(2) tenglamadan ko‘rinib turibdiki, o‘tkinchi jarayonning sifatini uning ye(t) va уm(t) tashkil etuvchilari yordamida aniqlash mumkin ekan. Shu nuqtayi nazardan qaraganda rostlash jarayonining sifatini aniqlash yoki baholash ikki guruhga bo‘linadi: birinchisi - o‘tkinchi jarayonning ye(t) ifodalovchi sifat ko‘rsatkichi; ikkinchisi - tizimning aniqligini belgilovchi, o‘tkinchi jarayonning majburiy tashkil etuvchisini ym(t) tavsiflovchi sifat ko‘rsatkichlari. O‘tkinchi jarayon egri chizig‘i bo‘yicha bevosita aniqlanadigan sifat ko‘rsatkichlarini sifatini baholashni bevosita usuli deyiladi. O‘tkinchi jarayon egri chizig‘ini tajriba hamda nazariy yo‘l bilan olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |