Bajardi: Buxgalteriya xisobi va audit 57-2 Shohruh Otamurotov Tekshirdi: Utanov Bunyod Quvondiqovich, Xayitova Nigora Ilhomovna



Download 107,89 Kb.
bet1/2
Sana12.01.2022
Hajmi107,89 Kb.
#336000
  1   2
Bog'liq
Sh.Otamuratov Ekonometrika YN




Bajardi: Buxgalteriya xisobi va audit 57-2 Shohruh Otamurotov

Tekshirdi: Utanov Bunyod Quvondiqovich, Xayitova Nigora Ilhomovna

10-variant

Javoblar

-1-


Ekonometriya (yun. uy xoʻjaligini yuritish sanʼati va ...metriya), ekonometrika — iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish, iqtisodiy axborotlarga ishlov berishning matematik va iqtisodiystatistik usullarini va modellarini ishlab chiqish va qoʻllash bilan shugʻullanadigan fan; E. iqtisodiy hodisa va jarayonlarning aniq miqdoriy qonuniyatlari va oʻzaro aloqalarini matematik va statistik usullar, modellar yordamida oʻrganadi. E.da qoʻllaniladigan modellar yordami bilan statistika, prognoz va reja maʼlumotlar asosida miqdoriy natijalar olinadi. E.ning paydo boʻlishi iqtisodiy tahlillar va taxminlash uchun iqtisodiy statistik usullar va yoʻlyoʻriqlarning zarurati bilan bogʻliq.

Iqtisodiy-statistik maʼlumotlarni matematik usulda oʻrganish 19-asrning oxirlari — 20-asrning boshlaridan boshlandi. 20-asrning 20—30- yillarida E. mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi. "E." terminini dastlab polyak iqtisodchisi A. Chompa (1910) qoʻllagan, norveg iqtisodchisi, Xalqaro ekonometriya jamiyati (1930)ning asoschilaridan biri R. Frish unga ilmiy yoʻnalish berdi (1926). Dastlab E. doirasida iqtisodiy jarayonlar va ularga taʼsir etadigan omillar oʻrtasidagi korrelyatsion aloqalarni ifodalovchi analitikstatistik modellar ishlab chiqildi. Iqtisodiy rivojlanishni tahlil qilishda iqtisodiy oʻsish modellaridan foydalanildi. Rus olimi L.V. Kantorovich normativ modellarni ishlab chiqishga katta hissa qoʻshdi.

Hozirgi E. usullari yordamida prognozlashga oid koʻplab masalalarni yuqori aniqlik darajasida yechish mumkin. Hozirgi davrda E. iqtisodiy rivojlanishning matematik usullarini takomillashtirishda, iqtisodiy sikllilikni asoslash, talab va taklif koʻrsatkichlarini hisoblash, talabning oʻzgaruvchanlik xususiyatlarini baholash, ishlab chiqarish sarfxarajatlarini va jamgʻarish surʼatlari oʻzgarishlarini tahlil etish, ishlab chiqarishning tarmoqlararo bogʻlikdigini oʻrganishda va boshqalar masalalarni tadqiq va taxlil etishda qoʻllaniladi. E. boʻyicha Oʻzbekiston FA Matematika instituti, Oʻzbekiston milliy universitetining amaliy matematika fti, ToshTU va Toshkent iqtisodiyot untlarida nazariy va amaliy ishlar olib boriladi.2017-yil Oʻzbekiston milliy universitetining Iqtisodiyot fakultetida Ekonometrika kafedrasi ochildi.2018-yildan boshlab esa bu kafedraga talabalar qabul qilinishi boshlandi.

Ekonometrika-fanda juda tez rivojlanuvchi soha bo’lib, uning maqsadi iqtisodiy

munosabatlarga miqdoriy o’lchamlarni berishdan iborat. “Ekonometrika”

iborasi(so’zi) 1910 yilda (Avstro-Vengrya) buxgalter P.Tsemp tomonidan kiritilgan

(u “ekonometriya” degan). Tsemp, “Agar buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga

algebriya va geometriya usullarini qo’llansa, u holda xo’jalik faoliyati natijalari

to’g’risida yanada chuqurroq tasavvurga ega bo’lish mumkin” deb ta’kidlagan.

Ushbu ibora ko’p vaqt davomida ishlatilmagan bo’lsada, “ekonometrika” iborasi

iqtisod ilmida yangi yo’nalishni yuzaga kelishida juda qulay keldi.

Iqtisod fanida yangi yo’nalish - “ekonometrika” 1930 yilda paydo bo’ldi.

“Ekonometrika” (grekcha “metron”) so’zi ikkita “ekonomika” va “metrika”

so’zlarining birlashmasidan tashkil topgan. Shunday qilib, iboraning o’zida

ekonometrikani fan sifatida uning xususiyati va mazmuni ifodalanadi. Uning

mazmuni: iqtisodiyot nazariyasi tomonidan ochilgan va asoslangan aloqa va

munosabatlarni miqdoriy ifodalashdan iborat. Demak ekonometrika iqtisodiy

hodisalarni o’lchash va tahlil qilish haqidagi fandir.

Ekonometrikaning yuzaga kelishi iqtisodiyotni o’rganishda bir nechta fanlarni

birlashtirgan yondashuv natijasi bilan bog’liq. Bu fan iqisodiyot nazariyasi, statistika

va matematik usullarni birlashtirish va o’zaro to’ldirish natijasida yuzaga kelgan.

Keyinchalik ekonometrikani rivojlantirish uchun ushbu usullarga hisoblash texnikasi



tadbiq etilgan.
-2-



Download 107,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish