Badiiy so’z qudrati


USMON NOSIR SHE'RLARI HAQIDA



Download 0,84 Mb.
bet79/80
Sana12.01.2017
Hajmi0,84 Mb.
#401
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80
USMON NOSIR SHE'RLARI HAQIDA

Usmon Nosir she'riyati - asl tuyg'ular va porloq fikrlar ifodasi bo'lmish she'riyatdir. Shoir o'zi his qilmagan, diliga tug'yon solmagan narsalar haqida aslo qalam tebratmagan. Usmon Nosirning har bir she'ri - yurak faryodi. Shu bois she'rxonning yuragiga tez yetib boradi. Uning yuragini rom qiladi. «Yurak» she'rida samimiy inson qalbining haqiqiy tuyg'ulari mahorat bilan tasvir etilgan. <

- Tilim charchar, ajab, gohi

Seni tarjima qilmoqdan.

Serzavq yurak tuygan barcha sezimlarni til bilan ifodalash mushkul. Ta'sirchan shoir yuragi shunchalar ko'p voqealarga daxldorki, unga tarjimon bo'lgan til, albatta, charchaydi. Qaynoq yurak bilan yashash - qiyin, biroq zavqli. Bunday yurak egasi orom bilmaydi. U hamisha hayajonda bo'ladi. Hamisha harakat qilishga majbur. She'rning xotima qismi ayni shu holatni ifoda etadi. She'rda muhim ma'no tashiydigan so'zlar birikmasi, hatto bitta so'z ham alohida qatorga tizilib, misraga aylantiriladi. Natijada, ularni alohida urg'u bilan o'qish zaruriyati paydo bo'ladi. Shu tariqa she'r o'zgacha ohang kasb etadi. She'rning so'nggi bandi gursillab urib turgan yurak zarbiga uyg'un tarzda o'qiladi:

Itoat et!

Agar sendan

Vatan rozi emas bo'lsa,

Yoril, chaqmoqqa aylan sen,

Yoril! Mayli, tamom o’lsam!

Bu she'r o'quvchining tuyg'ularini hayajonga soladi. Hayajon kishini befarqlikdan xalos etadi. Kimnidir befarqlikdan qutqara bilgan she'r asl badiiyat namunasidir. Usmon Nosirning «Yana she'rimga» asari uning ijodiy qiyofasini belgilaydigan she'rlar sirasiga kiradi. Ushbu she'rni sinchiklab o'qigan she'rxon shoirning shu xildagi asarlarni yozib, adolatsiz zamon talablariga bo'yin egmay, yosh jonidan judo bo'lganining sababini anglaydi. She'rda chinakam asar ulkan dardning mahsuli ekanligi juda chiroyli va lo'nda ifo­dalanadi:

O’t bo'lurmish ishqi yo’q tanda?

Dardimsanki, she'rim, yaxshisan.

Usmon Nosirning fikricha, she'r ko'ngil ermagi emas. U «hayot shaxsi». She'rning o'z hayoti, o'z umri bor. O'z hayo­tiga ega she'rlar yaratish uchun shoir «saharda qon tupurish»ga ham rozi. «Nasimaga deganim» she'rida Usmon Nosir o'z maqsadini yuksak badiiy shaklda ta'sirchan bayon etadi. «Ko'p hali hayotda nasibam», - deb hisoblagan shoir o'zining oldida og'ir sinovlar turganligini sezadi. Shoirning xavotirli bashorati shunday ifoda etiladi:

Oldimda kutadir imtihon

­Men og'ir janglarda bo'larman.

Nasima! Bu kungi issiq qon,

O, balki to’kilur... o’larman...



Kurashlarga tashna, janglarga tayyor, o'limdan ham qayt­mas insonning otash qalbi tug'yonlari bu she'rda g'oyat ta'sirchan ifodalangan. Usmon Nosir Cho'lponni o'zining eng buyuk ustozi hisoblagan. Ularning she'rlarida anchagina ruhiy yaqinlik bo'lsa-da, tashqi o'xshashlik kuchli emas. Cho'lponning she'r­lari - ancha mayin. Eng bezovta tuyg'ular, eng qahrli noroziliklar ham sharqona mayinlik va o'zbekona musiqavorlik bilan she'rga solingan. Usmon Nosirda boshqa holatni kuzatish mumkin. U qaynoq tuyg'ularni, po'rtanali ruhiy holatlarni kishini hayajonga soladigan tarzda aks ettiradi. She'r bitayot­ganda o'zini hadeb jilovlayvermaydi. Uning she'rlari o'z mual­liflarining qanday odamligini ayon ko'rsatib turuvchi badiiy hujjatlardir.


Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish