Liniya parametrlarini kamaytirish. Elektr uzatish liniyalari parametrlarining bo’ylama va ko’ndalang kompesatsiyalash ham uzatish mumkin bo’lgan eng katta quvvatni va statik turg’unlik zaxirasini oshirish chorasi hisoblanadi.
Bo’ylama kompensatsiya kondensatorlarni liniyaga ketma-ket ulashni bildirib, bunda qarshilik miqdori Xl dan Xl-Xs gacha kamayadi (bu erda Xs – kondensatorning sig’im qarshiligi). Bu chora, xususan, uzun elektr uzatish liniyalari bo’lganda samaralidir.
Ko’ndalang kompensatsiya sida uzatish liniyasiga transformator orqali ulangan sinxron kompensator (SK)ni ifodalaydi. SK ulanish nuqtasida kuchlanishni tutib turib, liniya uzunligi va mos holda uning qarshiligini kamaytirish effektini beradi.
Xozirgi davrda reaktiv quvvatning ta samarali, tez ishlovchi, ishlash vaqti 0,02-0,06 sek bo’lgan, statik manbalari (reaktiv quvvatning statik manbasi - RQSM) qo’llaniladi. Bu qurilmalar rostlanuvchi reaktor va rostlanmaydigan kondensator hamda boshqarish sistemasiga ega. Ular quvvatni oshirishdan tashqari, keng doiradagi vazifalarni bajaradi: holat parametrlarini fazalar bo’yicha rostlashni amalga oshiradi, o’ta kuchlanishlarni bartaraf etadi, kuchlanishni keng diapazonda rostlaydi, statik va dinamik turg’unlik zaxirasini oshiradi.
Kompensatorlar oilasiga, shuningdek, elektr uzatish liniyalarining sig’imlarini kompensatsiyalovchi va ulanish nuqtasida kuchlanishni, zakning to’yinish xarakteristikasini egri chiziqliligi hisobiga, tutib turuvchi rostlanuvchi va rostlanmaydigan reaktorlar ham kiradi.
Sinxron generatorning statik turg’unlik mezoni bo’lib shart hisoblanishi va uzatiluvchi maksimal quvvat Rm da sinxronlovchi quvvat nolga teng bo’lib qolishini yana bir bor eslatib o’tish lozim.
Shu sababli amaliy sharoitlarda bu quvvatni uzatish mumkin emas, chunki yuklamaning kichik miqdorga turtilishi generatorning sinxronizmdan chiqib ketishiga olib keladi, shuning uchun normal uzatiluvchi P0 quvvat Pmax ga nisbatan kichik bo’lishi shart. Uning miqdori sistemaning statik turg’unligi zaxira koeffitsientidan kelib chiqib aniqlanadi.
Yuqorida bayon etilganlardan quyidagi xulosani xosil qilish mumkin:
1. Uzatiluvchi quvvatning ideal chegarasi deb qabul qiluvchi shinalardagi kuchlanishlar o’zgarmas deb qaralganda sistemaga uzatiluvchi maksimal quvvatga aytiladi.
2. Sodda sistemaning statik turg’unligi mezoni bo’lib uzatiluvchi quvvatning generator e.yu.k. uzatmaning qabul qiluvchi chekkasidagi kuchlanish o’rtasidagi burchak bo’yicha xosilaning musbatligi hisoblanadi, .
3. Statik turg’unlikning zaxira koeffitsienti elektr sistemasi turg’unligining buzilishini oldini olish uchun stansiyadan tarmoqqa uzatiluvchi quvvatni qancha miqdorga oshirish mumkinligini ko’rsatadi.
4. Qo’zg’atishning zamonaviy avtomatik rostlagichlari (QAR-k, QAR-p) elementlarning induktiv qarshiliklarini, sinxron generatorning induktiv qarshiligini ham qo’shib hisoblaganda, qo’zg’atish sistemasini elektr sistemasi parametrlariga bog’liq holda samarali rostlash hisobiga kompensatsiyalashi mumkin.
Quvvatning statik chegarasini oshirishning keltirilgan barcha choralarini baxolab, eng iqtisodiy choralar generator va yuklamalar shinalaridagi kuchlanishlarni o’zgarmas tutib turishga yo’naltirilgan choralar deb xulosa xosil qilish mumkin. Generatorlarda turli tipdagi QARlar va reaktiv quvvatning zamonaviy tez ishlovchi statik manbalarini qo’llash amalda, aloxida uzatma va butun elektr sistemasida uzatiluvchi quvvat chegaralari va statik turg’unlik zaxirasini oshirishning eng ratsional va iqtisodiy chorasi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |