«badiiy nutqni tahlil qilish usullari»



Download 308,36 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/60
Sana14.02.2022
Hajmi308,36 Kb.
#447588
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
Bog'liq
badiiy nutqni tahlil qilish usullari

XULOSA VA TAKLIFLAR
..………………………………………………........64 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
…………………………..66
 
 



KIRISH 
Mavzuning dolzarbligi.
Respublikamizda bugungi kunda xalqimiz ijtimoiy-
siyosiy hayotining hamma jabhalarida erishilayotgan yutuqlar, jahonning eng 
rivojlangan davlatlari bilan siyosiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-texnik 
sohalardagi aloqalarda erishilayotgan muvaffaqiyatlar bevosita yurtimizning o’z 
mustaqilligini qo’lga kiritganligi bilan bog’liqdir. O’zbekiston Respublikasi 
Prezidenti I.A.Karimov xalqimizning asrlar davomida ardoqlab kelingan buyuk 
boyligi hisoblangan ma’naviyatning asl mohiyati va uning ijtimoiy-siyosiy 
hayotimizdagi o’rni va ahamiyatini yoritib berishga bag’ishlangan “Yuksak 
ma’naviyat - yengilmas kuch” asarida ona tilimizning mamlakatimiz ichki va 
tashqi hayotidagi o’rni va rivojlanishiga, uning vazifaviy-uslubiy imkoniyatlarini 
yanada kengaytirish lozimligiga alohida e’tibor qaratgan. Haqiqatdan ham, 
yurtboshimiz ta’kidlaganidek, “biz ajdodlardan avlodlarga o’tib kelayotgan bebaho 
boylikning vorislari sifatida ona tilimizni asrab-avaylashimiz, uni boyitish, 
nufuzini yanada oshirish ustida doimiy ishlashimiz zarur”. [1; 87-bet] 
Darhaqiqat, ma’naviyatimizning asosi bo’lgan adabiy tilimizni yanada 
rivojlantirish, xalqimizning asrlar davomida shakllangan milliy-ma’naviy 
qadriyatlarini tiklash, ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan ma’naviy merosni 
o’rganish, mustaqillik mafkurasini badiiy ijod sohasida, ta’lim jarayonida 
yoshlarimiz ongiga singdirish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan 
hisoblanadi. 
Umuman olganda, tadqiqot ishimizning obyekti hisoblangan badiiy nutq 
masalasiga doir adabiyotlarni ko’zdan kechirganda, o’zbek tilida bu borada 
mukammal ma’lumot berilgan biror-bir adabiyotni topish qiyinchilik tug’diradi. 
Badiiy adabiyot va uning uslublariga bag’ishlangan adabiyotlarda ma’lum bir 
sahifalarida badiiy nutq haqidagi fikrlarni uchratishimiz mumkin. Ammo badiiy 
nutqni tahlil qilish usullari bo’yicha hech bir adabiyot mavjud emas. Shu sababli 
ushbu mavzuning dolzarbligi sababli, rus va ingliz adabiyotlaridan foydalanib, shu 
mavzuni o’zbek tilida yoritib berishni o’z oldimizga maqsad qilib oldik. 



Shuningdek, badiiy nutqning shakl va janrlari turli adabiyotlarda turlicha 
tavsiflanadi. Ularni farqlay olish esa mavzuning dolzarbligidan dalolat beradi. Shu 
sababli ularni 
bir necha adabiyotlardagi ma’lumotlardan foydalanib, 
umumlashtirish usuli bilan bir qolipga solish ham bu ishimizning yutuqlaridan biri 
sanaladi. 
Tilning o’z funksional-semantik imkoniyatlarini, turli ma’no nozikliklarini 
namoyon etishda badiiy ijod ahlining, xususan, shoir va yozuvchilarning xizmatlari 
beqiyosdir. Shu bois alohida olingan ijodkorlar individual uslubi, asarlarida 
qo’llangan badiiy nutqning tahlili va usullarini o’rganish ularning adabiy tilimiz 
rivojiga qo’shgan hissalarini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Atoqli olmon olimi Vilgelm fon Gumboldtning “Yer yuzidagi tillarning 
xilma-xilligi faqat tovushlarning har xilligi emas, balki har bir millatdagi dunyoni 
ko’rishning farqliligi natijasidir”, degan gapida juda katta haqiqat mavjud. 
Jahon nazm va nasriga katta hissa qo’shgan, 1986-yilgi Xalqaro Nobel 
mukofoti sovrindori, Afrika xalqlarining sevimli shoiri, yozuvchi va dramaturgi 
Vole Shoyinka hisoblanadi. Vole Shoyinkaning turli mavzularda yaratilgan 
she’rlarida badiiy nutq va tilning yashirin imkoniyatlari, nutq birliklarining o’ziga 
xos nozik ma’nolar ifodalashda xususiyatlari, jozibasi, bo’yoqdorligi, ifodaliligi, 
emotsional-ekspressivligi turli vositalar yordamida namoyon bo’ladi. Vole 
Shoyinka ijodida betakror tasvirlarni yuzaga keltiruvchi hamda she’riyati tilining 
badiiyatini ta’minlovchi stilistik vositalardan o’rinli foydalanganligi uning so’z 
qo’llashda yuksak mahorat sohibi ekanligidan dalolat beradi. Jahon adabiyotida 
alohida ijodkorlar she’r va asarlarida badiiy nutq jihatdan o’rganishga 
bag’ishlangan ayrim ishlar mavjud bo’lsa-da, Vole Shoyinkaning she’riy asarlari 
haligacha maxsus o’rganilmagan. Shuningdek, badiiy nutqning asosiy xususiyatlari 
haqida ham o’zbek tilimizda yetarlicha ma’lumotlar yo’q. Bu esa tanlangan 
mavzuning dolzarbligini belgilaydi.

Download 308,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish