\DUNYONING ISHLARI"
1. O‘zbekiston Qahramoni Said Ahmad qaysi asar
haqida \... dostondek o‘qiladi. Uni o‘qib o‘z
onalarimizni o‘ylab ketamiz ..." degan e’tirof
bildirgan?
J.: \Dunyoning ishlari"
2. Men uni qog‘ozga tushirib, odamlarga
tarqatdim, xolos. Men uni dunyodagi
hamma onalar o‘qishini xohlayman.
Ushbu fikrlar qaysi muallifning o‘z asari haqidagi
e’tirofi hisoblanadi?
J.: O‘tkir Hoshimov
3. Qissaning birinchi hikoyasi qanday nomlangan?
J.: \Oq, oydin kechalar"
4. Bolaligimni eslasam, iliq yoz kechalari
ko‘z oldimga keladi...
Ushbu parcha qissaning qaysi hikoyasida uchraydi?
J.: \Oq, oydin kechalar"
5. \Oymomaxon xulla,
Qanotlari tilla.
Subhon Ollo sizga,
Umr bersin bizga..."
Ushbu xalq qo‘shig‘i qissaning qaysi hikoyasida
keltirilgan?
J.: \Oq, oydin kechalar"
6. \Oq, oydin kechalar" hikoyasida oy nimaga
o‘xshatilgan?
J.: Tillaqoshga
7. Ochil-ochil, oq toshlar-a,
Men onamni ko‘rayin-a,
Diydoriga to‘yayin-a.
Ushbu xalq qo‘shig‘i qissaning qaysi hikoyasida
keltirilgan?
J.: \Oq, oydin kechalar"
8. \Oq, oydin kechalar" hikoyasida Yetti og‘ayni
yulduzlarining nechanchisi \yetimcha yulduz"
deb ataladi?
J.: To‘rtinchi yulduz
9. \Oq, oydin kechalar" hikoyasida tilga olingan
\yetimcha yulduz" kimniki edi?
J.: Onaniki
10. Bola uchun ham onaning katta-kichigi
bo‘lmaydi. Ona | ona ekan. Unga boshqa
sifat kerak emas.
Ushbu parcha qissaning qaysi hikoyasida uchraydi?
J.: \Tasalli"
11. Qabriston jimjit. Faqat yo‘lakning
ikki chetida saf tortgan mirzateraklar qabr
ustiga bosh eggan farzandlardek onaga
orom tilab alla aytadi.
Ushbu parcha qaysi hikoyaning boshlanmasi
hisoblanadi?
J.: \Tasalli"
12. Ilgarilari bir haqiqatni bilardim. Ona
uchun bolaning katta-kichigi bo‘lmaydi.
Endi yana bir haqiqatni angladim. Bola
uchun ham onaning katta-kichigi bo‘lmas
ekan. Ona | ona ekan. Unga boshqa sifat
kerakmas.
Ushbu parcha qaysi hikoyaning tugallanmasi
hisoblanadi?
J.: \Tasalli"
13. \Tush" hikoyasida hikoyachining tushida ona
qo‘lida nima ko‘tarib yuradi?
J.: chiroq
14. Qissaning qaysi hikoyasida qoyalar ulkan
novvot parchalariga o‘xshatiladi?
J.: \Haqqush"
15. ...Onalar farzandlari hamisha birga
bo‘lishini istaydilar. Qismat esa ularni
qanot chiqarishi bilan har yoqqa uchirib ketadi. Hayot loaqal shu masalada ham onalarga shafqat qilmaydi.
Ushbu parcha qaysi hikoyaning tugallanmasi
hisoblanadi?
J.: \Haqqush"
16. \Haqqush" hikoyasida aka-ukalar haqidagi
g‘alati cho‘pchakni hikoyachiga kim so‘zlab beradi?
J.: Onasi
17. \Haqqush" hikoyasidagi g‘alati cho‘pchakdagi
aka-ukalarning nomi nima?
J.: Ilhaq va Is’hoq
18. \Haqqush" hikoyasidagi g‘alati cho‘pchakdagi
aka-ukalarning taqdiri nima bilan tugaydi?
J.: Aka-ukalarining ko‘zlari ko‘rmay qoladi
19. \Qarz" hikoyasidagi Nilufar necha yoshda
tasvirlanadi?
J.: 7 yoshda
20. \Qarz" hikoyasidagi Nilufar hikoyachining
onasini kim deb ataydi?
J.: Poshsha buvi21. \Qarz" hikoyasidagi Bahoga ona nima sovg‘a
qilgan edi?
J.: Uch oyoqli velosiped
22. \Qarz" hikoyasidagi Baxtiga ona nima sovg‘a
qilgan edi?
J.: Ko‘ylak
23. Qissadagi qaysi hikoyada qissaning bosh
qahramoni Hakima ayaning yana bir insoniy
fazilati qalamga olingan, ya’ni, Hakima aya
kamtargina nafaqasini ham qo‘shnilarining
farzandlari xursandchiligiga sarflaydi.
O‘tgan yili ularga tufli olib bergan bo‘lsa,
bu yil uch oyoqli velosiped, ko‘ylak sovg‘a
qiladi. O‘g‘illariga esa \qarz oluvdim,
qarzimni uzyapman" deb bahona qiladi?
J.: \Qarz"
24. Haqiqat havoga o‘xshaydi. Nafas olib
turasiz-u o‘zini ko‘rmaysiz...
Ushbu parcha qissaning qaysi hikoyasida uchraydi?
J.: \Ikki afsona"
25. \Ikki afsona" hikoyasida kimning ishi