O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
TASDIQLAYMAN Toshkent moliya instituti
o’quv ishlari bo’yicha prorektori
______________S.U. Mexmonov
2022 yil “___”_______
“STATISTIKA VA EKONOMETRIKA” KAFEDRASI
«EKONOMETRIKA» FANIDAN YAKUNIY NAZORAT SAVOLLAR
Ma’qullayman:
“Statistika va ekonometrika” kafedrasi mudiri: B.Utanov__________
O’quv-uslubiy boshqarma boshlig’i
I.Choriyev ________________
Toshkent – 2022
Ekonometrika
Ekonometrika so‘zi nimani anglatadi va u fan sifatida qaysi davrda yuzaga kelgan?
Ekonometrikaga ta’rif bering.
Ekonometrika jamiyati va “Ekonometrika” jurnali qachon tashkil topgan?
Ekonometrika qanday fanlar bilan bog‘langan?
Ekonometrikani paydo bo‘lishi tarixi haqida nimalarni bilasiz?
Ekonometrik usullarning xususiyatlari haqida nimalarni bilasiz?
Ekonometrik tadqiqotlar qanday masalalarni o‘z ichiga oladi?
Ekonometrik tadqiqotlar qaysi bosqichlardan iborat?
Ekonometrikaning paydo bo‘lishi tarixiga bir nazar solib ko‘ring.
Ekonometrik tadqiqotlar qanday masalalarni o‘z ichiga oladi?
Model va iqtisodiy model nima?
Iqtisodiy-matematik model nima, modellashtirish deganda nimani tushunasiz va u qanday elementlarni o‘z ichiga oladi?
Modellashtirishni qo‘llashning tarixi haqida nima bilasiz va iqtisodiy-matematik usullar deb nimaga aytiladi?
Nazariy-analitik, amaliy, makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy modellarga ta’rif bering.
Qanday modellar funksional, tuzilmaviy, determinirlangan va stoxastik modellar deb ataladi?
Statik, dinamik, chiziqli, chiziqsiz, fazoviy va nuqtaviy modellar haqida nima bilasiz?
Matematik iqtisodiyotning ekonometrikadan farqi nimada?
Modellashtirishning qaysi bosqichlarini bilasiz va modellashtirishning birinchi ikkita bosqichining mohiyati nimada?
Modellashtirishning so‘nggi to‘rtta bosqichi nimaga mo‘ljallangan?
Matematikadan iqtisodiyotda foydalanish qanday imkoniyatlar beradi?
“Eng kichik kvadratlar usuli” ning mohiyatini tushuntirib bering.
Normal tenglamalar tenglamasini yechish usullarini tushuntirib bering.
T o'g'ri chiziq bo'yicha eng kichik kvadratlar usuli yordamida tenglash qanday amalga oshiriladi?
Korrelyatsia koeffisiyenti nimani bildiradi va uni qanday hisoblanadi?
Regressiya haqida qanday tushunchaga ega bo‘ldingiz?
Qanday bog‘lanishlar korrelyatsion bog‘lanish deyiladi?
Qanday regressiya juft regressiya deyiladi, juft regressiya tenglamasini yozing.
Regressiya tenglamasida tasodifiy miqdor nimani anglatadi va uni modelda e’tiborga olinishi nimalarga bog‘liq?
Regressiya tenglamasini tuzishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatoliklar qanday xatoliklar?
Juft regressiyada matematik funksiyalarni tanlashning qanday usullari mavjud va analitik usulning mohiyati nimadan iborat?
EKKU nima maqsadda qo‘llaniladi va ushbu usulda koeffitsientlar qanday hisoblanadi?
Chiziqli korrelyatsiya koeffitsienti qanday ko‘rinishlarda ifodalanadi. Uning turli qiymatlaridagi bog‘lanishlarni tavsiflab bering.
Tanlangan chiziqli regressiya tenglamasining ishonchlilik darajasi qanday baholanadi?
Regressiya tenglamasi parametrlarining statistik ma’nodorligi qanday baholanadi?
Keltirilgan misol ma’lumotlaridan foydalanib regressiya tenglamasidagi parametrni statistik ma’nodorligini va ishonchlilik intervalini aniqlang.
Keltirilgan misol ma’lumotlaridan foydalanib korrelyatsiya koeffitsientining statistik ma’nodorlini aniqlang.
Agar belgilar orasidagi bog‘lanish yo‘nalishining o‘zgarishi kuzatilmasa ikkinchi tartibli parabola qanday chiziqsiz funksiya bilan almashtirilishi mumkin?
Chiziqsiz regressiya qanday sinflarga bo‘linadi? Ularni ko‘rinishini yozing.