Badiiy asarlar



Download 238,83 Kb.
bet63/82
Sana06.07.2022
Hajmi238,83 Kb.
#748489
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   82
Bog'liq
Badiiy asarlar

To’rtinchi fasl: Sharpalar. Oliy ruhlar to’g’risida naql.

  • Insoniyat minglab qiynoq o’ylab topgan dunyoda. Bu qiynoqlar ichra biroq, birisi eng ziyoda. Unga toqqat yo’q insonda, Yo’q undan zo’r dil dog’i. Bu iztirob-tor zindonda, Tanholikning qiynog’i.

  • Kel, ey ko’nglim, Ruhlarni sen, To borsanki qilgin yod. Kimlar uni vijdon desin, Kimlar desin e’tiqod.

  • Beshinchi fasl: Ozodlik. Shoirlar va Payga’ambarlar haqida rivoyat.

  • 72 mimg payg’ambar, Qurgan emish bu olam.

  • Payg’ambarlar aytdi: Inson ishqi yolg’iz olloga. Shoir Majnun qildi isyon, Oshiq bo’ldi Layloga. Uni ota-keltirganda tavbaga “Jonim olu Laylo ishqin Olma”,-deydi ka’baga.

  • Lekin shoir Umar Xayyom Ishq mayiga bo’ldi mast.

  • Payg’ambarlarga qarshi, Isyon qildi shuaro, “Zohid, senga huru Menga janona kerak, Jannat senga bo’sinu Menga mayxona kerak”

  • Nihoya. Dehli. 20 mart 1979 yil.

  • “Ruhlar isyoni” dostoni kim haqida?

    J: Nazrul Islom haqida

    1. “Ruhlar isyoni” epigrafi nima?

    J: Tug'ilgansan ozod mudom,ozod bo'lib qol.
    Nazrul Islom

    1. Gapiradigan obihayot suv tasviri qaysi asarda?

    J: Ruhlar isyonida

    1. Suv ichib abadiy yashaydigan bo'lib qolgan va qum ustida qiynalayotgan tirik odam qabri tasviri qaysi asarda?

    J: Ruhlar isyonida

    1. “Abadiyat haqida rivoyat” kim tomonidan aytib beriladi?

    J: Roviy

    1. Ustiga suv tomchisi tushib uzoq yashaydigan daraxt qaysi?

    J: chinor

    1. Nazrul Islom yetti asr avval bo'lganida balki kimdek dostonlar bitardi?

    J: Dehlaviy

    1. Yarim ming yil avval tug'ilganida kimdek ruboiylar bitardi?

    J: Bobur

    1. Kimdek devonlar tuzar edi?

    J: Bedildek

    1. Tug'ilmasidan gado bo'lgan shoir kim?

    J: Nazrul Islom

    1. limmo-lim qon bo'lib oqqan daryo

    J: Gangga

    1. Insonlarning qadri qaysi togʻ misol baland

    J:Himolay

    1. Ko'kda ismat chirog'ini yoqgan kim?

    J: Indra

    1. Koinotni barbod qilguvchi kim?

    J: SHIVA

    1. Hayotni obod qilguvchi ?

    J:GANGA

    1. Shafqat bilmas kimning tosh yuragisan?

    J:Durganing

    1. qo'lida nay kuylagan — ?

    J: Krishna

    1. Ko'kda ismat chirog'ini yoqgan Indra,

    Koinotni barbod qilguvchi SHIVA
    Hayotni obod qilguvchi GANGA
    Shafqat bilmas DURGAning tosh yuragi
    qo'lida nay kuylagan KRISHNA, deya kimga murojaat qilgan?
    J: insonga

    1. Mard agar sen darding ichga yut degan,

    Ul yuzingga ursalar sen bul yuzingni tut degan. Ushbu fikrlar kimniki
    J:Budda

    1. U dunyoda baxting ta'min

    Bu dunyoda cheksang g'am, deya kim aytgan?
    J:Muhammad(s.a.v)

    1. Qadim zamonda nimani ayol dini deganlar

    J:fidoyilik



    1. Odatga qarshi borgan askar oʻzi bilan nimani koʻmishga buyurdi

    J: qilichi bn

    1. bobolari udumiga qarshi borgan askarni qabriga nima deb yozishgan?

    J: "Bunda yotar manfur zot"



    1. 1926-yil qayerda galayon boʻlgan

    J:Kalkuttada

    1. Yosh shoirga kim bezavollik tilaydi

    J: Thokur

    1. Tabib Koʻrning koʻzini nima bn ochgan

    J:Nashtar

    1. Hakim o’limidan song unga qanday ehtirom koʻrsatishgan?

    J: oltin haykal qo’yishgan

    1. Adolat deb bitdimu she'r

    Mil tortdilar ko’zimga sheʼr muallifi
    J:Rudakiy

    1. La'nat deydi taqdirga

    Rustam,Zolni tanib olam o'zim qoldim tahqirga, degan shoir kim
    J:Firdavsiy

    1. Kim aytadi?

    Zulmat aro ko'p izladim yo'limni
    Men ozimni qildim ado yengolmadim zulmni
    J: Navoiy

    1. Kimning siymosi der:

    Tingla ogoh bo'lib gar sen bo'lsang tutqunda,
    Men bir yurtga podshox bo'lib umrim otdi quvginda
    J: Bobur

    1. Boburning qaysi ruboiysi keltirilgan

    J: Tole yo’qi jonimga balolig’ bo’ldi

    1. Kimning she'ri qildi faryod o'qqa tutdi o'q qalbni

    J:Pushkinning

    1. Lermontovni otgan jallod kimni dorga osdi

    J:Mashrabni

    1. Erk kuychisi kimni tovonidan shildilar

    J:Nasimiyni

    1. Mirzo Bedil tirikligi paytida qaysi shoh 31 yil taxtda o'tirdi?

    J:Shohjahon

    1. Nasimiyning tovonidan shildilar misrasi qaysi shoir she’rida bor?

    J:Maxtumquli “Savol-javob”

    1. Shohjahonni kim qanday ovutadi

    J:Mumtozmahal, g’azal o’qib

    1. Kim Nazrulni tabriklaydi:

    Ozodliging muborak
    J:Thokur

    1. Nazrul Islom necha yil yashadi

    Ammo 32 yoshda bu dunyoni tashladi deya tasvirlangan
    J:75 yil

    1. Nechta payg’ambar ko’rgan emish bu olam?

    J:72 ming



    1. Nazrul islomni kim zamonning eng olovli shoiri deb ataydi?

    J:Thokur

    1. 20-mart 1979-yil namoyishga el qo’zg'algan shahar qaysi?

    J: Dehli

    1. G’alayonda qancha och qatnashdi?

    J: 200 ming och banda

    1. Oliy ruh deb kimlarning ruhini ataydilar?

    J: daholar, ulug’lar ruhini

    1. Qachon Shohjahon Avrangzeb oldida tiz cho’ktirildi?

    J: 1069-hijriy yil shabbon oyi

    1. Kim toj-u taxtdan to’yganligini aytadi?

    J: Shohjahon

    1. Ming bir kechadagi shahrizodaga o’xshatilgan obraz — ?

    J: Mumtoz mahal begim

    1. Shoirda bordur iqbol, shoir o’lmaydi, fikrlari muallifi?

    J:Nazrul Islom

    1. Hammani MUSHFIQ deb hisoblab yurgan ko’r obrazi qaysi asarda uchraydi?

    J: “Ruhlar isyoni” da

    1. Hakimning ishini makru o'zini shayton deyishlari qaysi asarda uchraydi?

    J: “Ruhlar isyoni” da

    1. Yurtni fil kabi qudratli va fil kabi yuvosh deya tasvirlash qaysi asarda uchraydi?

    J: “Ruhlar isyoni” da

    1. Nazrul nima bn shug’ullangan?

    J: noshirlik bn

    1. G’alayonga sababchi deb kimni qamashadi?

    J: Nazrul Islomni

    1. Nazrul she’ri qayerga qanot yozdi?

    J: Bangolaga

    1. Kalkuttadagi qo'zgalonni Xindu nima deydi?

    J: qutlug' jang

    1. Musulmonlarchi?

    J: g’azot

    1. Limmo-lim qon bo'lgan daryo?

    J: Jamuna

    1. Bu dunyodagi odil tanho hakam nima?

    J: Vaqt

    1. Ishq mayiga mast bo’lgan shoir kim?

    J: Umar Xayyom

    1. “Ruhlar isyoni”da qiynoqlar ichida eng yomoni deya nima ta’riflangan?

    J: tanholik

    1. Jafo uchun, Vafo uchun Haqqin oldi Shoh jahon,

    Biri uni zabun qildi, biri esa jovidon
    G’amli tarix ibrat bo’lsin, bo’lsin senga namuna, deya asta, ma’yus, sokin oqayotgan daryo qaysi?
    J: Jamuna

    1. “Ruhlar isyoni”da ikki og’asini o’ldirgan obraz kim?

    J: Avrangzeb

    1. “Ruhlar isyoni”da “Ming bir ohang, ming bir rangli” deya nimaga ta’rif berilgan?

    J: dunyoga

    1. Taqdir ekan ,

    Ne dey o’zga.
    Falak hukmi adolat, fikrlari kimning tilidan aytilgan?
    J: Avrangzeb

    1. Shohjahonga qayta hayot beradigan narsa nima?

    J: g’azallar

    1. Shohjahonning dardlarini kim tinglar edi?

    J: Mumtoz mahal begim

    1. “Nimaiki qilsa, to’g’ri deb bilgan va shuni adolat deb bilgan, kimlagadur zulm qilgan, kimlargadur-saxovat, o’z davrida davron surgan” deya kimga ta’rif berilgan?

    J: Shohjahon

    1. “Ruhlar isyoni” da Tarix qaysi shohga ko’p yil tahqir bitadi, deyilgan?

    J: Chingizxon

    1. Tarix kimga mangu ta’zim aytadi?

    J: Ulug’bek, Boburga

    1. “Ruhlar isyoni”da kimlar Hindistonni o’rab oq o’rgimchakdek so’radilar deya tasvirlangan?

    J: zobitlar

    1. ”Shoir qalbi” turkumidan nimalarni bir-biriga zolimdir deb aytadi?

    J: tun va kun, o’t bn suv

    1. Qish qahriga bo’yin egmay nima isyon qilar edi?

    J: boychechak

    1. Qora bulut zulumotda yorug’likning isyoni nima?

    J: chaqmoq

    1. “Ruhlar isyoni”da Nazrul Islomga ertak aytganlar?

    J: yulduzlar

    1. Hammasi bardosh bo’lib najot kutadigan yurt — ?

    J: Hindiston

    1. Izmingdadur cheksiz fazo, zamin-u zamon deb kimga murojaat qilingan?

    J: Insonga

    1. Nazrul Islom she’rlarini qaysi shoirlarga yot va begona ekanligini aytishadi?

    J: Sa’diy va Hofiz

    1. “Ruhlar isyoni”da mojaroni kuzatib turgan kim edi?

    J: Deraza ortida qora qahva ichib turgan oq tan janob

    1. “Ruhlar isyoni” da shuhrat bor joyda doim yana nima bor deyilgan?

    J:hasad

    1. Nazrul Islom faqatgina kimning oldida gunohi bor edi?

    J:onasi

    1. Nazrul Islom zindonda nimasi bo’lishini orzu qiladi?

    J: qanoti (qush bo’lishni, uchib ketishni orzu qiladi)

    1. Qiynoq payti Nazrul Islom yuragiga qanot bergan narsa?

    J: Ona yurtga muhabbat

    1. “Ruhlar isyoni”da shoirlarning dini deb nima keltirilgan?

    J:Erk

    1. Ushbu fikrlar kimning tilidan aytilgan?

    O’z qilmishin
    Har bir tojdor
    Adolat deb aytadir
    Bilur yolg’iz parvardigor
    Chin haqiqat qaydadir.
    J: Avrangzeb
    RUHLAR ISYONIDAN BIR YUZ O’TTIZTA TEST BERILDI
    ‘’SHUM BOLA’’

    1. Samovarchi-Asra Kal degan xipchadan kelgan, qotma, epchil yigit edi. Ustida oldi ochiq yaktak, oyog’ida qala kovush, zangori shohi qiyiq bog’lagan, yelkasida xolparang ro’mol tashlagan xushfe’l yigit.

    2. Choyxonada meni mahliyo qilgan narsa-kiraverishning shiftiga ilib qo’yilgan qafas va bu qafasdagi jonli to’ti. Oysha chevarning ish qutisidagi ipaklarday tovlanar edi. Ovozi endigina tilga kirgan 3 yasharlik qizlarning ovoziday.

    3. Karim jinni-unga na Xudo, na payg’ambar, na Shohidoyat hoji-yu Orifxo’ja eshon va na Olip qozi-yu Sharifjon Duma-baribir so’kaverar edi. Yetti pushtidan tortib, astar-avrasini ag’darib so’kaverar edi. U ilgari bo’zchi ekan, chit ko’payib ketganindan keyin bo’z o’tmay qolib, bozori kasodga uchrab, bola-chaqasini boqolmay, jinni bo’lib qolgan, deb eshitganman.

    4. Eshon oyi-degan xotin ham jinni. U 40-45 yoshlar chamasidagi qorachadan kelgan, xushqomat, qalamqosh bir xotin. U xotin aslida qalandarxonalik Mittixon to’ram degan eshonning xotini bo’lib, eshon shu xotinning singlisi bilan o’ynashib turganida ustidan chiqib qolib, jinni bo’lib qolgan ekan.

    5. “Juft kaptar”ga –hukumatdan tekkan edi: Nikolay bormi, Kaufman bormi, Mochalov bormi, Nabi o’g’ri degan mirshab bormi-hammasini bir qozon qilib, martabasining pasti balandiga qaramay so’kaverar edi.

    6. Xol parang-tagi qo’qonlik. Qo’qonda baxmal to’qir ekan. Keyin do’kon dastgohiga o’t tushib ketib, jinni bo’lib qolgan ekan.

    7. Avaz-bo’lsa havaskor jinnilardan.

    8. Zirapchani nina bilan olganday, jinnining gapi jinniga ma’qul tushib, Olim jinnining gapiga Tojixon jinni tushunganday odamlarni urishdan to’xtaydi.

    9. Mayramxon jinni-jinnilar ichida o’ziga xos tantiqlaridan biri. Asli ismi Mamatraim bo’lib, xalqqa “erka” bo’lganidan “Mayramxon” deb atar edilar. U eskidan chilangar ekan. Ketmonning zog’otasi, eski tish, otashkurak, tunuka qaychi, shunga o’xshash eski-tuski temir-tersaklarni bir simdan o’tkazib, boshiga kitib yurar edi. O’z qo’li bilan ovqat yemas edi. Uning bozordagi mayda kosiblardan ixlosmandlari ko’p edi. Mayramxonni o’z qo’llari bilan ovqatlantirish ular uchun “baxt” edi. Go’yo Mayramxon biror kosibning do’konidan borib ovqat yesa, shu do’konga qut-baraka kirgan hisoblanar edi. Temir-tersak asboblari zavoddan chiqa boshlagandan keyin Mayramxon “sinib”, jinni bo’lib qolgan.

    10. Oqshom o’yinlari: Kurash, “botmon-botmon”, “oq terakmi-ko’k terak”, “qushimboshi”, “mindi-mindi”, “o’g’ri keldi”, “bekinmachoq”.

    11. Kunduzgi o’yinlar: har xil oshiq o’yini, yong’oq o’yini, to’p o’yini, zumchillak o’yini, yov-yov, o’q kamalak otish, yalang’och poyga, ot o’g’risi.

    12. Ramazon oyida-o’yinlarimzning turlari yanayam ko’payib ketar edi.

    13. Mahallamizda-Karim qori degan gazlamafurush, Yoqub qovoq degan mumfurush, Abdullaxo’ja degan bo’yoqfurush boylar bor. Qolganlar bosmaxonda va qandolarxonada ishchi edi.

    14. Mahallamizda-2 ta machit: bittasi-Tikonli Mozorda Shamsiddin domla muallim, ikkinchisi-Qo’rg’ontagidagi Yettimachitda Hasanboy domla o’qitadi. 1 ta choyxona: samovarchi-Qodir aka. 2ta baqqollik bor.

    15. O’rtoqlarimdan: Omon-otasi Tursunboy ota qalamtarosh-pichoq qiladi. Xotini o’lib ketib, beva yashaydi. Omon yolg’iz o’g’il.

    16. It Obid- otasi Zohid aka yakanchi (eski-tuski yig’uvchi) edi.

    17. Bit Obid-otasi Rasulqo’zi aka qin tikar edi.

    18. Turobboy-otasi Ziyamat aka g’o’zafurush.

    19. Yo’dosh-otasi Buvaka ko’n etik tikar edi, lekin yoshligida o’lib ketib, Yo’ldosh ota-onasiz shum yetim edi. Bizlarning ko’p maslahatimiz Yo’ldoshning uyida bo’lar edi.

    20. Husnibiy-otasi Omonboy bo’yinchi tikar edi.

    21. Solih-otasi Yunus aka hofiz edi.

    22. Abdulla-otasi Aziz aka kerosinfurush edi. Ot-aravada ko’chama-ko’cha yurib “Nobel” shirkatining kerosinini sotar edi.

    23. Po’latxo’ja- otasi qal’a savdogari bo’lib, 5-6 yillab Qashqarda, Irbitda savdogarchilik bilan yurgan yillarda onasining qornida “6 oylik yopishib qolib”, , dadasi kelgandan keyin 3 oy o’tib tug’ilgan ekan.

    24. Usta Miraziz-etikdo’zlikda mening ustam. Otasi Salimboy so’fi qushxonadan so’ngak olib kelib qaynatib, yog’ini olib tirikchilik qilar edi. Salimboy so’fi ota bir vaqtlar 1860 yilarda Yoqubbekning askari bo’lib, Qashqar qo’zg’olonida bitta xitoy qizini o’lja qilib otining orqasiga mingashtirib olib kelib, musulmon qilib nikohlab olgan ekan. Uning xitoycha ismini Baytibuvi deb o’zgartitgan. Miraziz aka Baytibuvining 3 o’g’lidan eng kenjasi.

    25. Xulas, bu falokat ishni Yo’ldosh boshladi. Xalvanaga osh qilmoqchi bo’ldik. Masavur otaliqning nabirasi Omonboyning o’g’li Husnibiy oshpaz bo’ldi. Qozon, cho’mich, tuz, qalamoir, suv-undan bo’ldi, guruch va sabzi-Yo’ldoshdan, go’sht-Abdulla do’lvordan, Yog’-mendan,o’rtoqlarimga yaxshi ko’tinish uchun, rasamadda ko’rsatilmagan bo’lsa ham, yog’ yoniga tuxumni qo’shib olib borishni o’zimga ma’qul qilgan edim, qolgan-qutgan narsalar-Po’latxo’ja mug’ambirdan bo’ldi.

    26. Fotimai Zahroning dastgohlaridan bo’lgan qutlug’ yer-Yertandir.

    27. Ammam-Sa’vonda turadi. O’zi befarzand. Eri-Nabi mo’ynado’z-kosib.

    28. Sohibi changal qushlardan: qarchig’ay, miqqiy, qirg’iy; Urishadigan qushlardan: dakangxo’roz, oddiy xo’roz, amirkon xo’roz, kaklik, bedana (so’nggi ikkisi sayrashi uchun ham boqiladi); Sayraydigan qushlar: qumri, sa’va, bulbul, mayna; Uyning ziynati uchun boqiladigan hayvonlardan: bitta ov tozisi, bitta ko’ppak, bitta laycha kuchuk, 5-6 bolalari bilan ko’ppak, bitta Buxoro baroq mushugi. Gullardan: gulbeor, gulra’no, gulsafsar, gulhamishabahor, qo’qongul, qalampirgul, namozshomgul, sambitgul, atirgul, kartoshkagul, qashqargul.

    29. Pochcham har kun 9 pul choychaqa beradi.

    30. Pochchasi qovun sayliga ketishida yoniga tozisi, qarchig’ayini olib, matrab ko’tarib, qushlarning ovqatidan xabar olishi uchun 3ta buxor tanga beradi.

    31. B Shum bola- 14 yoshli bola

    32. Bozorga chiqib qushlar uchun bir paqir (2 tiyin)ga bir xurmacha qatiq oldim.

    33. Nima ham qilsin zotdor, tagi ko’rgan qushlar-da, kishi oldida och bo’lsa ham ovqatga qaramaydi. Tovuq bo’lganda edi, pastlik qilib uyalmasdan o’zini ovqatga urar edi. (Shum bola)

    34. Ov qushlarining tezagi oppoq bo’lar ekan, qatiq ichadi, bo’lmasa tezagi oq bo’lmasa kerak. Qo’limga ov qo’lqopni kiyib, miqqiyni oldim, butimga qisib, og’zini yirib, kumush qoshiq bilan qatiq ichira poshladim. Obdon to’ydi: “Mana endi o’tira beringlar, qornilaring to’q-qayg’ularing yo’q”

    35. Qushlar o’lib qolgach, bu yerdan ham nasibam uzilganday ko’rinib ketdi, pochcham qushlar ovqati uchun deb bergan puldan 2tanga-yu 1mirrisi yonimda, darvoza tepasidagi qafasda bir juft qumri ham yaxshi ko’rindi, asta borib uni ham olib boshimga qo’ydimda safarga jo’nadim.

    36. Achchabod degan “shahri azim”ga borganimda Qumrilarni molga mavoza qildim: 3dona g’alvir gardish, 1ta yog’och shaqilldoq, 2dona bolalar o’ynaydigan yog’och beshikcha, 1ta terisi va gardishi qizilga bo’yalgan chirmandachi, 1ta tutash dastalik kurak, 2chaynam saqich va boshqalar...

    37. Mendan ketdimi, ulardan ketdimi-Xudoga ayon. Tavakkal, yo ustidan, yo ostidan.

    38. Achchobod shahridan chiqib cho’lda ketayotsam, Omonboy-Tursun pichoqchining o’g’li, o’z o’rtog’imni uchratdim. Yelkasida 7yarim qadoqlik ketmon-mardikor ishlab yurgan ekan.

    39. U mening ustimdagi yuklarni ko’rib hayron qoldi, ayniqsa gardishni ko’rib meni chalma quyish uchun qishloqqa chiqib ketyapti, deb o’ylagan ekan.

    40. Hozir saraton. Saratonda jiyda mevalari danagiga alif yozdirish uchun Makkaga ketgan. Bir oydan keyin mevalari qaytib keladi (Omonboy)

    41. Ko’kterak shahriga yetdik. O’rtog’imning yonida mardikorlik bilan topgan mirkam 2tanga, menda qatiqdan qolgan 2tanga bir mirri pul bor. Bozorni kutib 2-3kun shu pullar bilan samovarda qolib ketdik.

    42. Ko’kterak shahridagi bozor “Qissas ul-anbiyo”ham, “Hurliqo” degan kitobda ham yo’q, hech qayerda- tarixda ham yo’q bozor.

    43. Dunyoda hidlar ichida sovunbozorning hididay “xushbo’ylik” jahonda bo’lmasa kerak. Kimga nima yoqadi? Omonga sovun bozori yoqar edi.

    44. Bozorda menimcha, ta’rif-tavsifi 7 iqlimga ketgan “bir bozori” deb nomlangan rasta bo’lsa kerak. Bu yerda joningga orom bo’ladigan hamma narsa topiladi.

    45. Mollarini yoyib qo’ygan chayqovchilarning aft-basharasini aytmaysizmi. Betlariga bu hafta ichida suv tegmagan, soqollari ustaradan ozod, basharalaridan “nur” yog’ilib turadi. Biror molni so’rab qolsangiz, xuddi ammasining o’g’li tirilib kelganday, qo’l berib so’rashadi, keyin narxni aytadi.

    46. Xuddi shu bozorda o’z mahallam, o’rtog’im, bo’yinchado’z Omonbiyning o’g’li Husnibiyni ko’rdik. U ota kasbini o’zgartirib laxtakfurushlikka o’tib ketibdi.

    47. Laxtak-har bir to’p molning tagida qolganiga aytiladi. Chunonchi, bir to’p chitni gazlab-gazlab sotib bo’lgandan keyin oxirida to’p ragi bo’lib, yarim gaz, chorak kam bir gaz laxtak qoladi. Buni katta chitfurush, gazlamachilar arzonroq baho bilan ko’tarmachilarga sotadilar. Eng kattasi bir yarim gazdan oshmaydigan bu laxtaklarning xaridori ko’p bo’ladi. Chunki bir gaz arzon chit 8 yarim paqir(1 paqir-2 tiyin) bo’lgani uchun, bosh-oyoq ko’ylak-ishtoni nuqul chitdan qilish ko’p kambag’allarga muyassar bo’lmas edi. Suning uchun ko’ylak-ishtonni bo’zdan qilib, ko’ylakning yenglarini uchini, ishtonning pochchalarini-ko’rinadiga joylarini chitdan qilishar edi.

    48. Husnibiy birdaniga men bilan Omonga ko’zi tushib, xuddi Imom Hasan bilan Imom Husanni tirik ko’rgandek quvonib ketdi.

    49. Laxtakfurushlikka o’tdim. Dastmoyam 3 yarim so’mga yetdi, mana bu mollarni qara, Yusuf Davidovning magazinida ham yo’q. (Husnibiy)

    50. Onamg:Qoplonbekka-amakilarinikiga chiqib ketdi, kuzgacha dehqonchiligiga qarashib, biror nima orttirib kelmoqchi ekan,-deb aytib qo’y. (Shum bola)

    51. Nabi pochchang mirshabni yetaklab borib, 2 so’m to’lab qumrisini ajratib olibdi. (Husnibiy)

    52. Mana bu 1 mirrini Yo’ldoshga berib qo’y, tunov kunu oshiqda yutqazgan edim. (Shum bola)

    53. Omonning ketmonini yarim so’mga, kurakni bir yarim tangaga pulladik. Mendagi shaqildoqmi dehqon bolaga 1 qovun, 2 tarvuzga alishdim, childirmani naqd pulga, bitangayi ashrafga saman ot mingan xushmo’ylov yigitga pulladik,gardishlar bilan bola beshikni bozorga tovuq, tuxum, so’k, qurt olib chiqqan kampirga 20ta tuxum, 1 do’ppi so’k, 10ta tuya qurtga alishdik.

    54. Ovqat bozordan o’zi arzon-u lekin to’q tutadigan ovqat-tariq go’cha olib ichdik.

    55. Qovun bilan tugunchani men, tarvuzni Omon ko’tarib oldi. “Semizlikni qo’y ko’tarar”, deganlaridek, Omonga badavlatlik yoqmas edi.

    56. Kigiz chakmonli, namat qalpog’ini bostirib kiygan qozoq qo’ychilar bilan beshyog’ochlik qo’ychi boylardan Soyibnazar qo’ychi bilan Ilyos bo’rdoqi qo’l berib savdolashyapti.

    57. Bizga qo’shni bo’lgan Qo’g’urmoch mahallalik mashhur Sulton o’g’ri.

    58. Shu kun tunash uchun Zolariqning chap qirg’og’idagi Yaxshiqiz kampirning o’tovida tunaydigan bo’ldik. Yaxshiqiz kampir- 60 lardan oshgan bir xotin, oq oralagan sochlari taralmagan, boshida dakana, belida shol belbogq. Ayolning orqa sochiga 5-6ta 1so’mlik, yarim so’mlik so’lkavoylardan saqinal osilgan.

    59. Xudoyning osmoni ham, yeri ham keng. Qalag’an yerlaringda jota ber. Ikkoving 1tanga berasan. (Yaxshiqiz kampir)

    60. Novcha bir yigitning yelkasida bir nimta go’sht, qo’lida tigin, unda non, kartoshka, piyoz bo’lsa kerak. Yana bir yigit mullavachchalarga o’xshash qulf soqol qo’ygan, boshida girdak kir sallasi bor, xushtavoze. Ich yaktagining ustidan belbog’ bog’lab, uning ustidan yana bitta yaktak kiyib olgan. Oldinda kimsan, Sulton kissavur. Shimining pochasi shimarilgan, belbog’I burab-burab arqon qilib bog’langan. Egnida yoqasi ochiq kir yaktak, isqirt do’ppisining bir cheti qaytarilgan. Boshi sal orqaga moyil, basharasi behayo. Qo’lida xirpa 4ta oshiqni o’ynab kelar edi. Qolgan ikki yigitni ham Sultonning nusxasi dea bo’lar edi. Faqat birtasining bir ko’zida g’o’lakdek oqi bor. Bittasining chap yelkasi o’ng yelkasidan sal baland. Shuning uchun ham chap qo’li o’ng qo’lidan uzun ko’rinar edi.

    61. Sulton o’g’ri bozorda tuxmat qilgan kosibsimon, yuvoshgina bir yigit To’qli jallob mahallasidan, oti Abdurayim edi.

    62. Bo’za suzishningo’z qoidasi bor, u siqib suzilmaydi balkiro’molni sidirib suziladi. (Shum bola)

    63. Kissavur bilan o’g’rining tavbasi tavba emas. “O’g’ri qarisa so’fi, g’ar qarisa parixon bo’ladi”, deb bekorga aytishmagan-da. (Sulton o’g’ri domlaga)

    64. Yaxshi qiz kampirning o’tovidan ketishdan oldin unga ertalab Omon 15 tiyinlik Buxor tanga berdi.




    Download 238,83 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   82




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish