Kurs ishining maqsadi. Narxning nazariyasi, mazmuni, mohiyati va narxning qanday, nechta turlari borligini, Turli xil bozorlarda narxning qanday shakllanishi kabi narsalarni yoritish.
Kurs ishining vazifasi. Narx nazariyasiga oid malumotlarni o’rganish, ko’rib chiqish, tahlil qilish va unga qoshimcha ma’lumotlar kiritish.
Kurs ishining obyekti va predmeti. Narx va narxni nazariyasi bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlar.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi. Kurs ishi kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ruyxatidan iborat. Kirish qismida kurs ishi maqsadi vazifasi,kurs ishi obyekti va predmeti,shuningdek bir qator ma’lumotlar keltirib o’tilgan. Asosiy qism 3 ta rejadan iborat va ularda narxning shakllanishi yoritib berilgan.
1. Narx nazariyalarining vujudga kelishi.
Naf, ne'mat, boylik, mulk huquqlari, foydalilik, iste'moliy talab, mulk, qiymat, narx, qimmat, ayirboshlash va ular bilan bog’liq boshqa tushunchalarning mazmuni qadimdan boshlab talqin qilinib kelinmoqda. Zero, bu tushunchalarning mazmuni dunyo tarixining har bir davridagi hayot tarzi va munosabatlarga mos ravishda talqin qilingan.
Hozirgacha saqlanib kelgan qadimgi tarixiy manbalarga ko'ra, yuqorida sanab o'tilgan tushunchalar mazmunining talqini qadimgi dunyo allomalari - masalan, Platon, Ksenofont, Aristotel va boshqalar - tomonidan berilganligi ma'lum. Bu allomalarning barchasi mazkur tushunchalarni sotsium nuqtai nazaridan o'zaro ziddiyatli kategoriyalar sifatida qarashgan. O'z navbatida, ushbu tarzda shakllangan qadimgi falsafiy qarash va tushunchalar keyinchalik mos ravishda o'rta asr Yevropadasi iqtisodiyot ilm-fanining turli yo'nalishlari va oqimlarini kelib chiqishiga turtki bo'lib xizmat qildi.
Bunda Aristotelnig tovar (mulk) ayirboshlanishida iste'mol talabini umumiy o'lcham deb va uni bajarilgan ishlar nisbati sifatida ayirboshlashning adolatli proportsiyasi me'zoni deb qabul qilish g’oyasini alohida ta'kidlash joiz. Zero, Aristotelning bu g’oyasi keyinchalik olimlarning turli guruhlari tomonidan ayirboshlash qiymati va narxi tabiatlarini bir-biriga zid bo'lgan mazmunlarda talqin qilinishiga olib keldi. Masalan, olimlarning bir guruhi (Buyuk Albert, Duns Skot, A.Smit, D.Rikardo, K.Marks, S.Yu.Vitte, M.I.Tugan-Baranovskiy, V.K.Dmitriev, A.K.Shtorh va b.) aynan adolatli ayirboshlash bajarilgan ishlar nisbatini ifodalaydi degan xulosaga kelganligi, tovar narxi kontseptsiyasining ishlab chiqarish xarajatlari nazariyasi va qiymatning mehnat nazariyasini shakllanishiga turtki bo'ldi.
Olimlarning boshqa bir guruhini (masalan, V asr ruhoniy-teologi Avgustin Blajenniy, XIII-XIV asrlardagi G’arbiy Yevropa katolik cherkovi sholastlari (ruhoniy-teolog va yuristlar), XVIII asr faylasuflari E.Kondilyak va I.Bentam, turli avlod iqtisodchilari F.Galiani - XVIII asr, G.Gossen - XIX asr, P.Samuelson - XX asr) Aristotelning tovar (mulk) ayirboshlanishida iste'mol talabini umumiy o'lcham degan g’oyasiga asoslangan asar(ish)lari ne'mat narxini uning foydaliligidan (qimmatliligi sifatida) ajratib chiqaruvchi turli nazariyalar vujudga kelishiga boshlang’ich turtki bo'ldi. Bunda XIII asr sholastlari adolatli narx to'g’risidagi bahslarda nafaqat Aristotel g’oyasiga tayanganlar, balki Rim huquqining ayirboshlash taraflari tuzadigan shartnomalari erkinligi g’oyasiga ham asoslanganlar. Natijada bir vaqtning o'zida ham iqtisodiy va ham etikaviy tushuncha bo'lgan va narx shakllanishining real amaliyotiga zid bo'lgan “adolatli narx” tushunchasi vujudga keldi. Masalan, bu borada XIII asrning mashxo’r sholastlaridan bo'lgan Foma Akvinskiyning, Sassoferratolik Bartoloning va S.Yu.Vittening asarlarini eslash mumkin. Zero, shaxsiy boylik iqtisodiy xarakterga ega bo'lmagan tasodifiy sabablar bo'yicha ham ortishi mumkin2.
Umuman olganda, yuqorida keltirilgan qadimgi alloma va o'rta asr olimlari asarlarining hech birida mulkka ekvivalent bo'lgan huquqiy va iqtisodiy fantomlar, adolatli ayirboshlash va adolatli narx asosida yotgan asl mazmun ochib berilmagan. Zero, bu asarlardagi ne'mat, boylik, naf, qiymat, narx, qimmat, manfaat, foydalilik kabi bir-biriga mazmunan zid tushunchalarga hamda ularni kelib chiqishiga oid qarashlarni keyinchalik iqtisodiyot fanining mumtoz yo'nalishlarining, jumladan, merkantilistlar, fiziokratlar va siyosiy iqtisodchilar, namoyondalari o'zlariga xos qarash va yondashuvlari asosida tanqidiy rivojlantirgan. Masalan, merkantilistlar mamlakat boyligining asosiy manbasi - bu qiymat va narxlarga asoslangan tashqi savdo deb hisoblashgan. Fiziokratlar (masalan, F.Kene) esa qimmat, qiymat va narx kategoriyalarini qo'llovchi qishloq xo'jaligini mamlakat boyligining manbasi deb aytishgan. Munosabatlar erkinligi printsipiga asoslangan siyosiy iqtisod fanining mumtoz maktablari merkantilizm nazariyasi qarshi U.Petti tomonidan quyidagi farazni ilgari surdi: “ne'matning qimmati uni ishlab chiqarilishiga sarflangan mehnat va renta miqdori bilan belgilanadi”.3 Bunda U.Petti renta sarflangan xarajatlar miqdoridan ortiqcha mahsul deb aytgan. Bunda U.Petti pul esa ne'matning bozor muomalasini tezlashtiradi va osonlashtiradi, lekin mamlakat boyligi faqat pul bilan belgilanmaydi, uning ortiqchaligi va kamligi milliy boylikka zarar keltiradi degan.
Tahminan U.Petti bilan bir vaqtda P’er L. de Buagil’ber (1646-1714 yy.) bozorning muvozanatlashgan narhlariga ijtimoiy ishlab chiqarishning aniq proportsiyalari mos kelishi qonuniyatini topganligi R.Kantil’on tomonidan bozor narhi nazariyasidan farqli bo'lgan ne'matlarning “ichki qimmati” nazariyasiga asos soldi. Bu nazariyada iqtisodiyotning asosiy ustuni bo'lib, iste'molchi talabini qondirishga yo'naltirilgan ishlab chiqarish hisoblanadi. R.Kantil’on, bu ustunga tayanib, tovarning talab va taklif asosida tartiblantiriluvchi bozor narxini shu tovarning bozordagi kon'yunkturasiga bog’liq bo'lmagan xarakteristikasi bo'lgan “ichki qimmatidan” ajratdi. Zero, R.Kantil’on tovarning “ichki qimmatini”, U.Pettidan keyin, ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan er va mehnatga ketadigan xarajatlarga bog’ladi. U.Pettidan farqli, u “yerning qimmatliligi nazariyasini” rivojlantirdi. Lekin R.Kantil’on ham ne'matning “ichki qimmatining” manbasi borasidagi savolga javob bera olmadi.
Bunda aytish lozimki, o'rta asrdagi qimmat tushunchasi hozirgi zamondagi qimmat tushunchasidan mazmunan farq qiladi. Zero, aynan eski tushuncha asosida XIX asr oxirida rus tilidagi qiymat tushunchasi kelib chiqqan.
Iqtisodiy fanda tovar qiymatining negizini nima tashkil qiladi degan savolga javob berishda ikki xil yo‘nalish mavjud bo‘lib, ular o‘rtasida doimiy munozaralar bo‘lib kelgan.
Qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlari qarashicha, tovarlarni ayriboshlash ularningqiymati asosida amalga oshiriladi. Qiymatningmiqdori esa, ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari bilan, ya’ni ijtimoiy zaruriy ish vaqti bilan o‘lchanadi.
Ijtimoiy zaruriy ish vaqti ishlab chiqarishning mavjud ijtimoiy normal sharoitida va shu jamiyatda mehnat mahorati va jadalliginingo‘rtacha darajasida naflilikka ega bo‘lgan biron tovarni tayyorlash uchun talab qilinadigan ish vaqtidir.
Ijtimoiy normal ishlab chiqarish sharoiti muayyan turdagi tovarlarning aksariyat qismi yaratiladigan sharoitdir. Bu odatda o‘rtacha sharoit, faqat shu sharoitda o‘rtacha mahoratga ega bo‘lgan va o‘rtacha jadallik bilan ishlaydigan ishlab chiqaruvchi bir soatlik mehnati mobaynida bir ijtimoiy normal sharoitga mos qiymat vujudga keltiradi. Xodimning mahorati va mehnatining jadalligi jamiyatda qaror topgan o‘rtacha darajadan yuqori yoki pastroq bo‘lsa, bu holda bir soatlik mehnat mobaynida yaratgan qiymat tegishlicha ko‘p yoki kam bo‘ladi.
Qiymatning mehnat nazariyasiga ko‘ra ijtimoiy zarur ish vaqti o‘ziga xos ijtimoiy mehnat me’yori rolini o‘ynaydi. Bu me’yor bozorda aniqlanadi va tovar ishlab chiqaruvchilar unga amal qilishlari zarur. Кeragidan ortiqcha mehnat sarflari jamiyat tomonidan e’tirof etilmaydi. Bozorda muayyan turdagi tovarlarning asosiy massasini ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lganidan amaldagi ortiqcha mehnat sarflariga hech kim haq to‘lamaydi4.
Tovar qiymatida oddiy mehnat ifodalanadi. Oddiy mehnat deganda, maxsus tayyorgarlik talab qilmaydigan mehnat tushuniladi. U shunday boshlang‘ich negizki, boshqa mehnat turlari malakasi jihatidan unga tenglashtiriladi. Binobarin, murakkab mehnat darajasiga ko‘tarilgan yoki ko‘paytirilgan oddiy mehnat sifatida namoyon bo‘ladi. Murakkab mehnatni oddiy mehnatga tenglashtirish bozorda individual sarflarni ijtimoiy zarur sarflariga tenglashtirish bilan birga sodir bo‘ladi.
Qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlari – tovar xo‘jaligi sharoitida ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi aloqalarni tartibga soluvchi, obyektivqiymat qonunini mavjud bo‘lishini tan oladi. Ular fikriga ko‘ra, bu qonunga binoan tovar ishlab chiqarish va ayriboshlash ularningqiymati asosida amalga oshiriladi.
Qiymat qonuni tovar ishlab chiqaruvchilarni ularning individual mehnat sarflari bilan ijtimoiy zarur mehnat sarflari o‘rtasidagi farqqa bog‘liqholda tabaqalashtiradi, sarflarni kamaytirgan ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantiradi va iqtisodiy resurslar hamda ishchi kuchining tarmoqlar va sohalar bo‘yicha taqsimlanishini tartibga solib turadi. Masalan, eng yuqori mehnat unumdorligiga erishgan ishlab chiqaruvchilar o‘z tovarlarini ijtimoiy zarur sarflaridan kamroq, lekin ayrim individual sarflaridan yuqori narxlarga sotishlari va yuqori foyda olishlari mumkin.
Qiymat qonuni muhim iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarni bajaradi. Bular: tovar ishlab chiqaruvchilarni tartibga solish; mehnat unumdorligi o‘sishini rag‘batlantirish; ishlab chiqaruvchilarni ijtimoiy - iqtisodiy jihatdan tabaqalashtirish.
Qiymat qonunining tartibga solib turuvchi vazifasi raqobat kurashi natijasida bozor narxlarining stixiyali ravishda tebranib, ularning ijtimoiy qiymatdan farqqilib turishidan iborat. Tovar narxining ijtimoiy qiymatidan chetga chiqish shart-sharoitlari quyidagilardan iborat deb hisoblanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |