O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI TT va KT FAKULTETI II BOSQICH Tt-11-19-GURUH TALABASINING ELEKTRONIKA VA SXEMALAR FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI
Bajardi: Mansurov.Sh
Qabul qildi: Jamolova.G
Mavzu: Analog signallarni raqamli signallarga o’zgartirish va uning jarayonlari
Reja
- Raqamli va analog signallar.
- Diskretlashtirish.
- Modulyatorlar.
Raqamli va analog signallar
Signallar ikki xildagi ko’rinishda bo’ladi: raqamli va analog signallar. Analog soʻzi lotinchadan olingan soʻz boʻlib, uzluksiz degan maʼnoni angalatadi. Analog signal vaqt boʻyicha uzluksiz boʻlgan signaldir.
Signal manbayi quvvati yetarli bo‘lmaganda yuklama R deb ataluvchi bajaruvchi qurilma normal ishlashi uchun kuchaytirgich qurilmalardan foydalanish zarurati tug‘iladi. Kuchaytirgich deb manba energiyasini kirish signali qonuniyatiga mos ravishda chiqish signali energiyasiga
o‘zgartiruvchi qurilmaga aytiladi.
Uzluksiz signal vaqt va sath bo‘yicha diskret signalga aylantirilishi va uning har bir kΔt vaqtdagi oniy qiymati mos ravishda nΔu sath qiymatlari bilan almashtirilishi, sath qiymatlari raqamlar bilan belgilanishi o‘z navbatida raqamlar tegishli kodlar kombinatsiyasi bilan almashtirilishi asosida xosil bo‘lgan signal raqamli signal deb ataladi. Uzlukli (diskret) xabar diskret signalga aylantiriladi. Masalan: biron-bir matndagi harflar ularga mos kodlar kombinatsiyasi bilan almashtiriladi. Ko‘p hollarda kodlar kombinatsiyasi tokli (1) va toksiz (0) impulslardan iborat bo‘ladi.
Diskretlashtirish
Diskretlashtirish- signalni qisqa muddatli ketma-ket keladigan impulslarga almashtirish demakdir.
Bunday diskretlashtirilgan amplitudaviy impulsli modulyator yordamida bajariladi. Uning bitta kirishiga diskretlanuvchi analogli signal berilsa, boshqasiga qisqa muddatli ketma-ket impulslar beriladi.
Analogli signallarni UA(t) (t-o’tuvchi vaqt) raqamli signallarga UD(k) (k butun son) aylantirishning turi usullari bor. Shulardan eng ko’p tarqalgani signalni vaqt bo’yicha diskretlashtirish va sathi bo’yicha kvantlashdan iborat.
Analogli signallarni raqamli signallarga aylantiruvchi qurilmalar ikki qismdan–amplitudaviy-impulsli modulyator va kvantlovchi qismlardan iborat.
Modulyatorlar
Analog signallarni diskret ya’ni, raqamli signallarga aylantirib beruvchi qurilmalarga modulyatorlar deb ataladi.
Modulyatorlar hozirgi kunda juda keng foydalaniladigan qurilmalardir.
Kompyuterda hosil qiligan ma’lumotni uzatish uchun raqamli signallardan foydalanish ham, tez ham qulay va aniq bo’ladi. Ammo hozir ham ko’pgina akoqa qurilmalari (telefon, telegraf, radio, televideniya) analog signallar bilan ishlaydi. Bu muammodan qutilish uchun modem zarur. Modem raqamli signali analogli signalga ham ( MO dulyatsiya), analogli signalni raqamli signalga ham (DEM odulyatsiya) aylantira oluvchi yagona qurilmadir. Modem ichki yoki tashqi bo’lishi mumkin.
Xulosa
Analog signallarni raqamli signallarga o’girish va teskari jarayonni amalga oshirish hozirgi kunda eng keng foydalaniladigan jarayonlardan biri hisoblanadi. Kundan kunga elektrotexnika va telekommunikatsiya sohasi rivojlanib bormoqda va hayotimizda eng katta, muhim rollardan birini egallamoqda. Bu holat bizni signallar almashinuv jarayoni hayotimizda keng o’rnashib olishini ta’minlovchi vosita sifatida qabul qilinadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. A.A. Xoliqov “Raqamli sxemotexnika”. Toshkent “Yangi nashr” – 2017-yil.
2. E.U.Ibragimov, Sh.T.Ermatov, L.F.Ayupov “Elektronika va sxemotexnika”. Toshkent 2007-yil.
3. X.K.Aripov, A.M.Abdullayev “Elektronika”. Toshkent – 2012-yil.
Do'stlaringiz bilan baham: |