o'zbekistonda genetik tadqiqotlarning qo'yilishi
BAJARDI:O‘.KOMILOVA
ILMIY RAHBAR: G.A. DUSMATOVA
KIRISH………………………………………………………….
|
I-Bob. Genetika asoslari fanining predmeti ……………. ……
|
1.1.Genetika asoslari fanining predmeti va vazifalari……………
|
1.2. Irsiyat va o‘zgaruvchanlik qonuniyatlarining ochilishi, fanning rivojlanish tarixi. Biologiya fanlari tizimida genetikaning o‘rni….
|
1.3. O‘zbekistonda genetik tadqiqotlarning yo‘lga qo‘yilishi va zamonaviy genetikaning rivojlanishi ………………………………
|
II-Bob. Genomika asoslari faniga kirish…....................................
|
2.1. Genomika asoslari faniga kirish. Genomika tushunchasi va uning tarixi…………………………………………………………
|
2.2. Rekombinant DNK texnologiyasi, genom revolyusiyasi, genomni kartalashtirish, genomni sekvenslash (nukleotid ketma-ketligini aniqlash), genomni sharxlash (genlarni aniqlash)………..
|
2.3. Fanning rivojlanish bosqichlari, mazmuni va vazifalari. Genomika fanidagi yutuqlar………………………………………..
|
Xulosa………………………………………………………………
|
Foydalanilgan adabiyotlar................................................
|
REJA:
KIRISH
Mavzuning dolarbligi:Nima sababdan har bir tirik mavjudot urchish jarayonida o ‘ziga o‘xshash formalami hosil etadi degan masala qadimdan kishilami qiziqtirgan bo‘lsada, ming yillar davomida u jumboq bo4ib qoldi. Faqat keyingi asrda bu masalaga tabiyotshunos olimlar birmuncha oydinlik kiritdilar, natijada biologiyaning yangi shoxobchasi boim ish genetika fan sifatida shakllandi. Bu esa barcha tirik organizmlarga xos irsiyat va o‘zgaruvchanlik haqidagi bilimlami kengayishiga olib keldi.
Kurs ishining maqsadi:Genetikaning mazmuni, rivojlanish tarixi, tadqiqot metodlari, organizmlar ko‘payishining sitologik, biokimyoviy asoslari, jinssiz va jinsiy ko‘payish, urugianish, irsiyat qonunlari, jins genetikasi va jinsga bogiiq holda irsiylanish, belgilarning birikkan holda irsiylanishi, irsiyatning xromosoma nazariyasi, allel bo‘lmagan genlarning o ‘zaro ta’sirida belgilarning rivojlanishi, sitoplazm atik irsiylanish, o‘zgaruvchanlik, uning tiplari, ontogenez genetikasi, populyatsiya, xulq-atvor genetikasi, odam genetikasi, genetik injeneriya, biotexnologiya hamda genetikaning nazariy va amaliy ahamiyati o‘rganishdan iborat.
Kurs ishining vazifasi:Gen va genlar konsepsiyasini o’rganish, o’quvchilarda shu mavzu yuzasidan ma’lumotlarni yetkazish va kamchiliklarini o’rganish.
Kurs ishining ob'ekti:Genetikasi va genlarni o’rganish uchun kerak boladigan darsliklar, o’simliklar, hayvonlar.
Kurs ishining amaliy ahamiyati: Prokariot organizmlarda gen strukturaviy yaxlit, butun bo‘ladi. Bunda genlar erkin yalang‘och holatda bo‘luvchi DNK molekulasining uzluksiz bo‘lagini tashkil etadi. Ularning genlarida genetik axborot uzluksiz kodlangan bo‘ladi. Ularni yaxlit genlar deb yuritiladi. Prokariotlar uchun genlarning nisbiy oddiy tuzilishi xarakterlidir. Shunday qilib bakteriyaning, fajing yoki virusning tarkibiy generi odatda bitta enzimatik reaktsiyani nazorat qiladi. Prokaryotlarga xos bo'lgan bir necha genlarni tashkil qilishning operon tizimi.
I-Bob. Genetika asoslari fanining predmeti .
1.1. Genetika asoslari fanining predmeti va vazifalari.
Genetika fani barcha tirik organizmlarga xos bo'lgan – irsiyat, irsiylanish va o'zgaruvchanlik qonuniyatlarini kashf etadi. Bu qonuniyatlarni o'rganish uning predmeti hisoblanadi. Irsiyat – tirik organizmning o'z belgi va xususiyatlarini kelgusi avlodlarga o'tkazish, ya'ni nasldan – naslga berish xossasidir. Irsiyat tufayli organizmlar avlodlarining turg'unligi ta'min etiladi. Irsiyat organizmlarning o'zaro va avlodlararo o'xshashligining asosiy sababchi omilidir. Shu bilan birga irsiyat har xil turlarga mansub organizmlar belgi va xususiyatlaridagi tafovutlarning avlodlar osha saqlanib qolishini ta'min etadi. Shunday qilib, organizmlarni o'zaro o'xshashlik va qarindoshlik darajasiga qarab tur, turkum (urug'), oila kabi sistematik guruhlarga muayyan tartibda taqsimlashning asosida irsiyat yotadi. Chunki irsiyat tufayli bu sistematik guruhlardagi organizmlarning turg'unligi, o'xshashligi bilan birga ularning o'zaro farqi ham saqlanib qoladi. Organizm belgilarining avlodlar osha turg'unligini ta'min etish irsiyatning bir yo'nalishdagi faoliyati hisoblanadi. Uning ikkinchi yo'nalishdagi faoliyati esa organizmlar ontogenezining ma'lum turg'un tartibda kechishini, ulardagi bosqich va fazalarning ma'lum tartibda ketma – ket namoyon bo'lishini, ulardagi moddalar almashinuvining xarakterini belgilashdan iborat. Irsiyatning turg'unligidan tashqari, uning yana bir xususiyati, ya'ni uning o'zgaruvchanligining ham mavjudligidir. Binobarin, organizmlar aksariyatining turg'unligi mutlaq emas. Ular o'zaro turg'unlik darajasi bilangina farq qiladilar. Masalan, ginkgo (Ginkgo biloba) deb atalgan va hozirgi vaqtda yashab turgan ochiq urug'li o'simliklar bo'limi, qubbalilar sinfining bu turi paleozoy erasining oxiri permь davridan buyon yashab kelmoqda va qazilma ajdodlari bilan solishtirilganda million yillar o'tgan bo'lishiga qaramay ulardan deyarli o'zgarmay saqlanib qolganligini ko'ramiz. Xuddi shu tariqa cho'tka qanotli latimeriya balig'i (Latimeria chalumnae) ham million yillardan buyon deyarli o'zgarishsiz Hind okeanining janubi - g'arbiy qismida yashab kelmoqda.
O'zgaruvchanlik - tirik organizmning tashqi va ichki omillar ta'-sirida o'zgargan belgi va xususiyatlar hosil qilish xossasidir. O'zgaruvchanlik tufayli organizmlar o'z ajdodlaridan, hamda bir-birlaridan o'z belgi va xususiyatlari bilan farq qiladilar. Buning natijasida ularda xilma - xillik (polimorfizm) namoyon bo'ladi. Irsiyat va o'zgaruvchanlik tirik organizmning bir – biriga qarama – qarshi, ammo o'zaro uzviy bog'liq bo'lgan xossalaridandir. Genetika fani organizmlar belgi va xususiyatlarining nasldan – naslga berilishini (irsiylanishini) ta'min etuvchi gen deb ataluvchi irsiy birlik mavjudligini isbot etdi. Gen yunoncha “genos” so'zidan olingan bo'lib avlod, kelib chiqish demakdir.
Organizmdagi genlar kelgusi avlodlarga jinsiy ko'payish jarayonida urug' va tuxum hujayralar orqali beriladi. Jinssiz va vegetativ ko'payishda esa, genlar keyingi avlodlarga sporalar yoki tana hujayralari orqali beriladi. Organizmdagi barcha genlarning yig'indisi genotip deb ataladi. Genotip – gen va yunoncha typos – iz, tamg'a demakdir.
Organizmlarning individual rivojlanishida hosil bo'lgan belgi, xossa, xususiyatlarining yig'indisi esa fenotip deb yuritiladi. Fenotip – yunoncha phaino – ko'rsatmoq va tip so'zlaridan tuzilgan. “Gen”, “genotip”, “fenotip” atamalari fanga 1909 yilda daniyalik olim V.Iogansen tomonidan kiritilgan. Molekulyar genetika dalillariga binoan gen – DNK molekulasining muayyan bir qismi bo'lib, u muayyan sifatga ega bo'lgan oqsilning sintez qilinishini ta'min etadi. Gen faoliyatining mahsuli bo'lgan oqsil esa muayyan belgining rivojlanishini ta'min etadi yoki uning rivojlanishida boshqa oqsillar bilan birga ishtirok etadi. Genlarning aksariyati xromosomalar tarkibidagi DNK molekulasida joylashgan. Xromosomalarda joylashgan genlar faoliyati orqali amalga oshadigan irsiyat xromosoma irsiyati yoki yadroviy irsiyat deb ataladi. Genlarning nisbatan kam qismi hujayradagi sitoplazmada joylashgan plastidalar, mitoxondriyalar va xromosomalar bilan bog'liq bo'lmagan boshqa elementlarda joylashgan bo'ladi. Bu organoidlardagi genlar faoliyati bilan amalga oshadigan irsiyat – sitoplazmatik irsiyat deb yuritiladi. Organizmlarning eng muhim xususiyatlaridan biri bo'lgan irsiyatni tadqiq qilganda quyidagi ikki tushunchani – irsiyat va irsiylanishni bir - biridan farqlash kerak bo'ladi.
Irsiyat – bu xossa, irsiylanish esa – jarayondir. Shu bilan birga irsiyat qonuniyatlarini irsiylanish qonuniyatlaridan ham farqlay bilish lozim. Genetik tadqiqotlar natijasida irsiylanish qonunlari hamda ulardan kelib chiqadigan irsiyat qonunlari kashf etiladi. Mendel tadqiqotlari natijasida organizm belgi, xossa va xususiyatlarining nasldannaslga berilishining ya'ni irsiylanishining uchta qonuni kashf etildi. Bu qonunlar quyidagilar: • dominantlik yoki birinchi avlod ( F1 ) duragaylarining bir xillilik qonuni; • ikkinchi avlod ( F2 ) duragaylarida belgilarning ajralish yoki xilma – xillik qonuni ; • belgilarning mustaqil taqsimlanib, turli kombinatsiyalarda irsiylanish qonuni. Ushbu qonunlar adabiyotlarda ko'pincha Mendel qonunlari, Mendel kashf etgan irsiyat qonunlari deb yuritiladi. Yuqorida bayon etilgan mulohazalarga asoslanib bu qonunlarni irsiylanish qonunlari deb atash mantiqan to'g'ri bo'ladi. Mendel kashf etgan irsiylanish qonunlaridan quyidagi irsiyat qonunlari kelib chiqadi.
Irsiylanish – genetik axborotning bir avlod organizmlaridan kelgusi avlod organizmlariga uzatilishi. Bu jarayon ota–ona belgi va xususiyatlarining rivojlanishini ta'min etuvchi irsiy birlik – genlarning jinsiy hujayralar orqali kelgusi avlodlarga berilishidir. Irsiylanish jarayoni quyidagi ikki bosqich orqali amalga oshiriladi:
1. Genlarning keyingi avlodlarga o'tkazilishi;
2. Keyingi avlod organizmlarida ota-ona genlarining faoliyat ko'rsatib, belgi va xususiyatlarning rivojlanishini ta'min etishi.
Irsiylanish qonuniyatlarining negizida molekulyar genetik mexanizm yotadi. Genlarning kelgusi avlodlarga berilishi quyidagi jarayonlar orqali amalga oshiriladi:
a) DNK molekulasining replikatsiyasi tufayli DNK va genlarning ko'payishi;
b) jinsiy hujayralarga ota–ona DNK lari va genlarining ikki hissa kamaygan holda o'tishi;
v) gametalarning qo'shilishidan hosil bo'lgan zigotada otalik va onalik DNK lari va ulardagi genlar jamlanib ularning soni ikki hissa ko'payib organizm turi uchun xos holatga kelishi.
Irsiylanishning ikkinchi bosqichi kelgusi avlodda ota–ona belgi va xususiyatlarining rivojlanishini ta'min etuvchi molekulyar – genetik jarayonlar quyidagilardan iborat: iRNK ning transkriptsiyasi va oqsil molekulalarining biosintez (translyatsiya) qilinishi. Sintezlangan oqsil molekulalari ya'ni gen faoliyatining mahsuli o'zaro ta'sir qilgan holda, muayyan tashqi sharoitda ota–ona belgilarining yangi avlodda rivojlanishini ta'min etishi. Shuni ham ta'kidlash kerakki, genetik adabiyotda “irsiyat” atamasini keng ma'noda ishlatish holati ko'proq uchraydi. Bu atama yuqorida qayd etilgan tor ma'noda ishlatiluvchi irsiyat hamda irsiylanish atamalarini o'z ichiga oladi. Shuni e'tiborga olib irsiyatga quyidagi yanada mukammalroq bo'lgan ta'rifni berish mumkin. Irsiyat - deb organizmlarning tana tuzilishi va funktsiyasiga oid belgi va xususiyatlari bo'yicha hamda muayyan sharoitda ontogenetik rivojlanish tartibi bo'yicha irsiy o'xshashligini avlodlar osha ta'min etish xossasiga aytiladi. Kuchli ta'sir etuvchi fizik va kimyoviy omillar ta'sirida irsiyatning turg'unligini ta'min etuvchi irsiy birlik - genlar tubdan o'zgarishi mumkin.
Genetika fani nazariy qonuniyatlarga asoslanib, quyidagi katta ahamiyatga ega bo'lgan amaliy muammolarni ham hal etadi:
• madaniy o'simliklarning yangi navlari, xonakilashtirilgan hayvonlarning yangi zotlari, foydali mikroorganizmlarning yangi shtammlarini yaratishning samarali metodlarini ishlab chiqish;
• odamlarda turli irsiy kasalliklarning paydo bo'lishini o'rganish, ularning oldini olish va davolashning samarali metodlarini yaratish;
• ekologik muhit sharoitini sog'lomlashtirish, uning irsiyatga salbiy ta'sir etuvchi omillaridan organizmlar genofondini asrab qolishning genetik metodlarini yaratish.
Genetikaning tadqiqot metodlari. Hozirgi zamon genetika fani irsiyat va o'zgaruvchanlikni tiriklikning turli tuzilma darajasida ya'ni molekula, xromosoma, hujayra, organizm va populyatsiya holatida tadqiq qiladi. Qayd etilgan vazifalarni yechishda genetika fani bir qator metodlardan foydalanadi. Bular qatoriga duragaylash, sitogenetik, molekulyar genetik, ontogenetik, populyatsion – statistik, genetik injeneriya va boshqa metodlar kiradi.
1. Duragaylash orqali genetik tahlil qilish metodining mohiyati – chatishtirish natijasida olingan duragay avlodlarida ota-ona belgila-rining irsiylanishini o'rganish va uning qonuniyatlarini ochishdan iborat. Bu metod genetikaning asosiy eng muhim metodi hisoblanadi.
2. Sitogenetik metod qo'llanilganda ota–ona belgilarining dura-gaylarda irsiylanishini o'rganish bilan bir vaqtda, ular xromosoma-larining holati ham sitologik usulda maxsus mikroskoplar yordamida o'rganiladi.
3. Populyatsion – statistik metod yordami bilan murakkab miqdor, jumladan, xo'jalik nuqtai nazaridan ahamiyatli belgilarning irsiylanishi o'rganiladi. Buning uchun ko'p sonli organizmlar populyatsiyasi ustida kuzatish olib boriladi. Tajriba natijasida olingan miqdor dalillar maxsus matematik – statistik metodlar yordamida tahlil qilinadi. Olingan natijalarga asoslanib belgilarning irsiylanish qonuniyatlari aniqlanadi.
4. Ontogenetik metod yordamida organizmlarning individual rivojlanish jarayonida, genotip va tashqi muhit omillari ta'sirida belgi va xususiyatlarining fenotipda namoyon bo'lish qonuniyatlari o'rganiladi.
5. Molekulyar genetik metodning mohiyati – irsiyatning moddiy asosi bo'lgan nuklein kislotalar (DNK, RNK) ning strukturasi va funktsiyasini o'rganishdan iborat.
6. Genetik injeneriya metodi bir organizmning noyob genlari yoki xromosomalarini boshqa organizmga ko'chirib o'tkazishga asoslangan. Irsiyatning moddiy asoslarini tadqiq qilishda sitokimyo, biokimyo, biofizika va fiziologiya metodlaridan tobora keng foydalanilmoqda.
1.2. Irsiyat va o‘zgaruvchanlik qonuniyatlarining ochilishi, fanning rivojlanish tarixi. Biologiya fanlari tizimida genetikaning o‘rni.
Genetika fani rivojlanishining qisqacha tarixi. Buyuk chex olimi Gregor Mendel o'zining no'xat o'simligida olib borgan ko'p yillik tajribalari natijasida biologiya tarixida birinchi bo'lib irsiylanishning uchta fundamental qonunlarini kashf etdi. U genetikaning asosiy va eng samarali uslubi bo'lmish – duragaylash yo'li bilan irsiyatni o'rganish metodini yaratdi. Mendel tadqiqotlarining natijasi 1865 yilda chop etilgan bo'lsa-da, uzoq vaqt u tan olinmadi. 1900 yilda X.De Friz Gollandiyada, K.Korrens Germaniyada va E.Chermak Avstriyada keng ko'lamda har xil turga kiruvchi o'simliklar (ko'knor, makkajo'xori, no'xat va boshqalar) da Mendelь kashf etgan irsiylanish qonunlarini takroran kashf etdilar. Bu adolatli olimlar taklifi bilan Mendel kashf etgan uchta irsiylanish qonunlari “Mendelь qonunlari” deb atala boshlandi va ilmiy jamoatchilik tomonidan tan olindi. Shuning uchun ham 1900 yil biologiya tarixida genetika faniga asos solingan sana hisoblanadi. Genetika yunoncha genesis so'zidan olingan bo'lib “tug'ilish”, “kelib chiqish“ degan ma'noni bildiradi. “Genetika“ atamasi fanga 1906 yilda V.Iogansen tomonidan kiritilgan.
Genetika fanining rivojlanish tarixida quyidagi asosiy bosqichlarni belgilash mumkin:
• Mendel va uning izdoshlari tomonidan irsiylanish va irsiyat qonunlarining kashf etilishi;
• T.Morganning xromosoma nazariyasining yaratilishi va uning rivojlanishi;
• mutatsiya nazariyasining yaratilishi va uning rivojlanishi;
• populyatsion genetika va evolyutsiyaning genetik asoslari sohasidagi tadqiqotlar;
• molekulyar genetika yutuqlari va istiqboli;
• tibbiyot genetikasi asoslari;
• o'simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlar selektsiyasining genetik asoslari. Mendelgacha bo'lgan davrda o'simlik, hayvon va odamlarda turli belgilarning ota– onadan kelgusi avlodlarga berilishiga oid bir qator dalillar yig'ilgan edi. Masalan: nemis olimi I.G.Kelreyter (1733–1806) tamaki o'simligi duragaylarini kuzatib birinchi marta geterozis hodisasini tasvirladi.
Molekulyar genetikaning bu kashfiyotini ta'min etishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lgan ilmiy tadqiqotlar quyidagilardan iborat:
1. DNK molekulasi strukturasining aniqlanishi (amerikalik bio-kimyogar Dj.Uotson va ingliz fizigi F.Krik, 1953).
2. Oqsil molekulalari tarkibiga kiruvchi asosiy (20 ta) aminokislotalarning biosintez jarayonida oqsil hosil bo'lishidagi ishtirokini ta'min etuvchi irsiy axborot (kod) birligi nukleotidlar tripletining kashf etilishi (M.Nirenberg, G.Mattey, S.Ochoa va F.Krik 1961; 1962).
3. Genning molekulyar – genetik ta'rifining shakllantirilishi (amerikalik olimlar J.Bidl va E.Teytum).
4. Laboratoriya sharoitida DNK molekulasining sun'iy sintez qilinishi (amerikalik olim A.Kornberg, 1958 ).
5. Gen funktsiyasining, ya'ni oqsil sintezi regulyatsiyasi molekulyar mexanizmining ochilishi (frantsuz olimlari F.Jakob, J.Mono, 1961, 1962). Bu sohada nazariy tadqiqotlarning rivojlanishi natijasida genetikaning amaliy ahamiyatini yanada oshiradigan tarmoq – gen injeneriyasi va biotexnologiyasi paydo bo'ldi.
1.3. O‘zbekistonda genetik tadqiqotlarning yo‘lga qo‘yilishi va zamonaviy genetikaning rivojlanishi.
O'zbekistonda genetika fanining shakllanishi va rivojlanishida dunyoga mashhur olim akademik N.I.Vavilovning o'simliklar genetikasi, selektsiyasi va urug'chiligi haqidagi nazariy va metodik ilmiy-tadqiqot ishlarining natijasi katta ahamiyatga ega bo'ldi. Ayniqsa uning madaniy o'simliklarning kelib chiqish markazlari haqidagi ta'limoti hamda N.I.Vavilov va uning hamkasblari tomonidan sobiq Ittifoqda dunyoda eng boy o'simliklar genofondidan iborat madaniy o'simliklar va ular-ning yovvoyi ajdodlarining dunyo kollektsiyasining yaratilishi O'zbekistonda madaniy o'simliklar genetikasi va selektsiyasida fundamental va amaliy tadqiqotlarni rivojlantirish uchun asos bo'ldi.
O'zbekistonda genetika fanining aksariyat yo'nalishlari bo'yicha ilmiytadqiqot ishlarining hamda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashning samarali bo'lishida O'zbekistonda ko'p yillar ishlagan mashhur olimlar – akademiklar B.L.Astaurov, V.A.Strunnikov hamda rossiyalik olimlar – akademiklar N.P.Dubinin, V.A.Shumnыy, professorlar – M.E.Lobashev va D.V.Ter-Avanesyanlarning xizmati katta bo'ldi. O'zbekistonda madaniy o'simliklar dunyo kollektsiyasini yaratish va boyitish sohasidagi ishlar – O'zbekiston o'simlikshunoslik, O'zbekiston FA ning Genetika va o'simliklar eksperimental biologiyasi, O'zbekiston G'o'za selektsiyasi va urug'chiligi institutlarida olib borilmoqda.
O'zbekistonda g'o'za genetikasi va selektsiyasining barpo etilishi va rivojlanishi vatanimiz atoqli olimlari G.S.Zaytsev, S.S.Kanash, A.A.Avtonomov, L.V.Rumshevich, L.G.Arutyunova, V.I.Kokuyev, K.A.Vыsots-kiy, B.P.Straumal, S.S.Sodiqov, A.D.Dadabayev, Sh.I.Ibragimov, A.A.Ab-dullayev, D.A.Musayev, S.M.Mirahmedov, N.N.Nazirov, A.E.Egamberdiyev, O.J.Jalilovlarning nomlari bilan bog'liq. Ular g'o'zada tur ichida, geografik va genetik uzoq turlar va kenja turlarni duragaylash, eksperimental mutagenez metodlarini qo'llashning nazariy va metodik muammolarini tadqiq qilib g'o'za selektsiyasining samaradorligini oshirib, qator o'rta va va ingichka tolali navlarni yaratdilar. Bu navlarni amaliyotda qo'llash natijasida sobiq Ittifoqda ekilayotgan navlarning o'rniga yuqori samarali navlar ekib almashtirishlar o'tkazildi.
Mustaqillik davrida nav almashtirish jarayoni samarali amalga oshirilmoqda. 1922 yildan boshlab to hozirga qadar respublikada 6 marta nav almashtirish o'tkazildi. Har vaqtning o'ziga xos biogeotsenoz xususiyatlari namoyon bo'lishligi evaziga selektsiya jarayoni uzluksiz va doimiy xarakterga ega. Irsiyatning genetik qonuniyatlariga asoslanib selektsioner yaqin kelajakdagi sharoitlarga adaptiv bo'lgan navlarning genmanbalariga ega bo'lgan selektsion materiallarni hozirdan zaxirada yaratishi lozim. Bu strategik muhim ahamiyatga ega bo'lgan yo'nalishda mavjud bo'lgan boy genofonddan foydalangan holda ilmiy-amaliy tadqiqotlar G'o'za selektsiyasi va urug'chiligi institutida A.B.Amanturdiyev rahbarligida keng miqyosda olib borilmoqda va bugungi kunda ushbu institutda yaratilgan navlar Respublikamiz paxta maydonining katta qismini egallab turibdi.
II-Bob Genomika asoslari faniga kirish.
2.1.Genomika tushunchasi va uning tarixi. Genomika asoslari fani biologiya fanlari tizimidagi eng yangi zamonaviyligi bilan ahamiyatlidir.
Ushbu fan genomika tushunchasi va uning tarixi, barcha tirik organizmlarning irsiy axborotlarini saqlovchi DNK texnologiyasi, genom revolyusiyasi, genomni kartalashtirish, genomni sekvenslash (nukleotid ketmaketligini aniqlash), genomni sharxlash (genlarni aniqlash) kabi vazifalarni chuqur o‘rganish orqali yuqumli va irsiy kasalliklarni oldini olish, o‘simlik va hayvonlarning zarakunandalarga va shu kabi salbiy oqibatlarga sabab bo‘luvchi omillarga chidamli nav va zotlarni yaratish kabi muhim vazifalarni o‘rganishni qamrab olgan.
Genomika molekulyar genetikaning bir yo‘nalishi hisoblanib tirik organizmlar geni va genomini chuqurroq o‘rganishga qaratilgan. Genomika asoslari fanning yangi turi bo‘lib uning dolzarbligi turli organizmlar genomlarining xususan, odam, hayvon, mikroorganizmlarhamda o‘simliklar genomlarining shiddat bilan tadqiq qilinishi bilan belgilanadi. Odam genomining to‘liq hamda inson kasalliklarini keltirib chiqaruvchi 30 dan ortiq parazit va bakteriyalar genomlari to‘liq yoki qisman sekvens qilinganligi (ketma-ketligining o‘qilganligi) genomikaning asosiy yutuqlaridan hisoblanib ushbu ma’lumotlar kasalliklarga qarshi profilaktika va diagnostika ishlarida keng foydalanilmoqda. Genomika - bu genlarni tuzilishi va funktsiyalarini o'rganish, ularni hisobga olish va barcha organizmlarning genomik xaritalarini yaratish bilan shug'ullanadigan fan. Birinchidan, kasallik bilan bog'liq genlar o'rganilib, hisobga olinadi. Genomikaning kelib chiqishi "Inson genomi" loyihasi imzolangan 1990 yil oktyabrga to'g'ri keladi (Tарантул Б.З., 2003).
2.2. Rekombinant DNK olish texnologiyasi.
Rekombinant DNK olishning axamiyati. Turli biologik manbalardan ajratilgan ikki yoki undan ko‘p DNK fragmentlarining birikishidan xosil bo‘lgan DNK molekulasi rekombinant DNK deyiladi. DNKning muayyan fragmentlari, shuningdek zarur genni tutuvchi fragmentlar restriktazalar yordamida olinadi. Restriktazalar «to‘mtoq» uchli va «yopishqoq» uchli fragmentlar xosil qiladi. DNK fragmentlarini bitta molekulaga birlashtirish bu fragmentlarning qanday uchga ega ekanligiga bog‘liq xolda, turli usullar yordamida amalga oshiriladi. Bir xil izchillikka ega «yopishqoq» uchli fragmentlarni birlashtirish usuli. Ba’zi restriktazalar, masalan EcoRI, DNK zanjirida tanib kesadigan sayt markazidan bir xil masofada zina xosil qilib, simmetrik uzish paydo qiladi. Bu bir-biriga komplementar uchastkalar asosini juftlashishi hisobiga yoki «yopishqoq» uchlari orqali birlashish tendensiyasiga ega bo‘ladi. Asoslarning juftlashishi faqatgina komplementar izchilliklar o‘rtasida sodir bo‘ladi, shuning uchun EcoRI ta’sirida paydo bo‘lgan AATT-uchlar masalan Hind III tomonidan xosil qilingan AGST-uchlar bilan qovushmaydi. Lekin bir restriktaza ta’sirida xosil qilingan xar qanday DNK bo‘laklari (kelib chiqishidan qat’iy nazar) komplementar nukleotidlarning bir zanjirli uchastkalari orasida vodorod bog‘lari xosil qilish hisobiga birikishi mumkin. Lekin bunday juftlashishdan so‘ng ham DNK qo‘sh zanjirining butunligi to‘lig‘icha tiklanmaydi va fosfodiefir bog‘ida ikkita uzilish qoladi. Ularni tiklash, ya’ni tikish yoki ligirlash uchun DNK ligazadan foydalaniladi. Rekombinant molekulalar xosil qilish ishlarini ligaza fermenti yakunlaydi. Bunday tajribalar birinchi marta 1972 yilda (P.Berg. AQSH) bajarilgan va «yopishqoq» uchlar xosil qiluvchi restriktazalar bilan DNK ligazadan birgalikda foydalanish rekombinant DNK molekulasi olishning umumiy usullarini yaratishda asos bo‘lib xizmat qilishi ko‘rsatilgan. SHu laboratoriyada birinchi marta SV40 virusi va E.colining galaktoza operonini tutuvchi bakteriyafagi rekombinant DNKga biriktirilgan. «To‘mtoq» uchli fragmentlarni birlashtirish usuli.
2.3.Fanning rivojlanish bosqichlari, mazmuni va vazifalari.
Genomika fanidagi yutuqlar. Bir qancha xorijiy davlatlarda 20-21 asrlarda genomika jadal suratda rivojlanayotgan dunyo biotibbiyot fanlari sohasiga aylanib bordi. Bioinformatsion texnologiyalar iste’molchilari tadqiqotchilar, fundamental ishlanmalar mualliflari bilan bir qatorda tibbiyot, farmakologiya, biotexnologiya hamda o‘quv muassasalari hisoblanadi. Fanning bu sohasi AQSHda va shuningdek boshqa rivojlangan davlatlarda muhim yo‘nalish safatida qaraladi. Evropa, Osiyo, AQSH hamda Avstraliya davlatlarida bioinformatika markazlari soni yildan-yilga ko‘payib bormoqda. Bioinformatika bo‘yicha davlat, akademik hamda ta’lim markazlari bilan bir qatorda so‘nggi yillarda sohada olingan tadqiqot natijalardan tijorat maqsadida foydalanishga yo‘naltirilgan sezilarli darajadagi tashkilot va loyihalar yuzaga keldi Bioinfrmatika servis markazlari va resurslari. Bu eng avvalo genomlarning, shuningdek odam genomining strukturaviy, funksional hamda qiyosiy tahlili bo‘yicha faoliyat yurituvchi tashkilotlardir. Genomika sohasi bo‘yicha yaratilgan usullarni qo‘llash bilan birga amaliy muammolarni echish yo‘lida, xususan farmokologiyada texnik hamda dasturiy bazalar jadal suratda rivojlanib bormoqda. Bunday muammolarni bartaraf etishda dasturiy ta’minot sanoati ham takomillashib bormoqda. Mamlakatimizda genomika va bioinformatika fanlarining rivojlanishiga qaratilayotgan alohida e’tibor tufayli dunyo fanida o‘z o‘rniga ega nufuzli ilmiy maktab va muhit shakllantirildi, zamonaviy laboratoriyalar tashkil etilib, keng miqyosda xalqaro ilmiy aloqalar yo‘lga qo‘yildi.
Xulosa
Genetika yunoncha «geneticos» so‘zidan olingan bo‘lib, tugilish, kelib chiqish degan ma’noni ifodalaydi. Genetika tirik organizmlaming irsiyati va o6zgaruvchanligi to‘g‘risidagi fan bo‘lib, biologiyaning alohida shoxobchasi hisoblanadi. Irsiyat barcha hayotiy hodisalaming asosini tashldl etib, tirik organizmlaming o‘xshash belgi-xossalarini avloddan-avlodga o‘tishi va rivojlanishini ma’lum tashqi muhit sharoitida ta’minlab beruvchi xossadir.O‘zgaruvchanlik esa tirik organizmlaming ota-ona belgilaridan farq qiluvchi yangi belgilarini namoyon qilish xossasidir. Irsiyat va o‘zgaruvchanlik ikki qarama-qarshi jarayon bo‘lishiga qaramay bir vaqtda namoyon boiadi. Irsiyatsiz o‘zgaruvchanlik, o‘zgaruvchanliksiz irsiyat kuzatilmaydi.
Irsiyat va o‘zgaruvchanliksiz yer yuzida hayotning evolutsiyasini tasawur etish qiyin. Irsiyat o‘simlik va hayvonlaming har bir turining o‘ziga xos belgi va xossalarini bir qancha avlodlarda turg‘un saqlanib qolishini ta’minlaydi. Irsiyat tufayli turga tegishli organizmlar o‘zgaruvchan tashqi muhit sharoitlariga moslashib. yashab qoladi. O‘zgaruvchanhk natijasida paydo boigan belgi-xossalar irsiyat tufayli keyingi avlodlarda saqlanib qolgandagina, ya’ni irsiylangandagina evolutsiyada ahamiyatga ega. O‘zgaruvchanlikning turlicha ko‘rinishlari mavjud.
Organizm belgi va xususiyatlarini o4zgarishi bir yoki bir necha genlarning o‘zgarishi oqibatida strukturaviy o‘zgarishi ro‘y berishi mumkin. Bunday o‘zgaruvchanliklar mutatsiyalar deyiladi. Shu bilan bir vaqtda individual rivojlanish jarayonida organizmlarning morfologik, fiziologik, biokimyoviy va boshqa xususiyatlarining qonuniyatli o‘zgarishi ham kuzatiladi. Bu ontogenetik o‘zgaruvchanlik deb ataladi.
Modifikatsion o‘zgaruvchanlik — tashqi muliit omillari ta’sirida genotipi o‘zgarishsiz kechadigan organizmlar fenotipining o‘zgarishidir. Irsiyat va irsiylanish tushunchalarini farqlay bilish lozim. Maium bir oqsil molekulasini tuzilishi, belgining rivojlanishi va organizmning tuzilishi rejasining genlar orqali belgilanish xususiyatiga irsiyat, organizmdagi irsiy belgi va xususiyatlarning avloddan avlodga o‘tish jarayoni irsiylanish deyiladi. Organizm irsiy omillar yig‘indisi — genotipni tuxum hujayra urugianishi davrida ota-onasidan oladi.
Genotipdagi hamma o kzgarishiar ham nuqsonga sabab bo‘lmaydi. Organizmning genotipi uning moslanish imkoniyatlarini va tashqi omillarga javoban reaksiya normasini belgilab beradi. Organizm barcha belgilarining yigindisi genotipda kodlashtirilgan irsiy axborot tuzilishiga va uning ifodalanish (ekspressiya) darajasiga bogiiq boiadi. Genotipdagi mutatsiyalar yoki o ‘zgarishlar neytral boiib, aksariyat hollarda, organizmlar fenotipik o‘zgarishiga olib kelmaydi. Biroq, genotipdagi uma’noga ega” genlar (ya’nioqsil strukturasi o‘zgarishi bilan aloqador) o‘zgarishlar genotipnibuzilishigaolibkelib, turli nuqsonlar keltirib chiqaradi. Genotipdagi “ma’noga ega” bo‘lgan mutatsiyalar sonini neytral mutatsiyalar soniga nisbati organizm genotipini o‘zgaruvchanlik darajasini ko‘rsatadi. Irsiyatning moddiy asosi boiib boiinish jarayonida qiz hujayralarga taqsimlanish xususiyatiga ega boigan hujayra yadrosining maxsus tuzilmasi — xromosomalar hisoblanadi.
Xromosomalar asosiy genetik tuzilmalar boiib, avloddan-avlodga o‘tish jarayonlarini ta’minlash uchun barcha zarur irsiy axborotga ega. Hujayra bo‘linish davrida xromosomalar aynan o ‘ziga o ‘xshash xromosomalarni hosil qiladi. Xromosoma chiziqli tartibda joylashgan genlaming tuzilishi bo‘lib, irsiy axborotni saqlash va o ‘tkazish funksiyasini bajaradi. Organizmning umumiy holati, uning anatomik, morfologik tuzilishi, fiziologik. biokimyoviy xususiyatlari genlarning bir-biri bilan hamda genotipning tashqi muhit omillari bilan o ‘zaro aloqasining natijasi hisoblanadi.
1. A.A. XODJIMETOV BIOLOGIK KIMYO O 'zbekiston Respublikasi O liy va o ‘rta maxsus ta'lirn azirligi R.A. Sobirova, O.A. Abrorov, F.X. Inoyatova, A.N. Aripov, «Biologik kimyo». «Yangi asr avlodi», 2006 yil
|
|
2. Е.С. Северин Биохимия. Москва, ―ГЭОТАРМЭД, 2004.
3. Т. Березов Биологическая химия. М. 2000.
|
4. O.O.Obidov, A.A.Jo'rayeva BIOLOGIK KIMYO Laboratoriya amaliyoti
|
5. Я. Кольман Рём К.Наглядная биохимия. М., 2000
|
6. M.N.Valixanov,S.N.Dolimova, G.B.Umarova,P.Mirxamidova. Biologik kimyo va molekulyar biologiya (2-qism. Molekulyar biologiya).Toshkent, ―Navroz ,2015. 3. M.N. Valixonov. Biokimyo. Toshkent. "Universitet". 2009.
|
7. SH.M. Mirziyoev Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz.Toshkent, O‘zbekiston nashriyoti, 2016.
|
8. B M. Majidov ‘’Yuqumli kasalliklar,,Toshkent Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot nashriyoti 1993 yil
|
9. Oliy ta‘lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiya asosida o‘quv faoliyatini tashkil etish uslub va vositalari. Toshkent Davlat Texnika universiteti. Toshkent. 2007 yil
|
10.R.P.Ibragimov, M.M.Abdullaeva Biokimyoda laboratoriya mashg‘ulotlari. Toshkent―Universitet 2015
|
Elektron ta`lim resurslar
http: //www.ziyo.net
http: //www.pedagog.uz
http://www.maik.ru
|
Foydalanilgan adabiyotlar
http://genderi.org
Do'stlaringiz bilan baham: |