Bajardi: eshbayeva g. Tekshirdi: sagatova z


O`quvchilarni jismoniy tarbiyalashda o`zbek xalq milliy harakatli o`yinlaridan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari



Download 209,92 Kb.
bet6/8
Sana13.07.2022
Hajmi209,92 Kb.
#792276
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
gulira`no

2.2. O`quvchilarni jismoniy tarbiyalashda o`zbek xalq milliy harakatli o`yinlaridan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari.
Jismoniy madaniyatning komil insonnini jismoniy tarbiyalashlik muqaddas vazifalarini bajarishda barcha o`quv yurtlari ta`lim tizimidagi yosh avlodni jismoniy baquvvat, chaqqon, irodali, vatanparvarlik ruxida tarbiyalab voyaga yetkazish uchun jismoniy tarbiya va sport faoliyatlarini O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risidagi” qonuni “O`zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qonunlari O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 24 oktyabrdagi PF-31-54 sonli “O`zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg`armasini tuzish” to`g`risidagi farmonni va uni bajarish tadbirlariga suyangan holda yangi usullarni tashkil qilish va o`tkazish maqsadga muvofiqdir.Ushbu ishlar samarali bajarilishi uchun bolalarning eng kichik yoshidan boshlab milliy o`yinlar vositasi bilan jismoniy salomatlik “poydevorini qurish” ni amalga oshirish mumkin.
O`zbekiston Respublikasida jismoniy madaniyat va sportni rivojlantirish to`g`risida oqilona tizim g`oyat muxim ahamiyatga ega. Shu bois respublikamizda jismoniy madaniyatning maqsad va vazifalari hukumatning hamda respublika madaniyat va sport ishlari vazirligining qarorlarida kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Respublikada amalga oshiralayotgan jismoniy madaniyatning o`z oldiga qo`ygan maqsadi sog`lom, ruhan tetik va bunyodkor insonni hayotga tayyorlashdan iborat. Bu maqsad Respublikada jismoniy madaniyat bilan Shug`ullanuvchi barcha tashkilot tashkilotlar uchun zaruriy vazifadir.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyayev “Biz sog`lom avlodni tarbiyalab yetkazishimiz kerak. Sog`lom kishi deganda faqat jismoniy sog`lomlikni emas, balki sharqona odob-axloq va umumbashariy g`oyalar ruxida kamol topgan insonni tushunamiz”, - deydi O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi yig`ilishidagi ma`ruzasida. “Sog`lom avlod uchun” ordeni ta`sis etilganligi, xalqaro xayriya jamg`armasi tashkil qilinganligi ham kelgusida sog`lom va barkamol avlodni tarbiyalab yetkazishga xizmat qiladi.
Har kim o`zini jismonan tarbiyalashi uchun jismoniy madaniyat va sportning zarurligini tuShunib yetishi va qunt bilan o`ziga yoqqan ma`lum bir jismoniy faoliyatlar tizimi asosida salomatligini shakllantirishi kerak. Xalqimiz farzandlarining jismoniy qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantirish tarbiyaning ajralmas qismi bo`lgan jismoniy madaniyat jarayonida amalga oshiriladi.
Jismoniy madaniyatning maqsadi jamiyatning sog`lom, xushchaqchaq, har tomonlama jismoniy rivojlangan, mehnat va Vatan himoyasiga tayyor turgan quruvchilarini tarbiyalashdan iborat uzoq muddatli, uyushtirilgan pedagogik jarayondir.
Jismoniy madaniyat jarayonida quyidagi asosiy vazifalar hal etiladi: a) sog`liqni mustahkamlash organizmni chiniqtirish va jismoniy rivojlanish darajasini hamda ish qobiliyatini oshirish; b) hayotga zarur bo`ladigan, jumladan, amaliy xarakterga ega bo`lgan harakat malaka va ko`nikmani egallash; v) kishining ma`naviy va irodali sifatini tarbiyalash; g) jismoniy sifat (tezkorlik, kuch, epchillik, chidamlik ) ni o`stirish; d) maxsus sport mashqini bajarish texnikasini egallash.
Shu bilan birga o`zbek xalq milliy o`yinlarini to`plash va ularni hayotga tadbiq etish, ulardan oqilona foydalanish bugungi kunda oldimizda turgan ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga ega bo`lgan muhim vazifa bo`lib hisoblanadi. Ushbu vazifa yosh avlodni sog`lom va barkamol qilib tarbiyalovchi jismoniy madaniyat oldiga ham katta ma`suliyat yukladi.
Yoshlarni har tomonlama jismoniy baquvvat qilib tarbiyalashga imkon beradigan, o`quvchilar jismoniy sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan bu muammoni umumta`lim maktab o`quvchilari jismoniy madaniyatini tashkiliy va pedagogik jarayonlar bilan birga bir-biriga bog`lab kelgan uzviylikda ko`rib chiqish lozimligini keltirib chiqaradi, bunda milliy xalq o`yinlarining roli katta ekanligini qayta-qayta ta`kidlab o`tmoqchimiz. Shuning uchun xalqimizning asrlardan-asrlarga o`tib kelayotgan milliy o`yinlarini avaylab-asrab keyingi avlodga yetkazish yo`llarini izlash, ishlab chiqish va hayotga tadbiq etish bizning maqsadimizdir.
Milliy xalq o`yinlarini xalqimzning bir necha yillik madaniy boyliklari haqidagi tasavvurlarini ma`lum darajada kengaytiradi, hozirgi hayotga singdirish yo`llarini boyitishga yordam beradi.
Milliy harakatli o`yinlar jismoniy tarbiyaning eng ta`sirchan usullaridan bo`lib, o`quvchilarda aqliy, ahloqiy va nafosat tarbiyasini birgalikda muvaffaqiyatli amalga oshirishda muhim vositadir. Shuning uchun bolalar o`yinlarining ruhi, tabiati, saviyasi, ishtirokchilarning hatti-harakatlari kabi jihatlariga ham e`tibor berish zarur.
Boshlang`ich sinf o`quvchilari jismoniy madaniyatini qiziqarli va foydali o`tkazish uchun biz tavsiya etayotgan ba`zi milliy o`yinlardan foydalanishda ham xuddi Shu xususiyatlarga e`tibor berish kerak.
Boshlang`ich sinf o`quvchilarida qadriyatlarga muhabbat uyg`otish, xalq an`analarini avaylab-asrashga o`rgatish ko`p jihatdn o`zbek xalq milliy o`yinlpridan unumli foydalanib bilishga bog`liq. Chunki milliy o`yinlar orqali bola bir tomondan jismoniy bilimlarni egallasa, ikkinchi tomondan, jismoniy madaniyaga qiziqtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
O`quvchilarning jismoniy tayyorgarlik va jismoniy rivojlanish masalalari ko`pgina olimlar tomonidan o`rganilgan. Bolalarning jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarligi, harakat faolligi sustligi aniqlangan.
Xalq milliy o`yinlarining ijtimoiy-pedagogik xususiyatlarini o`rganish borasida talay ishlar qilindi.. Bir qancha olimlar o`z tadqiqotlarida xalq milliy harakatli o`yinlarida foydalanish haqida u yoki bu darajada fikr yuritganlar.
Bolalar va o`smirlarning harakat faolligini oshirishga yordam beradigan omillar: milliy harakatli o`yinlar, milliy mashqlar elementlari, bellaShuvlar va sport turlari, jismoniy tarbiyaning an`anaviy vositalaridan foydalanish yo`llari ko`rsatilgan.
So`nggi yillarda professor F.N.Nasriddinov boshchiligida bir guruh mutaxasisliklar, yosh tadqiqotchilar milliy o`yinlarni o`rganish, ularni xalq o`rtasida ommalashtirish maqsadida bir qator ilmiy-amaliy ishlarni, nashrlarni amalga oshirishga muvaffaq bo`ldilar.
Bu sohada proffesor A.Q.Atoyevning ilmiy ishlarini ham aytib o`tish o`rinlidir. Uning xalq o`yinlaridan maktabda, oilada, darsdan tashqarida, jamoat joylarida foydalanish haqidagi bolalarni tarbiyalashda chaqqonlik, epchillik darkor, kuch-quvvat kabi xususiyatlarining takomili to`g`risidagi tadqiqotlari qiziqish uyg`otadi.
Bulardan tashqari har yili o`tkazilayotgan ilmiy-amaliy anjumanlar va Shu munosabat bilan nashr etilayotgan to`plamlarda ham xalq milliy o`yinlariga e`tibor kuchaygani, ularni o`rganish, to`plash borasida tadqiqotlar yaratilmoqda.
Shu bilan birga pedagogika fani ham yoshlarning jismoniy tarbiyasi, ularda harakatli sifatlarni rivojlantirish, muntazam olib boriladigan faoliyatlar orqali jismoniy madaniyatga extiyoj va qiziqishni uyg`otish muammolariga xamisha diqqat qilib keldi va kelmoqda.
Ko`rinadiki, bir qator ishlarda u yoki bu tarzda mazkur muammo haqida fikrlar yuritilgan bo`lsa-da, o`zbek halq milliy o`yinlari vositasida 7-8 yoshli o`quvchilarning jismoniy sifatlarini tarbiyalash muammosi jismoniy madaniyat tizimida hamda, xalq pedagogikasida to`liq holda maxsus tadqiqod predmeti bo`lgan emas.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, mazkur ish bu muammoni ilmiy yo`nalishda yechishga qaratilganligi bilan muhimdir. Bu esa eng avvalo Respublikamizning mustaqilligi, qolaversa, hayot talablari asosida o`zbek xalq milliy o`yinlarini tashkil etish bilan bog`liq masalalarni to`liq yaxlit holda ilmiy-pedagogik asoslash va ishlab chiqish zaruriyatini keltirib chiqardi.
Milliy o`yinlar ularni ahamiyati.Mustaqillik sharofati tufayli jismoniy tarbiya va sport sohasida keng istiqbollar ochilmoqda, bu ayniqsa xalqning milliy o`yinlari va mashqlari, sport turlari bo`yicha o`tkaziladigan jismoniy tarbiya darslarida namoyon bo`lmoqda.
Ularni doimiy va muntazam qo`llash yaxshi narija bermoqda, o`quvchilarni sog`lom, baquvvat chaqqon, kuchli qilib tarbiyalashda muhim omil bo`lib xizmat qilib kelmoqda. Ilgarilari keng omma ishtirok etgan Navro`z bayramlari, sayillar, to`ylarda xalq o`yinlari, jismoniy mashqlar, umuman milliy sport turlarisiz o`tkazilmagan.
Afsuski, mamlakatda ular butunlay esdan chiqib, unutilayozdi, shuning uchun ularni izlash va tiklash o`z xalqini va millatini e`zozlagan har bir kishining burchi bo`lib kelmog`i kerak.
Jismoniy tarbiya nuqtai nazaridan ularni organish, tadbiq etish shu kunning va kelajak avlodni tarbiyalashda eng dolzarb muammolardan biriga aylanib bormoqda.
Ushbu jarayonda tariximizdan meros bo`lib qolgan o`zbek xalq milliy o`yinlarini hayotga tadbiq etishga kengroq yol ochib berilishi, uni ommaviy tus oldirilish, oilada maktabgacha tarbiya tashkilotlarida, maktablarda, dam olish joylarida, har xil marosim va bayramlarda uni tashkillashtirish; osib kelayotgan yoshlar tarbiyasiga ijobiy tasir etishi muqarrardir. Milliy xalq o`yinlari qadim-qadim zamonlardan boshlab, xalq marosimlarida, rasm-rusumlarida va odatlarida mustaqil bir sohasi sifatida musobaqalarda, bahslarda keng qo`llanilgan.
Jismoniy tarbiya xalqning urf-odatlarida, udum va rasm-rusumlarida shakllanib, ming yillar davomida rivojlanib, takomillashib kelgan. Xalq milliy o`yinlari ming yillar davomida bizgacha etib kelgan milliy xalq oyinlari "Otda chopish", "Qiz quvlash", "Uloq", "Kamonda o`q otish", "Chillak", "Oq suyak", "Soqqa", Besh tosh kabi va boshqa o`yinlar orqali botirlik, epchillik, tezkorlik, muvozanatni saqlash sifatlarini rivojlantirishda hamda qaddi-qomatni shakillantirish, ahloq-odob, ong, xotira, diqqal kabi xislatlarni sayqal toptirilsa, albatta sog`liqni mustahkamlashda samarali vosita bo`lib kelmoqda. 1998 yil 13-14 noyabr kunlari Termiz shahrida "Alpomisho`yinlari" birinchi Respublika musobaqasi bolib otdi. Xalq milliy o`yinlari va tomoshalaridan jamlangan bu festival millatimiz g`ururi, oriyati iftixori, qomusi hisoblanish Alpomish siymosiga, boy milliy qadriyatlarimizga bo`lgan hurmat, e`tibor tantanasidir. Haqiqatdan, xalqimizning o`tmishi pahlavonlik va bahodirlik sanati bilan singdirilgan. Chunki unda "Kurash", “Tortishmachoq", "Boron", "Mindi", "Turon" yakkakurashi kabi musobaqalar bo`yicha bellashuvlar o`tkazilishi millatimiz salomatligi uchun muhim asos bo`ladi.
O`rta Osiyo xalqlarini otsiz tasavvur qilish qiyin. Chunki xalqning urf-odatlari, to`y-tomoshalari, o`yin-kulgusining bosh yordamchisidan biri ot xisoblangan. Otda yurib ov qilish, ot ustida turib kamon torish, qilichbozlik, nayzabozlik qilish, ot ustida kurash tushish, ot poygasi, uloq va boshqa juda ko`p jismoniy mashq turlari bunga yorqin misol bo`la oladi. Og`zaki xalq ijodiyotidagi "Alpomish va Barchinoy", "Gorog`li", "Qirqqiz", "Kuntug`mish" va boshqa dostonlarda ot asosiy qahramondan keyin ikkinchi o`rinda to`laqonli tarif etilgan. Masalan, ajoyib chavandoz, mohir mergan, kudlli pahlavon degan tushunchalar ot bilan bog`liq bo`lgan o`yinlarda ishlarilgan. Umar Hayyom otning qirq ikki zotini keltiradi va har qaysisiga alohida ta`rif beradi:
Butun olamga mashhur bo`lgan Jizzaxning "Qorabayiri", Surxondaryoning "Boychidari", "Irkuki", "Ko`k kaptari", "Chambil bellari" deb atalgan zotdor otlari deyarli yooq bo`lib ketgan. Qatag`on yillari otlarga juda katta soliq solindi, oqibatda ba`zi odamlar otini so`ydi, ba`zilar esa davlatga tekinga berdi.
Milliy xarakatli o`yinlarni tashkil qilish va o`tkazishni o`ziga xos tomonlari. Sobiq sho`rolar davrida o`zbek xalq milliy harakatli o`yinlaridagi juda ko`p qoida va mezonlar, jumladan: o`yin boshlash uchun bolalarni chaqirish va to`plash, qura tashlash, o`yinni tamomlash, rag`batlantirish, taqdirlash, jazolash va boshqalar o`zgarishlarga duch keldi. Buning ham ijobiy, ham salbiy tomonlari bo`lgan, albatta. Ijobiy tomoni harakatli o`yinlar irminologiyasi turli milliy va baynalmilal so`zlar hisobiga boyidi. Salbiy tomoni, shu xalq yaratgan o`yinlardagi milliylik bo`yog`i o`zgardi, ohori to`kildi, yani ko`pgina o`yinlar umumiylik sifatini kasb etdi, bu shu xalq urf-odati, udumlari, madaniyatining tabiiyligiga putur yetkazildi, degan so’zdir.
Yoki buni xalqning manaviyati, qadriyatini yoqotishdagi ilk qadamlardan biri deb tushunsa ham bo`ladi. To`g`ri, yetmish yil mobaynida hammamiz ma`lum bir korsatmalar asosida ishladik, endi esa mustaqil mamlakat boldik. Shuning uchun hozirgi kunda xalqimizning barcha jabhalardagi madaniy merosini, manaviyatini, madaniyatini tiklashimiz va uni rivojlantirishni o`z oldimizda turgan asosiy
vazifalardan biri deb qarashimiz kerak.
O`yinni tamomlash. O`zbek xalq milliy harakatli oyinlarining hamma turlariga juda ham puxta ishlov berilgan. O`yinga chaqirish, uning boshlanishi, undan keyin o`yinning tugashi. Bularning barchasi bir ipga tizilgan marjon shodalariga oxshaydi. O`yin tugagandan keyingi holat ham jozibali talqin qilingan.
Bolalar o`yin tugashida turlicha so`zlar bilan tarqalishni odat qilishgan:
-uy-uyiga, tepa to`yiga!
-uy-uyiga, toppa to`g`ri toyiga!
-uy-uylikka, tepa tullikka!
-bir xo`rozim bor, u ham uyquga!
Xalqimizning nodir durdonalari bo`lgan milliy xalq harakatli o`yinlari va sanoq termalarini topish, jamlash va uni amaliyotga tadbiq qilish qadriyatlarimiz va manaviyatimizni tiklashdagi zarur vazifalardan biridir. Chunonchi, xalq harakatli o`yinlarini aynan oz holicha o`ynash bolalarga zavq-shavq beribgina qolmay, manaviy boyliklarimizga hurmat bilan qarashni, ularni e`zozlashni va saqlay bilishni ham o`rgatadi.
O`zbek xalq o`yinlaridan namunalar
“Cho`pon”
O`yinga tayyorlanish. Maydonning ikki qarama-qarshi tomoniga chiziq chiziladi.
O`ynovchilar ikki guruhga bo`linib, har bir guruh bir-biriga qarab, maydonning ikki tomonidagi chiziq orqasida turadilar. Har bir guruh uchun o`yinboshi saylanadi. Birinchi (o`yinni boshlovchi) guruhning har bir o`yinchisida bir varaq qog`oz va tasma boladi.
O`yin tavsifi. O`qituvchining ishorasidan so`ng birinchi guruhning onaboshisi, ikkinchi guruhning onaboshisiga qarab: ”Cho`pon, cho`pon", - deydi.
Ikkinchi guruh onaboshisi: “Sening podang ketib qolgan”, - deydi.
1.Ilmiy-uslubiy adabiyotlar taxlili ko`rsatadiki, xarakatli o`yinlar 7-8 yoshli bolalarni salomatligini mustahkamlashda asosiy vositalardan biridir.
2.Xar xil maktablarda o`quvchilar xarakatli o`yinlarga bo`lgan qiziqishlarini oshirishda turli xildagi usul va uslublar qo`llaniladi.
3.To`g`ri tashkil qilingan xarakatli o`yinlar o`quvchilarni jismoniy tayyorgarligini hamda xarakat faolligini oshiradi.
4.Kun tartibidagi jismoniy tarbiya tadbirlari jarayonida xarakatli o`yinlarni tashkil qilish va o`tkazish bolalarning jismoniy tarbiya bilan shug`ullanishlariga qiziqishni uyg`otdi.
5.Ilmiy-uslubiy adabiyotlarning taxlilidan ta`sir ko`rsatadiki bugungi kunda xarakatli o`yinlar oquv tashkilotlarida chop etilgan bo`lsada ularning barchasida bolalarning yosh xususiyatlari yetarli darajada xisobga olinmagan.

Download 209,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish