MODDIY MADANIYAT Madaniyat inson bilimlari, ko‘nikma va tajribalarini, ma’naviy salohiyati hamda faoliyait jarayonida inson ideallarining ro‘yobga chiqish va shaxs sifatida kamol topishini o‘zida aks ettiradi. Madaniyat murakkab va serqirra hodisadir. Uni arxeologiya, etnografiya, tarix, sotsiologiya va gumanitar fanlarning ko‘p sohalari o‘rganadi. Bu fanlarning harbiri madaniyatga o‘z vazifa va maqsadlari nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda tadqiq qiladi. Ularning harbiri madaniyat tushunchasiga turlicha mazmun beradi. Falsafa madaniyatni alohida, yakka-yakka ko‘rinishlarida emas, balki yaxlit, bir tutun ijtimoiy xodisa sifatida o‘rganadi. Falsafiy nuqtai nazardan qaraganda madaniyat so‘zi arabcha “madina” va “iyat” so‘zyasovchi qo‘shimchasining qo‘shilishidan hosil bo‘lib, aynan “shaharga oid” degan ma’noni anglatadi. Lekin bu so‘z kirib borgan tillarida, shu jumladan, o‘zbek tilida ham bilimlilik, tarbiya ko‘rganlik ma’nolarida ishlatila boshlagan. XIX asr o‘rtalariga kelib, madaniyat tushunchasi kengroq ma’noda – inson faoliyati yuzaga kelgan barcha narsalarga nisbatan ishlatila boshlandi. Hozirgi davrga kelib yetarli bo‘lmay qoldi. Chunki bunday yondashuv madaniyatni insondan tashqarida mavjud bo‘lgan qandaydir hodisa sifatida tushunishga olib keladi. Falsafiy nuqtai nazardan qaraganda madaniyat so‘zi arabcha “madina” va “iyat” so‘zyasovchi qo‘shimchasining qo‘shilishidan hosil bo‘lib, aynan “shaharga oid” degan ma’noni anglatadi. Lekin bu so‘z kirib borgan tillarida, shu jumladan, o‘zbek tilida ham bilimlilik, tarbiya ko‘rganlik ma’nolarida ishlatila boshlagan. XIX asr o‘rtalariga kelib, madaniyat tushunchasi kengroq ma’noda – inson faoliyati yuzaga kelgan barcha narsalarga nisbatan ishlatila boshlandi. Hozirgi davrga kelib yetarli bo‘lmay qoldi. Chunki bunday yondashuv madaniyatni insondan tashqarida mavjud bo‘lgan qandaydir hodisa sifatida tushunishga olib keladi. Madaniyat esa, insoniy mazmun va ma’no bilan sug‘orilgan moddiy va ma’naviy qadriatlar dunyosidir. Bunday tushunish natijasida madaniyat jamiyatning ma’lum bir sohasi sifatida namoyon bo‘ladi. Albatta madaniyatni faqat qadriatlar majmuasi sifatida tushunish ham to‘g‘ri va to‘liq emas. Birinchidan, bunda yuqoridagi kabi madaniyat tayyor natijalar tizimi sifatida chiqadi, madaniyatni yaratilish jarayoni, uning dinamikasi e’tibordan chetda qoladi. Ikkinchidan, inson tomonidan yaratilgan xamma narsalar ham foydali emas, demak uning rivojlanishiga xizmat qilmaydi. Uchinchidan, u yoki bu hodisani ijobiy yoki salbiy deb qabul qilish tarixan belgilangan – davrning, jamiyatning ijtimoiy guruxlarning qadriyat mo‘ljallariga bog‘liq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |