Bajardi: Orinbayev Nurlan



Download 11,67 Mb.
bet2/4
Sana30.04.2022
Hajmi11,67 Mb.
#596855
1   2   3   4
Bog'liq
Amaliyot 2021 0b86c54716d0d1b04184ada64c3e52f3

Ugom tizmasi - Gʻarbiy Tyanshaning bir qismi. Tizmaning janubi-gʻarbiy qismi Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani hududida. Talas Olatovidan (Manas tog tuguni yaqinidan) boshlanib janubi-gʻarb tomon 115 km ga choʻzilgan. Piskom va Ugom daryolari oraligʻida. Uning janubi-gʻarbiy qismi Oʻzbekistonda. shimoli-sharqiy qismi esa Qozogʻiston hududida. Suvayirgʻich yaqinidan ikki davlatning chegarasi oʻtadi. Oʻrtacha bal. 3000–3500 m, janubi-gʻarb tomon pasayib boradi. Oʻzbekistondagi qismi ancha past, Chirchiq daryosi yaqinida bal. 1500 m. Ugom tizmasining ayrim choʻqqilari 3500–4000 m ga koʻtarilgan. Eng baland choʻqqisi Sayram (4238 m). Sayram choʻqqisidan Ugom tizmasi bir qancha tarmoqlarga ajraladi, bulardan eng yiriklari Tuproqbel va Maydontoldir. Bu tarmoqlar ancha baland boʻlib, baʼzi choʻqqilari 4000 m dan yuqori — (Tuproqbel — 4234 m). Ugom tizmasining bu qismida doimiy qor uyumlari va kichik muzliklar mavjud.
Ugom tizmasining suvayirgʻich qismi asosan, qoyali. Baʼzi joylarida tekislangan yuzalar bor. Janubi-gʻarbiy yon bagʻri ancha tik, shimoli-sharqiysi esa biroz nishabroq. Yon bagʻirlarida koʻplab kalta, chuqur daralar bor. Ostona va sharsharalar hosil qiluvchi daryolar bilan kesilgan.
Ugom tizmasi gersin burmalanishi davrida shakllangan antiklinoriydir. Hozirgi balandligiga yangi tektonik harakatlar taʼsirida koʻtarilgan. Paleozoy davriga mansub ohaktosh, dolomit, qumtosh, slanets, granit, granodiorit, porfir kabi tog jinslaridan tashkil topgan. Ohaktoshlarda karst jarayonlari rivojlangan. Suvayirgʻich qismidagi tekislangan yuzalarda karrlar, karst, voronka va botiklar, yon bagʻirlarida esa karst gʻorlari, quduklari va shaxtalari keng tarqalgan. Ugom tizmasi Chorvoq botigʻini shimoliy gʻarb tomondan oʻrab turadi.

Piskom tizmasi - Gʻarbiy Tyan-Shandagi tizma. Shimoli-sharqdan janubi-gʻarbga 130 km ga choʻzilgan. Oʻrtacha balandligi 3200 m. Shimoli-sharqda 4000 m dan janubi-gʻarbda 1900 m gacha pasayib boradi. Eng baland joyi — Beshtor choʻqqisi (4291 m). Tizmada Piyozak (3718), Oqtuyaoʻlgan (4224 m), Opalitov (4216 m) kabi choʻqqilar bor. Yon bagʻirlari tik, Piskom, Koʻksuv, Chatqol, Sandalash daryolarining irmoqlari bilan oʻyilgan. Shimoli-gʻarbiy yon bagʻri nisbatan qiya, Piskom daryosiga zinapoyasimon pasayib boradi. Janubi-sharqiy yon bagʻri esa qisqaroq boʻlib, unda bir nechta tekis yuzalar (Katta Sandiq, Kichik Sandiq, Baxtol) mavjud. Tizma paleozoy davri choʻkindi va otqindi tog’  jinslaridan tashkil topgan. Tektonik jihatdan gersin burmalanishida shakllangan mega-antiklinal boʻlib, toʻrtlamchi davrda sodir boʻlgan yangi tektonik harakatlar natijasida koʻtarilgan. Qishi sovuq, yozi esa salqin, sernam, yillik yogʻin miqsori pastki qismida 600 mm dan, yuqori qismida 1200–2000 mm ga ortadi.




Download 11,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish