Badiiy matnda o‘xshatish vositalari lingvopoetikasi



Download 22,71 Kb.
bet2/3
Sana23.07.2022
Hajmi22,71 Kb.
#841791
1   2   3
Bog'liq
A.Hasanov O\'xshatish

An’anaviy o‘xshatishlar obrazlilik va ekspressivlikdan holi bo‘ladi. Masalan, yozuvchi hikoyalarida qo‘llangan qo‘chqorday o‘g‘il, bir oiladay inoq, kanaday yopishmoq, mast kishiday, yovvoyi qo‘yonday, ko‘cha bolalariga o‘xshab kabi o‘xshatish etalonlarini bunga misol qilib keltirish mumkin. Bu kabi o‘xshatishlar jonli va badiiy nutq jarayonida ko‘p qo‘llanilishi bois, o‘zining obrazlilik, emosional-ekspressivlik bo‘yog‘ini yo‘qotgan bo‘ladi. Adib hikoyalarida qo‘llangan bunday o‘xshatishlar muallif va personajlar nutqi orqali berilib, jonli so‘zlashuv nutqining belgisini aniqlashtiradi va voqelikni real aks ettirib, hikoyalar badiiyatini ta’minlashda muhim omillardan hisoblanadi.
O‘rni kelganda shuni ham ta’kidlash kerakki, adibning an’anaviy o‘xshatishlardan individual foydalanish mahorati tahsinga loyiq. Aytish mumkinki, mushukchaday, pila qurtiday kabi o‘xshatish etalonlariga kutilmaganda kuchli ekspressivlik, yangilik bo‘yog‘ini bera olgan. Masalan: Ellik uch yil! Ellik uch yildan beri bir dasturxondan tuz tatigan,bir ko‘rpani bosgan, birga kulgan, birga yig‘lagan: ellik uch yildan beri mushukchaday bir-biriga suykalib, bir-birini yalab, og‘ritmay tishlab, yiqitib, yiqilib berib, piypalashib o‘ynagan. Ellik uch yildan beri mehr atalmish ulkan tuyg‘u rishtasini pilla qo‘rtiday bir maromda asta-sekin chuvib, bir-birining qalbini o‘rab-chulg‘ab kelgan («Mahalla»).
«Individual o‘xshatishlar yozuvchining xalq tilidan mohirona foydalanishi orqali qo‘llangan o‘xshatishlardir»4.
A.Qahhorning o‘xshatishlardan foydalanishdagi uslubi boshqa zamondosh ijodkorlarning uslubidan o‘zining originalligi, hayotiyligi bilan farq qiladi. Chunki u o‘xshatish etalonlarini jonli xalq tilidan olib, kutilmaganda kuchli emosional-ekspressiv obrazli ifodalar yaratgan. Masalan: Nazirbuvi sandalning chetida, derazadan tushib turgan erta bahor oftobiga sho‘rvada pishgan olmadek yuzini tovlab, to‘ygan qo‘zichoqday uxlab yotar edi («Kampirlar sim qoqdi»).
Bunda o‘xshatishlar turli ob’yektlar o‘rtasida yuzaga kelgan: a) shaxs va jonsiz narsa o‘rtasida, ya’ni Nazirbuvining yuzi sho‘rvada pishgan olmaga qiyoslanyapti. Ko‘rinib turibdiki, o‘xshatish vositasi ifodalanmagan, uning ma’nosi o‘xshatish etaloniga singdirilgan. Olma sho‘rvada pishganda sirti silliqlashadi, taranglashadi, buning natijasida olma sirtida kuchli taranglashish oqibatida yoriq chiziqlar paydo bo‘ladi. Mana shu silliqlashish, taranglashish Nazirbuvining yuziga, yoriq chiziqlar undagi ajinlarga obrazli o‘xshatilgan; b) shaxs va jonli narsa o‘rtasida o‘xshatish usuli qo‘llangan, ya’ni Nazirbuvi to‘ygan qo‘zichoqqa qiyoslangan. Bunda to‘ygan qo‘zichoqday birikmasidagi yo‘ldosh ifoda semalar – ’beg‘am’, ’beozor’ semalari Nazirbuvining uxlayotgan holati to‘ygan qo‘zichoq etaloniga obrazli o‘xshatilishida aktualizator vazifasini bajargan. Keltirilgan har ikkala o‘xshatish etaloni ham ijobiylik bo‘yog‘iga ega. Adib o‘z qahramoni – Nazirbuviga ijobiy ma’nodagi o‘xshatishlarni qo‘llaganki, tasvirlanayotgan ob’yektning nursiz, qorong‘i, mavhum tomonlari kitobxon xayolida reallashadi, tiniqlashadi; o‘zbek millatiga xos kampirning ijobiy qiyofasi gavdalanadi.
A.Qahhor hikoyalarida tabiat tasviriga ham kutilmaganda individual yondashgan.
Ko‘r oydin. Osmonning chekkasi sariq-kir uvadaga o‘xshaydi («Dahshat»).
Bunda o‘xshatish jonsiz narsalar o‘rtasida yuzaga kelgan, ya’ni osmonning chekkasi sariq-kir uvadaga obrazli o‘xshatilgan. O‘xshatishni hosil qiluvchi komponentlar: o‘xshatish sub’yekti – osmonning chekkasi, o‘xshatish etaloni – sariq-kir uvada, o‘xshatish vositasi – o‘xshaydi fe’li. Bunda o‘xshatish asosi (belgisi) bevosita ifodalanmagan, ayni paytda o‘xshatishning shakliy ko‘rsatkichi o‘xshamoq fe’lidan foydalanilgan. Bu birlik o‘xshatishning yaxlitligi, umumiyligini ta’kidlab turadi. Yozuvchi yuqoridagi o‘xshatish etalonini qo‘llar ekan, tabiat tasviriga o‘zining salbiy emosiyasini bildiradi. Ko‘r oydin kechada, bo‘ronli tunda bulutlar orasidan tushib turgan oy yog‘dusi osmonning chekkasida qanday manzarani akslantirishini ma’lum bir semema – tushuncha bilan ifodalash qiyin. Yozuvchi ana shunday vaziyatda sariq-kir uvada etalonini qo‘llaydi (bunda uvada leksemasining genetik ma’nosi “nomuntazam shaklga ega bo‘lgan eski, iflos paxta” semasiga ega). Osmon chekkasidagi manzara tasvirida bevosita ishtirok etayotgan bulut parchalarini nomuntazam shakliga, belgisiga ko‘ra sariq-kir uvadaga obrazli o‘xshatadi, tasvirlanayotgan voqelikni reallashtiradi, tiniqlashtiradi, kitobxon emosiyasiga ta’sir o‘tkazadi. Adib osmon chekkasini sariq-kir uvadaga o‘xshatish orqali kishi ko‘nglidagi g‘ashlik, bezovtalik, notinchlikka ishora qilib, hikoya qahramoni – Unsinning ruhiy holatini implisit tarzda ifodalab, o‘zining qahhorona uslubini yaratadi.

Download 22,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish