parolli himoyasining tahlili va uni buzish, qayta tiklash usullarini ko’rib chiqdik. Yuqoridagilarga xulosa sifatida ushbu operatsion tizimlarni parollarini ishonchliligini o’zimiz uchun baholashimiz mumkin.
UNIX operatsion tizimida har ikkala holat ya’ni parolli himoyani buzish ham, uni qayta tiklash ham terminalga oddiygina buyruq yozish bilan amalga oshiriladi. Buning sababi shundaki hozirgi kunda ushbu operatsion tizimdan foydalanish koeffitsenti juda ham past, chunki hozir foydalanuvchilar UNIXdan emas balki uning samarali davomchisi sifatida e’tirof etilgan Linux operatsion tizimidan foydalanishmoqda. Linux operatsion tizimining qulayligi aniqroq qilib aytadigan bo’lsak bajariladigan vazifalarning turiga qarab uning distributivlari ishlab chiqilganidir. Shuning uchun UNIXga bo’lgan talab kuchli emas. Buzg’unchilar tomonidan ham ushbu parolli himoya masalasi bo’yicha biror-bir dastur ishlab chiqilmagan. UNIXda amaldagi parolni begona shaxslar tomonidan olishning deyarli ilojisi yo’q, chunki u DES shifrlash algoritmi orqali shifrlanadi. Yuqorida keltirib o’tilganidek, UNIX ko’p hollarda ko’p parollar yozilgan ro’yhatdan foydalanilgan (brute-forse) holda buziladi, bu hujumni esa har qanday operatsion tizimga nisbatan amalga oshirish mumkin. Endi yuqoridagilardan kelib chiqib parolning ishonchililigini baholashga kelsak. Bu borada UNIX operatsion tizimida qolgan operatsion tizimlarga nisbatan olib qaraganda yaxshi himoyaga ega deb aytishimiz mumkin.
Windows operatsion tizimiga keladigan bo’lsak, ushbu tizimda buzish va qayta tiklashda, ko’rib o’tkanimizdek deyarli qiyinchiliklarga duch kelinmaydi. Bu usullar albatta aylanib o’tish yo’llari bilan amalga oshiriladi. Bu operatsion tizimning parolli himoyasini buzish uchun buzg’unchilar tomonidan ham qator dasturlar ishlab chiqilgan. Biz ularning birini ya’ni “Kon-boot” dasturini qanday ishlashini yuqorida ko’rib o’ttik. Albatta bu buzg’unchi dasturlarning ishlab chiqilishi shundan dalolat beradiki ushbu operatsion tizimga bo’lgan talab dunyoda juda ko’p, bu talab hali ham ortib bormoqda. Buzg’unchi holatlarni oldini olish Windows operatsion tiziming oxirgi versiyalarida Microsoft tomonidan asta-sekin hal etib borilmoqda. Misol uchun Windows 7, 8ga nisbatan Windows 10 versiyasida himoya choralari yaxshi yo’lga qo’yilgan. Birgina cmd oynasini ochish uchun eng kamida LiveCD kerak bo’ladi. Lekin baribir aylanma yo’llar mavjud. Ushbu operatsion tizimida ham amaldagi parolni olish imkoniyati mavjud emas. Ushbu operatsion tizimdan yaxshi xabari bor shaxs uchun parolni aylanib o’tish muammo tug’dirmaydi. Windows operatsion tizimini baxolashga kelsak Windowsning ichida sodir bo’ladigan jarayonlar a’lo darajada ishlab chiqilgan lekin, ushbu tizimda aylanib o’tish choralari bartaraf etish haligacha ochiq qolmoqda.
Umuman olganda hech qaysi tizim mukammal bo’lmaydi, avtomatlashtirilgan tizimlar ichida kamchiliksiz ishlaydiganlari deyarli yo’q. Axborot texnologiyalari asrida soha rivojlangani sari buning ijobiy va salbiy tomonlari ham ko’paymoqda. Salbiy tomonlari esa yuqoridagi kabi bu texnologiyalardan noto’g’ri yo’lda foydalanishi oqibatida kelib chiqmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |