Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati.
Badiiy nutqning
asosiy xususiyatlari va uning Vole Shoyinka ijodida o’rganishga bag’ishlangan
ushbu tadqiqot ishi ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Tadqiqot natijalari badiiy
nutqning ifoda vositalari jihatdan o’rganish bo’yicha izlanish olib boruvchi
tadqiqotchilar uchun muhim ma’lumotlar beradi. Shuningdek, o’zbek
tilshunosligida badiiy asarda badiiy nutq, uslubshunoslik, leksikologiya bo’yicha
o’quv dasturlari tuzishda, nutq madaniyati, badiiy matnning lisoniy tahlili bo’yicha
o’quv-uslubiy qo’llanmalar yaratishda tadqiqot natijalari material vazifasini o’taydi.
Ishda erishilgan natijalardan o’zbek tilshunosligida alohida olingan ijodkorlar
asarlarida badiiy nutq tahlili, xususan, she’riy asarlarning imkoniyatlari va o’ziga
xos xususiyatlarini o’rganish bo’yicha kelgusida magistrlik dissertatsiyalari,
malakaviy bitiruv ishlari yozishda foydalanish mumkin.
Diplom ishi tarkibining qisqacha tavsifi.
Ushbu diplom ishining umumiy
tavsifi, kirish, uch bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
Ishning umumiy hajmi 69 sahifani tashkil qiladi.
8
I bob
BADIIY NUTQ. UNING JANR VA SHAKLLARI
1.1. Badiiy nutq va adabiyot so’z san’ati sifatida
Badiiy nutq o’zi uchun turli xil nutqiy faoliyat shakllarini tanlaydi. Ko’plab
asrlar mobaynida badiiy adabiyot tili notiqlik san’ati qonun-qoidalari orqali
aniqlangan. Nutq (shu jumladan yozma nutq ham) aniq, puxta, taassurot
uyg’otuvchi bo’lishi kerak bo’lgan; shundan xarakterli nutqiy usullar, ya’ni
ko’psonli takrorlar, «bezaklar», hissiy bo’yoqdorlikka ega so’zlar, ritorik savollar
va boshqalar kirib kelgan. Mualliflar gapga chechanlik borasida bellashganlar,
stilistika esa qat’iy qoidalar asosida aniqlangan, badiiy asarlarning o’zi esa
ko’pincha an’anaviy ma’nolar bilan to’ldirilgan (asosan O’rta asrlarda). Natijada
XVII asrga kelib (klassitsizm davri) adabiyot ilmli kishilarning tor doirasi uchun
yetarli darajada tushunarli bo’ladi. Shu sababli ham XVII asrdan boshlab Yevropa
madaniyati murakkablikdan soddalikka qarab rivojlanadi. V.G.Belinskiy notiqlikni
“hayotning soxta ideallashtirilishi” deb ataydi. Adabiyot tiliga so’zlashuv nutqi
elementlari kirib kela boshlaydi. So’zlashuv nutqi, avvalombor, odamlarning
shaxsiy hayotidagi muloqotlari bilan bog’liq, shu sababli u oddiy va aniq
belgilashdan erkindir. XIX-XX asrlarda adabiyot butunligicha yozuvchilar va
olimlar tomonidan o’ziga xos muallif bilan o’quvchining suhbati shakli sifatida
tushuniladi.
Filologlar til va nutqni ajratishadi. Til - bu davrlar mobaynida o’zgaruvchi
so’z va grammatik prinsiplar asosida qurilgan birikmalar jamlanmasi. Nutq -
ma’lum bir milliy tilda ifoda, fikr va hissiyot va harakatda tilning namayon
bo’lishdir. Nutqning xususiyatlari uning maqsad va bildirgan mazmuniga bog’liq
bo’ladi. Badiiy nutqning xususiyati shundan iboratki, u obrazli shaklning bir
ko’rinishi sanaladi. Shu sababli unga san’atdagi barcha shakllarga xarakterli
bo’lgan xususiyatlar xos: obrazlilik va ta’sirchanlik (hissiy bo’yoqdorlik). Alohida
bir asarni tadbiq etishda adabiyotshunosning vazifasi - badiiy nutqning stilistik
o’ziga xosligini o’rnatishdir.
9
Tilshunoslar badiiy nutq o’rganilishiga boshqa bir maqsad bilan qarashadi.
Ular milliy badiiy til normalarining rivojlanishini aniqlashadi. Badiiy nutq
o’rganilishiga bag’ishlangan ko’p sonli tadqiqot ishlariga diqqat qaratish uchun,
o’quvchi, avvalombor, ana o’sha ikki umuman boshqa-boshqa qarashlarni ko’zda
tutishi kerak bo’ladi.
Asarda nutqning mazmuni ko’pincha badiiy shakllarning bevosita
o’zlashtirilgan tomoni sifatida aniqlanadi, u estetik jihatdan tinglovchi va
o’quvchiga ta’sir o’tkazadi. Adabiyotshunoslikda formalistik maktab mavjudki,
ular badiiy nutqning aynan estetik o’ziga xosliklarini mutlaqlashtiradi va o’z
diqqatini estetik taassurot uyg’otuvchi tovushli va konstruktiv xususiyatlariga
qaratadi. Bunda o’sha xususiyatlarni izohlovchi ikki xatoli fikrlar to’qnashuviga
duch kelamiz. Birinchidan, nutq xususiyatlari ular ifodalovchi mazmun chizig’ida
qaraladi, o’shanda uning estetik xususiyatlari badiiy so’z ustasi ishida o’z-o’zini
baholash va muhim ahamiyat kasb etib namoyon bo’ladi. Ikkinchidan, badiiy nutq
o’zining estetik yo’naltirishlari bilan umummilliy til normalariga qarshilantiriladi.
Lekin amaliyot shuni ko’rsatadiki, milliy tilning ichki qonun-qoidalariga
tayanuvchi o’ziga xos she’riy til yaratishga bo’lgan barcha harakatlar
muvaffaqiyatsizlikka uchraydi yoki ma’nosizlikka olib keladi. Bunga misol qilib
rus futuristlarining she’riy amaliyotini keltirishimiz mumkin. She’riyat tilining
formalistik konsepsiyaga bo’lgan metodologik tanqidlarni G.N.Pospelov va
L.I.Timofeyev darsliklarida uchratish mumkin.
Bunda she’riy tilning formalistik konsepsiyasini chetlab o’tib, badiiy
nutqning yuqori tashkillashtirilgani, estetik sifatini rad etishdan va qarama-qarshi
yo’nalishdan qochish zarur bo’ladi.
Badiiy nutq masalasi - adabiyot haqidagi muhim qirralaridan biridir, chunki
unga badiiy ijod mahsulining o’ziga xos xususiyati, yozuvchining she’riy
mahoratining xususiyatlari taaluqlidir. U anchadan beri tadqiqotchilar va
yozuvchilarning ham diqqatini qaratib kelmoqda. Bu masalaga bag’ishlangan
o’tgan asrning asosiy mehnatlari sifatida B.M.Tomashevskiyning “Til va adabiyot”,
V.V.Vinogradovning “Badiiy adabiyot tili haqida”, L.I.Timofeyevning “Adabiyot
10
nazariyasi muammolari”, A.V.Chicherinning “G’oyalar va uslublar” asarlarini
sanab o’tish mumkin.
Badiiy nutq - bu til vositalari yordamida badiiy asarda obrazli ma’no
ifodalashdir. Tashqaridan qaraganda, badiiy nutq oddiy so’zlashuv nutqidan hech
farq qilmaydi, lekin u birinchi navbatda estetik funksiya bajaradi. Badiiy nutq har
bir ishlatilgan so’z va konstruksiyalar yordamida muallif maqsadini amalga
oshiradi va asar ma’nosini ochib beradi. Til bir vaqtning o’zida ham tasvir vositasi,
ham tasvir predmeti sifatida namayon bo’ladi. Chunki muallif, bir tomondan
voqea-hodisalarni, odamlarni va predmetlarni tasvirlashda ulardan foydalansa,
boshqa bir tomondan esa o’quvchilar bilan qahramonlar nutqining lisoniy o’ziga
xosliklari ustida bosh qotiradi.
Badiiy nutqning eng yorqin xususiyatlaridan biri - bu asar personajlarining
o’ziga xosliklarini (nutqiy xarakteristikasini) til vositalari yordamida yetkazib
berishdir. Masalan, N.V.Gogolning “O’lik jonlar” asarida, zamindor Manilov
nutqining xarakterli xususiyatlari sifatida bo’rttirib yuborilgan xushmuomalaligi,
kichraytirish suffukslaridan foydalanishi sanaladi. Uning qiyofasining ko’rinishi,
harakatlari, u istiqomat qiluvchi joy, uning xaraketristikasining badiiy nutq orqali
tasvirlanishi o’quvchiga obrazni tushunib yetishishiga yordam beradi. Badiiy nutq
vositalari nafaqat personajlarga bo’lgan xarakteristika va muallifning fikrini, balki
asarda ifodalangan har qanday predmet yoki voqealarni yetkazib berishi mumkin.
Yana bir boshqa badiiy nutqning asosiy funksiyasi - bu muallif nutqidan qahramon
nutqining ajratilishidir. Bunda muallif bir chetda turib, so’zni qandaydir bir
personajga beradi. Odatda badiiy nutq hikoyada yorqin xususiyatlarga ega
(umumxalq, sheva so’zlari va b.) va bamisoli muallif bir tomondan hikoyanavisga
qarab turgan o’quvchini bir-biriga bog’laydi. Bunga yaqqol misol sifatida
M.M.Zoshenkoning hikoyasini keltirishimiz mumkin. Unda asosiy hikoyachi –
“Halol fuqaro” (militsiyaga xat) hikoyasidagi ma’lumoti kam, oddiy ishchi yoki
kichik xizmatchi sanaladi. Badiiy nutq, shuningdek, ifoda tarzining o’zgarishini
aks ettiradi - so’zni personajlardan biriga berib, ichki monolog yaratadi; masalan,
11
F.M.Dostoyevskiy asarlarida “polifoniya”, ya’ni qahramonlar va muallif ovozlari
badiiy nutq vositalari yordamida yaratiladi
Badiiy nutqda so’z (uning qahramon yoki muallifga taaluqligidan qat’iy
nazar) alohida ma’no-mazmun kasb etadi va “ma’noning oshib ketishi” sodir
bo’ladi (V.V.Vinogradov), ya’ni matnda oddiy ma’no qo’shimcha mazmun
og’irligini qabul qiladi. Bunday mazmun turli xil faktorlarga bog’liq holda
ta’kidlanadi - bular asar kompozitsiyasi va uning obrazli sistemasi. Masalan,
A.P.Chexovning «Ionich» asarida har bir bobning so’nggisidagi jumlalar alohida
og’irlik kasb etadi. (Shuncha harakatlar, va lekin! Eh, semirish kerakmas edi!)
Badiiy nutq turli xildagi badiiy vositalardan foydalanadi: metaforalar, kinoya,
so’z o’yini (tajnis), inversiya, boshqa matnlarga allyuziya va boshqalar. Bu
vositalarning har biri faqatgina butun matn fonida to’liq ochilishni qabul qiladi.
Badiiy asarlarning bu yo’nalishi ham tilshunoslar, ham adabiyotshunoslar
tomonidan tadqiq etiladi. Badiiy nutq tilshunoslari, avvalombor, maxsus vositalar
va normalar xarakterli bo’lgan tilni qo’llash shakllaridan biri sifatida qiziqtiradi.
Bunda tayanch tushunchasi sifatida «badiiy adabiyot tili» (yoki tushunarliroq qilib
aytganda “she’riyat tili”) turadi, tilning bu tartib-qoidalarini o’rganuvchi tushuncha
esa “lingvistik she’riyat” deb nom oladi. [39; 89-bet] Adabiyotshunoslik katta
darajada mazmundor shakllardan biri sifatida tushuniladigan “badiiy nutq” so’z
birikmasiga tayanadi.
Adabiyotshunoslik qonun-qoidasida, badiiy nutqdan tarkib topgan predmetni
stilistika (bu atama avvalo tilshunoslikda ildiz otgan) deb atash qabul qilingan.
Stilistika - boy va yetarli darajada qat’iy atamalariga ega bo’lgan adabiyotdagi
qayta ishlangan fan sohasi. Badiiy nutq nazariyasiga bo’lgan ilk qarashlar
formalizm maktabiga qarashli (V.B.Shklovskiy, R.O.Yakobson, B.M.Eyhenbaum,
G.O.Vinokur, V.M.Jirmunskiy) bo’lib, uning ochilishi bilan keyingi
adabiyotshunoslikda jiddiy ta’sir o’tkazadi. Bu sohada V.V.Vinogradovning qilgan
tadqiqot ishlari alohida ahamiyatga ega bo’lib, u badiiy nutq, nafaqat uning
adabiyot normalariga javob bo’ladigan til bilan, balki umumxalq tili bilan bo’lgan
o’zaro munosabatini o’rganib chiqdi. [44; 4-bet]
12
Stilistika (Uslubshunoslik) tushunchalari va atamalari bir qator o’quv
qo’llanmalari uchun predmet vazifasini o’taydi. Ular qatorasida birinchilikda
haligacha o’zining ahamiyatini yo’qotmay kelayotgan B.V.Tomashevskiyning
kitoblarini kiritish mumkin. [43; 77-bet]
Badiiy nutq - kitobiy nutqning funksional turlaridan biridir. Bunda u
ratsional bilimlar orqali emas, balki uning obrazlari va uning hissiy o’zi yaratgan
adabiy qahramon kechinmalari bilan yashashi orqali dunyoni bilishga xizmat
qiladi; bunda alohida o’rinni muallifning dunyoga qarashi muhim ahamiyat kasb
etadi.
Badiiy muloqotning asosiy maqsadi (nima uchun gapiryapmiz?) - bu estetik
ma’no kasb etish; badiiy nutq kishining amaliy faoliyati bilan bevosita
bog’lanmagan, ko’rsatmali xarakterga ega; badiiy muloqot jarayonida axborotning
oddiy tarzda berilishi maqsad emas, ko’pincha vosita sifatida yuzaga keladi; badiiy
matn bahosi shundan iboratki, u bizga tasavvurimizda o’ynash va umumiy
xususiyatlarni gavdalantirgan personajlar taqdirini boshdan kechirish imkoniyatini
beradi.
Badiiy muloqotning ishtirokchilari (kim gapiryapti?) - bular, bir tomondan
badiiy asarni yaratadigan muallif, aniq bir inson, va noaniq sondagi ko’plab
o’quvchilar (noldan cheksizlikkacha) sanaladi. Axborot jo’natuvchi va qabul
qiluvchi o’rtasidagi munosabat turli xil badiiy matnlarda o’zgaradi, farqlanadi (bir-
biri bilan munosabatga kirishishga intilishdan tortib, bir-birini to’liq rad
etishgacha). “She’rlar - doim iqror bo’lish demakdir. Shoir avvalo yaratadi, so’ngra
esa o’zi uchun o’zining o’y-fikr va hayajonlarini aniqlab oladi” (B.Ya.Bryusov).
Hattoki, yozuvchi o’quvchiga ta’sir o’tkazmoqchi bo’lgan paytda ham, bu ta’sir
bevosita ko’rsatkichlar va chaqiriqlar bilan emas, balki o’quvchi qanday bo’lsa
ham qahramon va muallif shaxsiyati bilan o’zini bog’laydigan, birgalikda
qayg’uradigan shart-sharoit yaratish bilan amalga oshadi.
Nutq predmeti (nima haqida gapiryapmiz?) tematik jihatdan cheksiz, lekin
badiiy matnda qanday bo’lsa ham inson haqida gapiriladi (hattoki hayvonlar, jonsiz
predmetlar, fantastik personajlar haqida hikoya qilinganda ham), asosiy tasvir
13
obyekti - inson, uning taqdiri, kishilar o’rtasidagi o’zaro munosabat, shu sababli
ham aytish mumkinki, badiiy adabiyot insonni inson bo’lishga o’rgatadi, unga
axloq, muomala darslarini beradi.
Aytish mumkinki, badiiy nutq til vositalarini tanlash va ulardan
foydalanishda to’liq erkinlikka ega. Birinchi galdagi ma’no ijodiy shaxsiyatning
individual til ma’zasiga ega. Badiiy matnning alohida xususiyati – “ma’noli shakl”:
oddiy tilning til vositalari badiiy butunlik, obrazli va emotsional voqelik yaratishda
ishlatiladi.
Badiiy nutqda aniq mazmunga ega bo’lgan so’zlar faol tarzda ishlatiladi;
mavhum leksika konkretlashtiriladi. Ko’chma ma’noning turli xillari keng
miqyosda ishlatiladi, lekin obrazli muhitda, nafaqat, ma’no ko’chishiga asoslangan
leksik birliklar gavdalanadi, balki har qanday neytral so’zlar alohida kontekst
tashkil etilishi yordamida yagona estetik butunlikga ergashadi va natijada obrazli
ma’noga - yangi, badiiy jihatdan to’g’ri mazmunga erishadi. Obraz yaratishda,
shuningdek u yoki bu grammatik shakllarning yoki konstruksiyalarning turli xil
ma’noli bo’yoqlar (masalan, fe’lli ko’rinishda, ko’rinish va zamonda, bir tarkibli
yoki tugallanmagan gaplar) ishtirok etadi.
Badiiy adabiyotning xususiyatlaridan biri - bu badiiy-obrazli, nutqiy
konkretlashtirish. M.N.Kojinoy fikricha, bu badiiy nutqning eng umumiy uslubiy
xossasi sanaladi.
Badiiy asar tarkibida so’zlar hamda iboralar sehrli va maftunkor
raqqosalarga o’xshaydi, degan edi mashhur rus yozuvchisi M.Prishvin.
Badiiy adabiyotda so’z va gaplar obraz, manzara yaratishning o’ziga xos
libosi, materialidir. Talantli yozuvchilarning qalami sehri ostida so’zlar hayotdagi
narsa va hodisalarni inson ongida aniq tiklaydigan, gavdalantiradigan vositadir.
Badiiy nutq faqat ko’chma ma’nodagi so’zlarning qo’llanilishidan iborat matn
bo’lmay, majoziy vositalar badiiy nutqning o’ziga xos yordamchi vositasidir.
Badiiy nutq muallif nutqi, personajlar nutqi va hikoyachi bayonidan iborat
matndir. Muallif nutqi va personajlar nutqining o’zaro aloqadorligi badiiy nutq
14
uslubiyatining markaziy muammolaridan biridir. Har qanday adabiy asarning
badiiy yuksakligi, birinchi galda, nutq qurilishida namoyon bo’ladi.
Badiiy nutq masalasini tilshunoslikning muhim bir sohalaridan bir bo’lgan -
stilistika o’rganadi. Tilshunoslar uchun badiiy nutq - bu badiiy tilning kitobiy-
yozma turning funksional turlaridan biri, shu xolos. Va, shu sababli ham ular
yozuvchilarning birinchi galda badiiy nutqining estetik funksiyasini emas, balki til
xususiyatlarini tadqiq etishadi. Adabiyotshunoslar badiiy nutqning estetik
ma’nosini o’rganishadi.
Badiiy nutqning holati shu kungacha noma’lum, ko’plab bahslarga sabab
bo’lgan. Chunki shunday fikr borki, ya’ni bu badiiy nutq umuman olganda
bevosita barcha milliy tillarga bog’lanadi va ularning funksional uslubi sanalmaydi.
V.V. Vinogradov yozishicha, badiiy asar - bu so’zlar birlashuvining o’ziga xos turi
sanalib, unda har xil nutq turlari - faqatgina badiiy nutq emas, balki so’zlashuv,
publisistik va boshqa nutq turlarini ham ajratib olsa bo’ladi.
Shuningdek, badiiy nutq faqatgina badiiy adabiyotning bir sohasi sanaladimi,
yoki har bir qobiliyatli hikoyanavis va roman va dostonlar yaratmaydigan notiq
ham egalik qiladimi - shu masalada tilshunoslar va adabiyotshunoslar
bahslashishadi.
Tilshunoslik atamalaridan foydalanib, shuni aytish mumkinki, nutqning
maxsus, ommaviy, so’zlashuv turlari ularning, avvalo, axborot uzatish funksiyasini
bajarganliklari va kishining amaliy vazifalarini bajarishi sababli amaliy deb
nomlanishi mumkin. Nutqning badiiy-tasviriy turi va uning ko’rinishlaridan biri
bo’lgan yozma badiiy nutq bunday funksional fonda informativ nuqtai nazardan
emas, balki estetik sifati jihatidan farq qiladi.
Badiiy nutq “axborot berish” bilan shug’ullanmaydi, balki “imo-ishoralar”
ko’rinishlari izchilligini yaratadi. Uning o’zi harakatga, “borliq”ga aylanadi.
Badiiy nutqni ba’zan she’riyat tili deb atashadi, ular tez-tez ma’naviy
madaniyatning tili rolida paydo bo’lib turadi. Shunday badiiy asarlar borki, unda
nutq hayot va doimiylik orqasida ruhlanadi. She’riyat, keltirib o’tganimizdek, -
qadimiy xudolar tili. She’riyat tilida xabarni uzatishda qanchalik aniqligi emas,
15
balki qancha estetik va emotsional tasavvur uyg’onishi muhim sanaladi. Kishi
so’zlar tanlashga va ularni joylashuviga alohida e’tibor qaratadi.
Badiiy nutq - bu ifodaga qaratilgan nutq sanalib, bunda so’zlovchi uchun
axborotni uzatishgina emas, balki uzatish usullariga diqqatni qaratish ham muhim.
Ma’nogina emas, balki uning timsolidagi shakl - nutqning o’zi ham muhim
ahamiyat kasb etadi. Badiiy nutqda til faqatgina nolisoniy voqelikni ask ettirish
vositasi sifatida emas, balki predmet tasviri sifatida ham yuzaga chiqadi. Badiiy
asarlarda o’ziga xos madaniy ifodalar kuzatiladi, chunki muallif til vositalari bilan
badiiy obraz yaratishga harakat qiladi. Shu sababli badiiy tildan farqli o’laroq
badiiy nutqda alohida o’ziga xos ijodiy funksiya borki, u orqali yozuvchi o’zining
fantaziyasini yaratadi va harakatga keltiradi. Qadim zamonlarda badiiy nutqqa
madaniyat xodimlari murojaat qilishgani tasadduf ham emas.
V.Kojinovaning fikricha, badiiy nutq uchun bir qator belgilar xarakterlidir:
obrazlilik, hissiyotlilik, individuallik, hajmlilik va qayta ishlanganlik.
Badiiy nutq nimadan iborat? Avvalambor, u ko’chma ma’nodagi so’zdan
iborat. Lekin obrazli ma’noda faqatgina shu so’zlar emas, balki har qanday neytral
so’zlar kontekst ma’noda obrazli va yangi ma’no kasb etishi mumkin. Obraz
yaratishda, shuningdek, u yoki bu grammatik shakl va konstruksiyalarning turli xil
ma’noli bo’yoqlari qatnashishi mumkin. Badiiy nutq - hajmli bir tushuncha bo’lib,
unga she’r va she’riyat turkumlari, obrazli so’zlar (metafora, istiora va b.), stilistik
figuralar, turli doirada qo’llanuvchi so’zlar va ko’plab boshqalar taaluqlidir. Unda
normaga solingan tarkibiy qismlar bilan bir qatorda, leksika, morfologiya,
grammatika normalarini buzadigan vositalar ham bor.
Uni ko’pincha so’z san’ati, badiiy asarlar bilan bog’lab, she’riy til deb
atashadi. Haqiqatan ham, badiiy obrazlar yaratish badiiy nutqning muhim vazifasi
sanaladi, shu sababli ham unda ko’pincha ekspressiv va hissiy bo’yoqdorlikka ega
nutq birliklari ishlatiladi. Bir vaqtning o’zida badiiy nutq uchun oddiylik, tabiiylik,
yaratuvchi eng oddiy, barcha foydalanadigan so’zlardan keng foydalanishi
xaraketerlidir; va bu orqali esa eng jonli sur’atlarini chizadi. Lekin aynan
yozuvchilarning aniq-ravshan obrazlilikka bo’lgan intilishi nutqiy trafaret (andoza)
16
lardan qochishga, fikrlarni yangi, tilning ifodali qiyofasini yaratishga, oddiy
so’zlarni noodatiy tartibda ishlatishga undaydi. Eng tabiiy va oddiy badiiy nutq
alohida so’zlar, nutq oborotlarining qat’iy izlanishining natijasi desak bo’ladi.
Andrey Beliy aytganidek, badiiy nutqning “bosh maqsadi” shundan iboratki,
unda tovushlar, bo’yoqlar, obraz, syujet, syujet g’oyalari, to’liq ichki sabablarga
ko’ra bir-biriga jipslashib boradi. Natijada esa hech bir hodisada tasavvur qilib
bo’lmaydigan hajmdagi axborotni o’z ichiga olgan mazmun yaratiladi. O’tgan
asrning boshlarida O.E.Mandelshtam aytganidek, “san’at asarining oddiy
ko’rinishi kamdan-kam holatlarda undagi o’ta katta siqishtirilgan reallikga nisbatan
bizni aldaydi”.
Badiiy nutq sharofati bilan, so’z san’ati obrazlari orqali dunyoni taniydi va
ularni hissiy qabul qiladi. Badiiy nutq an’analar va novatorlikning o’zaro
bog’lanishi va ta’siri sharoitida rivojlanadi. Asrlar mobaynida ular ko’plab stilistik
figuralar va obrazli so’zlarni saqlab keladi. Biroq, folklor doimiy sifatlashlar va
boshqa usullarni yaratgan bo’lsa, unda adabiyot tadrijiy rivojlanishi alohida
an’anaviy badiiy nutq vositalari strukturasi va funksiyasida individual-yangi rolida
ko’payishi bilan bog’lanadi.
Badiiy nutqning o’ziga xos xususiyatlari o’rganilishida rus va xorijiy olimlar,
shu jumladan, A.A.Potebnya, A.N.Veselovskiy, B.M. Eyxenbaum,
B.V.Tomashevskiy, Yu.N.Tinyanov, B.I.Yarxo, V.V.Vinogradov, V.M.Jirmunskiy,
G.O.Vinokur, M.M.Baxtin, R.O.Yakobson kabilar o’z hissalarini qo’shishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |