Badiiy so’z qudrati


IV. Qizining boshiga tushgan kulfatni eshitib, Navdarshohning



Download 0,84 Mb.
bet69/80
Sana12.01.2017
Hajmi0,84 Mb.
#401
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   80
IV. Qizining boshiga tushgan kulfatni eshitib, Navdarshohning

shoh Nu'monga maktub yo’llagani hamda ikki shohning

Jobir tomon qo'shin tortgani bayonida

Andakim Mehrni qilib noshod,

Qavm-u xaylini ayladi ozod.

Ul ulus jondin ayru el yanglig',

Sayr etib suv yuzida yel yanglig'.

Kunduz-u kecha po'ya ettilar,

Toki kishvarlarig'a yettilar.

Nilufargun libos etib bori,

Qildilar borcha motam izhori.

Shoh xud Mehr ishtiyoqidin,

Bal jigargo'shasi firoqidin.

Ham bu rang aylab erdi xil'atni,

Xayli dog'i bu rang kisvatni.

Chun bular dog'i keldi motam ila,

Bahri anduhu lujjayi g'am ila.

Shohkim, bag'rig'a tegib edi tish,

Ayladi Mehr holini taftish.

1 Bedil - qayg'uli, hasratli, oshiq. 2 G'ofil - xabarsiz. 3 Qavmu xayl - yaqinlar, atrofidagilar. 4 Po’ya - tez yurish. 5 Kisvat - ust-bosh. 6 Lujjayi g'am - g'am girdobi. 7 Tegib edi tish - yaralandi. 8 Taftish - tekshirmoq, so'ramoq.

Bo'ldi ketgan azo yana toza,

Qolmadi dard-u g'amga andoza.

Qildilar ulcha bor edi taqrir,

Ki, ne kelturdi olig'a taqdir.

Yana anduh ila fig'on qildi,

Yana anduhi qasdi jon qildi.

Tiyra bo'ldi jahon anga holi,

Go'yiyo botti mehri iqboli.

Dedi o'ziga yig'lab achig'-achig',

Ki: «Achig' yig'lamoq manga ne asig'.

Tig' ila bag'rim aylasam pora,

Chun jigargo'sham yitti, ne chora?

Chora topmoq kerak mufid emdi,

Yo'q g'amu noladin umid emdi».

Olib ilgiga sahfayu xoma,

Qissa sharhini yozdi bir noma.

Har ne ish bo'lg'onin bayon etti,

Shoh Nu'mon sori ravon etti.

Yozib ul noma ichra pinhoniy,

Kim: «Bu bo'lmish qazoyi Yazdoniy,

Lek haqkim g'am-u balo bermish,

Dard bermish vale davo bermish.

Chora bu ishga intiqom durur,

Yo'qsa bo'lmoq tirik harom durur,

Mehr agar erdi jonima payvand,

Sanga dog'i bo'lub edi farzand.

Bo'lsa ul dushman ilgida mahbus,

Manga nomus erur, sanga nomus.

Mundin o'zga bu ishga yo'q tadbir,

Ki, ikkimiz cherik yig'ib bir-bir.

1 Toza - yangi. 2 Andoza - o'lchov. 3 Taqrir - aytish, bildirish, bayon etish. 4 Asig' - foyda. 5 Mufid - foydali. 6 Sahifayu xoma - qog'oz va yozg'ich. 7 Ravon etti - yubordi, jo'natdi. 8 Qazoyi Yazdoniy - Tangri buyurgani, Yaratgan irodasi. 9 Cherik - qo'shin, lashkar.

Senga mulkungda bo'lmoq o'lsa mayl,

Lek farzandi arjumand Suhayl

Kim, erur pil zo'r-u shershukuh,

Panjasidin kelib bu ikki sutuh.

Bal haqiqat aro aningdur Mehr

Ki, bu mansuba zohir etti sipehr.

Boshlabon ul cherikni sohil ila,

Suv yaqosidagi manozil ila.

Aylabon razmu kiyna izhori,

Kelsa Jobir jazoyiri sori.

Men dag'i tab'i kiynaxohimni,

Sa'y aylab yig'ib sipohimni.

Yaroq aylab ko'ngul farog'i bila,

Ulcha mumkin cherik yarog'i bila,

Beribon kemalar aro orom,

Yel kibi aylasak, suv uzra xirom.

Men sudin aylasam azimat jazm,

Ul qurug'luq soridin aylab azm.

O'yla tarix aylasak miod,

Ki, qachonkim bo'lur bu ish bunyod.

Necha kundin so'ng o'lg'ay imkoni,

Qobsamoq bu iki cherik oni.

Ham o'shul nav'kim muqarrar o'lur,

Say' qilsoq, bu ish muyassar o'lur.

Ki, chekilgay bu intiqom oxir,

Ro'zi o'lg'ay bu nav kom oxir.

Ul zuhalvash jazog'a xos o'lg'ay,

Mehr ham uqdadin xalos o'lg'ay.

Gar bu yanglig' emasdurur sanga kom

Oni ham botroq aylag'il e'lom.

1 Sutuh - sathlar, tekisliklar. Bu yerda ikki kuch ma'nosida. 2 Mansuba - tadbir, chora. Kiynaxoh - alamzadalik, o'ch olish istagi. 4 Sa’y - g'ayrat, harakat. 5 Qobsamoq - o'rab olmoq, qo'rg'amoq. 6 Chekilgay - amalga oshirilgay, qilingay, olingay. 7 Zuhalvash - Zuhalga o'xshagan. Zuhal, ya'ni Saturn sayyorasi yomonlik timsoli bo'lgan. Bu yerda Jobirga nisbat berilmoqda. 8 Uqda - bandilik, tutqun.9 E'lom - bildirmoq.

Ki, chu ish tushsa boshima yolg'uz,

O'zga yanglig' topay salohig'a yuz.

Shoh Nu'mon o'qug'och ul noma,

Bildikim, bo'lmish o'zga hangoma.

Yig'labon bo'ldi asru ko'p g'amnok,

Bu sitamdinki ayladi aflok,

Oni ham bildi shohi ozoda

Kim, musofar chu bo'ldi shahzoda.

Maqsadi sori yetmagan ermish,

Kema ul sori ketmagan ermish.

Ikki muhlik ajab g'am o'ldi anga,

Motam ustiga motam o'ldi anga.

Bilmadikim ne ish ekin hodis,

Kim bu ishga bo'lub ekin bois.

Kim aningdek Suhayl-u sayyora

Charx zulmidin o'lg'ay ovora?

O'ylakim bo'lmag'ay asar andin,

Demagay hech kim xabar andin.

Ko'p qilib fikr topti ra'yi savob,

O'qug'on nomag'a bitiydi javob

Kim: «Hamul nomakim bitilmish edi,

Mehr holin bayon qililmish edi.

Ul alam garchi soldi boshima dud,

Bildim o'rtanmagimda yo'qtur sud.

Sabt edikim, yururga qilsang mayl,

Yaxshi, yo'qsa chekib sipoh Suhayl.

Azm aylab cherik yarog'i bila,

Yurusun bahrning qirog'i bila.

Nukta qilma Suhayldin iblog',

Qo'ymag'il dog'im ustiga yana dog'.

1 Salah - chora. yaxshilanish. 2 Yuz topish - kirishish. 3 Asru - juda, g'oyat. 4 Aflok ­falaklar. 5 Shohi ozoda - tagi toza shoh, aslzoda shoh. 6 Musofar - safarga chiqqan, sayohatchi. 7 Muhlik - halok qiluvchi. 8 Misraning mazmuni: Nima ishlar sodir bo'lganini bilmadi. 9 Ra’yi savob - to'g'ri fikr, savobli mayl. 10 Dud - tutun. 11 Sabt - yozish. 12 Nukta qilma - ta'riflama, gapirma. 13 Iblog' - yetkazish, aytish.

Degil avval muniki, qoni Suhayl?

Qoni ulkim, der erduk oni Suhayl?

Kim, Suhayl etgali sizing sori azm

Olti oydur hisob etib biz jazm.

Kech kelur fikridin eduk g'amnok,

Etmagan anda, bizni etti halok.

Sen qurug'luq bila sipah cheksang,

Charx uza avji borgah cheksang.

Men bo'lub kema ichra bahr xirom,

Sipahim birla tutmasam orom.

Topqamen shoyad ushbu savdoda

Gavharimdin nishona daryoda.

Topsam-u topmasam sening sori

Aylagumdir tavajjuh izhori.

Ki, nechukkim kerak qilib ko'shish,

Haq taolodin istabon baxshish.

Ul haromig'a tig'i kin sursak,

Keragidek jazog'a tegursak,

Emdi mav'id falon kun o'ldi yaqin,

Azm uchun soat ayladuk tay'in.

Sen dog'i ushbu so'zni aylab jazm,

Kerak etsang bu va'da birlan azm».

Emdikim yozdi nomag'a unvon,

Nomaning homilini qildi ravon.

Chunki qosid bitikni to yetkurdi,

Shoh Navdar qo'lig'a topshurdi.

Navdar ochtiyu soldi borig'a ko'z,

O'qudi anda har ne bor edi so'z.

Bo'ldi miod vaqtidin ogoh,

Ham o'shul vaqt birla yig'di sipoh.

1 Borgah - qo'nimjoy, qarorgoh. 2 Savdoda - mojaroda, ishda. 3 Tavajjuh - yuzlanish, ko'rinish. 4 Ko'shish - jahd qilish, intilish. 5 Baxshish - marhamat. 6 Mav'id - va'da. 7 Azm - kirishish, harakat. 8 Homil - eltuvchi. 9 Qosid - xabarchi, so'zlovchi. 10 Sitik - xat, yozilgan narsa.

Ul sari azm qilg'ali Nu'mon,

Ham muayyan bor erdi vaqt-u zamon.

Bo'ldilar ikki shoh musta'jil,

Biri daryo bila, biri sohil.

Necha kun aylabon masofat qat’,

Sohili bahr ichinda ofat qat'.

Bo'ldi paydo aduv bo'lur besha,

Tushti ikki tarafqa andesha.

1 Mustajil- shoshilish. 2 Masofat - masofa, yo'l. 3 Qat' - bosish, yurish.


Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish