Bajardi: Tekshirdi


Statistik kuzatishning shakllari, turlari va usullarini amaliyotda qo'llash



Download 0,52 Mb.
bet3/3
Sana29.04.2022
Hajmi0,52 Mb.
#593578
1   2   3
Bog'liq
Bajardi Tekshirdi

2. Statistik kuzatishning shakllari, turlari va usullarini amaliyotda qo'llash
Statistik kuzatish informatsiya yetkazib beruvchi subyektlar kategoriyalariga qarab quyidagi shakllarga bo'linadi:
1. ma'muriy ma'lumotlarni to'plash. ma'muriy idoralar (soliq, bojxona,
nikohdan o'tkazish va h. ie) statistika organlariga o'z faoliyatlari haqida
ma'lumotlarni pulsiz va so'ralgan vaqtda yetkazib berishga majburdirlar.
2. boshlang'ich statistik ma'lumotlarni to'plash. ro'yxatdan o'tgan
barcha tashkilot, korxona. tadbirkorlar topshiradigan statistik hisobotlar
orqali to'planadi.
1. statistika organlar to'plagan ma'lumot. statistika organlari uy xo'jaligini o'rganish uchun maxsus tanlab kuzatishlar o'tkazishadi, aholi ro 'yxati va boshqa maxsus kuzatishlar yordamida to' plangan rna'lumot. statistik kuzatish tashkil etilishiga qarab: statistik hisobot va rnaxsus uyushtirilgan statistik kuzatishlarga bo' linadi (2. l-rasrn).

Hisobot (buxgalteriya va statistik hisobotlarga bo' linadi) statistik kuzatishning asosiy shakli boo lib, u barcha korxona va tashkilotlar faoliyati haqidagi boshlang' ich rna' lurnotlami to'plash uchun irnkoniyat yaratadi. Uning rna'lurnot rnanbai buxgalteriya va operativ hisob hujjatlarida qayd etilgan boshlang'ich yozuvlardir. loriy statistika butunlay va to' laligicha hisobot rna' lurnotlariga asoslanadi. hisobot rna' lurnotlari, qaysi darajada bo' lrnasin (korxona, tuman, viloyat va respublika), operativ boshqarishda va belgilangan rejalarning bajarilish darajasini o'rganishda juda katta aharniyatga ega. Ammo statistik hi so bot qanchalik yaxshi yo'lga qo'yilmasin, qanchalik tez va aniq ma'lumotlarni yetkazib bermasin, uning ma'lumotlari amaliy menejment uchun, ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish uchun, strategik yo'nalishlarni belgilash uchun yetarli emas, shuning uchun ham hisobot bilan bir qatorda statistikada maxus tashkil qilingan statistik kuzatishlar keng qo'llaniladi. maxsus tashkil qilingan statistik kuzatishlarga aholi ro'yxatini misol keltirishimiz mumkin. Sobiq ittifoq chegarasida aholi 7 (1920, 1926, 1939, 1959, 1970. 1979 va 1989yillar) marta ro'yxatdan o·tkazilgan. aholi ro'yxatini o'tkazishdan maqsad, uning soni. joylanishi, tarkibi, migratsiyasi, yoshi, ish bilan


bandligi va h, k. to'g'risida bebaho ma'lumotlar to'plashdir.
Maxsus tashkil qilingan statistik kuzatishlarni voqea va hodisalarning sodir bo'lishini qayd qilish vaqtiga qarab uch turga-uzluksiz, fursatli va bir yo'la kuzatishga ajratish mumkin.Uzluksiz kuzatish deganda hodisalar ro')' berishi bilanoq qayd qilinadigan kuzatish tushuniladi. masalan, bola tug' ilishi, nikohdan o'tish kabi voqea (hodisa)lar sodir bo'lishi bilanoq, ya'ni o'sha kunning o'zidayoq
qayd etiladi, fursatli kuzatish deganda ma'ium muddatlarda o'tkaziladigan kuzatishlar tushuniladi. masalan. aholi ro'yxati va boshqalar. Bir yo'la kuzatish deb birorta masalani yechish uchun o'tkazilgan kuzatishga aytiladi. masalan, savdo korxonalarini jihozlanish darajasining bozor iqtisodiyoti talablariga javob berishi va bermasligini o'rganish uchun maxsus kuzatish o'tkazish. bunday kuzatishni keyinchalik o'tkazmaslik ham, zaruriyat tug'ilsa. yana o'tkazish ham mumkin.
O'rganilayotgan to'plam birliklarini o'z ichiga qamrab olishiga qarab,statistik kuzatish ikki turga: yoppasiga kuzatish va qisman kuzatishga bo'linadi.Yoppasiga kuzatishda to'plam birliklarining barchasi kuzatiladi. masalan. o'zbekistonda aholi ro'yxati o'tkaziladigan bo'lsa, respublika fuqarolarning barchasi (qayerdaligidan qat'i nazar) ro'yxatga olinadi. Bu degani fuqaro chet davlatdami, dengizdami. okeandami va hatto, kosmosdagi kishi ham ro'yxatdan o'tishi kerak.
Qisman kuzatishda o'rganilayotgan to'plam birliklarining bir qismi kuzatishga jalb qilinadi. qisman kuzatish to'rtta turga: anketa orqali kuzatish, monografik tasvirlash, asosiy massivni kuzatish, tanlab kuzatishga bo'linadi.
Anketa orqali kuzatishda savollar yozilgan varaqalar kuzatish birliklariga tarqatilib, ular to'idirilgandan so'ng yig'ishtirib olinadi va umumlashtiriladi. bunday kuzatish jamoatchilik fikrini aniqlashda va ayniqsa. bozor iqtisodiyoti sharoitida ayrim hodisa va voqealar bo'yicha maxsus mustaqil ekspertlarning fikrlarini bilishda yaxshi natija beradi. monografik tasvirlash deganda to'plamning bir bo'lagini har tomonlama va chuqur 0' rganish tushuniladi. masalan, viloyatda bir jinsli 104ta korxona bor. shundan 4 tasi juda ham ilg'or. ana shu to'rtta korxonani ilg'orlik sabablarini o'rganish uchun u korxonalarda: ishni tashkil etish; asosiy va oborot fondlaridan foydalanish; mehnat unumdorligi; ish rejalarining bajarilishi; jihozlarni yangilanganlik darajasi; resurslardan to'liq va samarali foydalanish darajasi va h. k. chuqur va har tomonlama o'rganiladi. ushbu o'rganish monografik kuzatish deyiladi. xulosani chuqur yoki batafsil yozish, o'rganish va olingan natijalarni chop qilishga monografiya deyiladi. asosiy massivni kuzatishda o'rganilayotgan belgi umumiy hajmining o'zgarishiga olib keladigan eng salmoqli o'rin tutgan birliklar ajratib olib 0' rganiladi. masalan, shaharda 150 oziq-ovqat do'koni bo'lib, shundan 15 tasi tovar oborotining 70-80 foizini beradi. demak. 150 ta oziq-ovqat do'konining barchasini o'rganib o'tirmasdan. is do' konni o'rganib shaharda oziq-ovqat savdosi qanday tashkil qilinganligi haqida xulosa chiqarish mumkin. tanlab kuzatish deganda bosh to'plamdan bir qismini tanlab olib tekshirish tushuniladi. Agarda kuzatishning bu turi to'g'ri tashkil qilinsa, qisman kuzatishning turlari ichida eng yaxshi o'rganilgan ma'iumotlar umumiy to' plam haqida to' la-to' kis va aniq fikr yuritish imkonini beradi. bu kuzatishda asosiy muammo tanlanma to'plamning reprezentativligini (vakolatliligini) ta'minlashdir. agarda tanlab olingan to'plamda bosh to'plamning muhim xususiyatlari namo) on bo'lsa, u to' plam reprezentativ deyiladi. reprezentativlikni ta'minlash tanlash usullarini to'g'ri belgilashga bog'liqdir. statistikada tasodifiy, tipik, mexanik va seriyalab tanlash usullari mavjud. bu usullar mazmuni tan lab kuzatish mavzusida yoritiladi. boshlang'ich ma'lumotlarni olish usuliga qarab. Statistik kuzatish bevosita kuzatish, hujjatli, savol-javob usullarida amalga oshiriladi. bevosita kuzatishda kuzatuvchi o'rganilayotgan to'plam birliklarini birma-bir ko'rib, sanab, tortib va o'lchab, keyin ro'yxatdan o'tkazadi. hujjatli usulda esa, kerak bo'lgan rna 'lumotlar faqat maxsus hujjatlardan olinadi. savol-javob usulida kuzatilayotgan shaxslarga savollar berilib, olingan javoblar kuzatish varaqasiga yoziladi. bu usulda so'raluvchidan hech qanday hujjat talab qilish mumkin emas. Bu usulga aholi ro'yxatini misol keltirish mllmkin. so'roq-javob usuli, o’z navbatida, uchga bo'linadi: og'zaki usul: o'z-o’zini qayd qilish usuli; korrespondensiya usuli. Og’zaki usulda, kuzatish organlari tomonidan maxsus tayyorlangan shaxslar kuzatilayotgan shaxslarga og’zaki savol berib, javob oladilar. olingan javoblar varaqaga yozilib, keyin umumlashtiriladi. O’z-o'zini qayd qilish usulida kuzatiluvchi maxsus tayyorlangan so'roy varaqasini kuzatuvchilarga tarqatadi va ma'lum vaqtdan so’ng to’ldirilgan varaqalami yig'ishtirib oladi. bu usulda savollarga javobni kuzatilayotgan shaxslaming o'zi beradi va o’z qo'li bilan savol varaqasini to’ldiradi. zarur bo'lgan ma'lumotlarni ixtiyoriy korrespondentlar orqali ham to"plash mumkin. bunga misol sifatida germaniyada chorrahalarda ixtiyoriy valantyorlar turib (kamida uch kishi) yo’l qoidasini buzgan haydovchilar haqidagi ma' lumotlarni politsiya xodimlariga yuborishlarini keltirish mumkin. oxirgilari esa, haydovchilarga nisbatan chora belgilaydilar. ulami o’zaro uchrashuvi ta'minlanmaydi. valantyorlarga to"la ishoniladi.


Xulosa
statistik kuzatish statistik tekshirishning birinchi bosqichidir. u tasviriy statistikaning asosi, ommaviy hodisa va jarayonlarni o‘rganishning eng muhim va mas’uliyatli davri hisoblanadi, chunki tekshirishning pirovard natijasi avvalom bor kuzatish jarayonida to‘plangan ma’lumotlarga bog‘liq. aniqlik, to‘lalik va taqqoslamalik statistik kuzatishning asosiy ilmiy prinsiplari va qonunidir. statistik kuzatish hisobdan, oddiy bir predmetli kuzatishdan ko‘p jihatlari bilan farq qiladi. statistik kuzatish har doim ommaviy xarakterga ega, uning obyekti bo‘lib ommaviy hodisa va jarayonlar xizmat qiladi. hisob esa har bir hodisani qayd etadi, u yakkalantirish, yolg‘izlantirish xarakteriga ega. yolg‘iz hodisa hisob va bir predmetli kuzatishning obyekti hisoblanadi. statistik kuzatish hisobni, oddiy bevosita kuzatishni o‘z ichiga oladi, chunki ayrim hodisalarni qayd qilish yo‘li bilan ularning to‘plami haqida ma’lumotlar olinadi. bu holda ayrim hodisa statistik kuzatish obyektining birligi hisoblanadi. statistik kuzatish qator dasturiy-uslubiy va tashkiliy masalalarni ilmiy asosda yechishni talab qiladi. u haqqoniy ma’lumotlar yetkazib berishi uchun kuzatish obyekti va birligi to‘g‘ri aniqlanishi, chegaralanishi, uning dasturi, hujjati (statistik formulyari) va yo‘riqnomasi to‘g‘ri tuzilishi, vaqti va joyi to‘g‘ri belgilanishi kerak. boshqa masalalar, chunonchi kuzatish usuli va turi, shakli, yo‘llari va hokazolar ham ilmiy asosda yechilishi lozim. statistik tekshirish, statistik ma’lumotlarni aniqligi, to‘laligi va taqqoslamaligi, tijorat siri va statistik materiallarni konfidentsialligi, statistik yilnoma, o‘zbekiston respublikasi davlat statistika qo‘mitasi, ma’muriy-idoraviy statistika, xalqaro statistika, xalqaro statistik standartlar, milliy statistik standartlar, kuzatish, hisob (uchot), statistik kuzatish obyekti va birligi, subyekti, hisob va hisobot birligi, kuzatish dasturi, statistik formulyar, yo‘riqnoma, statistik kuzatish vaqti va hisobot davri, kuzatish muddati va keskin fursat, kuzatish joyi, so‘roqlash, hujjatli kuzatish, respondent, yoppasiga kuzatish, qisman kuzatish, savolnoma (anketa), monografik tasvirlash, asosiy masssivni kuzatish, tanlama kuzatish, statistik hisobot, ro‘yxatlar va senzlar, maxsus statistik tekshirishlar, biznes tekshirish, tasodifiy xato, qayd qilish xatosi, muntazam xato, reprezentativlik xatosi, tashqi tekshirish, ichki tekshirish, arifmetik nazorat, mantiqiy nazorat. to‘g‘ri, ilmiy asosda deganda zikr etilgan masalalarni yechish jarayonida kuzatilayotgan hodisalarning mohiyatiga ichki bog‘lanishlariga, rivojlanish qonun va qonuniyatlariga tayanish zarurligi nazarda tutiladi. ma’lumki, ular tegishli nazariy fanlar predmeti hisoblanadi, masalan iqtisodiy hodisalar mohiyatini, ularning muhim xususiyatlarini, ichki bog‘lanishlarini, rivojlanish qonuniyatlarini yoritish iqtisodiy nazariya va boshqa iqtisodiy fanlar predmetidir. tarixiy manbalar asosida u yoki bu davrga tegishli buyumlar, ularning xususiyatlari va o‘zaro bog‘lanishlarini aniqlash, turli joylarda izlanishlar o‘tkazib, har xil buyumlar yoki ularning parchalarini topish, topilmalarning xususiyatlarini aniqlash va modullar yasash va hokazolar - bularning hammasi arxeologiya fanining predmeti hisoblanadi. bunday nazariy ta’limotlarni bilmasdan, ularga tayanmasdan statistik kuzatish obyekti va birligi, uning dasturini muvaffaqiyatli aniqlash va boshqa uslubiy va tashkiliy masalalarni salgina bo‘lsada to‘g‘ri yechish mumkin emas.

statistik kuzatish uch bosqichga ega: 1) kuzatishni tayyorlash; 2) uni amalga oshirish; 3) kuzatish materiallarini qabul qilish. ular o‘zaro bog‘langan bo‘lib, ma’lum masalalarni yechadi. hamma bosqichlarda kuzatish natijasida to‘planadigan ma’lumotlarning haqqoniyligini ta’minlovchi tadbir-choralar amalga oshirilishi kerak. agarda birinchi bosqichda yechimlar qabul qilish jarayonida nazariy adekvatlikni ta’minlash tadbir-choralari ko‘rilsa, ikkinchi bosqichda ularga qat’iy rioya qilish ustidan uzluksiz nazorat olib boriladi, uchinchi bosqichda esa kuzatish materiallarini har taraflama tekshirish yo‘li bilan ulardagi xatolar aniqlanadi va bartaraf etish tadbir - choralari amalga oshiriladi


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi-2018
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida PQ-3165 31.07.2017
3.Statistika_U_Hudayberdiyev_Oquv_qollanma_2019.
4.Statistika. Rustamov Sh.M., Umarov Z.R. Darslik – Toshkent, 2012
5.Soatov N.M., Tillaxo‘jayeva G.N. Toshkent-2006


Internet sayt:
1.www.ziyonet.uz
2.www.stat.uz
3.www.google.com
Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish