Bajardi : Baxshilloyev Bobir 715. 20 guruh talabasi



Download 33,18 Kb.
bet2/6
Sana31.12.2021
Hajmi33,18 Kb.
#207154
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
BOBIR dinshunoslik

Funksiyalari

Izohlang

Kompensatorlik

Kompensator funksiya ham odamlarning ongini qayta shakllanishini, ham

turmushning ob'ektiv shart-sharoitlarini o‘zgartirishdagi cheklanish, qaram

bo‘lish va ojizlikni to‘ldiradi. Ruhiy erkinlik orqali real jabr-zulm bartaraf etilad

Integratorlik

Integratsion-dezintegratsion funksiyasi individ, guruh va institutlarni bir

tomondan birlashtiradi, boshqa tomondan ularni ajratadi. Integratsiya shaxslar,

ayrim ijtimoiy guruhlar, tashkilotlar, bir butun jamiyatdagi barqarorlik va

chidamlilikni saqlasa, dezintegratsiya uni zaiflashishiga olib keladi. Integratsion

funksiya ma'lum bir ma'noda yagona diniy e'tiqod mavjud bo‘lganda amalga

oshiriladi. Agar shaxslarning diniy ongi va xulq-atvorida bir-biriga muvofiq bo‘lmagan g‘oyalar, ijtimoiy guruh va jamiyatda bir-biriga qarama-qarshi

konfessiyalar paydo bo‘lsa, dinning funksiyasi dezintegratsion bo‘ladi.

Regulyativ

Regulyativ funksiya ma'lum bir g‘oyalar, qadriyatlar, yo‘l-yo‘riqlar,

stereotip qoliplar, fikrlar, an'analar, rusumlar, institutlar orqali individ, guruh va

jamoalarning faoliyati, munosabatlari, ongi va axloqini boshqarishdan iborat.

Ayniqsa, me'yorlar tizimi (diniy huquq, axloq va h.z.), namunalar (taqlid uchun

ko‘psonli misollar), nazorat (qoidalar bajarilishini kuzatish), rag‘batlantirish va

jazo berish (haqiqiy va o‘limdan keyin taqdirlanishiga va'da berish) muhim

ahamiyatga ega.

Madaniyatni targib qilish

Madaniyatni targ‘ib qilish funksiyasi oldin madaniyatning ma'lum bir

qatlamlari - yozuv, kitob bosish, san'atning umuman rivojlanishiga yordam

bergan bo‘lsa, hozirda ba'zi madaniy fenomenlarni rag‘batlantirib, ba'zilarini

inkor etgan holda diniy madaniy qadriyatlarni saqlash va ko‘paytirish, ilmiy-

ma'naviy merosni nasldan naslga qoldirish vazifalarini bajaradi.

Dunyoqarashni shakllantirish

Dunyoqarashni shakllantirish funksiyasi dinda inson, jamiyat, tabiatga

nisbatan aniq bir qarashlarning turlari mavjudligi tufayli amalga oshiriladi. Din

hayotni (mavjudotni) ma'lum nuqtai nazardan tushunish (dunyoni to‘la va undagi

ayrim hodisa va jarayonlarni alohida tushuntirish), dunyoni kuzatish (his qilish va

idrok etish orqali dunyoni aks ettirish), dunyoni his qilish (hissiy qabul qilish yoki

rad etish), dunyoviy munosabat (baho berish) va hokazolarni o‘z ichiga oladi.

Diniy dunyoqarash Yaratganga nisbatan eng oliy tuyg‘u va mezonlarni belgilaydi.

Bunda mavjud borliqqa tushuncha berish dinga ishonganlar uchun turli

cheklashlar doirasidan chiqish imkonini beradi, yorqin kelajak, huzur-halovatga

erishish uchun umid, azob-uqubat, baxtsizlik, yolg‘izlik, tushkunlikdan ozod

bo‘lishni qo‘llab-quvvatlaydi.

Legitimirallashtirish-legitimiralni olib tashlash

Legitimirallashtirish-legitimiralni olib tashlash funksiyasi ba'zi jamoat

tartiblari, institutlar, munosabatlar, me'yorlar, namunalarni majburiyat sifatida

qonuniy qilish yoki ularning ba'zilarini qonundan chiqarish vazifalarini amalga

oshiradi. Din ma'lum huquqiy talab va majburiyatlarni ilgari suradi va uning

asosida ba'zi ko‘rinishlarga, ularga ma'lum munosabatni shakllantirgan holda

baho beradi. Bunda majburiy va e'tiroz qilib bo‘lmaydigan xarakter muhim

ahamiyat kasb etadi.

Kommunikativ

Kommunikativ funksiya muloqotni ta'minlaydi. U ham diniy, ham diniy

bo‘lmagan faoliyat va munosabatlarda vujudga keladi, axborot almashish, o‘zaro

ta'sir ko‘rsatish, insonni inson tomonidan idrok etish jarayonlarini o‘z ichiga

oladi. Diniy ong ikki xil muloqotni belgilaydi: dindorlarning o‘zaro bir-birlari

bilan muloqoti va dindorlarning ibodat, namoz, meditatsiya, maxfiy qarashlar

paytidagi mediator va vositachilari tomonidan gipostazir jonzotlar (xudo, farishta,

o‘lganlarning ruhi, avliyolar va b.) bilan muloqoti.



Download 33,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish