okzyumoron (qarshilantirish)
nomini olgan.
(quvonchli a’lam, nafratli sevgi (I.B.Golub ijodidan))
O’xshatish
- bir predmet xususiyatining boshqa predmetga taqqoslash orqali
beriluvchi ma’no ko’chishining bir turi. O’xshatish - bu predmetlarni aniq ko’rinib
turgan yoki kutilmagan o’xshashligi jihatidan taqqoslashdan iborat ma’no
ko’chishidir. Odatda o’xshatish “go’yoki”, “xuddi”, “naq” kabi so’zlar orqali
ifodalanadi.
Jonlantirish
- metaforaning bir ko’rinishi bo’lib, jonsiz tabiat xususiyatiga
jonli mazmun berishdir. Ba’zan jonlantirish tabiat hodisalariga, shu jumladan, jonli
va ongli mavjudotga murojaat orqali yaratiladi. Odamlar xususiyatining
hayvonlarga ko’chishini ham jonlantirish deb atashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |