3.3. ―All Home”MCHJ ning bozor qiymatini qiyosiy yondashuv asosida
baholash
Baholash obyekti qiymatini qiyosiy yondashuv bilan baholash uchun
baholovchi o‘xshash korxonalar yoki ulardagi mulk ulushlarining sotuv narxlarini
taqqoslashga asoslangan quyidagi usullarni qo‘llaydi:
- o‘xshash korxonalar aksiyalarining bozor narxlari tahliliga asoslangan
kapital bozori usulini;
- baholanayotgan biznesdagi mulk ulushlari bilan oldi-sotdi qilishga doir
axborot tahliliga asoslangan baholanayotgan korxona bo‘yicha bitimlar usulini;
- baholanayotgan korxona aksiyalarining fond bozoridagi kotirovkalari
haqidagi axborot asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri kapitallashtirish usulini.
Qiyosiy yondashuvdan foydalanganda baholovchi:
80
- o‘xshash korxonalarni tanlashni amalga oshirishi;
- korxonalarni taqqoslash parametrlarini aniqlashi va multiplikatorlarni
hisoblashni amalga oshirishi;
- multiplikatorlar qiymatini tanlashni amalga oshirishi va baholash ob‘ekti
qiymatini aniqlashi;
- yakuniy tuzatishlarni kiritishi lozim.
Axborotning mavjudligiga va mavjud axborotning to‘liqligiga qarab,
baholovchi baholash ob‘ektini baholash uchun qiyosiy yondashuvning bir yoki
undan ortiq usullarini qo‘llaydi.
Baxolanayotgan
ko‘chmas mulklarni qiyosiy yondashuv bo‘yicha
baholashda, baxolanayotgan obyektlarga o‘xshash bo‘lgan ko‘chmas mulklarni
Respublika Ko‘chmas mulk birjasi filiallarida o‘tkazilgan birja va auksion
savdolarida sotilgan ko‘chmas mulklar ochiq bozorda tuzilgan bitimlar va takliflar
qiymatlariga asosan amalga oshiriladi.
Baholanayotgan obyektiga o‘xshash bo‘lgan binolarni taqqoslash usulida
baholashda Internet saytlaridan olingan taklif narxlari bo‘yicha ishlab chiqarish
binolari, sex va baza bino-inshootlari asos uchun olindi, hamda qiyosiy
yondashuvda baholash quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oldi:
- baholash obyektlariga o‘xshash (analog) bo‘lgan obyektlar oldi-sotdi
narxlari bo‘yicha ma‘lumot yig‘ish;
- qiyoslash qismlarini tanlash;
- baholash obyekti va aniqlangan muqobil (analog) obyektilarini bir-biriga
taqqoslash va farqlari bo‘yicha tuzatish (korrektirovka) ishlarini amalga oshirish;
- baholash obyektini qiymatini aniqlash.
Baholash ob‘ektini qiyosiy yondashuvi bo‘yicha qiymati quyidagicha
aniklanganligini quyidagi 5-ilovada ko‘rishimiz mumkin.
5-ilovada,
savdolashish
paytida
sotilish
bahosini
pasayishi,
yer
uchaskasining umumiy maydoni, kv.m va joylashgan joyi kabi qiyoslash
elementlariga tuzatishlar kiritildi. Tuzatishlar summasi 1 analog bo‘yicha 0,070 ni,
81
2 analog bo‘yicha 0,060 ni va 3 analog bo‘yicha 0,080 ko‘rsatkichlarini tashkil
etdi.
Binoni qiyosiy yondashuvda bozor qiymatini aniqlash jarayonida aniqlangan
1 kv.m maydonini binoni umumiy maydoniga ko‘paytirilgan holda binoni bozor
qiymati aniqlandi.
Binoni qiyosiy yondashuv usuli bilan baholash qiymati 846044754,25
so‘mni tashkil qiladi.
Ko‘rib chiqilayotgan baholash ishi ―All Home‖ MChJning 100% ulushi
hisoblanadi. Shuning uchun, baholovchi tomonidan birinchi navbatda, o‘xshash
korxonalar ulushi oldi-sotdisi haqidagi bitimlarni topish ishlari amalga oshirildi.
Ushbu maqsadlarda barcha ochiq axborot manbalari, xususan Respublika mulk
markazidagi savdo natijalaridan foydalanildi. ―Birja‖ gazetasida Toshkent shahrida
joylashgan quyida o‘xshash korxonalar ulushlari savdolari e‘lon qilingan:
―Texprom‖ MChJ (100% ulush), ―Promdetal‖ MChJ (100% ulush), ―Texnoprom‖
MChJ (100% ulush). Shu tariqa, analog sifatidagi yuqoridagi uchta korxonalar
tanlandi. Ko‘rib chiqilayotgan korxonaning 100% ulushi baholanayotganligi
sababli, qiyosiy yondashuv bilan baholashda bitimlar usulidan foydalanildi.
Korxonalar ulushlari bo‘yicha bitimlar haqidagi axborotlarni tanlashda vaqt
omili hisobga olindi. Qiyoslash uchun tanlangan barcha analoglar bo‘yicha
bitimlar baholash davridan 6-9 oydan ortiq bo‘lmagan davr ichida amalga
oshirilgan.
Analoglarni tanlashda baholanayotgan obyekt joylashgan mintaqaga ham
e‘tibor qaratildi. Baholash obyekti bilan birga, tanlangan barcha analoglar bitta
hududda, ya‘ni Toshkent shahrining Yashnobod tumanida jroylashgan.
Keyingi qiyoslash ishlari qiyoslanayotgan korxonalar faoliyatining
moliyaviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha amalga oshirildi, xususan, mahsulot sotishdan
tushgan tushum kabi ko‘rsatkichlar ko‘rib chiqildi.
Aktivlarning balans qiymati va korxonaning sof aktivlari qiymati kabi
mezonlar bo‘yicha tanlashda, baholanayotgan korxona va analog korxonalar asosiy
vositalarini 2013-yilda qayta baholashdan o‘tkazgan degan farazdan kelib chiqildi.
82
Tanlangan korxonalar bo‘yicha ma‘lumotlar quyidagi 18-jadvalda
keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |