Badiiy ijodda mavzu va g‘oya(Usmon Nosir ijodi asosida) to‘rajonova ma‘rufa nosirjon qizi



Download 20,79 Kb.
Sana12.07.2022
Hajmi20,79 Kb.
#778910
Bog'liq
Maqola.Usmon Nosir



Badiiy ijodda mavzu va g‘oya(Usmon Nosir ijodi asosida)
TO‘RAJONOVA MA‘RUFA NOSIRJON QIZI
NamDU Filologiya fakulteti
o‘zbek tili yo‘nalishi 3-kurs talabasi
Ilmiy rahbar: Umidjon Qo’ziyev
Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD)
Annotatsiya
Ushbu maqolada Usmon Nosirning "Nil va Rim" she‘ri tahlilga tortilgan. She‘rda shoirning Qadimgi Rim, firavn va qullar hayotiga munosabati qanday bayon qilingani, she‘rda ifodalangan voqealarning shoir zamonasiga nechog‘li aloqasi borligi, she‘rda olg‘a surilgan g‘oya nimalardan iborat ekani tahlil qilingan.
Kalit so‘zlar: mavzu, g‘oya, ozodlik, ochlik, qullik.
Аннотация
В данной статье анализируется поэма Усмана Насира «Нил и Рим». В стихотворении анализируется отношение поэта к жизни Древнего Рима, фараонам и рабам, как события, описанные в стихотворении, относятся ко времени поэта, какова идея стихотворения.

Ключевые слова: тема, идея, свобода, голод, рабство.


Annotation


This article analyzes Osman Nasir's poem, "The Nile and Rome". The poem analyzes the poet's attitude to the life of ancient Rome, the pharaohs and slaves, how the events described in the poem relate to the poet's time, and what the idea of the poem is.


Key words: topic, idea, freedom, hunger, slavery.
Hamma davr va zamonlarda ham ozodlik, erkinlik uchun kurashuvchi insonlar millat va xalqning bayrog’i va iftixori bo’lib kelgan. Ularning qiyofasi, kasb-kori, dunyoqarashlari, kurash yo’llari o‘zgacha bo‘lishi mumkin, ammo ularning maqsadlari mushtarakdir. Jangchi Vatan ozodligi yo‘lida jonini xatarga qo‘yib ayovsiz janglarga kiradi, yozuvchi, shoirlar esa ozodlik, erk tuyg‘ularini insonlar onggiga asarlari orqali singdirmoqchi bo‘lishadi. Shunday jonkuyar,fidoyi insonlar borligi uchun ham xalqlar doimo mustaqillikka, ozodlikka intilib yashashadi. Ana shunday jonkuyar,millatparvar,fidoyi o‘zbek shoirlaridan biri Usmon Nosir edi. Uning umrini chaqmoqqa muqoyasa qilinadi. Boisi u chaqmoqdek tezgina so‘ndi-yu, ammo o‘zidan bir necha asrlarga yetgulik boy ijodiy meros qoldirdi.
Usmon Nosirning adabiyotda paydo bo‘lishi hammaning e‘tiborini tortgan edi. Uning ijod maydoniga kirib kelishi mislsiz kuchi bilan hammani o‘ziga jalb qilgan notanish bir pahlavonning maydonga kirib kelishiga o‘xshar edi. Ha,u yosh va kichkina jussasi bilan keldi-yu, juda katta yuk ko‘tardi. "Usmon she‘riyatimizga shamolday kirib keldi. Balki bo‘ronday! U shunday to‘polon va to‘lqin bilan keldiki, uncha-muncha she‘riy uslub va ijodni to‘s-to‘s qilib yubordi. Uni o‘zimizda "o‘zbekning Lermontovi", Moskva gazetalarida "Sharqda Pushkin paydo bo‘ldi", − deb yozishdi, − deydi shoir Turob To‘la. Darhaqiqat, Usmon Nosir favqulodda tug‘ma shoir edi. Buni uning asarlari har jihatdan isbotlaydi. Usmon Nosir she‘rlari mavzusi rang-barang. Uning she‘rlarida jimjimadorlik, g‘alizlik, zo‘rma-zo‘rakilik ko‘rinmaydi, fikr-tuyg‘u sodda, lekin lirik harorat bilan jozibadorlik bilan, original tashbehlar bilan bayon qilinadi.
Usmon Nosir tarix hikoyalarini qalbdan his qilib o‘qigan, ulardan ta‘sirlanganini o‘z she‘rlarida bayon qilgan. Tarixda bo‘lib o‘tgan xunrezliklarga, adolatsizliklarga shoir o‘z she‘rlari orqali munosabat bildiradi. Shunday she‘rlaridan biri Misrdagi firavn va qullar hayotiga bag‘ishlangan "Nil va Rim" dostonidir. Tarixdan ma‘lumki, Misrda quldorlik tuzumi hukm surgan paytda insonning, ayniqsa, qullarning sariq chaqalik ham qadri yo‘q edi. Tabiatan erksevar bo‘lgan shoir bunday tarixga, qullar hayotiga befarq emasligini ushbu she‘rida isbotlaydi. Shoir voqealar bayonida tasvir vositalaridan unumli foydalanadi. Kitobxon ko‘z o‘ngida rimliklarning ayanchli hayotini jonli gavdalantira oladi.
Usmon Nosir yashab o‘tgan davrda haq gapni oshkora va baralla aytish o‘z boshini o‘zi kundaga qo‘yib berishdek gap bo‘lgan.Hammada ham haqiqatni aytish uchun jur‘at topilavermagan.Buni mustabid tuzum davrida yashab ijod qilgan Erkin Vohidov o‘zining "Ruhlar isyoni" dostonida quyidagicha bayon qilgan:
Ha, zulm bor,
Haqsizlik bor,
Barchaga bu ayondir,
Ammo
buni zinhor-zinhor
Aytib bo’lmas zamondir".
Hamma bilar,
Inson erki-
Yashashi shart poyidor
Biz ham aytsak bo’lar
lekin
Uyda bola-chaqa bor..."
"Uyda bola-chaqa bor.." asar personajlari tomonidan aytilgan ushbu fikrlardan haq gapni aytgan odamning nafaqat o‘zi, balki bola-chaqasi, oilasi ham jabr ko‘rishini yoki bola-chaqasini baxti uchun, hali uzoq yashashi uchun haq gapni aytishdan tiyilish kerakligi anglashiladi. Ammo Usmon Nosir bunday tahlikali vaziyatlar yuz berishidan qo‘rqmadi. Doimo asarlarida ozodlikni, erkni kuyladi. "Nil va Rim" she‘rida ham bir qarashda faqatgina tarix qullar va fir’avnlar hayoti tasvirlangandek. Aslida esa, jadid she’riyati barcha namoyandalari kabi, bu she‘rda shoir o‘zining Vatani va uni mustamlaka qilgan sobiq sho‘rolar davlati, uning mustamlakachilik siyosati oqibatida yurtda yuz berayotgan ijtimoiy holatlar aks etgan o‘rinlar ham uchraydi. Bu holatlar esa qullar hayoti misolida berilgan. Mustabid tuzum davrida yurtda ocharchilik holatlari juda ko‘plab uchrab turgan. Bunga Jahon urushlari ham sabab bo‘lgan. She‘rda Rimdagi qullarning ochlik holati quyidagicha ifodalangan:
O’lim yaxshi, odam agar shunday xor bo’lsa,
Bir parcha non nima o’zi! Shunga zor bo’lsa!
yoki
Kimga yig’lab, kimdan madad kutsin bemor qul?
Erki qulfdir, hayoti qulf, bor xudolar qulf!
Kosasida suv yo’q, quruq xaltasi: non yo’q!
Botayotgan quyosh kabi rangida qon yo’q.
"Kimga yig’lab, kimdan madad kutsin bemor qul". Qullar ochlikdan, yetishmovchilik va azoblardan bemor bo‘lishgan. Nafaqat ochlik, balki o‘sha paytdagi tuzum ham ularni bemor holiga keltirgan. "Botayotgan quyosh kabi rangida qon yo‘q". Odatda quyoshning chiqishi va botishini insonning dunyoga kelishi va vafot etishiga qiyoslanadi. Botayotgan quyosh esa qip-qizil rangda bo‘ladi. She‘rda esa buning aksi keltirilgan. Bu tashbeh bejizga emas. Qullarning umri o‘tib boryapti, umrining quyoshi botishga yaqinlashyapti, yuzlar quyoshdan qizargan, ammo ularda to’ka olish uchun ham qon yo‘q, chunki ochlik, xo‘rlik, erksizlik ularning oxirgi umidlarini ham so’rib olgan.
She‘rda katta sirkdagi odam ya‘ni gladiator va hayvon yo‘lbarsning urushi tasvirlangan o‘rinlar uchraydi. Och ko‘zlari qonga to‘lgan yo‘lbars gladiatorni parcha-parcha qilib tashlaydi. Rim aholisi uchun odatiy holga aylangan ushbu holatga ular chapak chalib munosabat bildirishadi:
Changal soldi! Xalq o’rnidan birdan turdi duv...
Chapak chaldi. "Ey ahmoq Rim, sevinma qonga!
Bundan boshqa xo‘rlik bormi, axir insonga?" −
Dedi, parcha-parcha bo‘lgan gladiator.
Mustabid tuzum davrida esa xalqning ko‘zga ko‘ringan vakillari ayovsiz sud qilingan.Ushbu sudlar adolatsiz ravishda o‘tkazilgan.Sud va sudlanuvchi o‘rtasida xuddi Rimdagi katta sirkda bo‘layotgan kurash kabi hayot uchun kurash ketgan. O‘yinning Rimdagi kabi yakun topishini ayrim "mehrobdan chiqqan chayonlar" chapak chalib kutib olishgan.
Ozodlik, erk tuyg‘ulari insonning qonida bo‘lgani uchun quldorlik tuzumi davrida ham qullikka qarshi kurashuvchi insonlar bo‘lgan. Ana shulardan Rimdagi qullardan biri Spartak bo‘lgan. U dastlab quldorlar ustidan g‘alaba qozongan va ularni tor-mor etgan. Ammo hal qiluvchi jangda Spartakning mag‘lub bo‘lgani tarixdan ma‘lum.
Issiq izlar...hamon u isyondan is bordek,
Bulutlarning orasida yurar Spartak.
Tarixda "Bosmachilar harakati" deya nom olgan aslida esa istiqlolchilar bo‘lgan qo‘rboshilar harakati ham Spartak qo‘zg‘oloni kabi erksizlikka qarshi kurash edi. Dastlab ular ham muvaffaqiyat qozonib, ko‘plab yerlarni o‘z tasarruflariga olishadi. Ammo hal qiluvchi jangda mag‘lubiyatga uchrashadi. Ixtiloflarning kelib chiqishi har ikki harakatning ham to‘la-to‘kis g‘oliblikka erishishiga to‘sqinlik qiladi. Shoir nazdida hali u isyondan is bor. Ya‘ni ozodlik uchun kurashish hali to‘xtab qolgani yo‘q:
Ki, tun qancha qora bo’lsa, oy shuncha yorug!
Spartakning lashkarlari hali ham borur.
Shoir Spartakning lashkarlari hali ham borligiga ishonch bildiradi. U she‘rining so‘ngida o‘sha isyonning o‘lmas avlodi, qullarning hech so‘nmas yodi ekanligini ta‘kidlaydi:
Mana menman, u isyonning o’lmas avlodi,
Mana menman, u qullarning hech so’nmas yodi.
Usmon Nosir hayoti va ijodi bilan tanishgan inson uning tarixga, o‘z zamonasiga, unda bo‘layotgan siyosiy, ijtimoiy vaziyatlarga nechog‘li e‘tiborli bo‘lganligini anglab boraveradi. Xalqlar taqdiri uchun bo‘lgan fidoyilik uning nomini mangulikka muhrladi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Amir Temur ta‘biri bilan aytganda,uning qudratini anglash,bilish uchun u qurgan binolar-asarlariga boqish kerak.Shunda uning qudrati namoyon bo‘ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:


1.Sultonmurod O.,Ahmedov S., Qo‘chqorov R.8-sinf adabiyot.Darslik-majmua.-Toshkent.G‘afur G‘ulom,2014-31b.
2.Oripov A.Usmon Nosir haqida so‘z.Maqola."O‘zbekiston adabiyoti va san‘ati",1983.
3.Usmon Nosir.Tanlangan asarlar.
4.w.w.w.ziyo.uz
5.w.w.w.kh-davron.uz


Download 20,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish