Badiiy so’z qudrati



Download 0,84 Mb.
bet53/80
Sana12.01.2017
Hajmi0,84 Mb.
#401
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   80
JAHON OTIN UVAYSIY

(XVIII asrning 80-yillari - XIX asr o'rtalari)

Har bir shoir taxallusining o'z ma'nosi bor. Mumtoz adabiyotimizda shoirlar asosan muqaddas Islom dini ta'limotiga, payg'ambar Muham­mad alayhissalom o'gitlari hamda o'tmishdagi ulug' ajdodlarga ergashib yoki tug'ilgan yeriga nisbat berib o'ziga taxallus tanlaganlar. Taxallus bu shunchaki bir so'z yoki ismgina emas, balki adibning ijoddan ko'zlagan maqsadini, yo'lini belgilovchi timsol, ajdodlari, Vatani oldidagi mas'uliyatga ishora qiluvchi hikmatli so'zdir. Masalan, Navoiy - haq va haqiqat, adolat yo'lida navo qiluvchi, Buyuk Alisher Navoiyning ikkinchi taxallusi Foniy - o'tkinchi, ya'ni o'zining bu dunyoda vaqtinchalik mehmon ekanligini anglab, faqat ezgu ishlarni ko'zlovchi, Maxmur - ilohiy ishqdan mast bo'lgan darvesh va hokazo. Xo'sh, unda Uvaysiy taxallusining ma'nosi nima? O'tmishda Uvays Qaraniy ismli valiy zot o'tgan. Uning Muhammad alayhissalomga bo'lgan muhabbati shu kungacha insonlar orasida tillarda doston bo'lib kelmoqda. U payg'ambarimiz bilan bir zamonda, bir-birlaridan unchalik uzoq bo'lmagan joyda yashagan bo'lsalar-da, ularga ko'rishish nasib etmagan. Bu zot Muhammad alayhissalomga hali payg'ambarlik berilmay turib, uning qachon va qayerdan chiqishini bilmagan holda Rasulullohning kelishini intizorlik, ko'zda yosh bilan kutgan. O'zi hali ko'rmagan, daragini faqat ilohiy kitoblardan eshitgan payg'ambarga g'oyibona muhabbat qo'yadi. Muhammad alayhissalom ham o'ziga zamondosh sahobalari hamda ummatlari ichida ko'rmay turib, Uvays Qaraniy hazratlariga alohida ikrom va e'zoz bilan mehr qo'yganlar. Shundan Islom olamida payg'ambarimizning (garchi u zot o'tib ketgan bo'lsalar-da) g'oyibona nigohiga sazovor bo'lish ilinjida uvaysiylik yo'li paydo bo'lgan. Ehtimol, shoira Uvaysiy ham o'z taxallusini qaysidir bir buyuk zotga bo'lgan g'oyibona uvayslik munosabati tufayli tanlagandir. Mana, shoira Jahon Otin taxallusining ma'nosini ham deyarli bilib oldik. Endi uning hayot yo'li to'g'risida bir-ikki og'iz so'z. Shoira Marg'ilon shahrida ziyoli oilada dunyoga keldi. Otasi o'zbek va tojik tillarida she'rlar yozgan ijodkor, onasi ham fozila ayol bo'lgan. Hofiz unvoni bilan el ichida tanilgan akasi Oxunjon ashula aytar, musiqadan yaxshigina xabardor edi. Badiiy did yuqori bo'lgan ma'rifatli oilada voyaga yetgan Jahon Otin yoshligidan she'r mashq qildi va tez orada «Uvaysiy» taxallusi bilan shuhrat topdi. Shoiraning turmush o'rtog'i Hojixon erta vafot etib, qizi Quyoshxon, o'g'li Muhammadxonni tarbiyalab voyaga yetkazish yakka o'zining zimmasida qoladi. U maktabdorlik qiladi, ijod bilan shug'ullanadi. Farzandlari ham she'rlar yoz­gan. Uvaysiy hayoti va ijodiy faoliyatining bir qismi malika va shoira Nodirabegim hurmati va iltifoti tufayli xon saroyida kechadi. Bu yerdagi qizg'in ijod uchun kerakli adabiy muhit, farzandlarining yashashi va tarbiyasi uchun qulay sharoit shoiraning bir necha yillar osoyishta hayotini ta'minladi. 1822-yilda Amir Umarxon vafot etgach, Uvaysiy uchun ham tashvishli va qayg'uli kunlar boshlanadi. Otasining o'rniga taxt­ga o'tirgan Muhammad Alixon unga yaxshi munosabatda bo'lmadi. Boz ustiga o'g'li Muhammadxon ham sarbozga oli­nib, Qashqar uchun olib borilayotgan urushga jo'natildi. Oilaviy turmushi baxtsiz kechgan qizi Quyoshxon kasallanib, o'ttiz yoshida vafot etadi. Undan Bibi Xadicha ismli qizcha qoladi. Buxoro amiri Nasrullo 1842-yilda Qo'qonni bosib olib, Nodirabegimni, uning o'g'li va nabiralarigacha qatl ettiradi. Shundan so'ng Uvaysiy ona shahri Marg'ilonga qaytadi va taxminan 1850-yilda vafot etadi. Shoira ijodi uning kattagina bir devoniga jamlangan. U mumtoz adabiyotning g'azal, muxammas, musaddas, murabba', chiston hamda doston kabi janrlarida qalam tebratganini kuzatish mumkin. Shoira she'rlari asosan ishqiy mavzuda. Ularda o'zining yaratuvchisiga intiqlik bilan intilayotgan solik banda, Alloh yaratiqlarining eng afzali payg'ambar alayhissalomga oshiq ummat, haq yo’lida sobit ustozlarga muhabbatli shogird sifatida tuyg’ularini izhor etadi. Shuningdek, insonning insonga sevgisini tarannum etuvchi g'azallari ham talaygina. Uvaysiyning she'rlari ichida hasbi hol tarzida yozilganlari ham bor. Shoiraning «Uvaysiyman», «Dog' o'ldi, dog' o'ldi», «Sog'indim» kabi g'azallarini misol tariqasida keltirish mumkin. Ularda shoira hayotining ayrim lavhalari, taqdiri uchun muhim bo'lgan hayotiy holatlar bayon etilgan. Masalan, «Sog'indim» radifli g'azal o'g'li Muhammadxonning sarbozlikka yuborilishi munosabati bilan farzandidan judo onaning iztiroblari, sog'inchini aks ettiradi. Uvaysiy chistonnavis sifatida ham o'z mahoratini namoyon etgan. Ayniqsa, «Anor» chistoni yaratilgandan buyon she'riyat ixlosmandlari e'tiborini qozonib kelmoqda.


Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish