Madaniyatshunoslik fanining vujudga kelishi madaniyatning inson hayoti va jamiyatdagi ahamiyatini anglab yetishi bilan izohlanadi. Fanda to‘plamgan keng va ko‘plab faktlar shuni ko‘rsatadiki, madaniyat jamiyat hayotining barcha sohalarida amal qiladi, ijtimoiy taraqqiyotning yo‘nalish dinamikasini belgilaydi. Madaniyat turlari u yoki bu iqtisod, siyosiy shakllarini vujudga keltiradi. Bugungi kunda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning o‘zbekcha modeli bizning o‘z madaniyatimiz, an’analarimiz, milliy ma’naviyatimizni hisobga olgan holda o‘ziga mos yo‘lni vujudga keltirdi. U yoki bu xalqning ilmiy madaniyati ijtimoiy hayotning konkret shakli, hayotning turli sohalarini tashkil etishning yangi mexanizmi bilan uzviy bog‘liq holda faoliyat ko‘rsatmoqda. Madaniyatshunoslik fanining vujudga kelishi madaniyatning inson hayoti va jamiyatdagi ahamiyatini anglab yetishi bilan izohlanadi. Fanda to‘plamgan keng va ko‘plab faktlar shuni ko‘rsatadiki, madaniyat jamiyat hayotining barcha sohalarida amal qiladi, ijtimoiy taraqqiyotning yo‘nalish dinamikasini belgilaydi. Madaniyat turlari u yoki bu iqtisod, siyosiy shakllarini vujudga keltiradi. Bugungi kunda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning o‘zbekcha modeli bizning o‘z madaniyatimiz, an’analarimiz, milliy ma’naviyatimizni hisobga olgan holda o‘ziga mos yo‘lni vujudga keltirdi. U yoki bu xalqning ilmiy madaniyati ijtimoiy hayotning konkret shakli, hayotning turli sohalarini tashkil etishning yangi mexanizmi bilan uzviy bog‘liq holda faoliyat ko‘rsatmoqda. TABIIY-ILMIY VA UNING GUMANITAR MADANIYATLARNING O’ZARO BOG’LIQLIGI Inson madaniyat borlig‘i tabiat borlig‘idan farq qiladi. Inson tabiatning bir qismi bo‘lishi bilan, ijtimoiy borlig‘ining o‘ziga xosligi bilan farq qiladi. Uning asosiy tomoni ma’naviy borlig‘idir. Madaniyat tushunchasi erkinlik tushunchasi bilan bog‘liqdir. Erkinlik tushunchasi falsafi jihatdan ko‘pbosqichlidir. Erikinlik jamiyatni buzishga qaratilgan bo‘lsa, uning madaniyat bilan aloqasi yo‘q. Madaniyat inson faoliyatini bunyodkorlikka yo‘naltiradi. Buzishga qaratilgan erkinlik vaxshiylikdir, uning madaniyatga aloqasi yo‘q. U jamiyatda anraxiya, tartibsizlikni keltiradi. Afsuski, erkinlikni noto‘g‘ri tushunadigan, yomonlik bilan yaxshilikni, adolat bilan adolatsizlikni, go‘zallik bilan xunuklikni ajrata bilmaydigan insonlar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |