Bajardi: Meliboyeva Sh



Download 1,33 Mb.
bet10/10
Sana24.06.2021
Hajmi1,33 Mb.
#99981
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
hisobot

Arabxon madrasasi

Ichan qal’a ansamblidagi me’moriy yodgorlik (1616, 1838). Arab Muhammadxon madrasani dastlab bir qavatli, oddiy sinchli, trapesiya sha-klida qilib qurdirgan. Serhasham ish-langan ayvon Xiva muzeyida saqlangan. Olloqulixon davrida Madrasa binosi murabba tarxli, peshtoq va gumbazli qilib qayta qurilgan. Bosh tarzidagi masjid va hujralar ikki qavatli, ikki burchagida guldastalari bor. Qolgan tomonlaridagi hujralar bir qavatli. Hovli etagida oldi ayvonli masjid qurilgan. Arab Muhammad xon madrasasi Xivaning me’moriy obidalari sirasida eng qadimiylaridan biridir. U Ichan Qal’aning markazida, mashhurmas, lekin qadimiy madrasa bo‘lmish Muhammad Aminxonning oldida joylashgan. madrasa Xorazm hukmdori shayboniylardan Arab Muhammad xon buyrug‘i bilan poytaxtning Urgunchdan Xivaga ko‘chirilish munosabati bilan qurilgan.

Madrasa nomini olgan Arab Muhammad xon Xorazm tarixida mashhur shaxs bo‘lgan. U 1603-1621 hokimiyatni boshqargan. Bu vaqt ichida u hokimiyatni boshqarish borasida aytarli yutuqlarga erishgan. Aynan uning buyrug‘i bilan Xiva Xorazm davlatining yangi poytaxti bo‘lgan. U hukmronlik qilgan yillar Xorazm chiroyi bo‘yicha Samarqand-u Buxorodan ortda qolmaydigan O‘rta Osiyoning go‘zal shaharlaridan biriga aylangan. Arab Muhammad xon shaharni obodonlashtirish borasida ko‘plab ishlarni amalga oshirgan. Uning buyrug‘i bilan ko‘plab madrasa, masjid va aholi himoyasi binolari qurilgan bo‘lsa-da, ularning ko‘plari hozirgi kunga qadar saqlanmagan.

1616 yil bu sana sharafiga Arab Muhammad xon shahar aholisi uchun madrasa qurishga buyruq beradi. Avvaliga, hozirgi bino o‘rnida boshqa — xivalik mashhur ayol tomonidan qurilgan kichik madrasa bo‘lgan. Arab Muhammad xon bu binoni oldidagi yerlar bilan qo‘shib sotib oladi.

Madrasa bir qavatli to‘g‘ri burchak shaklidagi g‘ishtdan qurilgan bino ko‘rinishida bo‘lgan. Kirish portalida an’anaviy tarzda Qur’on oyatlari o‘yib yozilgan. Bino burchaklarida kichik minoralar joylashgan. Madrasada, shuningdek, o‘quvchilar uchun hajralar va namoz o‘qish joylari ham mavjud. Masjidning yon tarafida dars xonarali bor.

Madrasa bir necha bor qayta qurilgan va qayta tiklangan. 1838 yil bino eskirganligi sababli Xorazm hukmdori Olloqulixon buyrug‘i bilan madrasa Xivaning eski me’morchiligiga xos ravishda qayta qurilgan. Ikkinchi qavat qurilgan. Madrasadagi hujralar va dars xonalari soni ko‘paytirilgan. Bino portal qisman o‘zgartirilgan. Aynan shunday ko‘rinishi hozirgi kungacha saqlanib qolgan. Bugun madrasa sayyohlar tomosha qilishlari uchun eng sevimli joyga aylangan.16

Xulosa

Xiva shahri nafaqat O‘zbekistonda, balki butun Markaziy Osiyoda eng qadimiy va tarixiy obidalarga boy shaharlardan biridir. “Vaqti kelib bu qadimiy voha, o’ziga xos tabiiy geografik sharoitlari bois ochiq osmon ostidagi ajoyib, hayratomuz tabiiy muzeyga aylanadi. Bu yerda qum barhanlari uzra ko’plab qal’alar, saroylar vayronalari, shaharlar xarobalari qad ko’tarib turibdi, asrlar yuzini ko’rgan ulkan sug’orish tizimlari izlari ko’zga tashlanadi”17 haqiqatdan ham ochiq osmon ostidagi muzey shahar o’rta asr sharq me’morchiligining tengsiz javohiridir. Me’moriy obidalar, minoralar, masjid-u madrasalar shunday mahorat bilan bunyod etilganki, bugungi kunda ham sayyohlarni o’ziga ohanrabodek jalb etmoqda. Ayniqsa me’moriy inshootlarning rangdorligi va foydalanilgan bo’yoqlarning haligacha o’z jilosini yo’qotmay huddi yangiday tovlanishi kishini hayratda qildiradiradi. Axir ushbu go’zallikni na yomg’ir suvlari yuvib keta olgan va na quyosh nurlari jilosini so’ndirgan olgan. Shaharning “ochiq osmon ostidagi muzey” ya’ni yaxlit shaharning o’zi muzey holatiga kelishiga, arxeologik-me’moriy yodgorliklarning ro’parama-ro’para ya’ni qo’sh usulida yoki alohida ansaml holida qurilishi sabab bo’lgan. Hamda ushbu masjid-madrasalar aniqroq aytilganda shahriston devor bilan o’rab olingan. Devor tabiiyki mudoofa inshooti vazifasini bajargan. Shahar o’tmishda ham ma’muriy markaz sifatida dong taratgan. Bundan tashqari Buyuk ipak yo’lida joylashganligi ham shahar nufuzini orttirgan. Ushbu muzey qo’riqxona 1990-yildan Butun jahon yodgorliklari ro’yxatiga kiritildi. Bundan tashqari, 1997-yilda Xorazmning eng qadmgi davrlaridan to hozirgi kungacha, shu jumladan XVI-XIX asrlar birinchi yarmi tarixi haqida Xiva shahrining 2500 yillik yubileyi munosabati bilan chop etilgan “Xiva –ming gumbaz shahri” kitobi ham tarixiy dalillarga boy hamda qimmatli asar yaratiladi.





Ilova

Ichan qal’a umumiy ko’rinishi




Ichan qal’a devori




Hazorasp qal’asi




Xiva qudug’i




N
urullaboy saroyi

Olloqulixon madrasasi


Q
utlug’ Muroq Inoq madrasasi

Islomxo’ja madrasasi va minorasi


Juma masjid


Muhammad Aminxon madrasasi va Kalta minor




Sherg’ozixon madrasasi




Arab muhammadxon madrasasi



Foydalanilgan adabiyotlar

  1. K.Marks, Британское владычество в Индии. Собр. Соч.., тю IX, 1933

  2. K. Xudoyberganov, A.Ahmedov Xiva dunyodagi eng ko’hna qal’a. T.2012

  3. Professor Madrahim Mahmudov “Hazorasp-Xorazmning janubiy qalqoni” maqolasi

  4. Xiva ming gumbaz shahri T. 1997-y

  5. O’zbekiston Milliy ensiklopediyasi 1-jild T.2000-y

  6. Вамбери А. Путешествие по Средней Азии. –1865. 164-стр

Internet saytlari

  1. https://uz.wikipedia.org

  2. https://uzbekistan.travel

  3. https://www.khivamuseum.uz

  4. https://khiva360.nazzar.uz



1 K.Marks, Британское владычество в Индии. Собр. Соч.., тю IX, 1933, 397-bet.

2 K. Xudoyberganov, A.Ahmedov Xiva dunyodagi eng ko’hna qal’a. T.2012 7-bet

3 Professor Madrahim Mahmudov “Hazorasp-Xorazmning janubiy qalqoni”

4 Professor Madrahim Mahmudov “Hazorasp-Xorazmning janubiy qalqoni”

5 K. Xudoyberganov, A.Ahmedov Xiva dunyodagi eng ko’hna qal’a. T.2012

6 K. Xudoyberganov, A.Ahmedov Xiva dunyodagi eng ko’hna qal’a. T.2012

7 https://uz.wikipedia.org/wiki/Xiva

8 Xiva ming gumbaz shahri T. 1997-y

9 O’zbekiston Milliy ensiklopediyasi 1-jild T.2000-y

10 O’zbekiston Milliy ensiklopediyasi 1-jild T.2000-y

11 O’zbekiston Milliy ensiklopediyasi 1-jild T.2000-y

12 K. Xudoyberganov, A.Ahmedov Xiva dunyodagi eng ko’hna qal’a. T.2012 38-b

13 K. Xudoyberganov, A.Ahmedov Xiva dunyodagi eng ko’hna qal’a. T.2012 37-b

14 Вамбери А. Путешествие по Средней Азии. –1865. 164-стр

15 O’zbekiston Milliy ensiklopediyasi 1-jild T.2000-y

16 O’zbekiston Milliy ensiklopediyasi 1-jild T.2000-y

17 Xiva ming gumbaz shahri T.1997 14-bet.

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish