Referatlar tarkibi
Referat tarkibi
|
Yoritiladigan asosiy masalalar
|
Tavsiya etilayotgan hajmi, bet
|
Mundarija
|
|
1
|
Kirish
|
Mavzuning dolzarbligi, maqsadi va vazifalari, ishning tarkibiy tuzilishi
|
1-2
|
1. savol
|
Mavzuning nazariy asoslarini bayon etishi ko’zda tutilishi lozim
|
4-5
|
2. savol
|
Mavzuning hozirgi holati tahlilidan kelib chiquvchi maslalarni qamrab olishi ko’zda tutiladi
|
4-5
|
Keyingi savollar
|
O’rganilayotgan masalani kelgusida rivojlantirish masalalarini qamrab olishi lozim
|
3-5
|
Xulosa
|
Referat mavzusi yakunlari bo’yicha xulosalar
|
1-2
|
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
|
Mavzuga oid me’yoriy hujjatlar, maxsus adabiyotlar, ilmiy ishlar, maqolalar, yo’riqnomalar, statistik ma’lumotlar manbalari
|
1
|
Referatning kirish qismida tanlangan mavzuning dolzarbligi, maqsadi va vazifalari va tarkibiy tuzilishi mazmunan yoritiladi.
Maqsad va vazifalar referatning asosiy mazmunini aks ettirishi va qanday vazifalarni yechishga yo’naltirilganini ko’rsatib berishi lozim.
Birinchi savolda mavzuning nazariy asoslari bayon etilib, mavzuning ilmiy va uslubiy jihatlariga qaratiladi. Bunda hozirgi davrda bu mavzuga bo’lgan nazariy yondoshuvlar, masalaning mohiyati, muammoni yechishning asosiy omillari va talabaning ilmiy, nazariy qarashlariga bo’lgan munosabati bildiriladi.
Mavzuning xususiyatidan kelib chiqib, alohida savollarda mavzuga oid muayyan uslubiy masalalarni ham ko’rib chiqish foydadan xoli emas.
Ikkinchi savolda odatda muayyan mavzu bo’yicha o’rganilayotgan muammoning umumiy holatini tahlil etishga bag’ishlanadi. O’rganilayotgan obyektning tashkiliy-iqtisodiy ko’rsatkichlarini tahlil etish yetarlicha chuqur va maqsadga yo’naltirilgan bo’lishi, masalaga oid ma’lumotlarga asoslanishi lozim. Bunda keyingi yillarda mavzuga oid yuz bergan o’zgarishlar, ularning iqtisodiy samaradorlikka ta’siri, hozirgi kunda mavjud kamchilik va muammolar hamda ularni keltirib chiqargan sabablarga keng o’rin berish lozim.
Keyingi savollarda o’rganilayotgan masalani yechimini osonroq hal etish uchun uni takomillashtirish bo’yicha ko’zda tutilgan asosiy yo’nalishlar asoslanadi.
Xulosa referatning mazmuni bayon etilishini yakunlaydi. Unda mavzuni o’rganish va tahlil qilish natijalari umumlashtiriladi. Xulosa aniq, qisqa va tushunarli tarzda bayon etilishi, faqatgina mavzuga oid masalalarni o’zida aks ettirishi lozim.
Xulosa referatning kirish qismida yoritilgan maqsad va vazifalarga to’liq mos kelishi hamda ish oldiga qo’yilgan vazifalar qanday yechilganini ko’rsatishi lozim.
Adabiyotlar ro’yxatini rasmiylashtirish. Adabiyotlar ro’yxati referatning oxirgi qismida keltiriladi va adabiyotlar qat’iy tarzda mustaqil ishlarda ularni rasmiylashtirishga qo’yiladigan talablarga asosan rasmiydashtirilishi lozim.
Adabiyotlar ro’yxatida referatni tayyorlash jarayonida foydalanilgan barcha ma’lumotlarning manbalari ko’rsatilishi lozim.
Zarur hollarda adabiyotlar keltirilgan iqtiboslarning manbasi albatta o’sha betda ko’rsatilishi lozim. Agar jadval yoki chizma muallif tomonidan tayyorlangan bo’lsa, qaysi manbadan foydalanib tayyorlanganligi ham ta’kidlab o’tiladi.
Adabiyotlar ro’yxatida quyidagilar ko’rsatilishi shart:
muallifning ismi-sharifi, adabiyotning nomi, chop etilgan manzili, nashriyotdan chiqqan yili;
ro’znoma va oynomalardagi maqolalar ham adabiyotlar singari rasmiylashtirilib, unda muallifning ismi-sharifi, ro’znoma yoki oynomaning nomi, raqami, sanasi va foydalanilgan betlari ko’rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |