2.Fuqarolik huquqlari obyektlarining xossalari va ta'minot turlari
Zamonaviy ne'matning (fuqarolik huquqlari obyektlari sifatida) uchta xossaga - ijtimoiy-iqtisodiy-informatsion-huquqiy ta'minlangan tovar, kapital, mulkiy munosabatlar vositasi bo'lishligi - egaligi uni mulkiy munosabatlardagi imkoniyatlarini keskin oshiradi.
Fuqarolik huquqlari obyektlari (FHO) kapital sifatida ikkita xossaga - qiymat va narx; ular negizida shakllanuvchi qimmat va foydalilik kategoriyalariga - ega. Zero, FHO - umuman olganda “ne'mat-fantom-mulkdor” uchligi u o'zaro uzviy bog’langan N - zamonaviy ne'mat (turfalangan moddiy va nomoddiy shakllardagi ijtimoiy-iqtisodiy-huquqiy axborotlar bilan ta'minlanagan boylik), uning ekvivalentlari bo'lmish huquqiy fantomlari (H) va iqtisodiy fantomlari (I), instinktiv nafs omili yetakchiligida sotsiumda ongli ravishda nafli (o'zi uchun manfaatli, foydali) faoliyat yurituvchi mulkdor (NM) - yaxlit birligidan iborat. Aynan shuning negizida quyidagilar o'rinli.
FHOni kapital sifatidagi xossasi mulkiy huquq subyektlari talabiga javob beruvchi mulk qiymatini oshirib borishga qaratilgan saqlash va/yoki boshqaruv jarayonida namoyon bo'ladi. Bundan maqsad - moddiy manfaat (foyda) olish. Boshqarish vazifasi - mulkni manfaat (foyda) beruvchi jamg’arma shaklida ishonchli boshqarish natijasida uni likvid kapital bo'lishligini ta'minlash. Saqlash vazifasi - mulkni noyob boylik sifatida kelajakda qiymati oshib boruvchi kapital bo'lib qolishini ko'zlab saqlash (masalan, turli qimmatbaho buyumlarni, jumladan, noyob yoki kelajakda noyob bo'luvchi san'at asarlarini, qasrlarni va rariretga ega mol-mulkni va h.k.).
FHO tovar sifatida to'rtta hossani o'zaro birlashtiradi:
- iste'molchi (mulk haridori, potentsial mulkdor) nuqtai nazaridan shakllanuvchi qiymat xossasini;
- sotuvchi (mulkdor) nuqtai nazaridan shakllanuvchi qiymat xossasini;
- mulk qiymatini baholash xizmatlari bozorida (MQBHB) baholanuvchi aniq (real) qiymat xossasini;
- mulk bozorida (MB) shakllanuvchi obyektiv narx xossasini.
Iste'molchi nuqtai nazaridan qabul qilinuvchi qiymat - bu FHOning nafligi, insonning qandaydir iste'mol talablarini qondirishga qodirlik xossasi. Barcha tovar(FHO)lar iste'mol qiymati sifatida ishlab chiqarish vositalari va istemol predmet (buyum)lariga bo'linadi. Ba'zi iste'mol predmetlari, masalan, pul, ishlab chiqarish vositalari va ham istemol buyumlari o'rnida namoyon bo'ladi. Iste'molchi qiymati negizida sotuvchi tovariga ayirboshlash uchun mo'ljallangan iste'molchining mulki (pul mablag’lari, xizmatlar) bo'lishi mumkin. Xizmatlar quyidagi xossalarga ega: moddiy shaklga ega emasligi, foydali effekt ko'rinishida bo'ladi, faqat ishlab chiqarish vaqti(davri)da foydalaniladi.
Mulkning sotuvchisi nuqtai nazaridan shakllanuvchi qiymat - bu iste'molchi mulki(FHO)ga ma'lum miqdorda ayirboshlanishi mumkin bo'lgan sotuvchining tovari qiymati.
Uchinchi va to'rtinchi xossalar quyidagilar asosida namoyon bo'ladi.
Uchinchi xossaga ko'ra, bozor yordamida mulk (FHO) egasi va potentsial mulkdor nuqtai nazarlaridan baholangan har ikkala turdagi qiymat miqdoran bir-biridan farqlansada, ular to'rtinchi xossa evaziga bozorning obyektiv kon'yunkturasi asosida belgilangan narxida o'zaro kompromiss (murosa) topadi.
Qiymatning bu turlarini farqlanishining sababi shundan iboratki, potentsial mulkdorni real mulkdor xarajatlari qiziqtirmaydi. Real mulkdor esa o'z mulkini potentsial mulkdor uchun faqat haqiqatdan qimmatli ekanligi to'g’risida faraz qilishi mumkin. Shu sababli, bu qiymatlar miqdori har ikki taraf nuqtai nazariga mos bir-biridan farqli manfaatlari asosida shakllanadi. Zero bunday qiymatlar miqdori har ikkala taraf tomonidan bir-biridan holisona (individual) ravishda va mulk bozori tendentsiyalariga qaramasdan faqat o'z xarajatlari va foydalari asosida baholanadi. Lekin bunda bu qiymatlar taraflar uchun umumiy bo'lgan metodologiya asosida baholanadi.
Ta'kidlash joizki, bu qiymatlar turi baholanib bozorda dastlabki tarzda mulkning start narxi bo'lib xizmat qilishi mumkin. Start narx bozorning barqaror davomiy kon'yunkturasi asosida davomiy obyektiv narxga aylanishi mumkin. Bunda bozorda shakllangan davomiy obyektiv narx amaliyotda start narxdan kam yoki yuqori bo'lishi mumkin, ideal holda esa ular bir-biriga teng bo'ladi. Mos ravishda baholangan qiymat har doim ham bozor kon'yunkturasi asosida shakllangan narxga teng bo'lavermaydi.
Bunda aytish mumkinki, mulk bozori obyekt(tovar)larini miqdoran solishtirish uchun umumiy xossa - mehnatdan va foyda olish motividan foydalanish mumkin. Demak, tovar (FHO) qiymatini baholash asosida ularni ishlab chiqarish uchun sarflangan ijtimoiy mehnat va mulkdor motivi yotadi. Mehnat o'zida barcha turdagi xarajatlarni mujassamlashtiradi. Tovar (mulk) narhining shakllanishi uni nafliligining bozor kon'yunkturasiga asoslanadi. Sotuvchi qiymati tovar ishlab chiqaruvchining mehnati, umuman olganda mehnatning ijtimoiy zarur bo'lgan harajatlari va mulkdor rejalashtirgan foyda, asosida baholanadi.
Natijada, sotuvchi va iste'molchi (haridor) narxlari bozor kon'yunkturasiga asoslangan holda shakllanadi.
Yuqorida keltirilgan hossalar FHO qiymatini baholash amaliyotida qiymat narx emasligini asoslaydi.
FHOni ijtimoiy-iqtisodiy-informatsion-huquqiy-siyosiy munosabatlar obyekti sifatida quyidagi xossalarni o'zaro birlashtiradi:
- mulkni ijtimoiy (jumladan, etikaviy) me'yorlar bilan ta'minlanish xossasini;
- mulkni iqtisodiy me'yorlar bilan ta'minlanish xossasini;
- mulkni ahborot manbai va ahborot shaffofligi (ahborot va hisobotlar taqdim etish, olish, almashinish) talablari me'yorlari bilan ta'minlanish xossasini;
- mulkni huquqiy-me'yoriy baza bilan ta'minlanishi xossasini;
- mulkni mulkiy huquq subyektlarining siyosiy tehnologiyalari vositasi bo'lib hizmat qilish xossasini.
FHOning barcha xossalari uning ta'minot turlariga mos ravishda namoyon bo'ladi.
Mulkning ijtimoiy ta'minoti - jamiyatda FHO bilan bog’liq ijtimoiy munosabatlarni amalga oshirishning mental shart-sharoitlari (millatning ma'naviyati, urf-odatlari, qadriyatlari, madaniyati, tarixi), diniy qoidalar tizimi, etikaviy qoidalari, tolerantlilik va umuminsoniylik me'yorlari, ijtimoiy institutlar faolligi sharoitlari bilan ta'minlanganligi. Ushbu kontekstda FHO shaxs, davlat va jamiyatning demokratiya, fuqarolik jamiyati printsiplariga asoslangan mulkchilik tizimi faoliyati, uning ijtimoiy omillarini rivojlanishi va faoliyat natijalariga mulkiy huquq subyektlari ega bo'lishi, ulardan foydalanishi va ularni erkin tasarruf qilishi bilan bog’liq tashkiliy-ijtimoiy me'yorlarni oladi.
Mulkning iqtisodiy ta'minoti - mamlakat iqtisodiyotida FHO bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlarni amalga oshirishning bozor iqtisodiyoti shart-sharoitlari, printsiplari, iqtisodiy me'yorlari tizimi (mexanizmi) bilan ta'minlanganligi. Bu kontekstda FHO mulkchilik tizimi faoliyati, uning iqtisodiy omillarini rivojlanishi va faoliyat natijalariga mulkiy huquq subyektlarining ega bo'lishi, ulardan foydalanishi va ularni erkin tasarruf qilishi bilan bog’liq tashkiliy-iqtisodiy me'yorlarni oladi.
FHOning huquqiy ta'minoti - jamiyatda FHO bilan bog’liq yuridik munosabatlarni amalga oshirishning modeli (huquqiy mexanizmi), huquqiy-me'yoriy hujjatlari tizimi. Ushbu kontekstda FHO bo'yicha yuridik munosabatlar o'z ichiga halqaro huquq, konstitutsion, fuqarolik, ho'jalik huquqlari tizimi va printsiplariga asoslangan mulkchilik tizimi faoliyati, uning huquqiy omillarini rivojlanishi va faoliyat natijalariga mulkiy huquq subyektlari ega bo'lishi, ulardan foydalanishi va ularni erkin tasarruf qilishi bilan bog’liq tashkiliy-huquqiy me'yorlarni oladi.
FHOning axborot (informatsion) ta'minoti - mulkiy huquq subyektlari va potentsial mulkdorlarning FHO holati va u bilan bog’liq jarayon va hatti-harakatlarni transparent (informatsion shaffof) ifodalashga qaratilgan axborotlar va hisobotlar tizimi (mexanizmi) bilan ta'minlanganligi. Bu kontekstda FHO bo'yicha informatsion munosabatlar o'z ichiga mulkiy huquq subyektlarining faoliyatidagi transparentlikka asoslangan turli axborot va hisobotlar shakllantirishi, almashinish, taqdim etish faoliyati jarayonidagi me'yorlarini oladi. Bunda transparentlik mulkdorlar huquq va manfaatlarini himoyalash, mulkiy munosabatlarda ishonchli qaror qabul qilish maqsadlarida ta'minlanadi.
FHOning siyosiy ta'minoti - mamlakat doirasida mulkiy munosabatlarni davlat siyosatiga mos ravishda amalga oshirishning siyosiy shart-sharoitlari va qoidalari tizimi (mexanizmi).
Xulosa sifatida aytish mumkinki, turli shakldagi FHO - mulkiy huquq subyektlariga ijtimoiy-iqtisodiy-huquqiy-informatsion mexanizm bilan ta'minlangan mulkiy munosabatlarda naf keltiruvchi moddiy va/yoki nomoddiy boylik ko'rinishidagi kapital va tovar sifatida tegishli bo'lgan mol-mulk va mulkiy huquqning barcha turlari, toifa va sinflari.
Do'stlaringiz bilan baham: |