1.2. Bosimlar farqi o`zgarmas sarf o‘lchagichlar
Bu sarf o‘lchagichlarning ishlash usuli quvurda moddaning oqim yo‘lida o‘rnatilgan qandaydir toraytirish qurilmasi yordamida hosil qilinadigan bosimlar farqini o'lchashga asoslangan bo'lib, suyuqliklar, gazlar (bug‘lar) ning sarfini o‘lchash vositasi sifatida keng tarqalgan. Toraytirgichlar sifatida asosan standart diafragmalar, soplolar hamda boshqa soplolari ishlatiladi.
Bosim kamayishi o’zgarmas sarf o‘lchagichlar – rotametrlar tajriba sharoitlarida va sanoatda keng ishlatilib, toza va oz miqdorda ifloslangan bir jinsli suyuqlik va gazlarning ravon o‘zgaruvchi hajmli sarfini o‘lchashga mo‘ljallangan (Davlat standart 13045-67). Bular gaztahlillovchi va boshqa asboblarda sarf indikatori sifatida ham ishlatiladi.
Asbobning ishlash prinsipi o‘lchanayotgan muhit oqimining pastdan yuqoriga o‘tishida konik naycha ichiga joylashgan qalqovichning vertikal siljishiga asoslangan. Qalqovichning holati o’zgarishi bilan qalqovich va konik naychaning ichki devorlari orasidagi o‘tish kesimi o‘zgaradi, natijada o‘tish kesimidagi oqimning tezligi o’zgarmaydi. Bosimlar farqi qalqovich ko’ndalang kesimi yuzining birligidagi massaga tenglashguncha qalqovich harakatda bo’ladi. Berilgan muhitning har bir sarf kattaligiga qalqovichning muayyan holati mos keladi. Rotametrlar bosim farqi o‘zgaruvchan sarf o‘lchagichlarga nisbatan bir qator afzalliklarga ega: rotametrlarning shaklallari teng bo’linmali bo‘lib, uncha katta bo‘lmagan sarflarni o‘lchashga imkon beradi; bosimning yo‘qotilishi kichik va u sarf kattaligiga bog’liq emas, rotametrlarning o’lchash diapazoni katta:
Asbobning o‘lchash qismi vertikal joylashgan konik naycha va qalqovichdan iborat. Konik naychadagi xalqaning kesim yuzi balandlikka proporsional o’zgaradi. Pastdan yuqoriga o‘tadigan suyuqlik yoki gaz oqimi qalqovichga kursatilgan kuchlar muvozanatlashguncha uni yuqori ko‘taradi. Kuchlar muvozanatlashganda qalqovich ma’lum balandlikda to‘xtaydi, bu esa sarf miqdorini ko‘rsatadi. Qalqovichning ish holatidagi, ya’ni o‘lchanayotgan muhitga batamom cho‘kkan paytdagi og‘irligi pastga qaratilgan. Qalqovichning og‘irligi yuqoriga yo‘nalgan kuch bilan muvozanatlashadi.
Qalqovichning ustki qismi qiya kesiklar tarzida ishlanadi, shu sababli qalqovich vertikal o‘q atrofida aylanadi. Qalqovich naycha ichida uning devorlariga tegmay aylanadi, bunda uning sezgirligi oshadi.
Shisha naychali rotametrning tuzilish sxemasi kursatilgan. Bu asbob korpus 5 ga ustunlar 4 yordamida urnatilgan konussimon naycha 2 dan iborat. Naycha ichida pastdan yuqoriga oqadigan suyuqlik yoki gaz oqimi ta’sirida vertikal harakat qiluvchi qalqovich 1 bor. Asbobning shkalasi 3 bevosita naycha ustida darajalanadi.
Hisoblashlar qalqovichning ustki gorizontal tekisligi bo‟yicha olib boriladi. Shisha konik naychali rotametrlar suv bo‘yicha 3000 l/soat va havo bo‘yicha 40 m3/soat o‘lchov chegarasiga; 0,6 MPa (6 kgk/sm2) gacha ish bosimiga mo‘ljalangan.
Shisha idishli rotametrning korinishi Rotametrning (bosimlar farqi o‘zgarmas sarf o‘lchagich) sxemasi keltirilgan. Asbobning o‘lchash qismi ichida qalqovich yoki porshen 2 joylahtirilgan vertical shisha trubka 1 dan iborat. Trubka orqali o‘tayotgan o‘lchanayotgan moddaning oqimi (suyuqlik yoki gaz) qalqovichni ko‘taradi. Qachonki trubka devorlari bilan qalqovich jismi orasidagi oraliq masofa ma’lum o‘lchamga etganda, qalqovichga ta’sir etuvchi kuchlar o‘zaro tenglashadi. Qalqovich esa sarf kattaligiga mos keladigan ma’lum balandlikda to‟xtaydi.
Muhitning o‘zgarmas oqimiga mos bo‘lgan qalqovichning muvozanat holati F1 va F2 kuchlar o'zaro teng, ya'ni F1 = F2 = const bo‘lganda ta’minlanadi (bu holda ishqalanish kuchi hisobga olinmaydi). Demak, qalqovichning istalgan joyining kesim yuzi o‘zgarmas ekan, unda bosimlar farqi ham doimiy bo‘ladi. Shuning uchun ham rotometrlar bosimlar farqi o'zgarmas sarf o'lchagichlar deb nom olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |