Ba’zi adabiyotlarda ateizm va dahriylik tushunchalari sinonim sifatida talqin etiladi. Lekin bu noto’g’ri. Dahriylik ateizm emas. Islom ensiklopediyasida, dahriylik arabcha dahr, ya’ni, vaqt, taqdir, falak ma’nolarini beradi, deyiladi. Dahriylik - islom paydo bo’lmasdan ilgari arab jamiyatida keng tarqalgan bo’lib, “aqida”, “o’lim”, “taqdir”, “ajalining kelishi” ma’nolarini anglatgan. Bu aqidaga ko’ra, insonning taqdiri oldindan belgilab qo’yilgan, u erkin iroda yoki ixtiyor egasi emas, peshonasiga “yozilgan” narsa albatta sodir bo’ladi va undan qutilishning iloji yo’q. Jahiliya arablaridan narigi dunyo borligiga, bu dunyoda zahmat chekkanga u dunyoda ajr, gunoh ishlar qolganlarga azob berilishiga ishonch yo’q edi.

Borliqning egasi, oliy xokimi sifatida muayyan bir xudo emas, qandaydir “dahr”, taqdiri falak, inson irodasi bilan hisoblashmaydigan va undan yuqori turadigan tasodifiy o’zgarishlar jarayoni tasavvur qilinar edi. Ularning e’tiqodicha, o’limdan so’ng hamma narsa tugaydi, shuning uchun bugungi kun bilan yashab qolish kerak. Bunday hissiyot Qur’onda shunday ifodalangan: “Ular (ya’ni qiyomatni inkor qiluvchilar: “Hayot”) faqat dunyodagi hayotimizdir. (Ba’zilarimiz) o’lib, (boshqalarimiz) hayotga kelaveramiz va bizlarni (Alloh o’ldirmaydi, balki) faqat zamon (o’tishi) gina o’ldiradi”, dedilar. Holbuki ular uchun bu to’g’rida biron bilim – hujjat yo’qdir. Ular faqat (shunday) gumon qilurlar holos.”

Do'stlaringiz bilan baham: |