Bajardi: shaymanov j. Tekshirdi: muhammedov m



Download 71,17 Kb.
bet1/5
Sana14.01.2022
Hajmi71,17 Kb.
#362960
  1   2   3   4   5
Bog'liq
MI


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI

MAGISTRATURA BO’LIMI

MIKROIQTISODIYOT 2” fanidan


MUSTAQIL ISH

MAVZU: FIRMA VA TARMOQ TAKLIFI

MI-120-guruh

BAJARDI:SHAYMANOV J.

TEKSHIRDI:MUHAMMEDOV M.

SAMARQAND-2019

MAVZU: FIRMA VA TARMOQ TAKLIFI

Reja:


  1. Kirish.

  2. Asosiy qism.

2.1Bozor muhiti va sof raqobat.

2.2Raqobatlashuvchi firmaning taklif qilish bo’yicha qarori, teskari taklif funksiyasi.

2.3.Firmaning foydasi va ortiqchaligi.

2.4.Uzoq muddatli taklif chizig’I va o’rtacha o’zgarmas xarajat.



III.Xulosa

IV.Foydalanilgan adabiyotlar

Bu yerda biz foydani maksimallashtirish modelidan foydalanib raqobatlashuvchi firmaning taklif chizig‘ini va uning xarajatlar funksiyasini keltirib chiqaramiz. Birinchi navbatda, firma xarajat qiladigin bozor muxitini ifodalaymiz.



Bozor muxiti

Har bir firma o‘z faoliyatida ikkita muhim qaror qabul qilishga duch keladi: qancha mahsulot ishlab chiqarish kerak va bu mahsulotga qanday narxni belgilash kerak. Foydani maksimallashtirishda cheklovlar bo‘lmaganda edi firma katta hajmda mahsulot ishlab chiqarib unga yuqori darajada narx belgilashi mumkin edi. Lekin, ishlab chiqarish chegaraviy shartlarsiz bo‘lmaydi. Umumiy xolda, firma o‘z faoliyatida ikki turdagi cheklovga duch keladi.

Birinchidan, ishlab chiqarish funksiyasida mujassamlashgan texnologik cheklovga duch keladi. Texnologik jihatdan mumkin bo‘lgan cheklangan ishlab chiqarish omillari kombinatsiyasi vaishlab chiqarish hajmi mavjud va buni firma e’tiboriga olishi kerak.

Endi biz yagni cheklov kiritamiz. Bu bozor tomonidan qo‘yiladigan cheklov. Firma qanchadir mahsulot ishlab chiqarib, unga o‘zi xoxlagan narxni belgilashi mumkin, lekin, u bozorda xaridorlar qancha sotib olsa shuncha mahsulot sotishi mumkin.

Agar firma mahsulotiga R narx belgilasa u X miqdorda mahsulot sotishi mumkin. Qo‘yilgan narx bilan sotilgan mahsulot o‘rtasidagi bog‘liqlikni biz firmaning mahsulotiga talab chizig‘i deymiz. Bozor talab chizig‘i har bir narxda xaridorlar qancha tovar sotib olishini xoxlashini ko‘rsatadi. Agar bozorda boshqa firmalar ham bo‘lsa, alohida firma uchun cheklov ham boshqacha bo‘ladi. Bu xolda, firma chishlab chiqarish hajmi va narxni belgilanganda boshqa firmalarning xarakati qanday bo‘lishini taxminan tasavvur qilishi mumkin.

Bu masalani yechish firma uchun ham, iqtisodchilar uchun ham yechish qiyin. Bu masalani yechishda har xil imkoniyatlar mavjud. Biz ularni tizimli qaraymiz. Firmalar mahsulot hajmi va narxni belgilanganda boshqalarning bunga bo‘lgan reaksiyasini ifodalashda “bozor muhiti” terminidan foydalanamiz.

Biz bu mavzuda oddiy bozor muhitini ya’ni sof raqobat muhitini o‘rganamiz. Bu model boshqa bozor muhiti modellarini taqqoslashda boshlang‘ich nuqta bo‘lib hisoblanadi va shu modelning o‘zi ham muhim model bo‘lib uni o‘rganish katta qiziqish uyg‘otadi. Biz birinchi, sof raqobatga iqtisodchi nuqtai nazardan ta’rif beramiz va uni asoslashga xarakat qilamiz.

Sof raqobat

Bozor sof raqobatlashgan bo‘ladi, agar har bir firma bozor narxini uning o‘zi ishlab chiqargan mahsuloti hajmidan bog‘liq emas deb hisoblasa. Demak, raqobatlashgan bozorda firmani qiziqtiradigan narsa qancha hajimda mahsulot ishlab chiqarish. U qancha mahsulot ishlab chiqarmasin uning mahsuloti bir xil sotiladi – joriy bozor narxida.

Raqobatlashgan bozorga misol sifatida bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi biror tarmoqqa qarashli firmalarni qarash mumkin. AQShda shunday tarmoq bo‘lib bug‘doy bozori bo‘lishi mumkin. Minglab fermerlar bug‘doy yetishtiradi. Bunday holatda har bir firma uchun bug‘doy narxi bozor tomonidan oldindan belgilangan.

Fermer bug‘doyga qanday narx belgilash to‘g‘risida bosh qotirmaydi, lekin, qancha bug‘doy yetishtirish kerak degan savol uni albatta qiziqtiradi. Shuni ta’kidlash kerakki bozorda firmalar soni kam bo‘lganda ham narx bozor tomonidan o‘rnatilishi mumkin. Masalan, 3 ta yoki 4 ta firma tez buziladigan tovar sotganda yoki tirik baliq, yoki gul sotganda har bir bozorga kirgan firma bozordagi narxni qabul qilishga majbur bo‘ladi.

Raqobatlashgan bozorda raqobatlashuvchi firma uchun narx bilan talab miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlikni g‘rafikda tasvirlash mumkin. Firma mahsulotiga talab chizig‘i gorizantal bo‘ladi. Ya’ni, raqobatlashuvchi firma bozor narxidan yuqori narxda sotmoqchi bo‘lsa u xech qancha tovar sotaolmaydi, bozor narxida sotsa u xoxlagancha tovar miqdorini sotishi mumkin. Agar u tovarni bozor narxidan past narxda sotsa u bozordagi barcha xarajatlarni o‘ziga tortib oladi ya’ni, u bozor talabini qondirishi mumkin.

1-rasm. Raqobatlashuvchi firma uchun talab chizig‘i.


Talab chizig‘i shuni bildiradiki, firma xoxlagan miqdordagi tovarni bozor narxida yoki undan pas narxda sotishi mumkin. Ikkinchidan, siz qancha ko‘p tovar sotsangiz ham bozor narxi o‘zgarmaydi, bozor narx siz sotadigan tovar miqdoridan bog‘liq emas. Bu yerda bozor talab chizig‘i bozor narxi bilan umumiy sotilgan tovar hajmini o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalaydi. Raqobatlashuvchi firmaning talab chizig‘i bozor narxi bilan ushbu konkret firma tomonidan ishlab chiqarilgan tovar hajmi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatadi.

Bozor talab chizig‘i iste’molchilarning bozordagi xatti-xarakatiga bog‘liq. Firmaning talab chizig‘i nafaqat iste’molchilar xarakatidan, balki boshqa firmalarning xarakatiga ham bog‘liq. Odatda raqobatlashgan bozor modeli bo‘lib, bozorda xarakat qiladigan kichik firmalar soni ko‘p bo‘lib, ularning har biri gorizontal talab chizig‘iga duch keladigan bozor hisoblanadi. Lekin, bozorda cheklangan firmalar xarakat qilsa ham u raqobatlashgan bozor bo‘lishi mumkin.



Raqobatlashuvchi firma tomonidan taklif to‘g‘risida qaror qabul qilish

Biz ko‘rdikki raqobatlashuvchi firma bozor nariga ta’sir ko‘rsata olmaydi. Raqobatlashuvchi firma oldida turgan foydani maksimallashtirish masalasini quyidagicha yozish mumkin:




Download 71,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish