3. Narx siyosati va uning O’zbеkistonda amalga oshirilish xususiyatlari.
Har qanday mulkiy huquq obyektining qiymatini baholash va narxini shakllantirish bilan bog’liq munosabatlarda qo'llaniladigan definitsiyalar va nazariy qarashlar O'zbekiston uchun nisbatan yangi bo'lgani uchun ularning jahon amaliyotidagi mazmun-mohiyatini tahlil qilish asosida ularni O'zbekiston sharoitiga mos ravishda shakllantirish vazifasi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu vazifa nafaqat O'zbekiston me'yoriy-huquqiy hujjatlarida o'z aksini topgan yoki kiritilishi kutilayotgan atama va tushunchalarga, balki baholash institutlari, mulkdor va bozor vositachilari tomonidan yaqin kelajakda keng qo'llanilishi mumkin bo'lgan maxsus terminologik apparatning zaruriy hajmdagi to'plamiga ham taaluqli. Chunki faqat bir-biridan farqli bo'lgan mulk qiymatini baholash va narxini shakllantirish faoliyatlari bo'yicha jahon tajribasidagi mavjud terminologiya va qarashlarni hamda bunda qiymat narx emasligini hisobga olib aniq tushunib olgan holdagina O'zbekistonlik olim va mutaxassislar ular uchun yangi bo'lgan bilim va konceptsiyalarni to'la o'zlashtirishi mumkin. Faqat qat'iy terminologiya va qarashlarga asoslangan qonun va standartlar chiqaruvchi organlar mulk qiymatini baholash va narxini shakllantirish mazmuni va faoliyatiga mos keladigan metodologiya, qonuniyatlar va hulq-atvor qoidalarini ifodalashga qodir bo'ladi.
Agarda qiymat va narxning o'zaro bog’liqligini hisobga olsak, narx qiymatning bozor munosabatlarida kon'yunkturaviy belgilanadigan pul birligidagi ifodasi deb qabul qilinishi mumkin. Bunda ta'kidlash zarurki, iqtisodiyot fanlari doirasida mulk qiymati va narxi tushunchalari o'zbek va rus (jumladan barcha horij) tillarida chop etilgan adabiyotlarda ma'lum darajada farqlansada, lekin xorijda ularning qo'llanilish o'hshash. Masalan, o'zbek tilidagi adabiyotlarda, narxva baho sinonim terminlar deb talqin qilinadi. Zero, rus tilidagi iqtisodiy adabiyotlarda esa chet ellardagidek (AQSH, Еvropa mamlakatlari, Yaponiya va h.k. mamlakatlar) qiymat (ruscha “stoimost”, inglizcha “cost”, “value”, “appraisal”, “assess”) va uning moliyaviy (puldagi, valyutadagi) bahosi (ya'ni hisoblanib topilgan baho - ruscha “otsenka”, inglizcha “estimation”, “valuation”, “mark”) hamda narx (ruscha “sena”, inglizcha “price”) turli tushuncha deb ta'kidlanadi. Rus tilidagi “sebestoimost” degan so'z esa o'zbek tiliga, negadir, “tannarx” deb tarjima qilingan. Fikrimizcha, aynan bunday tarjima O'zbekistonda qiymat, narx va baho tushunchalariga ma'lum darajada chalkashlik kiritmoqda. Shu munosabat bilan va jahon baholash amaliyotida qiymat narx emas deb qabul qilinganligini hisobga olib, fikrimizcha, “tannarx” so'zini rus tilidagi “sebestoimost” va ingliz tilidagi “cost”, “appraisal”, “assess”, “value” so'zlariga mos ravishda “mahsulot yoki mulkni sotib olish, yaratish, ishlab chiqarish xarajatlarini jamlab hisoblab topilgan qiymati” (qisqacha - “sarfqiymat” yoki jami sarf-xarajatlar sarhisobidan iborat qiymat mazmuniga monand “sarfqiymat”) deb yuritilsa maqsadga muvofiq.
Ushbu “sarfqiymat” degan so'z ikki qismdan - “sarf” (uning sinonimi bo'lgan “xarajat” yoki “sarf-xarajat” so'zi) va “qiymat” so'zlari birikmasidan - iborat bo'lib, fikrimizcha, mazmunan “tannarx” so'zining o'rnini bosishi mumkin. Zero “tannarx” terminidagi “tan” (yoki to'laroq shakli “tana”) so'zi (terminning birinchi o'zagi) o'zbek tilida, odatda, jonsiz mulkka (ya'ni jism, buyum, ko'mas, harakatlanuvchi (ko'char, harakatdagi), intellektual va shular kabi boshqa mulk turlariga) emas, balki jonli mulk (hayvonotga, jonli mavjudodga) va odamga nisbatan ishlatiladi. Shu bilan birga, “tannarx” terminining ikkinchi o'zagi - “narx” - esa yuqorida aytilganidek “qiymat” so'zi bilan mazmunan mos kelmaydi.
MBdagi narx MQBXBdagi qiymatga har doim ham teng bo'lavermaydi. chunki, MBdagi narx MQBXBdagi qiymat emas, lekin ular ekvivalent (o'xshash). Bunda mulk qiymati maxsus hisoblash yondashuv va usullari asosida malakali baholovchilar tomonidan hisoblab topiladi.
Mulk qiymati bahosi mulkning MBga dastlabki tarzda chiqarilishi chog’ida boshlang’ich bozor narxi sifatida qabul qilinishi mumkin. Lekin mulkning obyektiv bozor narxi unga bo'lgan real talab va taklif (bozor kon'yunkturasi) asosida bozor munosabatlari psixologiyasini hisobga olgan holda shakllanadi.
Bunda mulkning obyektiv bozor narxi bozorning obyektiv kon'yunkturasi o'zgarishiga qarab mulkning bozor qiymati bahosidan ortiq yoki past bo'lishi mumkin. Bozorda yuqori raqobat va effektivlilik darajasi fazasida esa narx qiymatga yaqin yoki teng ham bo'lishi mumkin.
Aytish joizki, mulk qiymati uni rentable darajada ishlab chiqarishga ketadigan sarf-xarajatlar summasidan tarkib topadi. Mulk narxi esa MBda uning kon'yunkturasi asosida shakllanadi. Umuman olganda, mulk qiymati uning narxiga va aksincha transformatsiyalanish hususiyatiga ega.
Bozor munosabatlari vositasi, kapital va tovar bo'lmish ma'lum sifat va miqdor, shakl va mazmun hamda zarurat darajasi va mohiyatga ega bo'lgan mulkning narxi va qiymati turlicha ifodalanishi mumkin.
Narx odatda sodir etilgan oldi-sotdi harakatini bildiradi va bozor sharoitini ifodalovchi muayyan holatlarda konkret taraflarning bozor kon'yunkturasi asosida o'zaro kelishib tuzgan bitimi (shartnomasi, kontrakti) qiymatini to'lashga tayyor bo'lgan pul summasini bildiradi.
Ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan barcha mamlakatlarda davlatning narx sohasidagi siyosati ko’p jihatdan narxlarni erkinlashtirish, milliy bozor narxlarini jahon bozori narxlariga yaqinlashtirishga qaratiladi.
Narxlarni erkinlashtirish – iqtisodiy islohotlarning eng asosiy yo’nalishlaridan biri bo’lib, islohotlarning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari ko’p jihatdan shu muammoning hal etilishiga bog’liq bo’ladi.
Narxlarni erkinlashtirish xomashyo bilan mahsulot ayrim turlarining narxlari, narx bilan aholi va korxonalar daromadlari o’rtasida mutanosiblikka erishishga qanday yondashilishi bilan farqlanadi. Shu yondashuvlarga asoslanib, narxlar quyidagi yo’llar bilan erkinlashtiriladi:
a) narxlarni birdaniga, yoki «esankiratadigan» tarzda qo’yib yuborish;
b) narxlarning o’sishini sun’iy ravishda to’xtatib qo’yish;
d) narxni davlat tomonidan boshqarish va nazorat qilishni ma’lum darajada saqlab qolish.
O’zbеkistonda iqtisodiyotni isloh qilishning o’ziga xos tamoyillari, mamlakatdagi vaziyat va aholining turmush darajasi hisobga olinib, narxlarni asta-sеkinlik bilan va bosqichma-bosqich erkinlashtirish yo’li tanlab olindi. Shu yo’l bilan narxlarni erkinlashtirishning dastlabki bosqichida (1992 yilning boshida) kеng doiradagi ishlab chiqarish-tеxnika vositasi bo’lgan mahsulotlar, ayrim turdagi xalq istе’moli mollari, bajarilgan ishlar va xizmatlarning erkin narxlari va tariflariga o’tildi. Aholini himoyalash maqsadida chеklangan doiradagi oziq-ovqat va sanoat tovarlari narxlarining chеgarasi bеlgilab qo’yildi, ayrim turdagi xizmatlarning eng yuqori tariflari joriy qilindi.
Narxlarni erkinlashtirishning kеyingi bosqichida (1993 yil) kеlishilgan ulgurji narxlarni davlat tomonidan tortibga solish to’xtatildi. Qat’iy bеlgilangan va davlat tomonidan tartibga solib turiladigan narxlarda sotiladigan tovarlar va ko’rsatiladigan xizmatlarning soni ancha qisqardi.
Narxlarni erkinlashtirishning navbatdagi bosqichida (1994 yil oktyabr-noyabr)11 xalq istе’mol mollari asosiy turlarining narxlari erkin qo’yib yuborildi, transport va kommunal xizmatlarning tariflari oshirildi. Shunday qilib, rеspublikada iqtisodiyotni isloh qilishning birinchi bosqichi narxlarni bosqichma-bosqich (uch bosqichda) to’liq erkinlashtirish bilan tugadi. Narxlarni erkinlashtirish aholini ishonchli iqtisodiy va ijtimoiy himoyalash tadbirlari bilan birga olib borildi. Davlat tomonidan turli kompеnsatsiyalar maqsadidagi jamg’armalar tuzildi, ish haqi, pеnsiya va stipеndiyalarning eng kam miqdori muntazam suratda oshirib borildi, bolalar uchun nafaqalar joriy etildi. Aholining muhtoj qismiga yordam ko’rsatildi, imtiyozli soliq stavkalari joriy etildi. Aynan samarali va oqilona narx siyosati vositasida mamlakatimizda birlamchi ehtiyojga ega bo’lgan tovarlarni ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. Bu esa, birinchidan, aholining mazkur tovarlarga bo’lgan ehtiyojlarini milliy ishlab chiqarish tomonidan to’la va sifatli ta’minlash imkonini bеrdi. Ikinchidan esa, oziq-ovqat va boshqa stratеgik ahamiyatga ega bo’lgan tovarlarning o’zimizda yetarli hajmda ishlab chiqarish imkoniyatining qo’lga kiritilishi, rеspublikamizning boshqa mamlakatlardan qaramligini bartaraf etib, iqtisodiy xavfsizlikni ta’minladi. Bu borada, birinchi Prеzidеntimiz I.Karimovning quyidagi so’zlarini kеltirib o’tish o’rinlidir: «Barchamizga bir holat yaxshi ma’lum, dеb o’ylayman. Kеyingi vaqtda qo’shni mamlakatlarda va jahon bozorida oziq-ovqat mahsulotlari narxining kеskin ko’tarilib borayotgani kuzatilmoqda. Bunday vaziyatda rеspublikamiz ichki bozorining, aholimizning oziq-ovqat mahsulotlari bilan ishonchli ta’minlanishi alohida ahamiyat kasb etadi. Shu munosabat bilan bizning 90-yillardanoq g’alla mustaqilligiga erishish, aholining un va nonga, boshqa hayotiy muhim oziq-ovqat mahsulotlariga bulgan talabini to’la ta’minlash vazifasini o’z oldimizga qo’yganimiz va uni muvaffaqiyatli hal etganimiz uzoqni o’ylab qilingan oqilona ish bo’lganini eslash o’rinlidir.
Bugungi kunda O’zbеkiston bug’doy, un, paxta yog’i, mеva-sabzavot, quruq mеvalar va uzum, poliz mahsulotlari kabi o’ta zarur oziq-ovqat tovarlari bilan nafaqat o’z ichki ehtiyojlarini to’liq ta’minlamoqda, balki ularni yurtimizdan tashqariga ham eksport qilmoqda. Hozirgi paytda go’sht va sut mahsulotlari, guruch, kartoshka va boshqa muhim oziq-ovqat mollariga bo’lgan talabni o’zimizda ishlab chiqarilayotgan tovarlar hisobidan to’liq qoplanmoqda va bunday holatni o’zimizning ulkan yutug’imiz dеb hisoblaymiz»12.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligi hamda barqarorligini oshirishda narxning ahamiyati oshib bormoqda. Jumladan, O’zbеkistonda qat’iy tеjamkorlik tizimini rag’batlantirish orqali korxonalarning raqobatdoshligini oshirish ko’p jihatdan mahsulotlar tannarxini pasaytirishga bog’liqdir. Shunga ko’ra, «Inqirozga qarshi choralar dasturida 2009 yilda barcha turdagi energiya manbalari va kommunal xizmatlarning asosiy turlari bo’yicha narxlarning ko’tarilishini cheklash, ya’ni ularni 6-8 foizdan oshirmaslik mexanizmi ishlab chiqarilgan»13 bo’lib, mazkur choralar mahalliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardosh mahsulotlar yaratish va eksport qilish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Narxlarni erkinlashtirish-iqtisodiy islohotlarning eng asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lishini yuqorida aytib o’tdek,narxning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari ko‘p jihatdan muammoning hal etilishiga bog‘liq bo‘ladi. Narxlarni erkinlashtirish xomashyo bilan mahsulot ayrim turlarining narxlari, narx bilan aholi va korxonalar daromadlari o‘rtasida mutanosiblikka erishishga qanday yondashilishi bilan farqlanadi. Shuning uchun, bozor munosabatlariga o’tayotgan har bir davlat narxni erkinlashtirish kerak. Buning uchun davlat nima qilish kerak, degan savolga javob beradigan bolsam,hozir buni ko’rib chiqamiz:
Narxlarni birdaniga yoki esankiratadigan narxda qo’yib yuborish;
Narxlar o’sishini suniy ravishda to’xtatib qo’yish;
Narxlarni davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilishni ma’lum darajada saqlab qolish;
Narxlarni asta-sekinlik bilan va bosqichma-bosqich erkinlashtirish.
Hozirgi kunda respublikamizning barcha savdo nuqtalarida, bozorlarda, do’konlarda narxlar ham sotuvchilar, ham istemolchilar uchun ham maqul keladigan narxlarda ishlar amalga oshirilmoqda. Lekin ming afsuski shuni ham aytib o’tish mumkinki bugunki kunda monopol kompaniyalar tomonidan noqonuniy tarzda narxlarni ko’tarilganini ko’rish mumkin.Bu holatga hozirgi kunda respublikamizda faoliyat ko’rsatayotgan GM Uzbekistan kompaniyasini keltirish mumkin.Bu yerda mashinalarning narxlari haddan tashqari ko’tarilib ketganini ko’rishimiz mumkin.Bu holatga yana ko’gina misollar keltirishimiz mumkin.
Hozirgi kunlarda global muammoga aylanib bo’lgan koronavirus deb nomlanadigan virus butun davlatning iqtisodiga ta’sir qildi .Bu holat Uzbekistonni ham chetlab o’tmadi. Pandemiya hududimizga kirib kelganidan kelgandan keyin bozorlarda mahsulotlar narxlari kundan-kunga ko’tarilib ketgan holatlar bo’ldi.Garchi narxlarning ko’tarilishini oldini olish davlat tomonidan nazorat qilingan bo’lsa ham , ba’zi bir tadbirkorlik narxlarni asossiz ko’tarib olishdi.
Dunyo bo’yicha misol keltiradigan bo’lsam AQSH ning WTI nefti narxi dahshatli tushish qayd etib,-40(minus) dollargacha tushib ketdi.Yani sizga AQSH korxonalaridan olib ketgan har bir barrel neft uchun 40 dollargacha pul berishlari mumkin.Misol uchun, siz 1 million barrel neft olib ketsangiz,sizga 40 million dollar pul berishlari mumkin.O’z vaqtida 147 dollargacha ko’tarilib ketgan neft qanday qilib bu qadar qadrsizlanib ketdi. Abatta bunga koronavirus sababchi va boshqa sabablar mavjud.
O’zbekistonda iqtisodiyotni isloh qilishning o’ziga xos tamoyillari, mamlakatdagi iqtisodiy vaziyat va aholining turmish darajasi hisobga olinib, narxlarni bosqichma-bosqich ekinlashtirish yo’li tanlab olindi.
Xulosa
Xulosa qiladigan bo’lsak, O‘zbekiston so‘ngi yillarda ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan taraqqiy etayotgan va raqobatbardosh mamlakatga aylanmoqda. Zero, raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirmasdan, mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqorolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida ko‘zda tutilgan maqsadli vazifalarni amalga oshirmasdan turib, kelajakda iqtisodiyotimizni rivojlangan demokratik mamlakatlar darajasiga olib chiqib bo‘lmasligi davlatimiz rahbari tomonidan asoslab berilgan edi. Bozor iqtisodiyoti har bir kishidan qanday kasb egasi bo‘lmasin iqtisodiy mushohada yuritish va shu asosda xulosa chiqarishni o‘rganishni talab qiladi. Bo‘lg‘usi iqtisodchilardan esa iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy hodisa va jarayonlarni tahlil qilish bilan birga, iqtisodiyotning barqaror o‘sishini ta’minlash, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, iste’molchi sifatida tanlovning eng optimal variantlarini amalda ro‘yobga chiqarish bo‘yicha o‘zining mustaqil qarashlariga ega bo‘lish, hamda o‘z sohasidan ilmiy tadqiqot yo‘llarini amalga oshirishga layoqatli bo‘lishi talab qilinadi. Biz iqtisodni o’rganar ekanmiz albatta unga oid tirmenlar, atamalar albatta o’rganish kerak.
Bozorsiz, bozorda yuz beradigan oldi-sotdisiz narx haqida bir nima deyish qiyin. Faqat bozordagina narx o’rnatilishi mumkin. Xozirgi zamon iqtisodiy nazariyasida iqtisodchilar tomonidan eng ko’p qo’llab-quvvatlangan neoklassik nazariya Marshallning baho kontseptsiyasidir. U qiymatni inkor qilib, faqat almashuv qiymati, ya’ni baho mavjudligini tan oladi. U bahoning shakllanishida me’yoriy naflilik, ishlab chiqarish xarajatlari, talab va taklif kontseptsiyalarini birlashtirib, yagona kontseptsiya tarzida ilgari suradi: qisqa muddatli muvozanatda narxga naflilik ko’proq ta’sir ko’rsatsa, uzoq muddatli davrda ishlab chiqarish xarajatlari muhim rol o’ynashini ko’rsatib beradi. Xar ikkisini solishtirib ko’rib, narxni ta’riflashga bozor mexanizmi nuqtai nazaridan yondashuv nisbatan universal hamda amaliy ekanligiga ishonch hosil qilish mumkin. Narx va uning o’sish darajasiga qarab nainki bozordagi vaziyatga, kon’yunkturaga, balki mamlakatdagi iqtisodiy holatga ham baho berish mumkin.
Biz bu kurs ishi davomi narx nima, uning mazmun mohiyati, u haqida turli xil nazariyalar, narxning turlari, narx indeksi, narx deapozoni, Raqobatning turli shakllari sharoitida narxning shakllanish xususiyatlari,narx siyosati haqida ma’lumotlar bilan tanishib chiqdik. Bu ma’lumotlar bilan tanishib chiqib shuni xulosa qilish mumkinki,qadimda ham ya’ni o’sha klassik yondashuv,neoklassik yondashuv, hozirgi zamon neoklassik yondashuvlarni ta’kidlanganidek davlat uchun narx juda muhim ahamiyat kasb etadi.
Kurs ishining ilmiy yo‘nalishi O‘zbekistonda narx tizimi va munosabatlarini takomillashtirish orqali iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish bo‘lib, uning maqsadi mamlakatimizda narxni shakllantirish borasidagi muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Kurs ishidan kutilayotgan ilmiy-amaliy natija narx va narxga asoslangan korxonalar tushunchalariga nazariy jihatdan aniqlik kiritish, qonunlarimizga muvofiq ravishda iqtisodiyotda narxning ustuvorligini amalda ta‘minlash. Uni qo‘llab-quvvatlash va daxlsizligini kafolatlash orqali xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, biznes yuritish, iqtisodiyotimizga mahalliy va xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish uchun zarur sharoit va qulay muhit yaratish imkoniyatlari tahlil etilib, ijtimoiy sohani rivojlantirish, ish joylarini shakllantirish va aholi bandligi, uy-joylar qurish va aholi punktlarini obodonlashtirish, ta‘limtarbiya jarayonlari va sog‘liqni saqlash tizimini yanada isloh etish va takomillashtirishga yo‘naltirish chora tadbirlarini ishlab chiqish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |