Tillarning genealogik tasnifi — tillarning kelib chiqishi va qarindoshligini aniklashga asoslangan tasnif. Dastlabki, ilk asos tildan kelib chiqqan tillar oʻzaro qarindosh tillar hisoblanadi (mas., hozirgi 20 dan ortiq turkiy tillar dastlabki kad. turkiy tilning, hozirgi slavyan tillari esa dastlabki umumslavyan tilining makon va zamondagi variantlaridir). Tillarning genetik qarindoshligi tillar oʻrtasidagi fonetik, grammatik va leksik uxshashliklar tizimini aniklash orqali belgilanadi. T.g.t.ning ilk manbalari, asoslari sifatida M.Koshgʻariyning turkiy lahja(til)lar boʻyicha, bir qancha arab olimlarining som tillari boʻyicha izlanishlarini koʻrsatish mumkin. T.g.t.ning maydonga kelishi qiyosiytarixiy tilshunoslikning paydo boʻlishi (19-asr) bilan bogʻliq. Bu tasnifda qarindosh tillar kichik guruhchalarga, guruhlarga, oilalarga, baʼzan esa undan kattaroq birliklarga — makrooilalarga yoki til formatsiyalariga (mas., uraloltoy tillari) birlashtiriladi (mas., T.g.t.ga koʻra, oʻzbek tili turkiy tillar oilasining sharqiy guruhiga, rus tili esa hindevropa tillari oilasining slavyan guruhidagi sharqiy slavyan guruhchasiga mansub). Aksariyat tillarni genealogik jihatdan tasnif qilish va ularni u yoki bu oilaga kiritish koʻpincha munozarali boʻladi. Mas., Kavkaz tillari oilasining mavjudligini hamma olimlar ham tan olgan emas Lingvistik geografiya. Tillarning morfologik tasnifi).
TILLARNING MORFOLOGIK (TIPOLOGIK) TASNIFI - tillarni grammatik shakl hosil qilish usullarida farq qilishiga koʻra guruhlarga ajratish; tillarni tipologik tasniflashning bir turi. Bu tasnifga koʻra, tillarning quyidagi turlari ajratiladi: amorf (oʻzak) tillar, maye xitoy, bamana, annam, Jan.Sharqiy Osiyo mamlakatlari xalklarining talay tillari. Bu tillarning lugʻat tarkibi, asosan, bir boʻgʻinli soʻzoʻzaklardan iborat boʻlib, ularda turlanish, tuslanish xususiyatlari yoʻq. Shu bois ushbu tillarda soʻz yasovchi affikslar, yordamchi soʻzlar vazifasini bajaruvchi yuklamalargina mavjud. Oʻzak tillarda soʻz tartibi muhim ahamiyat kasb etadi.
Agglyutinativ tillar (turkiy, bantu, moʻgʻul, finugor tillari)da soʻzlar oʻzak va unga birikib keladigan affikslardan iborat boʻladi hamda soʻzning morfologik tuzilishi (oʻzak va affiks) aniq ajralib turadi. Bunda har bir affiks bir maʼno, vazifa bilan qatnashadi. Mas., turkiy tillarda, jumladan, oʻzbek tilida yasama soʻzlar va soʻz shakllari asosga muayyan izchillik bilan affikslar qoʻshish orqali hosil qilinadi va bunda affikslarning har biri uz maʼnosi bilan qatnashadi: terimchilarimizga.
Flektiv tillar affikslarning oʻzak bilan birikib, unga singib ketishi bilan tavsiflanadi. Bunday tillarda grammatik maʼnolar fleksiya yoʻli bilan ifodalanadi: mas., arab tilida kitob (birlik) — kutub (koʻplik) yoki rus tilida drug (birlik) — druzya (koʻplik), ularga hindevropa va som tillari oilalari kiradi. Flektiv tillar sintetik va analitik tillarga ham ajratiladi. Sintetik tillarda grammatik maʼnolar (gapda suzlarning uzaro munosabati) shakl yasovchi affikslar vositasida ifodalanadi (mas., rus, nemis tillari). Analitik tillarda esa grammatik maʼnolar soʻz shakllari (shakl yasovchi qoʻshimchalar) vositasida emas, balki yordamchi soʻzlar, suz tartibi, ohang yordamida ifodalanadi (mas., ingliz, fransuz, ispan tillari).
Polisintetik tillar (Shim. Amerika indeyslari tillari)da asosiy nutq birligi suzgapdir. Tasnif etilgan tillar orasiga qatʼiy chegara koʻyib boʻlmaydi, chunki bir tilda uchraydigan ayrim til hodisalari boshqalarida ham uchrab qolishi mumkin. Mas., Okeaniya tillarini ham amorf tillar, ham agglyutinativ tillar sifatida tavsiflash mumkin.
Tillarning morfologik tasnifit. dunyo tillarini muayyan morfologik xususiyatlariga koʻra guruhlash, ularning umumiy chizmasini yaratish jihatlaridan muhim, shu bois u hozir ham oʻz eʼtiborini yoʻqotmaga 0 ‘zbek tilining ko‘p asrlik taraqqiyoti davom ida uning m orfologik qurilishi ham rivojlanib, takom illashib keldi: yangi gram m atik shakllam ing vujudga kelishi natijasida qadim dan faol iste’m olda b o ‘lib kelgan shakllam ing bir guruhi o ‘zining m avqeini yo‘qo ta b o rd i, ayrim lari esa m a’lum davrlarga kelib iste’m oldan chiqib qoldi; yonm a-yon q o ‘llanib kelgan gram m atik shakllar vazifasi jih a td a n o ‘zaro farqlana bordi; ayrim gram m atik shakllar shaklan o ‘zgarib, takom illasha bordi va hokazo. Y ozm a m anbalarning ko‘rsatishicha, o ‘zbek tilining m orfologik qurilishi taraqqiyotini u ch ta katta bosqichga b o ‘lish m um kin: Birinchi bosqichni XIV asm ing oxirlarigacha b o ‘lgan davr tashkil etadi. Bu davr eski o‘zbek adabiy tilining shakllanish arafasi b o ‘lib, y onm a-yon qoMlanuvchi vazifadosh shakllam ing ko‘pligi, qadimgi shakllam ing keng qoMlanib kelishi, dialektal yoki boshqa turkiy tillarga m ansub b o ‘lgan shakllam ing ko‘plab iste’m olda b o ‘lishi kabi h o latlar bilan izohlanadi. Ikkinchi bosqich XIV asr oxirlaridan X IX asm in g ikkinchi yarm iga q a d a rb o lg a n davm i o ‘z ichiga oladi. Bu davrda eski o ‘zbek adabiy tili shakllangan bo‘lib, uning g ram m atik qurilishi m a’ium darajada tartibga tushganligi ko‘rinadi. 0 ‘zbek tilining m orfologik qurilishi taraqqiyotidagi uchinchi bosqich X IX asm ing ikkinchi yarm idan boshlangan. Bu davrda m atbuot vujudga keldi va o ‘zbek tilida gazeta, ju rn al, kitoblar nashr etila boshladi. Bu esa, o ‘z navbatida, adabiy til bilan so‘zlashuv tilin in g yanada yaqinlasha borishiga va adabiy tilning, xususan, un in g m orfologik qurilishining so'zlashuv tili hisobiga boyib borishiga zam in yaratdi. Eski o ‘zbek tilidagi kishilik olmoshlarining asosiy qismi qadimgi turkiy ham da X I—XII asrlarga oid yozm a m anbalarda ham qoMlangan. XI asr tilida I va II shaxs kishilik olmoshlari birligining turli shakllarda q o ‘llanishi, M ahm ud Koshg‘ariyning ko'rsatishicha, dialektal xususiyatga ega bo‘lgan, ya’ni I shaxs birligi o ‘g‘uzlarda ben, boshqa turklarda men tarzida, II shaxs birligi kanjaklarda sin, boshqa turklarda sen tarzida talaffuz qilingan (M K, 1-tom, 325, 326-betlar; III tom , 153-bet). K ishilik olm o sh i I shaxs b irlig in in g ben (bän) shakli “ 0 ‘g‘uznom a”da ham uchraydi: Sen taqi urushg‘ulardan soy baluqm bengä saqlab kelgil. Kishilik olmoshlarining birlik va ko‘plik shakllari bir xil o‘zakdan rivojlangan. III shaxs ko‘plik shakllari ular(olar), alar, anlar III shaxs birligi ul (ol) shakliga ko‘plik affiksi qo‘shilishi bilan hosil bo‘Iganligi m a’lum. I va II shaxslam ingbirlik va ko‘p!ik shakllari ham bir o‘zakdan rivojlangan: biz, siz shakllari tarkibidagi (z) qadimgi ko‘pIik (ikkilik) shaklini yasovchi affïks b o ‘Iib, ularning o‘zagi bi, si shaklida bo‘lgan. I va II shaxslaming birlik shakllari ben, sen esa bi, si o‘zaklariga [n] orttirilishi bilan hosil bo‘lgan. I shaxs birligi ben tarkibidagi (b) undoshi (n) sonor tovushi ta’sirida (m) ga o ‘tgan va bu olmosh men shakliga aylangan. Ben shakli 0 ‘rxun-Enasoy yodgorliklarida, “ Devonu lug‘atit-turk” va boshqa ayrim m anbalarda qo‘llangan b o ‘lib, hozir turk, gagavuz tillarida saqlangan. Kishilik olmoshlarining I va II shaxs birligi tarkibidagi unli hozirgi turkiy tillarda men (men)=män—min, sen (sen)=sân=sin tarzida turlicha talaffuz qilinadi. K o‘pchilik turkologiarning flkricha, bu olm oshlarqadim da min Turkiy tillarda mayl va zamon: ayniqsa, tarixan, shakl jihatdan o‘zaro chegaralanib yetmagan kategoriyalarni tashkil etadi. Bu hol, birinchi navbatda, mayl va zamon kategoriyalarining har biri uchun maxsus affikslarning yo‘qligi, mayl va zamon m a’nolarini ifodalash uchun bir vaqtning o‘zida ikkita affiksning qator ishlatilmasligi, bir affiksning ham m ayl, ham zamon ma’nosini ifodalash uchun xizmat qilishi bilan izohlanadi. Ya’ni bir shakl, birtom ondan, mayl m a’nosini ifodalash uchun xizmat qilsa, ikkinchi tomondan, ish-harakatning zamonga munosabatini ko‘rsatishi mumkin. Masalan, aniqlik mayli turkumidagi fe’llar ish-harakatning qaysi zamonga xosligini ko‘rsatishi jihatdan tasnif qilinadi. Shuningdek, -sa/-sa affiksli alsa turidagi shakl, bir tomondan, shart maylini tashkil etsa, ikkinchi tomondan, shu maylning hozirgi va kelasi zamon ma’nolarini ifodalaydi. Shuning uchun ham bu shakl shart maylining hozirgi-kelasi zamon shakli hisoblanadi. Turkiy tillar tarixida mayl bilan zamon o ‘rtasida semantik jihatdan ham qat’iy chegaralanish bo‘lmagan. Bu hol, birinchi navbatda, aniqlik maylidagi kelasi zamon fe’li bilan boshqa mayllar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat masalasiga aloqador. Ayrim shakllar, bir tomondan, aniqlik mayliga xos bo'lib, kelasi zamon fe’lini tashkil etgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, bu shakllar boshqa mayl m a’nosida ham qo'llangan. Masalan, -g‘ay affiksli alg‘ay-men turidagi shakl o‘zbek tilida ma’lum davrlargacha aniqlik maylining kelasi zamon shakli vazifasini bajarishi bilan birga, buyruq-istak mayli shakllariga xos bo‘lgan istak, tilak, iltimos, maslahat, buyruq kabi ma’nolarda ham faol qo‘llangan. Keyinchalik bu shaklning ma’nosi chegaralana boshlagan va, nihoyat, hozirgi turkiy tillaming ko‘pchiligida asosan istak shakli sifatida shakllangan.
Foydalingan adabiyotlar ro`yxati:
https://shareslide.ru/literatura/til-hakida-umumiy-malumot
https://www.facebook.com/savodxon/posts/2356051988007608/
https://fayllar.org/umumiy-tilshunoslik-fanidan-seminar-topshiriqlari1-mavzudan-10.html?page=24
https://uztext.com/60374-text.html
https://n.ziyouz.com/books/kollej_va_otm_darsliklari/ona-tili_va_adabiyot/O'zbek%20tilining%20tarixiy%20grammatikasi.%20Fonetika,%20morfologiya,%20sintaksis%20(G'.Abdurahmonov,%20Sh.Shukurov,%20Q.Mahmudov).pdf
Do'stlaringiz bilan baham: |