8. Referatni himoya qilish
Referat O’quv-uslubiy boshqarma tomonidan qat’iy belgilangan jadval asosida semestrning birinchi 9 haftasidan keyin himoya qilinadi. Belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan referat talaba tomonidan o’qituvchiga taqdim etiladi. O’qituvchi referat talab darajasida bajarilganligiga ishonch bildirgandan so’ng, referatni topshiruvchi talabani ma’ruzasi 5 daqiqa davomida tinglaniladi.
Referat ochiq himoya qilingandan so’ng muhokama qilinib ballik tizimda baholanadi.
Baholashda mavzuni o’rganish darajasi, hisoblash natijalari, himoya qilishdagi ma’ruza hisobga olinadi. Referatni himoya qiluvi talabaga qo’yilgan baho o’qituvchi tomonidan e’lon qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |