2- MAVZU. MULK VA MULKIY HUQUQ TUSHUNCHALARI, ULARGA OID NAZARIY QARASH VA BILIMLAR TIZIMI
Reja:
Mulk va mulkiy huquq tushunchalari, ular bo'yicha nazariy qarash va bilimlar.
Fuqarolik huquqlari obyektlarining xossalari va ta'minot turlari.
Mulkiy munosabatlar.
Mulkchilik tizimi tushunchasi, uning tarkibi va modellari.
Mulkka egalik qilish huquqi va iqtisodiy rivojlanish.
Tayanch iboralar: mulk, mulkiy huquq, fuqarolik huquqlari obyektlari va ularning xossalari, mulkiy huquq subyektlari, mulk nazariyalari, multifan, ne'mat nazariyasi, huquqlar triadasi, “ne'mat-fantom-mulkdor” uchligi, huquqiy fantomlar, iqtisodiy fantomlar, mulkchilik shakllari, mulchilik tizimi va uning modellari, mulkning ta'minot turlari, mulkiy munosabatlar.
1.Mulk va mulkiy huquq tushunchalari, ular bo'yicha nazariy qarash va bilimlar
Mulk va mulkiy huquq kategoriyalari bo'yicha iqtisodiyot ilm-fani va amaliyotida ko'p ming yillar davomida jamlangan boy bilimlar (genesis), jumladan, shakllangan terminologik apparat, nazariy va metodologik bazis, hozirgi zamonda mulkning keng ma'nodagi mazmun-mohiyatini tizimli o'rganish imkonini beradi.
Eng qadimgi dunyo tarixi sahifalarida mulk, mulkiy huquq to'g’risidagi ilk bilimlar insoniyat paydo bo'lishi, bunda uning hayotiy nafs va naf zarurati instinktlarini qondirish, ibtidoiy jamoasida nufuzli (obro'-e'tiborli) “alfa-shahs” yoki hech bo'lmasada boy-badavlat shahs mavqeiga (statusiga) sazovorlik orzu-istagiga erishish maqsadlarida mulkka ega bo'lish bilan bog’liq primitiv (sodda) huquqiy hatti-harakat(mulkiy munosabat)larni amalga oshirish tajribalari negizida shakllana boshlangan. Bunda ilk bor mulk tushunchasi kimgadir tegishli qandaydir foydali buyum degan primitiv tasavvur sifatida tor ma'noda yuzaga kelgan.
Hozirgi zamonda mulkni mazmunan qandaydir buyumga tenglashtirish uning soddalashtirilgan tor ma'nodagi eskicha ifodasi demakdir. Zero, zamonaviy mulk (ne'mat, boylik yoki aniqrog’i ularga ekvivalent bo'lgan mulkiy huquqlar tizimi sifatida) quyidagi ma'nolarda kompleks ifodalanishi mumkin:
1) mulk - Alloh o'zi buyurgan insoniga, uning uchun o'lchab bergan bergan nafsi va sanab bergan umriga mos ravishda ajratgan ne'mat bo'lib, shu munosabat bilan inson bu ne'matning mulkdori sifatida Ilohiy mulkiy huquqqa ega bo'ladi va natijada sotsium qonunlari bo'yicha ijtimoiy-iqtisodiy mulkiy huquqlarni oladi;
2) mulk - tabiat va jamiyat boyliklarini hamda ijtimoiy ishlab chiqarish natijalarini sotsium (jamiyat) institutlari (mulkiy huquq subyektlari) tomonidan qonuniy o'zlashtirishning (ya'ni, huquqlar “triadasini” tashkil qiluvchi egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish huquqlarining) ijtimoiy shakli;
3) mulk - jamiyat a'zolarini sotsium sharoitidagi instinktiv nafslari asosida naf va manfaatga yetaklovchi, ularning ijtimoiy mavqeini va mulkiy (ijtimoiy-iqtisodiy-huquqiy-informatsion) munosabatlarda faolligini belgilovchi, farovonligi rivojini shallantiruvchi omiliy ne'mat, ya'ni unga ekvivalent bo'lgan huquqlar kompleksi;
4) mulk - mulkiy huquq subyektlariga tegishli bo'lgan turli shakl va mazmundagi fuqarolik huquqlarining obyektlari (FHO) sifatida namoyon bo'luvchi (konkret misoliy hol uchun) ashyolar, shu jumladan pul va qimmatli qog’ozlar, boshqa buyumlar, mol-mulk, shu jumladan mulkiy huquqlar, ishlar va hizmatlar, ihtirolar, sanoat namunalari, fan, adabiyot, san'at asarlari va intellektual faoliyatning boshqa natijalari, shuningdek shahsiy nomulkiy huquqlar va boshqa moddiy hamda nomoddiy boyliklar bo'lib, ular mulkiy huquq subyektlarining mulkiy munosabatlari maqsadida tizimlashtirilgan ijtimoiy, iqtisodiy, yuridik va texnik-texnologik parametrlar bilan ifodalanuvchi turfa FHO;
5) mulk - turlari qonunlashtirilgan mulkiy huquq obyektlari bo'lib, ularga (konkret misoliy hol uchun) quyidagilar kiradi: mamlakat hududidagi yer, yer osti boyliklari, ichki suvlar, havo havzasi, o'simlik va hayvonot dunyosi, imoratlar va inshootlar, mahsulotlar, turar joy va kvartiralar, mahsulot belgilari, sanoat namunalari, ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, integral mikroshemalarning topologiyasi, selektsiya yutuqlari, xizmat ko'rsatish belgilari, asbob-uskunalar, moddiy va ma'naviy madaniyat buyumlari, pullar, qimmatli qog’ozlar va boshqa mol-mulklar; insonning mehnat qilish qobiliyati, jumladan, ixtirolar, kashfiyotlar, fan, adabiyot, san'at asarlari, axborot, ilmiy g’oyalar, texnik ishlanmalar va aqliy ijodning boshqa obyektlari; tarix va madaniyat yodgorliklari; mol-mulkdan ho'jalikda foydalanish natijalari (mahsulot va daromadlar);
6) mulk - ashyolarga bo'lgan huquqlarga egalik qilish yuzasidan sotsium institutlari orasida bo'ladigan ijtimoiy-iqtisodiy-huquqiy-informatsion munosabatlarning ham natijasi va ham sababchisi sifatida ko'chmas va ko'char turlarda, moddiy va nomoddiy shakllarda tovar, kapital va ijtimoiy-iqtisodiy-informatsion-huquqiy munosabatlar vositasi sifatlarida namoyon bo'luvchi FHOning har qanday turi. Bunda mulkni ko'chmas va ko'char turlari ajratilishi, ularning moddiy (fizik) mazmun-mohiyatiga qarab amalga oshirilmaydi, balki huquqiy jihatlariga asosanadi. Shu munosabat bilan, mulkiy munosabatlarda mulkiy huquq tushunchasi amalda bo'ladi;
7) mulk - bu moddiy va nomoddiy shakl, iqtisodiy va huquqiy mazmunga ega turli substanciya(materiya)ga ekvivalent bo'lgan mulkiy huquqlar bo'lib, aslida faqat ulargina mulkiy munosabatlar obyekti sifatida muomalada yuradi (ya'ni, real moddiy yoki nomoddiy substantsiya emas, balki uning ekvivalenti bo'lmish mulkiy huquqlar);
8) mulk - mulkchilik munosabatlarida bir-biridan farqli, lekin bir-biriga transformatsiyalanuvchi qiymat, narx va qimmat kategoriyalarini indikativ namoyon qiluvchi “qiymat substantsiyasi mazmunidagi fantomiga”, “narx substantsiyasi mazmunidagi fantomiga” va “qimmat substantsiyasi mazmunidagi fantomiga” ega FHOning har qanday turi bo'lib, bunda FHO va uning bu iqtisodiy “fantomlari” ekvivalent substantsiyalar sifatida o'zaro “sabab-oqibatiylik” aloqasida bo'ladi. Bunda fantom fenomeni tabiatan substantsiya ko'rinishidagi materiya bo'lganligi sababli, bu materiyalarni mazmunan sinonim fenomenlar deb qabul qilish mantiqan to'g’riligi bunday fenomenlarga bag’ishlangan turli ilmiy manbalar asosida aniqlanishi mumkin. Masalan, zamonaviy iqtisodiyotga oid ko'pchilik ilmiy manbalarda qiymat, narx va qimmat kategoriyalari substantsiya deb qabul qilingan. Shu bilan birga, paranormal fenomenlarlarga bag’ishlangan adabiyotlarda ham tirik mavjudodlarning fantomlari substantsiya deb yuritiladi. Bu materiyalar(fantom va substantsiya)ning mazmunan sinonimligi asosida FHOning qiymati, narxi va qimmati kategoriyalarini ifodalashda har ikkala fenomen atamasini qo'llash negizida shakllanuvchi “qiymat substantsiyasi mazmunidagi fantom (yoki qiymatiy fantom)”, “narx substantsiyasi mazmunidagi fantom (yoki narxiy fantom)”, “qimmat substantsiyasi mazmunidagi fantom (yoki qimmat fantomi)” degan so'zlar birikmasidan foydalanishni ham mantiqan to'g’ri desa bo'ladi;
9) mulk - bir-biri bilan “sabab-oqibatiylik” aloqasida bo'lgan ijtimoiy, iqtisodiy, informatsion, huquqiy munosabatlarning yahlit mehanizmi bilan ta'minlangan FHOning har qanday turi;
10) mulk - aniq bir mulkiy huquq subyektiga tegishli muddatsiz mulkiy huquqlar yig’indisi bo'lib, bu huquqlar ne'mat(boylik, mol-mulk)ning har qanday turiga ekvivalent huquqiy fantomlari sifatidagi mulkiy munosabatlar muomalasi obyekti (substantsiyasi). Bunda huquqiy fantomlar o'z bazisi (konkret shakl va turdagi mol-mulk) yuzasidan mulkiy huquq subyektining o'ziga qarashli mol-mulkka (bazisgan) o'z hohishi bilan va o'z manfaatlarini ko'zlab egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek o'zining mulk huquqlarini, kim tomonidan bo'lmasin, har qanday buzishni bartaraf etishni talab qilish huquqidan hamda boshqa huquq turlaridan iboratdir. Mol-mulkning huquqiy “fantomlari” ekvivalent substantsiyalar sifatida o'zaro “sabab-oqibatiylik” aloqasida bo'ladi;
11) mulk -qiymat, narx, qimmat, naf, foydalilik, farovonlik, manfaat va daromad kabi iqtisodiy kategoriyalar manbasi, fuqarolik huquqlari subyektlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish motivi, omili sifatidagi ne'mat (boylik);
12) mulk - ko'p fanlarni o'zaro garmonizatsiyalashtirish negizida shakllanuvchi ko'pfanlilik (multifan) g’oyasiga asoslangan nazariyaning va ko'p asrli jamiyat taraqqiyoti va iqtisodiy amaliyotga ega tizimli tadqiqot obyekti, zero u ko'p turli, ko'p qirrali, ko'p hossali, ko'p bozorli, turli omillarga ta'sirchan murakkab tabiatli fuqarolik huquqlari obyektlarining har qanday turi.
Bunda aytish joizki, mulk mazmunini ochib berish borasida iqtisodichi va yurist(huquqshunos)lar asosiy tadqiqotchilar sifatida mulkni o'z fanlari fundamental qoidalari asosida talqin qilishlari ularning qarashlari bo'yicha shakllangan tushunchalarda ma'lum shakliy tafovutlarni ko'rish mumkin. Zero, bunday tafovutlarga qaramasdan, iqtisodchi va yuristlar qarashlari doirasida shakllangan tushunchalar o'zaro zid bo'lmaganligi uchun ularning barchasi mazmunan bir birlarini to'ldiradi deyish mumkinligi yuqorida keltirilgan 12-ta talqingan asos bo'ladi.
Agarda yuqorida aytilganlar kontekstda iqtisodiyot ilm-fani va amaliyotining ko'p asrli tarihiga diqqat bilan chuqur va keng nazar solsak, qariyib barcha nazariy qarashlar negizida u yoki bu tur va mazmundagi ne'mat va u bilan bog’liq institutlar bu qarashlarning obyekti bo'lib, mulkiy munosabatlar, ular rivojini shakllantiruvchi omillar va shular kabi boshqa aspektlar esa ularning predmeti sifatida qabul qilinganligini ko'ramiz. Bu qarashlarda har qanday ne'mat turi o'ziga mos nazariya va metodologiyaga asoslangan ilmiy va amaliy bilimlarga tayanganligini ham ko'ramiz. Bunday bilimlar mavjud nazariyalarning intellektual ishlanmalari asosida olingan bo'lib, ular hozirda olib borilayotgan va kelajakdagi ilmiy-tadqiqotlarga bazis bo'lib hizmat qilishini anglashimiz mumkin. Bularning barchasi mulk (moddiy va nomoddiy shakl va turlardagi) nazariyasi, mulk huquqi nazariyasi va mulkiy munosabatlar amaliyoti doirasida yurist va iqtisodchi olimlar tomonidan erishilgan bebaho bilimlar bo'lib, ular huquq va iqtisodiyot fanlariga hizmat qiladi. Bunda mulk va mulkiy huquq obyektlarini, ular bilan bog’liq instrumental, institutsional va funktsional tuzilmalarni, mulkiy huquq subyektlarini o'rganishni, avvalambor bularning mazmun-mohiyatini aks ettiruvchi atama va tushunchalarni, nazariy qarashlarning tahlilini nazarda tutadi.
Ma'lumki, har qanday nazariya singari qaralayotgan soha nazariyasi ham quyidagi atributlardan tarkib topadi:
1) ushbu soha to'g’risidagi atama, ta'rif va tushunchalar majmuasi (terminologik apparat);
2) mazkur soha bo'yicha jamlangan bilimlar;
3) soha bo'yicha yangi bilimlarga ega bo'lish va ularni sohaga oid muammo va masalalar yechimiga qo'llash metodologiyasi (bir-biri bilan kelishtirilgan usul, uslub, dastak va yo'sinlar majmuasi).
Bularning asosida ta'kidlash zarurki, iqtisodiyot sohasidagi har qanday zamonaviy nazariya jamiyat, iqtisodiyot, texnika, huquq ilm-fanlariga asoslangan o'ziga hos terminologik apparatga, maqsad va vazifalarga, obyekt va predmetga hamda bilimlar tizimi va metodologiyaga ega bo'ladi. Shu sababli, zamonaviy mulkni keng ma'nodagi - ko'p qirrali, ko'p hossali va ko'rsatkichli, ko'p bozorli va funktsiyali, qo'sh tabiatli - ne'mat (boylik) deb qabul qilsak, “ne'mat-fantom-mulkdor” triadasi (uchligi) g’oyasiga asoslangan ne'mat (boylik) to'g’risidagi multifan nazariyasi ma'noga ega deyish mumkin. Chunki bunday keng ma'nodagi “ne'mat-fantom-mulkdor” triadasi iqtisodiy mazmunga, yuridik konstruktsiyaga (huquqiy bazaga), turli parametrlarga, axborot ta'minotiga ega bo'lishni, uni mulkdori rasmiylashtirilgan fuqarolik huquqlari obyektlari sifatida mulkiy munosabatlarda qo'llanilishini anglatadi.
Shu sababli, zamonaviy ne'mat (mulk, boylik) to'g’risidagi multifan bir-biri bilan uzviy bog’langan mulkiy naf (uni to'liruvchi atributlar: manfaat, foydalilik, qiymat, narx, qimmat, daromad, foyda, foiz stavkasi, kurs, indeks va shu kabilar asosida shakllanuvchi va baholanuvchi) nazariyasiga, mulk huquqi nazariyasiga hamda bir qator mumtoz va zamonaviy nazariy qarashlarga tayanadi. Bu nazariya umuman olganda “ne'mat-fantom-mulkdor” triadasini tizimli o'rganadi, ushbu uchlik bilan bog’liq tizimli masalalarning kompleks yechimiga erishish uchun xizmat qiladi.
Yuqoridagi fiklarga asosan aytish mumkinki, ne'mat (boylik va unga bo'lgan huquqlar) to'g’risidagi multifan nazariyasi prizmasi orqali sanab o'tilgan ko'p sonli mumtoz nazariyalar qatoriga kirgan quyidagilarni tahliliy eslash maqsadga muvofiq.
Agarda mulkiy naf nazariyasini tahliliy eslasak, u holda uni quyidagi bilimlarga asoslanishini ko'rish mumkin.
Birinchi yondashuv - bu qiymatning mehnat nazariyasi va uning turlari: idealistik (Fama Akvinskiy), nisbiylik (Devid Rikardo), absolyutlik (Karl Marks). Bunda D.Rikardo idealistik va absolyutlik nazariyalaridan farqli mehnatdan tashqari foyda summasini ham hisobga oladi.
Qiymatning mehnat nazariyasi (ilmiy kontseptsiya)ga asosan mulkning tovar sifatidagi mazmuni, uni ishlab chiqarishga ketgan mehnat hajmi bilan belgilanadi.
Umumlashtirib aytilsa, mehnat - bu barcha mulk va tovarlarda mujassamlashgan umumiy asos.
Ikkinchi yondashuv - bu chegaraviy naflik (foydalilik) nazariyasi. Unga ko'ra, qiymat va narx belgilanishining asosida mulk(tovar)ning foydali(nafli)ligi yotadi. Ushbu nazariyani asoslashning metodologik printsiplaridan biri bo'lib marjinalizm hisoblanadi. Unga ko'ra, subyektiv qimmat - bu aniq bir subyektga mulkning qimmatliligi.
Obyektiv qimmat - bu moddiy boylikning bozor narxi. Bu qimmat bozor narxi sifatida “narxning chegaraviy miqdorini belgilovchi haridor” va “narxni chegaraviy miqdorini belgilovchi sotuvchi” baholari asosida tartibga solinadi. Bunday “chegaralari cheklangan juftliklar” yordamida sotuvchi va haridor narxlari muvozatlashtiriladi. Ya'ni qimmatlilik talab va taklif muvozanatiga erishish jarayonida amalga oshiriladi.
Subyektiv naflilik (foydalilik) miqdorini baholashda G. Gossenning ikkita qonunidan foydalaniladi.
Bunda G. Gossenning birinchi qonuni quyidagicha ifodalanadi: talablar qondirilishiga mos ravishda to'yinish o'sadi, konkret foydalilik miqdori esa pasayadi.
G. Gossenning ikkinchi qonuni quyidagicha ifodalanadi: ne'matning cheklangan zahirasida uning “chegarasi cheklangan ekzemplyar” mavjud bo'ladiki, undan keyin ne'matlar iste'molidan qoniqish intensivligi birday (bir hil) qoladi, va talablarni maksimal to'yintirish uchun iste'molni “chegarasi cheklangan ekzemplyar” miqdorida to'htatish zarur. Bundan hulosa: ne'matning qimmatliligi eng kam zaruriy iste'molni qondiruvchi “chegarasi cheklangan ekzemplyar” foyda (naf)liligi bilan belgilanadi. Ya'ni tovarning qiymati (narxi) chegarasi cheklangan foydalilik bilan belgilanadi.
Chegaraviy naflik (foydalilik) nazariyasi doirasida ne'matlar foydaliligini miqdoriy o'lchash uchun ikkita - kardinalistik va ordinalistik - yo'nalish mavjud.
Kardinalistlar (U.Djevons, A.Marshall) chegaraviy naflikni absolyut miqdorlar yordamida o'lchashni taklif qilib, bunda ular puldagi baholarga tayanganlar.
Ordinalistlar (V.Pareto, Dj.Hiks, P.Samuelson) chegaraviy naflikni nisbiy tahlilni qo'llashni taklif qilganlar. Bunda nisbiy tahlil tovarlarning bir kombinatsiyasi afzalliklarini boshqa kombinatsiyalari bilan qiyosiy solishtirish yo'li bilan amalga oshiriladi yoki tovarlar to'plamiga qiyoslash. Bunday tahlil vositasi bo'lib neoklassiklar tomonidan makroiqtisodiy jarayonlarni tadqiq etishda qo'llaniluvchi befarqlilik chiziqlari hisoblanadi.
Uchinchi yondashuv - bu Alfred Marshall taklif qilgan harajatlar va foydalilik birikmasi nazariyasi.
Bunda Alfred Marshall ta'kidlaganki, harajatlar (mehnat qiymati nazariyasi) va foydalilik (chegaraviy naflilik nazariyasi) bir-biriga zid bo'lmay, bozor qonunlarining talab va taklif kategoriyasi tarkibiy qismlaridir. Uning fikricha, narxlarga ikkita omil - “chegarasi cheklangan foydalilik” va “ishlab chiqarish harajatlari” - qaychi nashtarlariga o'xshash baravariga ta'sir qiladi. Qaychining bu nashtarlari bir-biri bilan uchinchi unsur hisoblanuvchi talab va taklif yordamida bog’lanadi.
Yuqorida keltirilgan yondashuv va nazariyalar asosida, aytish mumkinki, hairdo tovar uchun to'lashga rozi bo'lgan narx tovarning foyda (naf)liligi, bozorda o'zgaruvchan kon'yunktura asosida shakllanuvchi haridor hulq-atvori psixologiyasi bilan belgilanadi.
Sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) belgilagan narx (ya'ni boshlang’ich (start) narx yoki baholovchi baholagan bozor qiymati) ishlab chiqarish harajatlari qiymati bilan belgilanadi.
Bunda xulosa sifatida aytish mumkin: har qanday tovar (mulk) narxi asosan unga bo'lgan talabga nisbatan aniqlanadi, taklif esa - uning ishlab chiqarish omillari bilan belgilanadi, qiymat narx emas.
Tizim quyidagi belgilardan hech bo'lmaganda biriga ega bo'lishi lozim: «quyitizimlarga taqsimlanish imkoniyati, ulardan har birini o'rganish mazmuniy xarakterga ega; noaniqlik va tashqi muhitning tizimga ta'sir ko'rsatish sharoitida faoliyat yuritish uning strukturasi va ko'rsatkichlari tasodifiy xarakterini asoslab beradi; tizimning hulq-atvorni maqsadli yo'nalgan holda tanlashni amalga oshirishi».
Tizimli yondashuv bu - ilmiy bilim olish va amaliy faoliyat metodologiyasining shunday yo'nalishiki, uning asosida har qanday obyektni murakkab to'laqonli, masalan, texnik, biologik, ekologik, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va h.k. tizim sifatida tadqiq etish yotadi.
Hozirda ne'mat to'g’risidagi multifanga ham hos bo'lgan birgalikda harakatda bo'luvchi mulkchilikning ikkita qonuni va mulkni o'zlashtirishning ikkita qonuni mavjud.
O'z mehnati mahsuliga egalik qonuni. Bu qonunga mulkni o'zlashtirish qonuni mos keladi. Mulkni o'zlashtirish qonunida mehnat o'zlashtirishning boshlang’ich asosi hisoblanadi. Bunda o'zlashtirish ikki shaklda amalga oshiriladi: mehnat orqali (natural ho'jalik); bozorda o'z mehnat mahsullari bilan almashinish (oddiy tovar ishlab chiqarish).
Yaratilgan mahsulotga egalikda mahsulotni o'zlashtirish uning egasi mehnatidan vujudga keladi (mehnatiy mulk).
O'zgalar mehnati mahsuliga egalik qonuni. Bu qonunga mulkni o'zlashtirishning boshqa qonuni mos keladi. Bu qonunda mulkni o'zlashtirishning asosi bo'lib tovar muomalasi hisoblanadi. Ushbu qonunda o'zlashtirish ikki shaklda amalga oshiriladi: tovar muomalasi orqali; daromadlarni taqsimlanishi orqali.
Birinchi shaklga mehnatni mulkdan ajratish (begonalashtirish) yo'li bilan erishiladi. Bozor subyektlari bo'lib ishlab chiqarish vositalari egalari hisoblanadi. Ish kuchi kapitalga tegishli deb qaraladi, ishchi tomonidan yaratilgan mahsulot esa ishlab chiqarish vositalari egasiga (ya'ni kapitalga) tegishli bo'ladi.
Kapitalga egalik yangi qiymat o'zlashtirish imkonini beradi. Bu qiymat tovar muomalasi qonunlarini buzmagan holda ish kuchiga to'langan pul ekvivalentidan ko'p (yuqori) bo'ladi.
O'zlashtirishning ikkinchi shakli - taqsimlanish orqali - birlashgan kapital ko'rinishidagi umumiy xususiy mulkni qo'llanilishi holida amalga oshiriladi. Bunday holda taqsimlash o'lchami sifatida kapital hizmat qiladi, subyektlar ulushi esa ularga tegishli kapital ulushlari bilan aniqlanadi.
Zaruriy mahsulot yollangan hizmatchi (ishchi)lar o'rtasida ish haqi shaklida taqsimlanadi.
Qo'shilgan (orttirilgan) mahsulot mulkdorlar o'rtasida ularning kapitali miqdoriga mos ravishda taqsimlanadi.
Tayyor mahsulot (tovar) iste'molchilarning harid obyekti bo'lib, ular o'z zimmasiga ishlab chiqarilgan mahsulot sarf-xarajatlari, zaruriy mahsulot va qo'shilgan mahsulot summasi sifatida baholangan tovar qiymati va narxida oladi.
Mulk tushunchasi XX asrning 60-70 yillarida huquq nazariyasi bilan uyg’unlashib, mustaqil nazariyaga - mulkiy huquq nazariyasiga aylandi. Bu nazariya transaktsion xarajatlar nazariyasi, iqtisodiy huquq, ijtimoiy tanlash nazariyasi, iqtisodiy tashkilotlar nazariyasi va shular kabi boshqa nazariyalar bilan birga zamonaviy neoinstitutsionalizmning asoslarini tashkil qilgan. Zero, bunday xossa barcha nazariyalar kabi ne'mat nazariyasiga ham hosdir.
Mulkiy huquq nazariyasi rivojiga qator olimlar sezilarli hissa qo'shganlar, masalan: A.Marshall, Dj.Hiks, R.Kouz, R.Savatye, G.Demsec, L.Ennekcerus, T.Kouplend, D.Murzin, R.Kapelyushnikova, S.Alekseev va boshqalar.
Ijtimoiy-iqtisodiy tizimning samarali faoliyati shart-sharoiti bo'lib mulkiy huquqni aniq talqin qilish, belgilash va amalga oshirish hisoblanadi. Bunda mulkiy huquqni belgilash (fiksaciya qilish) va uni ayirboshlash uchun shartnoma zarur.
Mulkiy huquq, transaktsion xarajatatlar va shartnomaviy munosabatlar orasidagi bog’liqlikni mulkiy huquq nazariyasining nazariy asosini tashkil etuvchi R.Kouz teoremasi yaqqol ko'rsatadi.
Bu nazariyada “mulkiy huquq” tushunchasi markaziy hisoblanib, uning mazmuni ne'matlarning mavjudligi va ularni ishlatish bilan bog’liq odamlar orasidagi sanktsiyalangan munosabatlarni anglatadi. Bu munosabatlar mulkiy huquq subyektlarining ne'matlar bo'yicha hatti-harakatlari me'yorini belgilaydi, moddiy obyektlar va inson huquqlari bo'yicha vakolatlarini qamraydi.
Mulkiy huquq moddiy va nomoddiy obyektlarga bo'lishi mumkin. U davlat va boshqa ijtimoiy mexanizmlar (urf-odatlar, qadriyatlar, ma'naviyat, diniy me'yorlar) tomonidan himoyalanishi va tartibga solinishi zarur.
Mulkiy huquq tushunchasi o'zida ikki holatni qamraydi:
- mulkdor o'ziga qonunan tegishli bo'lgan obyektni barcha ruhsat etilgan usullar yordamida ishlatish;
- shartnomalarda ko'rsatilmagan foyda yoki zararni o'zining barcha shartnomaviy majburiyatlarini (jumladan, soliqlar bo'yicha) bajargandan keyin o'zlashtirish.
Jamiyat nuqtai nazaridan, mulkiy huquq jamiyat a'zolari (jumladan, davlat bilan) o'rtasidagi munosabatlarni o'rnatuvchi qoidalar sifatida namoyon bo'ladi.
Konkret shahs nuqtai nazaridan, uning mulkiy huquqi u yoki bu mulk (resurs) hususida qaror qabul qilish bo'yicha huquqlar “bog’lami” sifatida namoyon bo'ladi.
Mulkiy huquq nazariyasiga asosan mulk huquqi sodir bo'lishining ikkita yo'lini ko'rsatish mumkin: aniq va tasodifiy.
Mulk huquqlari nazariyasiga oid adabiyotlar asosan aniq yo'lni nazarda tutadi, ularda, A.Onorega ko'ra, mulkka oid huquqlar tasnifi keng tarqalgan bo'lib, ular quyidagilardan iborat:
1) mulkka egalik huquqi;
2) mulkdan foydalanish huquqi;
3) mulkni boshqarish huquqi;
4) mulkdan foydalanish yoki uni boshqarish jarayonida undan daromad olish huquqi;
5) mulkning kapital qiymatiga huquq (bu huquq begonalashtirish, iste'mol, o'zgartirish yoki tuzatish, tugatish huquqlarini nazarda tutadi);
6) xavfsizlik huquqi (ya'ni ekspropriatsiyadan immunitet);
7) mulkni meros yoki vasiyat asosida olish huquqi;
8) mulk bo'yicha cheklanmagan muddatga huquq;
9) boshqalar uchun zarar yetkazmasdan foydalanishni talab qilish (har qanday zararni ma'n qilish) huquqi;
10) qarzdor mulkini qarz evaziga tortib olish huquqi;
11) mulkni avvalgi holati saqlanganligicha qaytarilishi huquqi.
Mulkiy huquqning tasodifiy (jumladan, Ilohiy) yo'l bilan sodir bo'lishi asosan teologik (diniy) adabiyotlarda berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |