Rasm-chizmachilik qog‘ozi. Jadvallar, kartochkalar, loto, suratlar. geometrik shakllar va boshqa hajmli hamda tekis buyumlar uchun, karnaval niqoblari, turli maketlar yasash uchun yaroqli.
Kalka qog‘ozi. Bu shaffof rang bilan ishlov berilgan va og'irligi 40—50 gr bo'lgan qog'oz. Millimetrli qog‘oz. Og'irligi 70, 80, 90, 120 va 130 gr, sariq, yashil va havo rang qog'ozdir. Qog‘oz va kartonni qayta ishlash jarayonida trafaret, shablon va muhr tayyorlash tcxnikasi. Maktabgacha ta'lim muassasasida har bir o'tkaziladigan mashg'ulotlarda bolalarni mustaqil ishlashga, qo'l muskullarini rivojlantirishga o'rgatib borish zarur. Tarbiyachilar har bir o'tkaziladigan mashg'ulotiga ijodiy yondashgan va o'z mahoratini ishga solgan holda yangilik yarata olishlari lozim. Bolalar bog'chasining ilk yosh guruhidan boshlab to tayyorlov guruhigacha ish jarayonlari oddiydan murakkabga qarab boradi. Buning uchun o'tkaziladigan mashg'ulotlarda ayniqsa tasviriy faoliyat, rasm, applikatsiya, loy ishlarini yaratishda uctaxonada amaliy ish fanining ahamiyati kattadir. Bolalar bog'chada trafaret, shablon asosida chiziladigan buyumlarni, shakllarni chizishga, qirqish, yelimlashga, yasashga o'rgatiladi. Trafaret yasash uchun kerak bo'ladigan ish qurollari: 1. Rangli suratlar; 2. Kalka qog'ozi; 3. Qora qalam; 18 4. Qaychi, pichoqcha; 5. PVA yelimi; 6. Dermantin; 7. Karton qog'oz; 8. Kleyonkadan foydalanish mumkin.
Trafaret — qalin qog'oz, yupqa karton, tunuka, plastmassadan tayyorlanadigan yig'indisi turli murakkablikdagi naqshni yoki biror yozuv matnini tarkib toptiradigan tirqishlar qilingan plastinkadir. Trafaretdan ko'p karra takrorlanuvchi rasmlar, harflar, yozuvlarni olishda foydalaniladi. Trafaretlar qurilishda, devorlarni bezashda, tayyor mahsulotlar turlarini markalashda keng qo'llaniladi. Maktab amaliyotida trafaretlar qalin rasm qog'ozidan tavyorlanib unga rasm, naqsh, harflar aniq chiziqlar bilan tushiriladi. Har bir detal yonidagi qismlar bilan ko'proq birlashishi lozim. Rasm tushirilgan qog'ozga olif moy yoki moy laki singdiriladi. Lak yoki olif moyi qurigach, qog'ozning ustini artib, rasmni o'yib olishga kirishiladi. Trafaretni bir necha qavat keraksiz qog'oz solingan taxta ustiga qo'yib, qalamtaroshning uchi bilan olib tashlanishi lozim bo'lgan qismlari qirqiladi. Qalamtaroshni qiyalatib ushlash lozim. Mayda detallarni qirqishda chizmalarni tozalashda ishlatiladigan nayzasimon qirish perolaridan ham foydalanish qulaydir. Trafaretlar xilma-xil: bir rangli qismlarni va ko'p bo'yoqli tasvirlarni berishga mo'ljallangan bo'lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |