Bir qator nufuzli xalqaro institutlarning baholashicha, O‘zbekiston dunyoning 125 davlati orasida xotin-qizlar uchun qulay sharoitlar yaratish va onalikni muhofaza qilish borasida etakchi o‘rinlardan birini egallab turibdi. Buni YUNISEFning SHarqiy Evropa, Boltiqbo‘yi va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari bo‘yicha ofisi tomonidan onalik va bolalikni muhofaza qilish borasidagi dasturlarni joriy qilishda O‘zbekistonning mintaqadagi namunaviy model sifatida e‘tirof etilgani ham isbotlaydi.
SHuni mamnuniyat bilan aytish kerakki, istiqlol yillarida yurtimizda 1 ming 200 dan ziyod yangi sport inshooti barpo etilib, ularning mingdan ortig‘i qishloq joylarda qurildi. Bu esa
260 ming nafardan ziyod bolaning sportning ko‘plab turlari bilan muntazam shug‘ullanishi uchun imkoniyat yaratdi.
Qiz bolalarni, eng avvalo, qishloq qizlarini sport bilan shug‘ullanishga jalb etishda joriy yilda sezilarli natijalarga erishildi. YAna Mamlakatimizda badiiy gimnastikani rivojlantirish dasturi qabul qilingach, sportning ushbu nafis turi bilan shug‘ullanadigan qizlar soni shu yilning o‘zida 6-7 barobar, ayrim viloyatlarda esa 10-12 barobar ortdi.
Nomlari badiiy gimnastika muxlislariga ko‘pdan tanish M. Jo‘raeva, Dar‘ya Svechnikova ham o‘z ustozlari, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi Rimma Xoxlova izidan borib, yoshlar bilan mashg‘ulotlar olib borishayapti. Bu kabi sa‘y-harakatlar samarasi mahoratli
sportchilarimizni mamlakat terma jamoasi safida xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etayotganida yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
Viloyatda mazkur nafis sport turi bilan shug‘ullanish istagidagi qizlar safi tobora ko‘paymoqda. Ularga saboq berayotgan murabbiylar soni ham oshib borayotir.
Agar 2009 yilda badiiy gimnastika bilan 2567 nafar qiz shug‘ullangan bo‘lsa, 2011 yilga kelib, ular soni 5480 nafardan ortib ketdi. Darhaqiqat, Husniyabonu G‘ulomova, Sarvina Xoliqova, Zamira Sanaqulova, Dar‘ya Svechnikova, Zarema Samadova, Zarina Negmatova, Farangiz SHodieva O‘zbekiston terma jamoasi a‘zolari hisoblanadi. Ular erishayotgan natijalar havas qilsa arzigulik. Masalan, Zamira Sanaqulova 2010 yilda Xitoyda, 2011 yilda Qozog‘istonda o‘tkazilgan xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etdi. O‘tgan yili Rossiyaning Ufa shahrida tashkil etilgan xalqaro musobaqada ham u oltin medalni soxibasiga aylandi. Termiz shahrida bo‘lib o‘tgan ―Barkamol avlod‖ sport musobaqalarida esa Zamira bir emas, beshta oltin medalga ega bo‘ldi. E‘tiborlisi, Zamira, Husniyabonu, Sarvina singari chempion qizlarga munosib izdoshlar etishib chiqmoqda. CHunonchi, viloyat terma jamoasining besh nafar a‘zosi respublika Oliy sport mahorati maktabida o‘qishni davom ettirmoqdalar. Tumanlarda ham umidli gimnastikachilar kamolga etayapti. Buxoro tumanidan Anna Ten, peshkulik Bahriniso Ergasheva, jondorlik Eliza SHaripova ana shunday iste‘dodli yoshlardan. Viloyat terma jamoasi tarkibiga kiritilgan bu qizlar ayni paytda tajribali murabbiylar qo‘l ostida muntazam o‘z mahoratlarini oshirib bormoqdalar. Zero, viloyat markazidagi ―Nafis‖ sport majmuasida ular uchun barcha qulayliklar muhayyo. Bu erda ikkita sport, bitta balet zali, dam olish, kiyinish xonalari ixlosmandlar xizmatida. So‘nggi ikki yil davomida buxorolik gimnastikachi qizlarning 45 nafari respublika birinchiligi musobaqalarida, to‘rt nafari mamlakat chempionatida g‘olib chiqqani, Osiyo chempionatida uch nafari g‘olib bo‘lgani, 20 nafari esa xalqaro turnirlarda shohsupaning yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgani yurtimizda bu nafis, maftunkor sport turiga berilayotgan e‘tibor natijasi, albatta. Yurtimizda gimnastika sport sohasining normativ-huquqiy asoslaring yaratilishi.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach barcha soqalar kabi jismoniy tarbiya va sportga ham katta ahamiyat qaratdi.b 1992 yili ―Jismoniy tarbiya va sport‖to‘g‘risidagi qonunning qabul qilinishi bu soxadagi huquqlarimizni belgilab berdi.
Uzluksiz ta‘limning "O’zbek modeli" sifatida e‘tirof etilgan va bugun o‘z samarasini berayotgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi o‘z vaqtida uzoqni ko‘zlab boshlagan olamshumul ishlarimizning asosi bo‘lib xizmat qilmoqda.
Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasining besh yillik faoliyati davrida yangi sport inshootlarini qurish va ishlab turganlarini rekonstruksiya qilish, ularni zamonaviy uskunalar bilan jihozlash, o‘sib kelayotgan avlodni fizkul‘tura va sport mashg‘ulotlariga jalb etish, jismoniy tarbiya bo‘yicha malakali o‘qituvchi kadrlar va murabbiylar tarkibini tayyorlash yuzasidan aniq maqsadga yo‘naltirilgan katta ishlar amalga oshirildi.
2003 yildan boshlab Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan 715 ta, shulardan 583 tasi yoki 82% qishloq joylardan o‘rin olgan sport inshootlari va ob‘ektlari ishga tushirildi. Ushbu maqsadlarga 102,7 mlrd. so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirilgan. Respublikaning 55 ta korxonasida zamonaviy sport uskunalari va anjomlarini ishlab chiqarish o‘zlashtirilgan.
YAratilgan shart-sharoitlar tufayli bolalarning sport mashg‘ulotlaridagi muntazam ishtiroki 2003—2007 yillar ichida 1,5 barobarga, qishloq joylarda esa 1,7 barobarga o‘sdi. Qizlar
sport bilan shug‘ullanishga faol jalb etilmoqda1.
1996 yildan boshlab federasiya tomonidan III o‘smirlar razryadidan II kattalar razryadiga bo‘lgan majburiy dasturlar, klassifikasion normativlar ishlab chiqildi va tatbiq etildi. Barcha halqaro qoidalariga muvofiq ravishda o‘tkazildi. Olimpiya qo‘mitasi bilan birgalikda murabbiylar seminari o‘tkazilib, unga halqaro ekspertlar taklif etildi va 35ta murabbiyga halqaro sertifikatlar topshirildi. Federasiya vakillari FIJ va Osiyo kongresslarida ishtirok etadilar. Barcha ishlar Respublika Davlat sport qo‘mitasi MOK bilan hamkorlikda olib boriladi. Muntazam ravishda prezidium yig‘ilishlari o‘tkazilib, ularda terma jamoalarni tasdiqlash masalalari,
musobaqalarda sportchilar erishadigan natijalar ko‘rib chiqiladi, etakchi gimnastlarni halqaro turnirlarda qatnashish uchun mablag‘ ajratuvchi homiylar bilan ish olib boriladi.
Respublikamizdagi sport murabbiylari malakasini oshirish maqsadida 1998yil sentyabrda Toshkentda O‘zbekiston milliy tashkiliy qo‘mitasi tomonidan halqaro toifadagi gimnastikachilarni tayyorlash mavzusiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston MOK prezidenti S.Ro‘ziev, O‘zbekiston gimnastika federasiyasining texnik qo‘mita raisi S.jKuznesova va boshqalar ma‘ruza bilan chiqdilar. Seminar yakunida uning ishtirokchilariga XOK raisi Xuan Antonio Samaranch imzosi qo‘yilgan sertifikatlar topshirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |