______________________
3Qodirova va voshqalar. Maktabgacha pedagogika-T.Tafakkur-2019.
4Munirov N. A. talabalarni rivojlantirishda jismoniy tarbiya va sportning o`rni. - 2021
XULOSA.
Xulosam shundan iboratki,Bolalar jismoniy tarbiya darsining boshqa shakllariga nisbatan o`yinlarda ko`proq so`zlashni eslab qolish va esda tutish imkoniyatiga ega bo`ladilar, bu esa ixtiyoriy xotira xususiyatini chuqurroq ochishga yordam beradi. Bundan esa shunday xulosalar kelib chiqadi.
O`yin bola tomonidan ma`lum rol tanlash va uni ijro etish jarayoni bo`lib, birtalay axborotlarni eslab qolishni talab qiladi.
Shu boisdan personajning nutq boyligini egallash, hatti-harakatini takrorlashdan iborat ongli maqsad bolada oldinroq paydo bo`ladi va oson amalga oshadi. O`quvchilarga jismoniy madaniyat va sportga oid maxsus bilimlar berish, ularga gigiyenik bilim va ko`nikmalarni singdirish.
O`quvchilarda harakat malakalarini va ko`nikmalarini shakllantirish va takomillashtirish, yangi harakat turlariga va harakat faoliyatiga o`rgatish. Yoshga muvofiq ravishda asosiy harakat sifatlarini (kuch, tezkorlik, epchillik, chidamlilik va boshqalar) rivojlantirish.
Botirlik, qattiylik, nizomlilik, jamoaga birlashish, do`stlik hissini madaniy hulq ko`nikmalarini, mehnatga munosabatini tarbiyalash. Turganda va yurganda qomatni to`g`ri tutish ko`nikmalarini shakllantirish.
O`quvchilarda jismoniy madaniyat va sport bo`yicha muntazam faoliyatlarga barqaror qiziqish va ko`nikmalarini tarbiyalash.
O`quvchilarga tashkilotchilik malakalarini singdirish, jamoatchi jismoniy madaniyat faolini tayyorlash.
Milliy o`yinlar 7-8 yoshli bollarga mo`ljallangan jismoniy tarbiya dasturidagi mashqlar bilan qo`shilib borilganda jismoniy sifatlar rivojlanishi aniqlandi.
TAVSIYALAR.
1. Milliy xalq o`yinlaridan foydalanishda, ularni qo`llashda shuni hisobga olishkerakki, bu yoshdagi bolalar aniqlikni talab etadigan mayda harakatlarga qaraganda keng, kuchli harakatlarga ancha moyil bo`ladilar.
2.Bizning fikrimizcha, milliy xarakatli o`yinlarni hamma fazilatlar, qobilyatlar, sifatlarni tarbiyalash bilan bir qatorda aqliy va xarakat ko`nikma hamda malakalarining shakllanishida asosiy o`rinlarni egallaydi.
3.Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasining quyidagi asosiy vazifalarini bajarishda ham xalq milliy o`yinlarining roli va o`rni nihoyatda katta ekanligi ko`rinadi.
4.Sog`liqni mustahkamlash, bolalarni to`g`ri jismoniy rivojlantirishga va chiniqtirishga yordam berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |