33
prinsiplari faol tarzda ta’sir qilib kelgan. Aristotel ritorikani “har bir predmetga
nisbatan mumkin bo’lgan ishontirish usulini topish” qobiliyati sifatida belgilab
o’tadi. Dastlab (Qadimgi Yunonistonda) ritorika (notiqlik) - notiq tomonidan
qo’llangan gapga chechanlik, qoidalar majmui nazariyasi hisoblangan. Keyinchalik
(o’rta asrlarda) notiqlik qonun-qoidasi diniy va’z va maktublar yozishda,
shuningdek, badiiy she’riyatda ham keng tarqalgan. Bu soha bilimlarining
vazifasi
“ma’lum bir janrlar matnini yaratish san’atini o’rganish”dan iborat bo’lgan. Bu
ilmning predmeti – “foydali muloqot shartlari va shakllari”.
Ritorika adabiyot uchun boy ozuqa berdi. Bir necha asrlar mobaynida
nutqning shakllanishi (asosan epopeya, tragediya, qasida kabi yuqori janrlar
doirasida) xalq, notiqlik nutqi, ritorikaning tobe tavsiyalari va qoidalariga o’z
maqsadini qaratgan. Bejizdan “romantikkacha” bo’lgan davr (antik davrdan
klassisizmgacha bo’lgan davr) ritorik madaniyatning pallasi sifatida
xarakterlanmaydi.
Romantizm davriga kelib (va undan keyin) adabiyot
uchun ritorika va uning
ahamiyati ishonchsizlik va shubha uyg’ota boshlaydi. V.G.Belinskiy 1840-
yillarning ikkinchi yarmida maqolalaridan birida yozishicha, yozuvchilar
ijodiyotida ritorik omil tabiiylikning zamonaviyligi uchun tirishqoqlik bilan
qarama-qarshi turdi. Ritorika ostida u “voqelikning ixtiyoriy yoki noixtiyoriy
maktubosi, hayotning soxta ideallashtirilishi”ni nazarda tutgan. O’sha vaqtlarga
kelib adabiyotda sezilarli darajada o’zining ilgarigi notiqlik san’ati bilan bo’gliq
bo’lgan aloqalari zaiflashadi (to’liq yo’qolmagan bo’lsa-da)
Yu.M.Lotmanning fikriga qaraganda XVII-XIX asrlar mobaynida Yevropa
madaniyati qoida va normalarga rioya qilishga yo’naltirilganlikdan
rivojlandi,
ya’ni ritorik murakkablikdan stilistik oddiylikka qarab. Og’zaki va yozma adabiyot
san’atining old sahnasida barcha qat’iyliklar ritorika yo’nalishlari tomonidan
aytilmagan erkin-so’zlashuv nutqiga qarab boradi. A.S.Pushkinning ijodi shu
munosabat bilan huddi xorijda ikki nutqiy madaniyat an’anasida joylashgandek
tuyuladi. Uning asarlari ko’pincha ritorik va so’zlashuv nutqidan iborat bo’ladi.
“Stansiya nazoratchisi” qissasiga bo’lgan notiqlik
kirish qismidagi parodiya,
34
keyingi oddiy qissanavislikdan farq qiluvchi ohangdoshlik, «Suvoriy» (qayg’uli
bezaksiz Yevgeniya taqdiri haqidagi hikoya va qasidaviy kirish) dagi stilistik
xilma-xillik; “Motsart va Salyeri” dagi qahramonlarning nutqiy odatlari xilma-
xilligi yaqqol sezilib turadi va muhim ahamiyatga ega.
Suhbat so’zlashuv nutqiga olib boruvchi kishilarning
eng muhim muloqot
turi sifatida o’zbek va rus klassik adabiyotida keng ko’lamda aks etadi. “Musibat”,
“Yevgeniy Onegin”, N.A.Nekrasov she’rlari, N.S.Leskov qissa va hikoyalari,
A.N.Ostrovskiy va A.P.Chexov pyesalari shular jumlasidan. Aytish mumkinki, XIX
asr yozuvchilari
deklamatsion-notiqlik, ritorika-she’riy formulalardan iste’moldagi,
erkin, suhbat nutqiga o’z diqqatini qaratadi. L.Ya.Ginzburg so’ziga qaraganda,
Pushkin she’rlarida “odatiy so’zning poetik (she’riy) so’zga mo’jiza bilan
aylanishi” sodir bo’ladi.
Shunisi ahamiyatliki, XIX-XX asrlarda adabiyot butunligicha yozuvchilar va
olimlar tomonidan muallif bilan o’quvchining o’ziga xos suhbati shakli ekanligini
tushunib yetadi. Ingliz romannavisi R.Stivenson so’zlariga qaraganda, “adabiyot
o’zining barcha ko’rinishlarida iliq suhbatning soyasi sifatida yuzaga chiqadi”
A.A.Uxtomskiy
fikricha, har qanday badiiy ijodning eng asosini suhbatdosh
yuragidan hisni izlab topishga bo’lgan qondirib bo’lmaydigan va hech
to’ymaydigan ishtiyoq tashkil etadi.
Ko’ringanidek, badiiy asarlarning so’z orqali ifodalangan mazmuni og’zaki
nutq bilan chuqur bog’langan va uni faollik bilan rag’batlantirib turadi.
Shuningdek, badiiy nutq ko’pincha nobadiiy nutqning (maktubiy shaklda yozilgan
ko’pgina roman
va qissalar, kundalik shaklidagi she’riy doston va memuarlar)
yozma shakllarini amalga oshiradi. So’z san’atining yozma san’at bilan
bog’liqligini zamonaviy shunday olimlar mutlaqlashtiradiki, natijada muallif
tomonidan yaratilgan matn “maktub ishlab chiqarish jarayoni” deb izohlanadi.
(R.Bart) “Maktub aynan nutq tugagan vaqtda paydo bo’ladi, va biz kim
gapirayotganini aniqlay olmaymiz, faqatgina bu yerda nimadir gapirilayotganini
qayd qilishimiz mumkin”.
35
O’zida badiiy nutqdan tashqari shakllarni singdirib, adabiyot osonlik bilan
va shiddatli tarzda til normalaridan og’ishiga yo’l qo’yadi va nutqiy faoliyat
sohasida yangilikni amalga oshiradi. Yozuvchilar va shoirlar til yaratguvchilari
sifatida sahnaga chiqishadi, buning yaqqol namunasi sifatida B.Xlebnikovani
keltirishimiz mumkin. Badiiy nutq, nafaqat milliy tillarning
boyligiga diqqatini
qaratadi, balki ularni yaratadi va mustahkamlaydi. Aynan so’z san’atida badiiy til
shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: